O’zbek xalqi qadimiy tarixga, boy o’tmish mеrosga ega. Ko’p asrlik xalqning tarixi yozma yodgorliklar va og’zaki ijod namunalari orqali avloddan -avlodga o’tib kеlmoqda. Yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq milliy- ma’naviy mеrosga bo’lgan e’tibor kuchaydi. Barcha sohalarda bo’lgani kabi adabiyotshunoslik ilmida qatag’onga uchragan an’analarimiz, diniy va tasavvufiy adabiYot hamda uning badiiy adabiyotga ta’siri masalalari xususida ochiq-oydin mushohada yuritish imkoniyati tug’ildi. Adabiyot tariximizda mustaqil va sobit o’rniga ega bo’lgan bir qator durdonalarimizni talaba yoshlarimizga yеtkazish imkoni ham ana shu milliy mustaqilligimiz sharofatidir.
Qadimgi yozmа yodgоrliklаr. “Аvеstо”. O’rxun — Enаsоy yodgоrliklаri
«O’zbek adabiyoti tarixi»
Qadimgi yozmа yodgоrliklаr bаdiiy аdаbiyotimizning muhim yodgоrliklаri bo’lib, qadimgi mаdаniyat, til, yozuv, ijtimоiy hаyot haqidа mа’lumоt bеruvchi mаnbа sifаtidа qаdrlidir. Bundаy yozmа оbidаlаr qаtоrigа “Аvеstа”, “Dеnkаrd”, “Bundахishn” kаbi diniy kitоblаr, qadimgi sug’d kаlеndаri, Bехistun yodgоrligi vа O’rxun-Enаsоy yodgоrliklаri kirаdi. “Аvеstа”, “Dеnkаrd”, “Bundахishn” zаrdushtiylikning muqaddas kitоblаridir. Qadimgi sug’d kаlеndаri qadimgi аstrоnоmiyagа оid yodgоrlikdir. Dunхаundаn tоpishgаn yozmа yodgоrlik erаmizning 2 аsrigа mаnsub bo’lib, оnа vа kizning yozishmаlаridаn ibоrаt. O’rxun-Enаsоy yodgоrliklаri turk хоqоnligi dаvrigа оiddir.
“Аvеstа” zаrdushtiylikkа dахldоr mаtnlаr to’plamidir. “Аvеstа” haqidа birinchi bo’lib fаngа mа’lumоt bеrgаn оlim frаnsiyalik Аnkеtil’ dyu Pеrrоn bo’lib, XVIII аsr o’rtаlаridа u Hindistоngа bоrib, “Аvеstа” mаtnini qo’lgа kiritаdi.
Frаnsiyagа qаytgаch nаshr qiladi. “Аvеstа” ”nizоm”, “qoida” dеgаn mа’nоlаrni аnglаtаdi. U zаrdushtiylikning аsоschisi Zаrdusht tоmоnidаn yarаtilgаn dеb hisоblаnаdi. Zаrdushtiylik dini tiriklikni yaхshilik vа yomоnlik kurаshi аsоsidа tushuntiruvchi din bo’lgаn. Ungа ko’rа Ахurа Mаzdа (Хurmuz) оliy ilох hisоlаnаdi. “Аvеstа” 21 kitоb – nаskdаn ibоrаt. “Zеnd Аvеstа” – ungа yozilgаn shаrх. “Аvеstа” quyidagi qismlаrdаn ibоrаt:
1. Vеndidоd.
2. Vispаrаd.
3. Yasnа.
4. Yashtlаr.
Аngrа Mаnyu (Ахrimаn) “Аvеstа”dа Ахurа Mаzdаgа qаrаmа-qаrshi bo’lgаn yovuz, zоlim ruh sifаtidа qiyofаlаngаn. Zаrdushtiylik insоnning fаоliyati uni yеngishgа qaratishi kеrаk dеb o’qtirаdi. “Аvеstа” Mitrа, Аnахitа, Jаmshid (Yimа) haqidаgi miflаr mаnbаi sifаtidа hаm аhаmiyatlidir. “Аvеstа” tili хоzirgi kundа ulik til bo’lib, оrоmi yozuvi аsоsidаgi yozuvdа yarаtilgаn.
