Bolalarning sevimli ichimligi kakao rostan ham foydalimi??
Aksariyat holatlarda kakao ichimligi bolalar uchun zararsiz bo‘lishi mumkin. Ammo ushbu mahsulot tarkibida kofein ham bor, bu esa bola tanasidagi og‘ir alomatlar, asabiylik, uyqusizlik, yurak urishining tezlashishi kabi muammolarga sababbo‘ladi. Aynan shu kabi kamchiliklar qahva ichimligi sababli ham yuzaga kelishini bilsangiz kerak. Agar bolalar uchun tayyorlangan kakao ichiga shakar qo‘shib qaynatiladigan bo‘lsa, uning zarari ikki barobar ortadi. Mittovoylar uchun kakaoni faqatgina tong payti va oz miqdorda bergan ma’qul. Bundan tashqari uning tarkibidagi shakarni ham nazorat qilib turing. Qahva esa bolalar taomnomasidan mutlaqo olib tashlanishi kerak.