Zanjabilni (imbir) foydalari haqida

Zanjabilni (imbir) foydalari haqida


• Saraton xavfini kamaytiradi

Tadqiqotlar shuni isbotladiki, zanjabilning o‘tkir ta’mi uchun mas’ul bo‘lgan gingerol moddasi saraton kasalligini rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.


• Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi

Zanjabil ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta’sir o‘tkazib, ichaklar yallig‘lanishini oldini oladi, ko‘ngil aynishini kamaytirishga ham yordam beradi.


• Og‘riqni kamaytiradi

Olimlarning fikricha, 11 kun davomida 2 grammdan zanjabil qabul qilgan insonlar mushaklaridagi og‘riqni sezilarli darajada kamayganini ma’lum qilgan.


• Qonda qand miqdorini me’yorlashtiradi

2015 yilda olib borilgan tadqiqotda qandli diabetning 2–tipiga chalingan 41 bemor kuniga 2 grammdan zanjabil iste’mol qilgach, qondagi shakar miqdori 12% ga kamaygan.


• Alsgeymer kasalligidan himoya qiladi

Ushbu kasallikning davosi hanuzgacha topilmagan. Surunkali yallig‘lanish va stress kasallikni keltirib chiqaradi deb hisoblanmoqda. Ba’zi hayvonlarda olib borilgan tekshiruvlar shuni ko‘rstadiki, zanjabil mazkur jarayonlarni sekinlashtirishi mumkin.


• Vaznni kamaytiradi

Dunyo bo‘ylab odamlar imkon qadar ozishga harakat qilmoqda. Zanjabilni iste’mol qilish esa vaznni kamaytirishga yordam beradi. Chunki u metabolizmni rag‘batlantiradi va hamisha to‘qlik hissini beradi.


⚡️ Qarshi ko‘rsatma: gastrit, oshqozon yarasi, oshqozon-ichak tizimi, jigar, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida.

Homiladorlik va emizikli davrda iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.


Har qanday holatda ham, zanjabil iste’mol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashing!


Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)