1-MAYDAN OSHGAN HOLATIGA PЕNSIYA VA NAFAQALAR QANCHA BO‘LDI

1-MAYDAN OSHGAN HOLATIGA PЕNSIYA VA NAFAQALAR QANCHA BO‘LDI

📃 Prezidentning 29.04.2022 yil kuni PF–128-son “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

✅ Farmonga asosan, 2022 yil 1 maydan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi va shunga ko‘ra, O‘zbekiston hududida pensiya va nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:

🟢 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 so‘m;

🟢 yoshga doir eng kam pensiya – oyiga 633 000 so‘m;

🟢 nogironlik pensiyalari, ish staji to‘liq bo‘lmagandagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 so‘m;

🟢 mehnatga layoqatsizlarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lganlarga beriladigan nafaqa – oyiga 698 000 so‘m;

🟢 1941-1945 yillardagi urushda nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad qamal qilinganda ishlaganlarning eng kam pensiyasi ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 so‘m;

🟢 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 so‘mdan) 698 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 so‘m.