Oʻzbekistonda uchuvchilarning oylik maoshi qancha?

Oʻzbekistonda uchuvchilarning oylik maoshi qancha?


Yangi ishga qabul qilingan uchuvchining lavozim okladi (LO) $800 atrofida boʻladi, tajribasiga qarab balandroq lavozimga koʻtarilsa okladam oshadi.


Qoʻshimcha ravishda har oy:

— Ingliz tilini bilishi 15%;

— Malaka toifasi 1 (50%) va 2 (30% gacha);

— Qoʻshimcha 1 soatlik uchgani uchun 1 mln 840 ming soʻm (oyiga minimal chegara 10 soat va undan kam uchganlarga qoʻshilmaydi);


Yuqoridagidan maʼlumki uchuvchi qanchalik tajribali, malaka toifasi baland va oylik minimal 10 soatlik uchishdan necha soat koʻp uchsa shuncha oylik maoshi koʻtarilib boraveradi.


Qoʻshimcha ravishda quyidagi hollarda moddiy ragʻbatlantiriladi:

— Bayram kunlari: 1 ta LO;

— yilda bir marotaba 2 ta LO;

— taʼtilga chiqsa: 1 ta LO;

— davolanish, uylanish vaqtida: 4 ta LO;


Shuningdek yilda bir marotaba havo kemasida imtiyozli borib kelish huquqi beriladi.