Eng chiroyli odamlar qaysi oyda ko’proq tug’ilishadi.
Amerikalik olimlar eng chiroyli odamlar qaysi oyda koʻproq tugʻilishlarini aniqlash maqsadida tadqiqot oʻtkazdilar. Ular tashqi koʻrinishi chiroyli boʻlgan yulduzlarning qaysi oyda koʻproq dunyoga kelganlariga asosan tadqiqot olib borishgan. Maʼlum boʻlishicha, eng chiroyli odamlar koʻproq aprel oyida tugʻilar ekan. Zamonamiz sohibjamollarining 60 dan ortigʻi, aynan mana shu oyda tavallud topgan.
Ikkinchi oʻringa avgust oyi munosib koʻrildi. Ushbu oyda eng kelishgan va chiroyli deb tan olingan yulduzlarning 51 nafari dunyoga kelgan. Ular orasida Krim Xemsvort, Xolli Beri, Bleyk Layvli ham bor.
Kuchli uchlikni fevral oyi yakunlab berdi. Bu oyda Maykl Jordan, Rianna kabi taniqli insonlar dunyoga kelishgan.
Siz qaysi oyda tug’ilgansiz?