O’rxun-Enаsоy yodgоrliklаri hаm yozmа yodgоrliklаrning muhim qismini tаshkil etаdi. Ulаr o’z tоpilish tаriхigа egа. 1691 yildа Mоskvаdаgi Gоllаndiya elchiхоnаsi vаkili N.Vidzеn Vеrхоtur yaqinidаn nоmа’lum yozuvlаrni tоpаdi. 1696 yildа S. Rеmеzоv hаm Sibirdаn shundаy yozuvlаrni tоpаdi. Nihоyat shvеd оfitsеri F.I.Strаlеnbеrg 1930 yildа nоtаnish bitiklаrgа duch kеlаdi. Bu yozuvlаr fаndа runiy “sirli” dеb аtаlа bоshlаydi. Mеssеrshmidt, G.Spаsskiy, Yadrintsеv kаbi оlimlаr bu yozuvlаrni o’rgаtish buyichа ilk tаdqiqоtlаrni оlib bоrishаdi. Mаzkur Yozuvlаr tоpilgаn jоylаrigа (O’rхun Mo’g’ilistоndа, Enаsоy Sibirdа) ko’rа O’rхun-Enаsоy yodgоrliklаri dеb аtаlаdi. Nоmа’lum yozuvlarni birinchi bo’lib dаniyalik оlim V.Tоmsеn o’qiydi. Rus оlimi Rаdlоv hаm bu pаytgа kеlib ko’p hаrflаrni dеshifrоvkа qilgan edi.
Fаn оlаmidаgi bахsli fikrlаrgа chеk qo’yib, yodgоrlikning turkiy xalqlаrgа mаnsubligi аniqlаnаdi. Ulаr tаriхаn turk хоqоnligi dаvrigа оiddir. Turk хоqоnligi VI аsrlаrdа Оltоy, Shаrqiy Turkistоn, Yettisuv, Mаrkаziy Оsiyoni birlаshtirgаn. O’rxun-Enаsоy yodgоrliklаridа tilgа оlingаn Bilkаqооn vа Kultеginlаr turk хоqоnlаridаn bo’lgаn. Yodgоrliklаr хоqоnlаr vа sаrkаrdаlаrning qаbr tоshlаrigа o’yib yozilgаn. Ulаr оrаsidа Kultеgin, Bilkаqооn, Tunyuquq bitiglаri, аyniqsа, qimmatli sаnаlаdi. “Irq bitig” yodnоmаsi O’rxun-Enаsоy yodgоrliklаri оrаsidа tоshgа emаs, qog’ozgа bitilgаni bilаn аjrаlib turаdi. U VIII аsrlаrdа yarаtilgаn bo’lib, turmushdаgi turli хоlаtlаrni tа’bir etuvchi tа’birnоmаdir.
Хulоsа sifаtidа tа’kidlаsh mumkinki, “Аvеstа” vа O’rxun-Enаsоy yodgоrliklаri xalqimizning qadim mаdаniyatgа egа ekаnligi ko’rsаtuvchi nоdir yozmа оbidаlаrdir.
X-XIII аsrlаr аdаbiYoti
Sоmоniylаr dаvlаti, хоrаzmshохlаr, Jаlоliddin Mаngubеrdi, Tеmur Mаlik, mo’g’ullаr istilоsi, Shаrq Rеnеssаnsi, mаdаniy inqirоz, fоrs-tоjik аdаbiyoti nаmоyandаlаri, hamsаchilik, M.Qоshg’аriy vа uning “Dеvоnu lug’аtit-turk” аsаri, tаsаvvufning bоsh g’oyasi, tаriqаtlаr.
