Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi Baxtimiz Qomusi. 8-dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysiBaxtimiz Qomusi Sinf xonasi bayramona bezatilgan:devoriy gazeta,bolalar chizganrasmlar,sharlar.Yoqimli kuy yangrab turadi. -Kulib issiq yuzimiz, Porlab turar ko’zimiz. Assalomu alaykum Eng birinchi so’zimiz.Hamma:Mehribon onalarga, Jonkuyar otalarga. Qadrdan ustozlarga Assalomu alaykum. 1-o’quvchi:Assalomu alaykum, bayramimizning aziz mehmonlari! “Baxtimiz Qomusi” deb atalgantadbirimizga xush kelibsiz! Davlat madhiyasi yangraydi. 2-o’quvchi:Har bir mamlakatda shunday bir muhim kitob borki,bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilar. Konstitutsiyada butun mamlakatga ham,alohida insonlarga ham tegishli bo’lgan muhimma’lumotlar bor.Bizning O’zbekistonimizning hamshunday kitobi bo’lib , bu kitob O’zbekiston Res-publikasining Konstitutsiyasi deb ataladi. 3-o’quvchi:1991-yil 31-avgust kuni ona O’zbekis-tonimiz ozod, mustaqil Respublika deb e’lon qilin-di. Davlatimiz o’z Konstitutsiyasiga, yeriga, chegarasiga,davlat tiliga,milliy valutasi so’mga,armiyasiga ega bo’ldi.4-o’quvchi: 1992 — yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Kons- titutsiyamiz olti bo’lim, yigirma olti bob,128-mod-dadan iborat. Bu kun bayram sifatida nishonlana-di, hamma dam oladi. Sinf qizlari ijrosida raqs. 5-o’quvchi:Har bir kishining tug’ilib o’sgan joyiunung aziz va mo’tabar Vatani hisoblanadi.BizO’zbekiston nomi bilan dunyoga mashhur bo’lgango’zal Vatanda yashayapmiz. 6-o’quvchi:Vatan mustaqilligini mustahkamlash-da har bir shaxs o’z hissasini qo’shishni oliy bur- chi deb hisoblaydi.Bu ishda o’quvchilar ham o’zbilimi , maktab ishlarida qatnashishi,yaxshi hulqiva odobi bilan hissasini qo’shadi.7-o’quvchi: Konstitutsiyada shaxs va fuqarolar-ning barcha huquq, erkinlik va burchlari belgilabberilgan.Endi konstitutsiyamizning ayrim modda-lari bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 8-o’quvchi:1-modda.O’zbekiston-suveren demo-ktatik respublika.Davlatning “O’zbekiston Res-publikasi”va “O’zbekiston” degan nomlari birma’noni anglatadi. O’zbekiston- ozod ,hur Vatan! Quchoqlari to’la nur Vatan! Istiqloling abadiy bo’lsin, Dunyolar turguncha tur, Vatan! -3- Tuprog’ingda jannat nafasi, Sen bobomning orzu-havasi Iftixorim yuksak: Vatatim- O’zbekiston Respublikasi! 9-o’quvchi:Oilamizda barchamiz o’zbek tilidagaplashamiz. Bu tilda gaplashishni tug’ilganimiz-dan boshlab asta-sekin o’rganamiz.Bu tilni biz,eng avvalo ,onamizdan eshitganimiz uchun uniOna tili deymiz.10-o’quvchi: 4-modda.O’zbekiston Respublikasi-ning davlat tili o’zbek tilidir. Shu tilda Temur bobo Lashkarga buyruq bergan. Navoiy tuzgan navo, Bobur gavharlar tergan. “Til-xalqning shavkat-shoni”,- Bu bobolar kalomi Ona tilim unvoni- Davlat tili maqomi.11-o’quvchi:Davlat tili degani har bir davlatdaumumiy rasmiy til borligini bildiradi.O’zbekiston-da yashovchi boshqa millat bolalari bog’cha,maktabda o’zbek tilini o’rganadilar. Sahna ko’rinishi.12-o’quvchi: 5-modda.O’zbekiston Respublikasiqonun bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari-bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega. Bobom uqtirgan takror Istiqlol bu –baxt , deya. Ozod Vatan ramzi bor: Bayroq , gerb va madhiya. Bugun dadam berar dars Asramog’ing shart deya, Ramzlar ham muqaddas: Bayroq, gerb va madhiya.13-o’quvchi: 6-modda. O’zbekiston Respublikasi-ning poytaxti- Toshkent shahri. Poytaxtimsan, Toshkentim, Bosh shahrimsan, bosh kentim! Ikki mingdan oshsa ham Navqiron va yosh kentim! Tarixlarda Shosh kentim, Saxiy, serquyosh kentim. Tengi yo’q, timsoli yo’q, Toshkentimsan, Toshkentim! “ Vatanjonim- vatamim” qo’shig’i -5-14-o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Fikrlash, so’z, e’tiqod Erkinligi bor bizda. Tafakkur , erkin ijod Jo’sh urar qonimizda. “Avval o’yla”, deganlar Fikrlaymiz o’ylaymiz. So’zga navbat kelganda Odob bilan so’zlaymiz. 