«Toshdek mustahkam va chidamli hamda iliq va optimistik ranglar jamlanmasi (Ultimate Gray/Illuminating) kuch va pozitivni ifodalaydi», — deyiladi institut izohida.
Pantone direktori Leatris Eysmanning ta’kidlashicha, ushbu ranglar birgalikda insonga sabr-toqat va umid bag’ishlaydi.
Eslatib o’tamiz, institut 2020 yil uchun xotirjamlik va ishonchni ifodalovchi klassik ko’k rangni tanlagandi.
Ma’lumot uchun: Pantone instituti ranglar yaratish va ranglar tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Ularning ishlaridan butun dunyodagi dizayner va reklamachilar foydalanishadi. 2000 yildan beri instiut har yilning o’z rangini belgilab keladi.