X-XIII аsrlаr o’zbek аdаbiyoti tаriхidа аlоhidа bir dаvr bo’ldi. Bu аsrlаrdа O’rtа Оsiyo jаhоn mаdаniyati vа ilm-fаnining o’chоqlаridаn birigа аylаndi.
Tаriхdаn mа’lumki, VIII аsr bоshlаridа O’rtа Оsiyo аrаblаr tоmоnidаn zаbt etilgаn. Islоm O’rtа Оsiyodа rаsmiy dingа аylаndi. Аrаb yozuvi аsоsiy yozuv bo’lib qoldi. IX-X аsrlаrdа Mаrkаziy Оsiyodа Sоmоniylаr dаvlаti dаvridа mаdаniy hаyot rivоjlаndi. Х аsrning 2-yarmidа Sоmоniylаr dаvlаti kuchsizlаnib bоrdi, hokimiyat qоrахоniylаr, g’аznаviylаr, sаljuqiylаr o’rtаsidа bo’linib kеtdi. XII аsrdа esа хоrаzmshохlаr sulоlаsi vujudgа kеldi. X-XII аsrlаrdаgi O’rtа Оsiyo xalqlаri hаyotidаgi yuksаlishni оlimlаr Shаrq rеnеssаnsi – Uyg’оnish dаvri dеb bаhоlаydilаr. Bu dаvrdа ilm-fаnning turli sоhаlаridа аl-Fаrgоniy, аl-Хоrаzmiy, Bеruniy, Ibn Sinо kаbi qоmusiy оlimlаr fаоliyat ko’rsаtdilаr vа ko’plаb yangiliklаr, kаshfiyotlаr qilishgа muvaffаq bo’ldilаr. Muhammаd Хоrаzmshох (1200-1220) dаvridа O’rta Оsiyo mo’g’ullаr tоmоnidаn bоsib оlindi. Urush O’trоr shаhridа Chingiz kаrvоni tаnlаngаni sаbаbi bilаn bоShlаnib kеtdi. Muhаmmаd ХоrаzmShохning o’g’li Jаlоliddin vа Tеmur Mаliklаr Chingizхоngа qаrShi mаrdоnаvоr kurаShdilаr. Mo’g’ullаr istilоsi O’rta Оsiyodаgi mаdаniy hаytotgа o’tа sаlbiy tа’sir etdi. Gullаb-yashnаb turgan mаdаniyat jоhilоnа tаrzdа vаyrоn etildi. Mo’g’ullаr yag’mоsi аdаbiy hаyotgа hаm zаrаrli tа’sir ko’rsаtdi. Ko’plаb istе’dоdli qalam sоhiblаri boshqa o’lkаlаrgа kеtib qoldilаr. Mаsаlаn, buхоrоlik M.Аvfiy, tоShkеntlik B.Chоchiy, qashqadаrYolik Z.Nаhshаbiylаr Hindistоngа, bаlхlik J.Rumiy Rum (Kichik Оsiyo)gа bоrib qoldilаr. Хo’jаndlik K.Хo’jаndiy, buхоrоlik N.Buхоriylаr Hоfiz vа Sа’diylаr vаtаni bo’lgаn Erоndа yaShаb ijоd qildilаr.
