12-18oylik bola parvarishi

12-18oylik bola parvarishi

Bola rivojlanishining bu bosqichida ko’rsatkichlar tezligi oshadi, ya’ni bola tezroq yuradi, yuguradi, zina yoki mebel jihozlari ustiga tezda chiqib oladi. Shu yoshdagi bolaga 4 g’ildirakli mashinani olib berishingiz mumkin, chunki mashina ustida o’tirib, oyoqlari bilan harakat qilish uning eng sevimli mashg’ulotidir.

Bolaning so’z boyligi ham oshib bormoqda: birinchi to’liq gaplarni gapira olishi kuzatiladi. So’z boyligini oshirish uchun bola bilan ko’p suhbatlashib, birgalikda kitoblarni rasmlarini izohlagan holda ko’rish lozim.

✅12-18 oylik bola:

Oddiy gaplarni tushunadi;

Aylanma bo’ylab yuradi, orqaga yuradi;

Tez yuradi;

Zinadan tepaga chiqadi;

Yurgan yo’lida to’xtab, yerdagi o’yinchoqni oladi;

Mebel jihozlari ustiga chiqadi;

To’rt g’ildirakli mashinani ustida o’tirib, oyoqlari bilan itarib yurg’azadi;

Koptokni tepmoqchi bo’ladi, lekin ko’pincha uddalay olmaydi;

Stulga o’zi chiqib o’tiradi;

Chizadi;

Koptok tashlay oladi;

Mayda to’g’ralgan nonushta qismlarini sous yoki murabboga botirib yeya oladi;

O’n-yigirmataga yaqin so’zni biladi;

Ayrim so’zlarni to’liq aytishni boshlaydi: masalan «ba» ni o’rniga «banan» deya oladi;

Ikkita qisqa so’zni qo’shib etadi: «xayr-xayr» yoki «yo’q-yo’q»;

Qisqa gap tuza oladi;

Kattalar harakatini qaytaradi;

«Tepaga», «pastga», «issiq», «sovuq» kabi so’zlarni tushunadi;

Qorni ochsa, so’z bilan ifodalaydi;

Barmog’ini og’ziga keltirib «Tsh-sh-sh» deya oladi;

Onadan holi qo’lishga asta o’rganadi;

Har xil shakllarni ajratadi;

Kitobdagi tanish buyumlarni boshqa joyda ko’rib taniydi;

Bir xil shakldagi o’yinchoqlarni bir-biriga tiqadi;

O’z oldida g’ildirakli buyumni (kolyaska, mashina) itarib yurishni yaxshi ko’radi;

O’yinchoqlarni urib taraqlatishni yaxshi ko’radi;

To’rt-besh kubikdan tashkil topgan qurilma yasashni yaxshi ko’radi;

«Qani …?» degan savolingizga javob berishni yaxshi ko’radi;

Musiqaga o’ynashni yaxshi ko’radi;

Knopkalarni o’ynashni, buyumlarni kovlashni yaxshi ko’radi;

Qulamachoq yoki bekinmachoq o’ynashni yaxshi ko’radi.

Bu yoshga to’lgan bolani bir so’z bilan «aktiv», deb atasa bo’ladi.

Bolaning tinmay chopib, har joyni ko’vlab, har joyga talpinishini ko’rayotgan ona uning chaqaloqlik davrini sog’inishi ajab emas. Endi bolada ichida bo’lsa ham savollari ko’p. «Koptokni tashlasam nima bo’ladi?», «Buni itarsan nima qiladi?», «Bu yerda nima bor ekan?» va hokazolar. Bola dunyoni o’rganadigan paytining eng avji boshlandi desak mubolag’a bo’lmaydi.

✅Bu davrda bolaga qiziq bo’lishi mumkin bo’lgan o’yinchoqlar juda ko’p. Uning rivojlanishi va diqqatini bir joyda ushlay olishi, zehnini charxlashi uchun moslari quyidagilardir:

1⃣Katta bloklar. Endi bola o’zi katta-katta «bino» lar qurishni boshlaydi. Keyin esa uni buzib zavqlanadi. Shu orqali rang va shakllarni ham o’rganadi.

2⃣Itarib, tortadigan o’yinchoqlar. Agar bu o’yinchoqlar qo’shimcha ravishda tovush ham chiqarsa, bolaga undanda ko’p zavq bag’ishlaydi.

3⃣Turi va shakliga qarab yig’iladigan o’yinchoqlar. Bolaning muammoni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi.

4⃣Osilib chiqish o’yinlari. Bola o’z kuchi bilan biron joyga chiqishni yaxshi ko’radigan davridir. Unga buning uchun imkoniyat yaratib, uyda maxsus yumshoq chiqish moslamalarni o’rnatish mumkin.

5⃣Ko’ptoklar. Bu davrda ham bola jondeb ko’ptoklar bilan o’ynaydi.

6⃣Qalam va qog’oz. Agar shu paytgacha bola qalamni ham qog’ozni ham yeyish kerak deb o’ylagan bo’lsa, endi ularni maqsadga muvofiq ishlatish vaqti keldi. Unga yorqin rangli 2-3 dona qalin chizadigan xavfsiz qalamlardan olib bering. Polga esa katta razmerdagi qog’oz skochlab yopishtirib qo’ying, bola mazza qilib ijod qilsin

7⃣1-3 yoshlik bolalarga mo’ljallangan velosipedlar. Pedallik yoki pedalsiz haydasa bo’ladigan mashina yoki velosipedlarni o’ynash vaqti keldi

8⃣Albatta kitob. Endi bolaga kitobni o’qib berayotganizda u gap bilan rasmlarni bog’laydi, rasmlarni taniydi va orasidagi bog’liqliklarni topadi