Bola qachon o’giriladi (dumalaydi)?

Bola qachon o’giriladi (dumalaydi)?


Chaqaloqning rivojlanishini ota-onalar jiddiy kuzatadi. Bola qachon ag’darilishi kerak? Qachon boshini ushlashi kerak? Bola qachon dumalashi kerak? Shu kabi savollar ota-onani qiziqtirishi tabiiy holat.


Bola 3 oyida kelib ilk bora boshini biron tovushga o’girishni boshlaydi. Lekin butun badani bilan dumalashni yoki o’girilishni 4-5 oyiga kelib o’rganadi.

Bu davrda uning oyoq-qo’l va badan mushaklari ancha kuchaygan bo’ladi.


Birinchi bo’lib, odatda chaqaloqlar belida yotgan holda yon tomonga o’girila oladilar. Bundan so’ng belida yotgan holda qoringa dumalab olishni bilib oladilar. Oxirida qorinda bo’la turib belga ag’darilishni o’rganadilar.