Yangi tug’ilgan chaqaloqni yozning jaziramasida parvarish qilish
Yozda tug’ilgan chaqaloqni qishda tug’ilgan chaqaloqni parvarish qilishdan ko’ra qiyinroq. Agar qishda birgina muammo chaqaloqning sovuq qotmasligi bo’lsa, yozda chillalik chaqaloq uchun maxsus e’tibor talab etiladi.
1. Bola so’raganida emizing. Issiq kunda chaqaloqlar chanqagani uchun ham oldi sutni tez-tez emib turishni istaydi. Besh-olti oygacha ona sutini emayotgan bolaga suv berish shart emas.
2. Uy harorati juda yuqori bo’lsa, ventilyator emas balki kondisioneryoqib qo’ying.
3. Kondisioner kun mobaynida o’chirilmasdan yoqilgan bo’lib, xonada bir haroratni ta’minlab turishi lozim. O’chirib-yoqqanda esa bola orada terlab olib muzdek xavodan shamollashi oson bo’ladi.
4. Bolani kunida kamida 2 marta iliq suvda chayintiring.
5. Bola yotgan choyshab paxta tolasidan bo’lishi shart.
6. Issiq havoda bolani ko’chaga olib chiqmang.
Chaqaloq 3 soat davomida siymagan bo’lsa, u suvsizlanib qolgan bo’lishi mumkin. Bu holat esa tez tibbiy yordamni talab etadi.
7. Bolani issiq mashinani ichida 1 daqiqaga ham qoldirib ketmang.
8. Kiyimni imkon qadar kamaytiring yoki umuman kiydirmang.
9. Issiq kunda tagliklar tufayli bola terida tez issiqlik toshadi. Kun mobaynida imkon qadar uzoq vaqt davomida bolani tagliksiz yotqazing.
10. Issiq kuni bola yig’layotgan bo’lsa, emizing, chanqayotgan bo’lish ehtimoli katta.
Manba©
@yosh_onalarga_maslahatlar