Prezidentning “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Hujjat bilan:
➖ 2022-2023 yillarda sohani rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilandi. Misol uchun, 2022 yil yakuniga qadar aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil` yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini 60 foizga etkaziladi;
➖ 2022 yil 1 sentabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida AKTni qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi;
➖ 2022 yil 1 noyabrdan mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini kursatishga ruxsat beriladi;
➖ 2023 yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi;
➖ 2022 yil 1 oktabrdan boshlab AKT sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ITSV huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish tartibi joriy qilinadi.