Qonda glyukoza miqdorini pasaytirish uchun…
✓ Suv — bu tabiiy ichimlik suvsizlanishni oldini oladi va buyraklardagi ortiqcha shakarni yo‘q qilishga yordam beradi.
✓ Kletchatka — organizmdagi «yomon» xolesterinni bog‘lash va olib chiqib ketish, ichak faoliyatini yaxshilash va vazn yo‘qotish qobiliyatiga ega.
✓ Baliq — bu yuqori sifatli oqsil manbai bo‘lib, o‘zingizni to‘q his qilishingizga va uglevodlarni iste’molini kamaytirishga yordam beradi.
✓ Ko‘katlar — past glikemik indeksga ega bo‘lib, kuchli antioksidantlar va magniyga boy. Ushbu moddalar qondagi glyukozani kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari ko‘katlar uglevodga boy ovqatlarni iste’mol qilgandan keyin qonda glyukozani keskin ko‘tarilishini oldini oladi.
#qandli_diabet #glyukoza