Sog’lom ovqatlanish sari 5 qadam
1. Oqsilli oziq-ovqatlarni (go’sht, baliq, tuxum, sut mahsulotlari, qo’ziqorin) iste’mol qilgandan so’ng suyuqlik (ayniqsa shirin) ichmang. Bu me’da shirasini suyultiriladi va o’z navbatida, ovqat hazm qilishni qiyinlashtiradi.
2. Oqsil va uglevodlarni birga iste’mol qilmang. Oqsillar hazm bo’lishi uchun kislotali muhit kerak, uglevodlar esa ishqoriy muhitda hazm bo’ladi. Oshqozonda muhit juda tez o’zgara olmaydi va ikkalasini ham iste’mol qilganda, u oxirigacha hazm bo’lmaydi.
3. Uglevodli ovqatni sezilarli darajada iste’mol qilgandan so’ng, ikki-uch soat ovqatlanmaslik kerak. Ovqatni yaxshi hazm bo’lishiga imkon berish kerak.
4. Ovqatdan keyin mevalar iste’mol qilmang. Mevalar alohida taom bo’lishi kerak (afzali gazak o’rnida) yoki ular ovqatning boshida iste’mol qilinishi kerak.
5. Asosiy ovqatdan keyin shirinliklarni, ayniqsa oqsillarni iste’mol qilmang.
Manba (https://t.me/taomlanish_ilmi/2134)