1 sentabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgardi ?
🟢 Sport maktablari ayrim xodimlariga ustamalar to‘lab beriladi.
🟢 Kirakashlik o‘zini o‘zi band qilish hisoblanadi.
🟢 Ayrim nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” ma’lumotlaridan foydalanishi mumkin.
🟢 Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanadi.
🟢 Ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan avtomobillar texnik ko‘rikdan ixtiyoriy o‘tkaziladi.
🟢 Oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi.
🟢 Avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.
🟢 Mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reyestri joriy etiladi.
🟢 Haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
🟢 Tibbiyot tashkilotlarining ilmiy unvonga ega xodimlariga ustama beriladi.
🟢 Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida malakasi uzluksiz oshiriladi.
🟢 Fuqarolarga ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismi qaytariladi.