Chaqaloqlarga kunlik suv iste’moli me’yorlari qanday?
👶Ko‘krak suti bilan parvarishlanayotgan bolalar 6 oylik bo‘lgunlaricha ularga suv ichirmasa ham bo‘ladi.
👶Sun’iy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlanishlar oralig‘ida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin.
➥ Bir oylik chaqaloqlarga 60 millilitr (uch qoshiq)dan;
➥ 3 oylikkacha bo‘lganlariga 60-130 millilitr (3-6 oshqoshiq)dan;
➥ Yarim yoshgacha 130-180 millilitr (6-12 oshqoshiq)dan;
➥ 6 oylikdan 1 yoshgacha 260 millilitr (1 stakan)dan ko‘p suv bermaslik kerak;
➥ Bolaga beriladigan suv toza, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.
➥ Go‘dakka birdaniga ko‘p suyuqlik bera ko‘rmang, aks holda bu uning buyraklariga ziyon yetkazishi mumkin.