Pampers — bir martalik tagliklar haqida tavsiyalar

Pampers — bir martalik tagliklar haqida tavsiyalar…

#mini_maslahat


✅Bolalarga uy sharoitida pampers taqishda me’yorga amal qilish shart. Ayniqsa o‘g‘il bolalarga pampersni uzoq muddat taqish kelajakda o‘z salbiy asoratlarini berishi (bepushtlikka olib kelishi) mumkin.

✅Bolalar qisqa muddatga, (ya’ni uni poliklinikaga olib chiqqanda yoki mehmonga borganda) ortiqcha noqulayliklarning oldini olish maqsadida pampersdan foydalanish mumkin. Ayrim onalar kun davomida bolalarni pampersda qoldirishadi, bu mutlaqo noto‘g‘ri.

✅Pampers tanlaganda albatta uning havo o‘tkazuvchanligiga alohida e’tibor qaratish lozim.

✅Uzoq muddat pampersda yuradigan bolalarda hojatga chiqish ko‘nikmalari shakllanmay qoladi, natijada bunday bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga borganda qiynalishadi.

✅Onalar o‘z farzandlarini uy sharoitida pamperssiz parvarish qilishlari hamda ularda zarur ko‘nikmalar shakllanishida yordam berishlari kerak.