Dasturchi bo’lishdan oldin aniq bir dasturlash tilini tanlab oling.

Dasturchi bo’lishdan oldin aniq bir dasturlash tilini tanlab oling. Bu ishni o’ylab, aql bilan amalga oshiring!


Biror tilni o’rganishni boshlab, u til siz uchun emasligini kech tushunib yetishingiz, yoki bir tildan ikkinchisiga sakramaslik uchun siz nima vazifani hal qilmoqchi ekanligingizni tushunib olishingiz muhim. Ba’zilar Java, PHP, Python, jаvascript’ni tavsiya qiladilar. Kimdir C++ yoki GO’dan boshlashni maslahat beradi.


Xozir IT olamida karyerangizni qaysi dasturlash tili bilan boshlashingiz mumkinligini aytib o’taman:


🔹 Python


Ehtimol bu ro’yxatdagi eng oddiy dasturlash tili. Minimal xizmat ko’rsatuvchi belgilar, dinamik yozish imkoniyati va eng tushunarli sintaksis mavjudligi. Agar siz ushbu jumlalarni tushunmagan bo’lsangiz, bu holat Python dasturlash tilini o’rganishingiz uchun sabab bo’la oladi.


🔹 jаvascript


Keyingi tillar ichidagi «must have» bo’lgan dasturlash tili. Sintaksis tartibi bu yerda murakkabroq, unda: xizmat ko’rsatuvchi belgilar, rangli qovuslar va konstruktsiyalar mavjud. Funktsiyalar nomlari har doim ham uning mohiyatiga to’g’ri kelmaydi va hatto eng sodda kod ham struktura shaklida tuzilgan.


🔹 Java


20 yildan buyon ushbu til eng ko’p talab qilinadigan tillar ro’yxatida bo’lib kelmoqda. Shuning o’zi bu tilning darajasini ko’rsatib beradi. Java yordamida siz veb uchun grafik vidjetlar yaratishingiz yoki ish stoli dasturlarini yozishingiz mumkin.


🔹 C#


Agar siz dasturlash tili borasida biror qarorga kelmagan bo’lsangiz, unda sizni nima qiziqtirishini hali aniqlab olmagansiz. Veb, mobil yoki ish stoli dasturlarimi? Barcha kelajak sohalari yoki yo’nalishlari uchun eng universal vosita bu C#. Bu dasturlash tilini o’rganib, xohlagan yo’nalishingiz uchun dastur yoza olasiz.


Qaysi biriga yuragingiz jiz etdi? 😉


© Zafarbek Ibrohimov


👉 @ITStarsUz