Kamqonlik profilaktikasi uchun

Kamqonlik profilaktikasi uchun…


♻️ Kamqonlikka uchragan bemorlar maxsus parhez ovqatlarni iste’mol qilib turishlari kerak. Ularning ayrimlari haqida bilib olganingiz ma’qul.


🔰 Tovuq go‘shti va sabzavotli salat

Qaynatib pishirilgan tovuq go‘shtining yumshoq, terisiz joylari olinadi. Bodring somoncha qilib to‘g‘raladi, pomidor halqa shaklda, ko‘kpiyoz va oshko‘klar mayda qirqiladi. Tayyor mahsulotlar yaxshilab aralashtirilgach, ustidan biroz qaymoq quyiladi. Bu salat oqsil, yog‘, uglevodlarga boy hisoblanadi.


🔰 Suzmali salat

Tozalab yuvilgan oshko‘k, shivit, kinza, rayhon, ko‘kpiyoz va rediskani mayda to‘g‘rang, bodringni parraklang. Hamma masalliqni suzmaga aralashtiring. Ustidan tuz, murch sepib, dasturxonga torting.


🔰 Qand lavlagi salati

Qand lavlagini suvda qaynatib tozalagach, kub shaklida to‘g‘rang va idishga soling. Biroz miqdorda qaymoq aralashtirib iste’mol qiling.


🔰 Qaynatilgan oshqovoq

To‘q sariq rangli, ta’mi shirin bo‘lgan oshqovoq suvda qaynatiladi. Pishgach, olib sovitiladi. So‘ng mayda kub shakoila to‘g‘raladi. Ustidan shakar sepib, biroz qaymoq quyiladi va taomdan oldin iste’mol qilinadi.


📚 Abu Ali ibn Sino kamqonlikni davolashda ismaloqdan qaynatma tayyorlagan va uni qoni kamayib ketgan bemorga ichirgan. Bir oshqoshiq miqdoridagi ismaloq o‘ti bir stakan suvda o‘n daqiqa qaynatiladi. Bir soatcha damlanadi. Keyin dokadan suzib, kuniga yarim piyola miqdorida 3 mahal ichiladi.


🔰 Olmada temir moddasi serob

Shuning uchun tabiblar kamqon bemorga olma yeyishni va uning sharbatini ichishni maslahat berganlar.


🔰 Behi mevasi ham temirga boy

Uning bargi va po‘stlog‘idan teng miqdorda olib, biroz suvda qaynating, so‘ng tindirib suzgichdan o‘tkazing.Damlamadan ichib turish kamqonlikka davo bo‘ladi.


🔰 O‘rik mevasi yoki quritilgani (turshagi)

Kamqonlikni davolashda bu mahsulot muhim o‘rin tutadi. Qadimgi tabiblar anemiyasi bor bemorlarga ko‘proq o‘rik yeb turishni va turshakni suvda ivitib ichishni maslahat berganlar.


🔰 Qizil sabzi

Qizil sabzini xomligicha qirg‘ichdan o‘tkazib, so‘ng biroz qaymoq qo‘shib iste’mol qilish kamqon bemorlar uchun juda foydali.


🔰 Na’matak damlamasi

Na’matak mevasidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida kamqonlikni davolashda keng qo‘llanilgan. Ushbu damlama tarkibida vitamin C miqdori juda ko‘p bo‘lib, oziq-ovqatlardagi temirning o‘zlashtirilishiga ko‘maklashadi.


🔅 Na’matakdan damlama tayyorlash uchun uning quritilgan mevalari ishlatiladi. Bir osh qoshiq meva bir stakan suvga solinadi va past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. So‘ng yarim soat damlab qo‘yiladi, ovqatdan oldin ichiladi.


🔰 Turp

Turpni yaxshilab artganingizdan so‘ng qirg‘ichdan o‘tkazing va dokada siqib sharbatini oling. Shu sharbatdan kuniga 3-4 marta ovqatlanishdan avval ikki-uch osh oqshiqdan ichib turasiz.


💭 Kamqon bemorlar dori-darmonlar bilan davolanish va parhez ovqatlar iste’mol qilish borasida shifokor bilan tez-tez maslahatlashib turishlari zarur.


Manba © @pediatronline