Qovunning foydalari

Qovunning foydalari


«Qovun — to‘yimli, kam kaloriyali taom», deydi Pittsburglik diyetologiya akademiyasi mutaxassis Xitir Manjiyeri.


2006 yilda HortScience jurnalida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qovun tarkibida beta-karotin miqdori juda yuqori.

Beta-karotin — sariq meva va sabzavotlarda uchraydigan, ularga shu rangni beradigan o‘simlik pigmenti. Apelsin va sabzi to‘q sariq rangiga qaramay qovun tarkibidagi beta-karotin ularnikidan ko‘proq.


100 g qovun: 36 kkal

• Oqsil — 0,5 g

• Yog‘ — 0,1 g

• Uglevodlar — 9 g

— Natriy — 26 mg

— Vitamin A — kunlik ehtiyojning 108%

— Tolalar — 1 g — kunlik ehtiyojning 6%

— Kalsiy — kunlik ehtiyojning 1%

— Temir — kunlik ehtiyojning 2% bulardan tashqari tarkibida kaliy, magniy, foliy kislotasi, fosfor, kremniy, erkin organik kislotalar saqlaydi.


Qovun tarkibida ko‘p miqdorda folat (V9 vitamini) mavjud. Bu homiladorlik paytida ayol organizmi uchun zarurdir, bundan tashqari u xotirani yaxshilaydi va depressiyadan himoya qiladi.

Tarkibida kremniy borligi tufayli soch va teri holatini yaxshilaydi.

Temir (qovun tarkibida baliq va sutga qaraganda ko‘proq) gemoglobinni ko‘paytiradi.

Beta-karotin tufayli chiroyli va silliq teriga ega bo‘lasiz.


Qovun tarkibida qimmatbaho element — oltin mavjud! Bu boshqa elementlar bilan bir qatorda organizmga juda zarur.


@taomlanish_ilmi