Chaqaloq boshidagi gematomalar xavflimi?

❓Chaqaloq boshidagi gematomalar xavflimi?


🔘 Gulbahor Tojiyeva:


✍️ Shifokor Hilola Jumayeva:


✅ Gematoma — yumshoq to‘qimalar shikastlanishi bo‘lib, unda qon tomirlarining yorilishi kuzatiladi. Gematomaning yuzaga kelishiga homilaning kattaligi yoki ona tos suyaklarining kichikligi sababli tug‘uruq vaqtida bola boshining siqilishi, homila noto‘g‘ri kelishi, gipoksiya, ya’ni bola o‘z o‘qiga o‘ralib qolishi sabab bo‘ladi.


🔹 Gematomalar chaqaloq tug‘ilgach, dastlabki soatlarda paydo bo‘ladi va 2-3-kunligida hajmi kattalashadi. Asosan 8-10 haftada hajmi kichiklashib, qaytadi. Shunday bo‘lsada gematomalarni kuzatib borish tavsiya etiladi.


Agar hajmi kattalashishda davom etsa va gematomaning qonashi kuzatilsa, shifokor pediatrga murojaat qilish lozim. Bunda shifokor tomonidan kerakli tahlillar olib boriladi.


❗️Gematomalarni uy sharoitida shifokorsiz mustaqil davolamaslik kerak.