Boladagi kamqonlikni qanday aniqlash mumkin?

Boladagi kamqonlikni qanday aniqlash mumkin?


✍️ Pediatr Farrux O‘rmonov:


🔻 Boladagi kamqonlik belgilari quyidagicha namoyon bo‘ladi:


💠 terining quruqlashishi

💠 og‘iz burchagining va tovonning yorilishi

💠 sochning tez sinishi va to‘kilishi

💠 tishlarning mo‘rt bo‘lib yemirilishi

💠 tirnoqlarning yup­qalashishi, ko‘chishi va sinishi, tirnoq shaklining o‘zgarishi

💠 hid sezishda (quruq yerdan suv sepilganda chiqadigan hid, shuningdek, kerosin, benzin, tamaki, mashina motoridan chiqadigan hidlarni yoqtirish)

💠 ta’m bilishda (kesak, choy shamasi, xom go‘sht, makaron, guruch yeyishga moyillik) kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.