O‘quvchilarni darsga qiziqtira olmaslik sabablari

Dars jarayonida bola bir mavzuni yaxshi tushunolmay qolsa, keyingi mavzuni o‘zlashtirishga qiynaladi, undan keyingisida — yanada qiynaladi. Natijada bolaning bu fanga qiziqishi batamom so‘nadi. Endi u mazkur fan uchun o‘quvchi emas, balki sinfxonaga shunchaki tashrif buyuruvchi — «darsga majburlangan tinglovchi» bo‘lib qoladi.

Shunday emas-mi?


O‘quvchilarni darsga qiziqtira olmaslikning 5 ta sababi:


Har safar darsni bir xil shaklda o‘tkazish;
Har bir o‘quvchiga individual e’tibor bermaslik;
Mavzuni judayam ilmiy tarzda tushuntirish;
Darsda shovqin ko‘tarilsa baland ovozda «jim bo‘linglar» deyish;
Darsni qanday metodlar orqali o‘tishni oldindan re’jalashtirmaslik