Birlashgan Arab Amirliklaridagi «Oq masjid» haqida

Birlashgan Arab Amirliklaridagi «Oq masjid» haqida


Shayx Zayd masjidi Abu Dabi shahrida joylashgan bo’lib, dunyodagi eng katta masjidlardan biri hisoblabadi.


Masjid bir vaqtning o’zida 40 000 nomozxonni o’z bag’riga sig’dira oladi.

Ushbu masjidda Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng katta gilam to’shalgan.

Gilam maydoni 5627 m². Og’irligi esa naqd 47 tonna keladi.


Masjid yuqori sifatli oq marmardan qurilgan bo’lib, devorlar, naqshlar oltin, olmos, Swarovski toshlari bilan bezatilgan.


Masjid 10 yildan ortiq vaqt mobaynida qurilgan, qurilish narxi esa 545 mln dollarga baholanadi.