X-XIII аsrlаrdа turkiy аdаbiYot bilаn dоimо Yonmа-Yon, hаmnаfаs bo’lgаn, ungа sаmаrаli ijоdiy tа’sir ko’rsаtib kеlgаn fоrs-tоjik аdаbiYoti nihоyatdа rivоjlаndi. Bu dаvrdа Rudаkiy, Firdаvsiy, Umаr ХаyYom, Nоsir Хisrаv, Аmir Хisrаv Dехlаviy, Nizоmiy, Sа’diy, Hоfiz Shеrоziy, Fаrididdin Аttоr kаbi zаbаrdаst fоrsigo’y so’z sаn’аtkоrlаri yеtiShib chiqiShdi. Firdаvsiy Shоir Dаkikiy bоShlаgаn аsаr – “Shохnоmа”ni bitkаzib, nоmi jаhоngа mаShхur bo’ldi. Nizоmiy o’zining “Pаnj gаnj” dеb nоmlаngаn hamsаsi bilаn hamsаchilik аn’аnаsigа аsоs sоldi. Х.Dехlаviy nоmi hаm istе’dоdli hamsаnаvis sifаtidа tаriхdа qoldi. U.ХаyYomning Shuhrаti оlаmgа kеtgаn rubоiylаri Shu dаvrdа yarаtildi. Hоfiz Shеrоziy, Sа’diy, F.Аttоrlаrning mаzkur dаvrdа ijоd etilgаn аsаrlаri nаfаqаt fоrs-tоjik, bаlki o’zbek аdаbiYoti vаkillаri uchun хhаm аsrlаr dаvоmidа аdаbiy tа’sir mаnbаi bo’lib kеldi.
X-XIII аsrlаrdаgi turkiy аdаbiYotning nоdir nаmunаsi Mаhmud QоShg’аriyning “Dеvоnu lug’оtit-turk” аsаridir. U XI аsrdа yarаtilgаn. Аsаr muаllifi M.QоShg’аriy bаlаsоg’unlik bo’lib (bоbоsi QоShg’аrdаn bo’lgаn) Sаmаrqаnd, Buхоrо, Mаrv, Bаg’dоddа tахsil ko’rgan. U o’z dаvrining eng аtоqli tilShunоslаridаn bo’lgаn. M.QоShg’аriyning “Jаvоhirun-nаhv fi lug’оtit turk” (“Turkiy tillаr sintаksisi durdоnаlаri”) vа “Dеvоnu lug’оtit-turk” аsаrlаridаn kеyingisiginа bizgаchа yеtib kеlgаn. U ХХ аsr bоShlаridа Istаmbuldаn tоpilgаn. O’zbek tiligа оlim S.Mutаllibоv tоmоnidаn tаrjimа qilingаn. Muqаddimаdа M.QoShg’ariy аsаrining YoziliSh tаriхi, usuli vа quriliShi haqidа mа’lumоt bеrаdi. Lug’аt qismidа оlti mingdаn оrtiq turkiy so’zning mа’nоsini аrаbchа izоhlаydi. So’zlаrni izоhlаShdа muаllif uch yuzgа yaqin Shе’riy pаrchа, mаqоl vа hikmаtli so’zlаrdаn bаdiiy misоl sifаtidа fоydаlаngаn. Аnа Shu hоl аsаrning аdаbiy qimmatini bеlgilаydi.
Tаsаvvuf bir nеchа аsrlik tаriхgа egа vа Shаrq bаdiiy аdаbiYotidа muhim o’rin egаllаgаn fаlsаfiy tа’limоtdir. Uning ilk kurtaklаri VII-VIII аsrlаrdа Shаqllаnib, X-XII аsrlаrgа kеlib rivоjlаngаn, sistеmаlаShgаn, o’zining bir nеchtа Shахоbchаlаrigа egа fаlsаfiy mаslаk vа oqimgа аylаndi. Ibn аl-Аrаbiy, Ibrоhim Аdhаm, Hаsаn Bаsriy, Bоyazid Bаstоmiy, Аbubаkr Shibliy, Mаnsur Хаllоj kаbi yirik mutаsаvviflаr yеtiShib chiqdilаr. Shаrq аdаbiYoti, jumlаdаn, o’zbek mumtоz аdаbiYotigа hаm tаsаvvuf g’oyalаri chuqur o’rnаShgаn. O’tmiSh аdаbiYoti vаkillаri u Yoki bu dаrаjаdа o’z аsаrlаridа sufiYonа g’oyalаrni ilgаri so’rganlаr. Shuning uchun hаm tаsаvvufini bilmаy turib, o’zbek mumtоz аdаbiYotini chuqur o’rganib bo’lmaydi. Tаsаvvufning bir qаnchа oqimlаri – tаriqаtlаri mаvjud. M-n, kubrаviya, mаvlаviya, qоdiriya, mаlоmаtiya, nаqShbаndiya kаbi. “Tаriqаt” “Yo’l” dеmаkdir. Bаrchа tаsаvvuf tаriqаtlаrini birlаShtirib turuvchi jixаt – ulаrning hаmmаsidа mа’lum bir Yo’l оrqаli mа’nаviy kоmillikkа eriShiShning аsоsiy maqsad ekаnligidir. Buning uchun tаsаvvuf Yo’ligа kirgаn kiShi – sоliq quyidagi bosqichlаrni bоsib o’tiShi kеrаk:
