8oylik bola rivojlanishi
Bu oy bolajoningiz vazniga qo’shimcha qilib 400-500 gramm beradi. Bo’yi esa 2 sm ga oshdi. Bosh aylanmasi 0.5 sm ga va ko’krak aylanmasi 0.5 sm ga ko’paydi. Bu davrda ko’pchilik 3 yoki 4 dona tishi bilan maqtanishi ham mumkin. Lekin ayrim bolalarda bu davrda endi-endi birinchi tishlari chiqayotgan bo’lishi ham mumkin.
✅Sakkiz oylik bolaning menyusida qo’shimcha ovqat turlari kengayib bormoqda. Masalan, kasha turlari ko’payadi, tuxum sarig’i yarmisini yeyish mumkin, ikkita bo’lak qurutilgan non, sharbat va pyurelar ham turi va miqdori ko’payishi mumkin. Eng asosiysi, 8 oydan boshlab go’shtli pyurelar berishni boshlashingiz mumkin. Boshida 5 grammdan berib, keyin asta sekinlik bilan miqdorni 30 grammga qadar ko’paytirasiz.
✅Sakkiz oyda ham bolaga jismoniy tarbiya va gimnastika mashg’ulotlari zarur bo’ladi.
Sakkiz oylik bola emaklashni biladi.
Suyanmasdan o’tira oladi.
Mebelni ushlab turadi.
Piyoladan icha oladi.
Bola chiqarayotgan tovushlar turi va balandligi ko’payadi.
O’z ismini biladi.
«Ko’taring» deb qo’llarini cho’zadi.
«Mushuk» desangiz xayolida uni ko’ra oladi.
Kichik idishlarni katta idishlarga solib o’ynashni yaxshi ko’radi.
Qo’shiq tinglab zavqlanadi.
Chapay-chapay va xayr-xayr qila oladi.
Koptokni yaxshi ko’radi.
Manba©
@yosh_onalarga_maslahatlar