Zayd — tuhfa, in’om yoki ko‘payish, qo‘shilish. Arabcha.
Ziyo — nurli, yorqin yoki baxtli, tolei baland. Shakillari (Ziyovuddin, Ziyoali, Ziyodulloh). Arabcha.
Ilyos — Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg‘ambarning nomi. Quruqda Hizr bo‘lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan. Arabcha.
Obid — toat-ibodat qiluvchi, taqvodor, dindor, Allohga sig‘inuvchi, unga ibodat qiluvchi, osiy bo‘lmagan mo‘min banda. Arabcha.
Umid — orzu qilingan, umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola. Arabcha.
Umar — mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi. Arabcha.
Yusuf — qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari. Arabcha, yahudiycha.
Yaxyo — sahiy, muruvvatli, ochiq qo‘l, bag‘ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do‘st. Payg‘ambarlardan birining ismi. Yahudiycha.