Jig‘ildon qaynashiga yechim

Jig‘ildon qaynashiga yechim


Jig‘ildon qaynashi — oshqozondagi kislotani qizilo‘ngachga o‘tishi va shilliq qavatini ta’sirlantirishidan paydo bo‘ladi. Ushbu kasallikni kelib chiqishida sabablar ko‘p, lekin asosiy mexanizm kislotani ta’sirlantirishida.


Qizilo‘ngachga kislotani tushishi sabablari:

— ortiqcha ovqatlanish, yo‘l-yo‘lakay ovqatlanish, yaxshi chaynamasdan yutish;

— shokolad, yog‘li, shirin, ziravorlar, sitruslar, pomidorni suiste’mol qilish;

— ortiqcha tana vazni;

— chekish;

— ovqatda piyozni ko‘pligi;

— alkogol, gazli suvlar, kofe ichish;

— stress;

— ba’zi dori vositalari: aspirin, ibuprofen, naproksen;

— qorinni siqib turuvchi tor kiyimlar.


Yuqoridagi sabablarni bartaraf qilish bilan jig‘ildon qaynashini oldini olish mumkin.


Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)