Metiorizm-Chakaloklarda qorin dam bulishi

Metiorizm-Chakaloklarda qorin dam bulishi 🔎


KORIN DAM BULISHI BЕLGILARI:


Chaqaloq ichaklardagi og’riq tufayli oyoqlarini tanaga torta boshlaydi, keskin harakatlar qiladi, qorinda qurillash eshitiladi, qorin damlanishi kuzatiladi, kekirish, gaz ajralishi, baqirib yig’lash, qorin sohasida to’plangan gaz tufayli qattiq holatga keladi.


SABABI:


1⃣ Yangi tug’ilgan chaqaloq hazm qilish sistemasi tashqi muhitga moslashmaganligi va oshqozon ichak tizimi mukammal rivojlanib ulgurmaganligi.


2⃣ Bolaning yoshiga mos bo’lamagan oziq ovqat bilan ovqatlantisrish va shu jumladan ona ham bola hazm qila olmaydigan mahsulatlarni istemol qilishi.


3⃣ Bolada laktaza fermenti yetishmasligi, va sigir sutidagi oqsillarga allergiya borligi.


DAVOLASH:


Dorilar bilan:


«Espumizan» «kolekvel» «ukrop suvi» «bobotik» kabi tomchilar qorin dam bo’lishini davolashda qo’llaniladi:

Bola hayotining 28- kunidan 2 yoshgacha kuniga 8 tomchidan 4 marta ichiriladi 5-10 kun.


«Infedol» sashe ichaklardagi spazmni kamaytiradi. Kuniga 1 tadan 2 mahal 5 kun. Bu preparat chaqaloqdagi og’riq hissini yo’qotadi.


Qo’shimcha tafsiyalar:


1⃣ Bola qornini biroz bosgan holda soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha masaj qilish.


2⃣ Qorin qismini beshikga yo’rgaklaguncha qattiqroq qilib bog’lash.


3⃣ Gimnastik mashqlar bajarish bola oyoqlarini tizzasidan bukib qorni tomon itarish va yana to’g’irlash.


4⃣ Ovqatlantirishdan oldin bolani 5 daqiqa qorin tomoni bilan yotqizish.


5⃣ Ovqatlantirilgandan keyin bolani 10 daqiqa tik ushlab turish.


6⃣ Oyoqlari doimo erkin harakat qilsin, yo’rgaklaguncha oyoq tomonini qattiq qilib bog’lamaslik.


7⃣ Pediatr bilan maslahatlashib turish va bolani tibbiy ko’rikdan o’tkazib turish.