❗️PЕNYA NIMA ?

❗️PЕNYA NIMA ?


👉 Penya bu neustoyka ya’ni, iqtisodiy jazoning bir turi xisoblanadi.


📃 Fuqarolik kodeksining 261 – moddasiga ko‘ra, neustoyka jarima yoki penya shaklida bo‘ladi.


❗️Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka — penya hisoblanadi.


⚡️ Soddaroq aytganda penya, to‘lashingiz shart bo‘lgan to‘lovlarni vaqtida to‘lamasligingiz natijasida yuzaga keladigan qo‘shimcha bosh og‘rig‘i. Masalan, har oyning 10-sanasiga qandaydir qarzingizni to‘lashingiz kerak lekin Siz 25-sanada to‘lasangiz, o‘sha kechiktirilgan 15 kun uchun qarzingizga penya qo‘shilib qolishi mumkin.


✏️ Qarz qarzni chaqiradi deydiku, bu yerda o‘sha chaqirilgan qarz shu penya bo‘ladi