Telefon va ko‘z
➥ Telefon va televizor kattalar ko‘zini xiralashtirishi unchalik xaqiqatga yaqin emas. Toliqtirishi bor gap.
➥ Ammo bolalar ko‘z soqqasi 20 yoshgacha shakllanadi. Ko‘z soqqasining diametri o‘rtacha 24 mm bo‘lishi kerak. Telefon va tv ni yaqindan ko‘rish natijasida ko‘z soqqasi zo‘riqadi va kattaroq bo‘lib shakllanadi.
➥ Kattaroq shakllangan ko‘z soqqasi adaptatsiya va akkomodatsiya qiyinroq bo‘ladi va keyinchalik miopiya rivojlanadi. Ana o‘shanda ko‘zoynakli bolajonga ega bo‘lasiz.
➥ Miopiya bu narsa va buyumlarni yaqindan yaxshiroq ko‘rish xastaligi xisoblanadi.
O‘rtacha masofa 25-40 sm bo‘lishi kerak. Diqqatli bo‘ling.