15-o’quvchi: Ota-onamiz bizni sog’lom bo’lishi-mizni istaydilar.Biz aqlli, chaqqon, kuchli bo’lishi-miz uchun albatta sog’lom bo’lishimiz zarur. Bu-ning uchun to’g’ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyenaqoidalariga amal qilish, o’z vaqtida dars qilib, o’zvaqtida dam olishimiz kerak.16-o’quvchi: 40-modda. Har bir inson malakaliTibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Betob bo’lib , botib g’amga, Yotib qolsk nogahon. Shifokorlar tez yordamga Yetib kelar shu zamon. Malakali tibbiy xizmat Ko’rsatadi shifokor Elga xizmat – oily himmat -6- Degan ko’hna naql bor. 17-o’quvchi:Maktab bu- qutlug’ dargoh,ta’lim —tarbiya maskani. Davlatimiz tomonidan yosh av-lodning bilim olishi uchun maktablarda barchasharoitlar yaratilgan. Faqat endi biz mehnat qili-shimiz,darslarni yaxshi o’zlashtirishimiz kerak. 18-o’quvchi:41-modda.Har kim bilim olishhuquqiga ega.Bepul umumiy ta’lim olish davlattomonidan kafolatlanadi. Ona maktab quchog’ida Bepul ta’lim olamiz. Yurtboshimiz ardog’da Komil inson bo’lamiz. Intilamiz maqsad sari Hali dovrug’ solamiz. Istiqlolning farzandlari- Bizlar baxtli bolamiz. “ Maktabim ” qo’shig’ ijro etiladi.19-o’quvchi: 47-modda. Barcha fuqarolar Kons-titutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni bajara- dilar. Huquqimiz bilamiz, Burchimiz ham yodda bor. Bosh Qomusda “Burchingni bajar”, degan modda bor. Ota-onaga hurmat, Qonunlarga itoat, Ona yurtga sadoqat, Hammamizga burch odat. 20-o’quvchi: Vatan mustaqilligini mustahkam-lashda har bir shaxs o’z hissasini qo’shishni oilyburch deb hisoblaydi.Bu ishga o’quvchilar hamo’z bilimi, yaxshi xulqi, odobi bilan hissasiniqo’shadi. 1-o’quvchi:Respublikamiz Konstitutsiyasining52-moddasida :Vatanni himoya qilish har bir fuqaroning burchidir, deb belgilab qo’yilgan.Vatanni himoya qilish bu o’z onasini, oilasini, uyini,xalqini himoya qilish demakdir. Tabarruk ona tuproq Bag’ishlaydi kuch bizga. Shu Vatanni asramoq- Eng muqaddas burch bizga. Ulg’ayib eng oldingi Saflardan joy olamiz. Mardona qasamyodga Mangu sodiq qolamiz. Sinf o’g’il bolalari ijrosida raqs.2-o’quvchi: Bizni o’rab turgan olam-borliq judaham ajoyib, sirli tuzilgan. Barchamiz tabiat qo’y-nida yashaymiz. Chunki bizni o’rab turgan barchanarsalar tabiatniki. Ona tabiatni ko’z qorachig’-day asrashimiz lozim. 3-o’quvchi: 50-modda. Fuqarolar atrof tabiiymuhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishgamajburdirlar. Bugun ekkan qalamcham Katta terak bo’ladi. Faqat uni avaylab Asrash kerak bo’ladi. Tog’ go’zal, o’tloq go’zal Sevamiz gul atrini. Esda tutaylik, do’stlar, Tabiatning qadrini. 4-o’quvchi:Oila ota-onadan boshlanadi.Ota-onalarimiz bizga bor mehrlarini berib, g’amxo’r-lik qilmoqdalar.Biz hali voyaga yetmaganmiz,lekin ota-onaning oldida har farzandning judako’plab burchlari mavjud. Eng asosiysi, farzand-lar o’z ota-onasiga mehribon bo’lishi kerak. Ko’zlarida mehr bor, so’zlarida sehr bor, Beshik ustida bedor-mehribon onaizor. Oq yuvib, oq taragan, yo’limizga qaragan, Ko’nglimizga qaragan-mehribon onaizor. -9- Ota- oila suyanchi, tog’dek ulug’ tayanchi, Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor. Sog’-salomat yursinlar, kamolimiz ko’rsinlar, Ertaga ham bo’lsinlar baxtimizdan baxtiyor.5-o’quvchi: 66-modda.Voyaga yetgan, mehnatgalayoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqidag’amxo’rlik qilishga majburdirlar. Jonajon onajon! Mehribon otajon! Siz hayot berdingiz, Bol, novvot berdingiz. Quyoshim, oyimsiz, Bor bo’ling doim siz! Ulg’ayib albatta, Bir umr xizmatda Bo’lamiz begumon, Otajon, onajon! “Ota-ona duosi” qo’shig’ni ijro etish. Ustoz: Aziz bolajonlar! Biz sizning baxtli, saodatlibo’lib voyaga yetishishingizni istaymiz.ChunkiSiz O’zbekiston deb atalmish hur o’lkada yashabulg’aymoqdasiz. Vatanimizning munosib farzand-ari bo’lish uchun yaxshi o’qishingiz, ko’p narsa-larni bilishga harakat qilishingiz kerak. MustaqilO’zbekistonimizning kelajagi siz barkamol avlodqo’lida. Darsliklar 20 1 2 3 4 5 Жалоба 4 0 21-02-2024, 15:02