MAYIZ+YONGʻOQ: QAYSI DARDLARGA TOʻGʻANOQ?
✅ Yongʻoq va mayiz aralashmasini isteʼmol qilish ateroskleroz xastaligi rivojlanishining oldini oladi. Agar xastalik rivojlangan boʻlsa, uning tuzalishini tezlatadi.
✅ Yongʻoq-mayiz aralashmasi yurak faoliyati pasayishi, muskullar kuchining pasayishi bilan kechadigan xastaliklarni davolashda va oldini olishda benazir malham hisoblanadi.
✅ A’zoyi tana toʻqimalarining yosharishini taʼminlaydi.
✅ U asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, tinchlantiruvchi xususiyati bilan bugungi ruhiy zoʻriqishlar kuchaygan kunda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Stressdan saqlanish uchun yongʻoq-mayiz teng miqdordagi ulush aralashmasini goʻsht maydalagichdan oʻtkazib, keyin asalga aralashtirib, 1 osh qoshiqdan isteʼmol qilib yurish tavsiya etiladi.
Manba (https://t.me/alhadaya_uz/3266)