Baliq go‘shtining foydali xususiyatlari:
➥ Baliq tarkibida yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradigan Omega-3 yog‘ kislotalari mavjud. Daryo baliqlariga qaraganda ular dengiz baliqlarida ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, bu mahsulot D, B vitaminlariga va foliy kislotasiga boy hisoblanadi.
➥ Baliq tarkibida xolesterin miqdorini tartibga solish va qon ivish xavfini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan vitaminlar guruhi ham mavjud. Tarkibidagi Ye vitamini yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va umrni uzaytiradi.
➥ Haftasiga kamida ikki marta baliq mahsulotlari iste’mol qilish infarkt xavfini deyarli yarmiga kamaytiradi.