Nimadir qilishdan oldin bola nega yo’talayotganini aniqlaylik. Xo’sh yo’tal o’zi nima? Kasallik? Yo’q. Bu kasallik emas, balki bolaning biror infeksiyaga yoki yot jismga nisbatan himoya-javob reaksiyasi. Bu kasallikning belgisi. Yo’tal bizni ogohlantiryapti. Bolani havo yo’llarida qandaydir muammo bor deb belgi beryapti. Mana endi savolni o’zgartiramiz. Biz yo’talni emas, yo’talni sababini bartaraf qilishimiz kerak. Sabablar ko’p. Diagnoz har xil. Diagnozsiz o’zboshimchalik bilan dori berishga haqqimiz yo’q.
Unda nima qilish kerak?
Albatta shifokorga murojaat qilish kerak. Dori faqat shifokor tomonidan buyurilishi kerak!
Lekin biz aksincha yo’l tutamiz va xatoga yo’l qo’yamiz. Qanday xatolar deysizmi? Mana misollar o’qing va xulosa qiling.
❌ Shifokorga borishdan oldin uyimizdagi dori qutini ochamiz. 3-4 oy oldin akasi shamollaganda «Ot kashlya» bergandik. Lekin aka 6 yosh bemor bolajon esa 6 oylik. 6 yosh bolaga berilgan dorini 6 oylik bolaga berib bo’larmikin? Nega endi bo’lmas ekan? Bo’ladi. Axir tabletkani 4 ga yoki 8 ga bo’lish mumkinku. Mana sizga tayyor detskiy doza.
❌ Televizorda qaysi dorini reklama qilayotgandi? Linkas, Septolete, Ambrobene… Menimcha … olganim yaxshi. Axir bir zumda tuzatadi deb aytdiku.
❌ Poliklinikaga borish, navbatda turish, shifokorga ko’rsatish, shifokor yozib bergan dorini dorixonalardan qidirish… Ehhe shunchaga ovora bo’lgandan ko’ra birato’la to’g’ri dorixonaga boraman. Hozir farmatsevtlar doktorlardan ham ko’ra yaxshiroq dori tavsiya qila oladi.
❌ Eng yaxshi davo bu tabiiy usulda hech qanday ximikatlarsiz davolash. Uyda mana hovlida tayyor shuncha o’t-o’lan o’sib yotipti. Qaynatib ichiramiz, vanna qilib cho’miltiramiz, soda qo’shib ingalyatsiya qilamiz va h. k. Isiriq esdan chiqibdiku. Kecha qo’shnim nima deyotgandi, sutga asal chesnok qo’shib ichdim dedimi? Limonni suvini ham qo’shib yuborsam nima bo’larkin? Axir limon ham koni foydaku.
❌ Onamdan so’rab ko’raychi nima maslahat berar ekanlar? Harqalay shifokor bo’lmasalar ham 4ta bolani boqib katta qilganlar.
(Shu yerda onajonlarimizdan qachonlardir qo’llanilgan qat’iy man etilgan usullarni o’rganamiz)
«Gorchichnik qil, yong’oqni maydalab asal anjirga qo’shib yedir, banka qo’y, tomog’ini yod bilan art😨»
Yuqoridagi misollarni o’qib ayrimlaringizni jahlingiz chiqdi ayrimlarni ensasi qotdi. Axir faqat tanqid qilmasdan nima qilish haqida maslahat bersang bo’lmaydimi deb so’kayotganlar ham yo’q emas.
Shuning uchun asosiy mavzuga o’tsam. Bola yo’talayapti? Biz ota-onalar shifokor ko’rsatmasidan tashqari yana nima qilishimiz mumkin? Yo’talayotgan bolajonga qanday yordam berishimiz mumkin?
1. Xonani shamollating.
2. Changlarni arting.
3. Bolani o’yinchoqlarini yuving.
4. Butilka, so’rg’ichlardan foydalansangiz hammasini 3-5 min qaynating.
5. Bolani toza havoga sayrga olib chiqing. Yomg’ir, qor, sovuq kabi baxonalarni qilmang. Bolani ob-havoga moslab kiyintirib yomg’irdan pana joylarda 10 daqiqa bo’lsa ham sayr qildiring.
6. Eng asosiysi, uydagi havo quruq dim va issiq bo’lmasligi kerak. Buning uchun hozirda zamonaviy xona bug’latkich (отпариватель) foydalanishingiz mumkin. Yoki qo’l ostingizda bor narsalardan foydalaning. Bug’ dazmolni bir necha daqiqa ishlatib ham havoni namlantirsa bo’ladi.
7. Bolaga ko’p SUYUQLIK ichiring. Qancha ko’p suyuqlik ichsa shuncha yaxshi.