Tarvuzning foyda va zararlari

Tarvuzning foyda va zararlari

✅ Foydalari

Tarvuz deyarli 90% suvdan iborat bo‘lib, chanqog‘ingizni juda yaxshi qondiradi. Tarkibida oqsillar va yog‘lar yo‘q, ammo tez hazm bo‘lib energiya beradigan uglevodlarga boy. Ushbu meva, ayniqsa, jismoniy faol odamlar uchun foydalidir. Mashqlar davomida ozgina tarvuz sharbati yoki bir bo‘lagi organizmni suvga bo‘lgan talabini qondiradi va glyukoza bilan to‘yintiradi. Tarvuz tarkibida juda ko‘p qizil pigment — likopin mavjud. Tanadagi likopon boshqa karotinoidlar singari A vitaminiga aylanmaydi. Pigment kuchli antioksidant xususiyatiga ega. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oziq-ovqat tarkibidagi ko‘p miqdordagi likopin yurak qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Ba’zi tadqiqotlar hattoki prostata va ichak saratoni xavfini kamaytirishini ta’kidlaydi.

Tarvuz tarkibidagi vitaminlar past konsentratsiyada bo‘ladi, lekin C va A vitaminlariga juda boy. Tarvuz ayniqsa minerallarga boy. Uning tarkibida mushaklar uchun kerakli bo‘lgan juda ko‘p magniy bor. Magniy kalsiyni singdirishga yordam beradi, busiz suyaklar mo‘rt bo‘lib qoladi.

Urug‘lari ko‘p miqdorda ozuqaviy moddalar bilan to‘yingan: foliy kislotasi, vitamin RR shuningdek fosfor va magniy mavjud. Tarvuz urug‘ini quritilgan yoki qovurilgan holda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

❌ Zararlari

Tarvuz deyarli suv va kam kaloriyaga ega bo‘lgani uchun uni cheksiz miqdorda iste’mol qilish mumkin degan noto‘g‘ri tushuncha bor. Tarvuz oddiy uglevodlarga boy bo‘lib, glikemik indeksi baland mahsulotlar ro‘yxatiga kiradi. Shakarni organizmdan chiqarib tashash uchun ko‘p miqdorda suv sarflashga to‘g‘ri keladi, bu esa buyraklarga ortiqcha yuk bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu miqdordagi suv kerakli minerallarni ham yuvadi.

Tarvuz yaxshi diuretikdir. Shuning uchun urolitiazli odamlarga uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, sababi toshlarni siljitishi mumkin. Tarvuz 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berish tavsiya qilinmaydi, allergenligi sababli emas, balki tarvuzni sanoat usulida yetishtirishda ishlatiladigan o‘g‘itlar, nitratlar va boshqalarni zararli ta’siridan. Shu sababdan kattalarga tarvuzni qobig‘igacha iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi aynan shu qatlamida zararli moddalar bo‘ladi.

🔬 Tarvuzdan tibbiyotda foydalanish Rasmiy tibbiyotda tarvuzni faqat urug‘lari ishlatiladi. Yog‘ ekstrakti buyrak kasalliklari uchun ishlatiladi. Diuretik ta’siri va siydik kislotasining chiqarilishini ko‘payishi tufayli buyraklar qumdan tozalanadi. Bu vositadan shifokor ko‘rsatmasiga asosan foydalanish mumkin.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, tarvuz shishlarni, yurak va buyrak kasalliklarini, gipertoniya va ich qotishini yengillashtiradi.

@taomlanish_ilmi