❓Chaqaloq sochini kal qilib olish sochlarni qalinlashtiradimi?
✅ Xalq ichida chaqaloqlar sochini tez-tez olish sochlarni qalinlashtirib, tezroq oʻsishiga, rangining va shaklining (jingalak, silliq) oʻzgarishiga yordam beradi degan fikr mavjud. Bu fikr notoʻgʻri, chunki sochlarning qalinligi va soch tolalarining tuzilishi naslga va soch ildizlariga bogʻliq.
🔘 Sochlarni kal qilib olgan bilan soch ildizlari koʻpaymaydi va sochlar qalinlashmaydi. Sochlar jingalakligi yoki tekisligi esa naslga bogʻliq hisoblanadi.
🔹Shu bilan birgalikda chaqaloq sochlarini tez-tez kaltalatish tavsiya etiladi. Oʻsgan sochlar bolada noqulaylik keltirib chiqaradi va uning asabiylashishiga ham sabab boʻladi. Chaqaloq sochlari dastlabki davrda turli uzunlikda boʻladi. Sochlarni tez-tez bir uzunlikda kaltalatish esa sochlarning bir qolipga tushishiga va bir xil oʻsishiga yordam beradi.
Manba©
@yosh_onalarga_maslahatlar