Emlash (privivka) mumkin bo’lmagan holatlar
✅Quyidagi hollarda emlashdan oldin ehtiyot bo’lib, vrachga xabar berish kerak:
1. Agar bolada oldin qaysidir privivkaga qattiq reaksiya bo’lgan bo’lsa, shu turdagi privivkani olishdan oldin vrachga bolada bo’lib o’tgan reaksiya haqida xabar bering;
2. Bolada isitma bilan bog’liq bo’lmagan tutqanoq (sudorga) holati bo’lgan bo’lsa;
3. Epilepsiya kasalligi bo’lsa;
4. Bola kasal bo’lib, isitmasi chiqayotgan bo’lsa;
5. Bolaga qilinayotgan privivka kasalligi yuqib bo’lgan bo’lsa;
6. Emlanishdan so’ng bola boshqa mamlakatga ketayotgan bo’lsa.