Burun qonashining sabablari nima?

❓Burun qonashining sabablari nima?


➥ Burun qonashi o‘ta jiddiy kasalliklarning ham belgisi bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik burun qonashiga e’tiborsizlik bilan qaraydi. Agarda burun qonashi vaqtida to‘xtatilmasa, ko‘p qon yo‘qotib o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin.


➥ Burun qonashining sabablari quyidagilar:


_Burun devori va qon tomir kasalliklari;

_Qonni suyuq va quyuqligini ta’minlovchi tizimlar buzilishi bilan kechuvchi qon kasalliklari;

_Qon bosimining ko‘tarilishi;

_Jigar va buyrak kasalliklari.


➥ Shuningdek, burun qonashining sababi qon va jigar kasalliklari yoki qon bosimini ko‘tarilishi bo‘lsa, ularni vaqtida davolamaslik kasallikning og‘ir asoratlanishiga sabab bo‘ladi.