Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qaysi fanlardan dars bera oladi?

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qaysi fanlardan dars berish huquqiga ega?


🔰Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi diplomida “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi”, “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiya ishlar metodikasi”, “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish”, “Pedagogika va boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi” kabi ixtisosliklardan biri berilgan bo‘lsa ular:


👉“ona tili”

👉“o‘qish”

👉“tarbiya”

👉“matematika”

👉“atrofimizdagi olam”

👉“tabiatshunoslik”

👉“tasviriy san’at”

👉“texnologiya” fanlaridan dars berishi mumkin.


🔰Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining diplomida “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ixtisosligi berilgan bo‘lsa, ular:


👉“ona tili”

👉“o‘qish”

👉“tarbiya”

👉“matematika”

👉“atrofimizdagi olam”

👉“tabiatshunoslik”

👉“tasviriy san’at”

👉“texnologiya”

👉“jismoniy tarbiya” fanlaridan dars berishi mumkin.


❗️Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan rus tili, chet tili, musiqa madaniyati fanlaridan dars berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tarif stavkasi yuqoridagi fanlar hisobidan to‘ldirilishi mumkin. Shu munosabat bilan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ular dars berayotgan fanlar (ona tili, o‘qish, matematika, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, tarbiya, texnologiya, tasviriy san’at va jismoniy tarbiya fanlari uchun tegishli toifa asosida o‘qituvchining tarif stavkasiga muvofiq ish haqi to‘lanadi.