Tashkiliy qism: salomlashish, huquqiy yangiliklar haqida suhbat.
O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: O’zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida.
Takrorlash yuzasidan savollar:
Mustaqillik biz yoshlarga nima berdi?
Siz vatanimiz ravnaqiga o’zingizning qanday hissangizni qo’shmoqchisiz?
Yangi mavzu bayoni:
Aqliy hujum:
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, dunyodagi eng qadrli ne’mat nima?
O’quvchilar: Tinchlik va hotirjamlik, erkinlik va hurlik!
O’qituvchi: Barakalla, bolajonlar. Dunyoda tinch va hotirjam, erkin va mustaqil insondan baxtliroq inson yo’q. Atoqli adibimiz Maqsud Shayxzoda ham bejiz “Kishi tug’ilmaydi boshda toj bilan, Tug’ilar u erkka ehtiyoj bilan” deb aytmagan.
Vatanimiz o’zbekiston ham ana shunday tinch va farovon, mustaqil mamlakatlardan biri hisoblanadi. Yurtimiz istiqlolga erishgandan so’ng qo’lga kiritgan eng katta yutuqlaridan biri bu-mamlakatimiznig asosiy qomusi hisoblangan Konstitutsiyasidir. Bugungi mavzuyimiz ham aynan Konstitutsiyaga bag’ishlangan. Xo’sh, kim Konstitutsiya haqida bizga she’r aytib bera oladi?
She’r o’quvchilar tomonidan ifodali qilib o’qib beriladi.
Har bir mamlakatning qoidalari bo’ladi. Ularga o’quvchi, talaba, ishchi yoki nafaqaxo’r bo’lishidan qa’iy nazar barcha bo’ysunishi lozim. Bu qoidalar qonunlar deb ataladi. Qonunlar davlat tomonidan o’rnatiladi. Ularni buzgan odam jazolanadi.
Mustaqillika erishgach, davlatimizda yangi qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari ta’minlandi. Mamlakatimiz Konstitusiyasi-boshqa barcha qonunlar bo’ysunadigan asosiy qonundir. U shuningdek, qonunlarning eng muhimi hamdir. Konstitutsiyada mamlakatimiz aholisining eng asosiy huquq va majburiyatlari haqida yozilgan.
Mamlakatda tartibni saqlash va qonunlarning buzilmasligini nazorat qiluvchi insonlar bo’ladi. Ular avvalo militsiya hodimlari va ko’plab boshqa soha vakillaridir. Qonun-barcha uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qoidalardir. Ammo qonundan tashqari boshqa qoidalar ham bor. Bu qoidalar bizga noqulay ahvolga tushib qolmaslik yoki kimnidir hafa qilib qo’ymaslik uchun yordam beradi. Biz o’zimizni bu qoidalarga mos tutamiz.
Jamiyatdagi mavjud o’ziga xos qoidalar an’anana-udumlar yoki urf-odatlar deb ataladi. Bizning ota-onamiz ham, bobo-buvilarimiz ham ana shunday qonun-qoidalar asosida hayot kechirishgan.
XII. Mustahkamlash uchun metodlar:“Tafakkur buluti” metodi. Ushbu metod “Klasster” metodining bir shakli hisoblanib, o’quvchilarda ixtiyoriy muammo xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
Metod mazmuni:
— o’qituvchi tomonidan sinf jamoasi ikki guruhga bo’linadi;
— har bir guruhga avvaldan vatman qog’oziga chizilgan “ tafakkur buluti” tarqatiladi;
— bulutning nomi “konstitutsiya” bo’lib, undan yog’ayotgan qor parchalari uning zamiridagi asosiy tushunchalardir;
— o’quvchilar ijodiy yondoshgan holda qor parchalarini shunday shakllantirsinlarki, ularda nafaqat asosiy tushunchalar, balki ularning orzu va istaklari o’z ifodasini topsin.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib yod olish.
[1] Karimova O. Konstitutsiya alifbosi: 3-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma/ Sh. Sariqovning umumiy tahriri ostida. –T.: SHARQ, 2007. 6-8 betlar.