Yoshim 19 da. Sochim oqaryapti. Sababi nima?

❓Yoshim 19 da. Sochim oqaryapti. Sababi nima?


🔷 Sochning erta oqarishiga quyidagilar sabab boʻladi:


🔸Irsiy omillar.

🔸Soch oziqlanishining buzilishi – B, C, D, Ye vitaminlari va mis, yod, temir elementlarining yetishmasligi

🔸Kamqonlik yoki ovqat hazm qilish tizimining buzilishi.

🔸Psixogen omillar va gormonal oʻzgarishlar.

🔸Stress natijasida tanadagi antioksidantlar kamayadi, natijada boshqa hujayralarni oʻldiruvchi erkin radikallar koʻpayib, soch oqarishi, vitiligo kabi kasalliklar kelib chiqadi.


✅ Oq sochlarni yulib olmang, bu yangi rangsiz tuklarning oʻsishini va qoʻshni soch follikulalariga rangsizlanishning tarqalishini ragʻbatlantiradi.


🧘🏻‍♂ @Tibbiyot_24