Bola uyqusida tishlarini ko`p g`irchilatishi. Bu rostan xam gijja alomatimi?

Bola uyqusida tishlarini ko`p g`irchilatishi. Bu rostan xam gijja alomatimi?


😬Uxlayotgan bolaning tishini g‘ijirlatishi ken tarqalgan xolat bo‘lib, bruksizm deb ataladi. Bu ayrim ota-onalarni xavotirga solsa, ayrimlarini cho‘chitadi xam.


🤷🏻‍♀️Bruksizmning sababi nima?


💁🏻‍♀️Davriy ravishda tishlarni uyqu paytida g‘ijirlatish turli yoshdagi guruxlarda: maktabgacha, maktab yoshidagi va o‘smir bolalarda xam uchrashi mumkin.


☝️Psixologik omillar


Bruksizmning birinchi belgilari asabiy zo‘riqish natijasida kuzatiladi. bu majburiy ota-onasidan ajralish, o‘rtoqlari bilan jiddiy urishish yoki yashash joyini o‘zgarishi bo‘lishi mumkin.

👉Mutaxassislar kuzatishicha bruksizm belgilari bola bog‘cha yoki maktabga qatnay boshlashi bilanoq paydo bo‘lib, ular avval onda-sonda va qisqa vaqtli bo‘ladi. Bunday paytlarda ota-onalar vrach ko‘magisiz bolaga yotishdan oldin

🛁issiq bo‘shashtiruvchi vannalar,

💊V guruxi vitaminlari,

☕️tinchlantiruvchi giyox damlamalari

🌃 kechki toza xavoda aylanish orqali bu odatidan qutulish mumkin.


Tishlarni uyqu paytida g‘ijirlatish bolaning xaddan ziyod charchagan paytida xam kuzatilishi mumkin. Bunday paytlarda ota-onalar yuqorida sanab o‘tilgan choralardan tashqari bolaning kundalik rejimini tartibga keltirishi lozim. Bola qo‘shimcha seksiyalar va mashg‘ulotlarga borayotgan bo‘lsa – to‘xtatib turish, televizor va kompyuter oldida ko‘p o‘tirayotgan bo‘lsa – o‘yin vaqtini chegaralash lozim.


🙇🏻‍♂️Agar bolaning shikoyatlari 2-3 xaftada xam o‘tib ketmasa nevropatologga uchrash tavsiya etiladi. Ular tinchlantiruvchi preparatlar yozib, nevrologik tashxisni inkor etish uchun ko‘shimcha tekshirish usullariga buyurishadi.