Dunyodagi eng katta kutubxona

Dunyodagi eng katta kutubxona


Dunyodagi eng katta kutubxona Dubayda joylashgan. To‘qqizta kutubxonani birlashtirgan muassasada arab va xorijiy tillarda 1,1 milliondan ortiq bosma hamda raqamli kitoblar, 6 millionga yaqin ilmiy ishlar mavjud. Shuningdek, kutubxonadan 75 000 ta video, 5 000 ta tarixiy jurnal va 500 ta noyob kolleksiya o’rin olgan.


Bino qisman quyosh energiyasi bilan ishlaydi. Bundan tashqari, chiqindilar miqdorini 50 foizgacha qisqartirishga imkon beradigan suvni qayta ishlash tizimiga ham ega. Shuningdek, kutubxonaga kiraverishda robotlar mehmonlarni sevimli kitoblari tomon yo‘naltiradi. Qiymati 260 mln yevroga teng ushbu ulkan loyihani bunyod etishga Amir Muhammad bin Rashid Al Maktum bosh-qosh bo‘lgan.