Siydik tuta olmaslik

Siydik tuta olmaslik


Yosh bolalarda bu Enurez deb ataladi va asosan tungi vaqtda peshobni tutolmaslik kuzatiladi.


• bu kasallik deb atash uchun bola 6 yoshga kirishi kerak. Sababi peshobni borligini bildiruvchi nervlar siydik qopi devorida va nerv sistemasida 6 yoshda takomillashadi.


Bolangizda 6 yoshdan oshganda ham peshob tutolmayaptimi demak o‘sha nervlar takomili turli sabablar tufayli kechikmoqda.


Chorasi


• peshob budilniklari ya’ni bolani kechasi ma’lum vaqtda turg‘azib siyishga odatlantirish.


• yotishdan avval mumkin qadar kamroq suv ichirish


• stresslardan asrash ( ko‘pincha ota ona janjali tufayli bola shunday bo‘lib qoladi.


• Dorilardan oxirgi yillarda desmopressin va tritsiklik antidepresantlar yaxshi efekt bermoqda. Zinxor o‘zingizga davo qilmang. Doktor buyursin. Desmopressinlarning burunga yoki tabletka ko‘rinishida bor. Ammo arzon turmaydi 200-300 o‘rtasida


• bola ichki kiyimlarini ozoda va kengroq bo‘lishini ta’minlang


• yotadigan joyi xam qulay bo‘lsin.


• siyib qo‘ysa uyaltirmang, urmang va stressga solmang. Butun umrga shunday bo‘lib qolishi mumkin