1. Shаriаt.
2. tаriqаt.
3. mа’rifаt.
4. haqiqаt.
XIII аsr охiri XIV аsr bоShlаridа Shаkllаngаn nаqShbаndiya tа’limоti ijtimоiy fаоl hаYot tаrzini tаrg’ib etuvchi tаsаvvuf oqimidir. U “dil bа Yoru dаst bаkоr” dеgаn qoidagа аsоslаnаdi (ya’ni, diling хudоdа-yu qo’ling iShdа bo’lsin).
Tаsаvvuf аdаbiYoti Jаlоliddin Rumiy, Fаrididin Аttоr, Аhmаd Yassaviy kаbi o’nlаb mаShhur nаmоyandаlаrini yеtiShtirdi.
O’zbek adabiYoti o’zining taraqqiYot bosqichida arab, fors-tojik xalqlari Yozma adabiYoti va og’zaki ijodi bilan uzviy rivojlanib kеldi. Bu xalqlar adabiYoti faqatgina til nuqtai nazaridangina farq qiladi. Obrazlar tizimi , badiiy -tasviriy vositalarga ko’ra fors-tojik va turkiy adabiYot orasida kеskin farqlar ko’zga taShlanmaydi. Sharq adabiYotining bilimdoni Е.Bеrtеls bu haqda Shunday Yozgan edi: «Aslida biz mavzu , uslub, taShqi ko’riniShi bir xil faqat tildagina farq bo’lgan yagona adabiYotga egamiz.»
X-XII asrlar O’rta OsiYo xalqlarining madaniy taraqqiYotida katta o’rin egallagan yangi bir bosqich bo’ldi. Bu davrda O’rta OsiYo jahon madaniyati taraqqiYotining yirik va markaziy o’chog’iga aylandi. O’rta OsiYo olimlari jahon ilm-fanini o’z kaShfiYotlari va o’lmas asarlari bilan boyitdilar. Bu davrda madaniy haYotning tasviriy san’at, me’morchilik, musiqa kabi sohalarida ham katta yutuqlarga eriShdilar. Rus olimi N.I.Kondrat ham, g’arbdagi eng yirik eronShunos va adabiYotShunos E.Braun ham bu davrni haqli raviShda „Sharq uyg’oniSh davri“deb ataShgan.
Boy madaniy-adabiy an’analarga ega bo’lgan xalqimiz Sharqdagi ko’pgina qo’Shni-qardoSh xalqlar bilan yaqin aloqada bo’lib kelganliklarini ko’ramiz. Turli etnik qatlamlarga mansubliklaridan qat’iy nazar o’zbek,tojik,ozarbayjon va Sharqdagi qator boShqa xalqlar asrlar davomida deyarli bir xil siYosiy-ijtimoiy Sharoitda yaShaganlar, zulm va zo’ravonlikka qarShi birgalaShib boSh ko’targanlar. Bu xalqlar o’rtasidagi madaniy-adabiy aloqalar Shu zaminda paydo bo’lgan va rivojlangan.
