Bolalarning toza havoda sayr qilishi qanchlik muhim.
Ko’pchilik ota onalar bolalarni sayr qildirishga unchalik ham ahamyat berishmaydi. Vaholanki kunda 2 marta bolani sayrga olib chiqish bola sog’lig’i uchun juda muhim. Bugun sayrning bola salomatligiga ahamiyatlari haqida gaplashamiz.
Toza havodagi sayr bolaning:
✔️imunitetini ko’taradi
✔️salomatligini mustahkamlaydi
✔️ ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Toza havoda sayr organizmda modda almashinuvini tezlashtiradi. Natijada bolaning ishtaxasi ochilib, ovqat yeyishi yaxshilanadi. Ishtaxasi yo’q bolalarni ovqatlanishdan 20-30 daqiqa sayrga olib chiqish tavsiya etiladi.
Bolani toza havoga sayrga olib chiqish imunitetni mustahkamlashga sabab bo’ladi. Natijada shamollash va gripp havfi sezilarli darajada kamayadi.
Sayrga har kuni,har qanday ob havoda olib chiqish kerak.Sayr vaqti esa ob havo sharoitiga moslab kiyintiring.
Manba©
@Yosh_onalarga_maslahatlar