Milliarderlar kunni qanday boshlashadi? ☕️
Dunyoning eng boy birinchi raqamli milliarderi Jeff Bezos tongni gazeta o’qish bilan qarshi oladi. Undan so’ng, u bir chashka kofe ustida bolalari bilan birgalikda nonushta qiladi.
Yana bir milliarder Ilon Mask esa, 07:00 da uyg’onib, dush qabul qiladi. Undan so’ng, u ham bir chashka kofe ichib, nonushta qilmay, to’g’ri ishga ketadi.
Keyingi milliarderimiz Bill Geyts tongni o’zining sport zalida 1 soatlik badantarbiya bilan boshlaydi. Undan so’ng, gazeta mutola qilib, bir kosa kakaolik taomni va chizburgerni paqqos tushiradi.
💬 Siz tongni qanday qarshi olasiz?