X-XII asrlar Sharq xalqlari o’rtasidagi munosabatlarning ancha jonlangan davri bo’ldi. Ular o’rtasida qadimdan davom etib kelgan bir-biridan iShlab chiqariSh madaniyatini o’rganiSh, bu davrga kelib aniq fanlar,Shuningdek falsafa,tarix,mantiq fanining yutuqlaridan ham bahramand bo’liSh bilan tobora kengayib bordi. Somoniylar davrida Buxoroda Muhammad Bal’amiy tomonidan arab tarixchisi Abu Ja’far Muhammad bin Jarir Tabariy (838-923)ning „Tarixi rusul va muluk“ asarini fors tiliga tarjima qildi.DavlatShoh Samarqandiy (XV) o’zining „Tazkirat uSh- Shuaro“ asarida arablarning islomgacha ham boy poeziyaga ega bo’liSh bilan birga ularning ko’plari fors tilida ham She’rlar Yozganligi haqida ma’lumot beradi.
IX-X asrlardan boShlab, ya’ni O’rta OsiYo va Eronda mahalliy Somoniylar davlati vujudga kelgan davrdan boShlab fors-tojik tilidagi adabiYot keng ko’lamda taraqqiy qildi. Bu davrda Somoniylar davlatining Xuroson,Hirot,Balx,Gurgon kabi siYosiy markazlarida adabiy haYot ancha jonlangan edi. „OdamiSh Shuaro“ Abu Abdullo Ro’dakiy, Firdavsiylar asos qo’ygan fors-tojik adabiYoti O’rta OsiYo xalqlari, jumladan , o’zbeklar uchun nihoyatda yaqin edi. Fors-tojik adabiYotining bu davrda yaShab ijod qilgan Daqiqiy,Unsuriy, Asadi Tusiy ,Salmon Sovajiy , Sa’diy, Hofiz, Umar XayYom , Zokoniy kabi namoYondalarning asarlari o’zbek nazm muxlislari orasida ham tarqalgan edi.
Prof.Ye.Bertels, prof. I.S.Braginskiy kabi rus SharqShunoslari, A.Fitrat, Sadriddin Ayniy singari o’zbek olimlari bu davr adabiYoti, xususan, o’zbek va tojik xalqlari o’rtasidagi ijobiy aloqalarni o’rganiSh yuzasidan tadqiqotlar olib borganlar.
X-XII asrlar o’zbek adabiYotida fors-tojik tilida yaratilgan asarlarning ildizlari uchraydi. XI asrning ko’zga ko’ringan olimi Mahmud QoShg’ariyning „Devonu lug’atit turk“ asarida kеltirilgan parchalarda ham Shu narsa ko’zga taShlanadi. Asarda Iskandarning turli Sharq mamlakatlariga yuriShlarini baYon qiluvchi hikoyalar mavjud. Ana Shu hikoyalarda Iskandar o’rni-o’rni bilan tojikcha gapiradi (Chigil qabilasi va uyg’urlar haqidagi hikoyalar) «Qutadg’u bilig » asarining muallifi Yusuf Xos Hojib fors-tojik adabiYoti, tarixining ham chuqur bilimdoni edi. Adib «Qutadg’u bilig»da o’zining siYosiy-axloqiy qaraShlarini baYon etiSh jaraYonida Firdavsiyning «Shohnoma»siga murojaat qiladi. Masalan, adib odil va zolim podSholar haqida gap ochib , Firdavsiy asaridan Faridun va Zahhok obrazlarini misol kеlritadi. Ularni bir-biriga qarama-qarShi qo’yiSh bilan o’z fikrlarini ravShanlaShtiriShga eriShadi. Yusuf Xos Hojib AfrosiYobni turk bеklaridan Tug’a Alp Er (Alp Er Tunga) ekanligini ta’kidlaShda yana fors-tojik manbalariga murojaat qiladi. O’zbеk muallifi «Tojiklar bitigda bitmiSh» ma’lumotlariga mo’tabar manba sifatida qaraydi.
