GIJJALARNI TABIIY USULDA TUSHIRISH
➥ Buning uchun tarvuz po‘chog‘i (agar topish iloji bo‘lsa, Abu Jahl tarvuzi – achchiq tarvuz shirasi) ni chaynab, suvini yutish yoki quritilgan po‘chog‘ini kukun holatiga keltirib, sut bilan ichish (1 stakan sutga 2 osh qoshiq tarvuz po‘chog‘idan tayyorlangan kukun) orqali ichaklardagi qurtlarni tozalash mumkinligini bir qarindoshimdan eshitib qoldim. Garchand bozorlarimizda tarvuz serob bo‘lsa-da, buni bilmagandim. Shunday ekan, siz ham farzandlaringizni, nevaralaringizning ichaklarini gijjalardan xalos etishda tarvuzdan foydalaning. Tarvuz po‘chog‘idan tayyorlangan kukun va sut aralashmasini hech bo‘lmaganda haftada 1 kun davomida ichirib tursangiz, ularning ichaklarida gijja paydo bo‘lmaydi, aksincha, boriniyam tushirib yuboradi. Bu malhamni ovqatdan 3 soat ilgari 1 stakandan 2 mahal ichiring. Natijada injiq bolakay asta-sekinlik bilan sog‘lig‘ini tiklaydi, inshoalloh.