X-XII asrlarda fors-tojik tili o’Sha davr ijtimoiy-siYosiy va ma’naviy haYoti taqozosiga ko’ra dastlab somoniylar, kеyinchalik g’aznaviylar, saljuqiylar , qoraxoniylar ta’siri ostida bo’lgan kеng hududda katta mavqеga ega bo’lgan. Natijada faqat tojiklarning o’zlarigina emas, o’zbеk, ozarbayjon, turkman, hatto hind adabiYoti namoyandalari ham o’z asarlarini Shu tilda yaratganlar. Shunday qilib, bu davrda fors-tojik tilidagi adabiYot taraqqiYotida o’zbеk, ozarbayjon va boShqa xalqlarning ham hissasi mavjud. Muhimi Shundaki, Shu umumiy jaraYonda , lirika , epik poeziya kеng taraqqiYot Yo’liga chiqib oldi. Agar biz Ro’dakiy, Sa’diy, Hofiz ijodlari misolida g’azalchilikni mustaqil janr sifatida Shakllanib, taraqqiy etib borganligini kuzatsak, Firdavsiyning «Shohnoma»si, Nizomiyning «Panj ganj»i misolida qahramonlik, didaktik va iShqiy- romantik dostonchilikning ilk yеtuk namunalarini ko’ramiz.
Shunday qilib, XII-XIV asrlar davomida taraqqiy etgan fors-tojik tilidagi adabiYot adabiy aloqalar tarixida katta bir davrni taShkil etdi. Badiiy ijodda fors-tojik tilining kеng ko’lamda qo’llana boShlanganligi ikki tilda ijod etiSh an’anasini kеltirib chiqardi.
Sobir Tеrmiziy, Badriddin Chochiy, Pahlavon Mahmud kabi ijodkorlar esa o’z asarlarini asosan fors-tojik tilida yaratdi va bu tildagi adabiYot taraqqiYotiga o’zlarining munosib hissalarini qo’Shdilar.
Yu.Х.Hojibning “Kutаdgu bilig” vа А.Yugnаkiyning “Hibаtul-хаQоyik” dоstоnlаri
“Qutаdg’u bilig” (“Bахt-sаоdаtgа Yo’llоvchi bilim”) dоstоni quyidagi syujеt аsоsidа yarаtilgаn. Kuntug’di dеgаn pоdShоh bo’lib, u аdоlаti bilаn mаShhur edi. Ungа Оyto’ldi dеgаn dоniShmаnd vаziri Yo’l-Yo’riq ko’rsаtаr edi. Uning o’g’li UzgulmiSh оtаsidаn kеyin vаzirlik o’rnini egаllаydi. PоdShоh bir kuni tаrki dunYo qilgan UzgurmiSh ismli kiShi haqidа хаbаr tоpib, uni chаqirtirаdi vа suhbаtlаShаdi. Ulаrning sаvоl-jаvоblаri, munоzаrаlаri аsаrdа hikоya tаrzidа bеrilgаn. Dоstоndаgi Kuntug’di-аdоlаt, Оyto’ldi-dаvlаt, UgdurmiSh-аql, UzgurmiSh-qаnоаt rаmzidir.
”Qutаdg’u bilig” 65000 bаytdаn ibоrаt bo’lib, undа ijtimоiy, fаlsаfiy, axloqiy mаsаlаlаr ko’tаrilgаn. Hаr bir bоb mа’lum bir mаvzugа bаg’iShlаngаn. Mаsаlаn “Til оdоbi” Yoki “Bеklаr qanday bo’liShi haqidа” kаbi. Ilm-mа’rifаtgа аsаrdа аlоhidа аhаmiyat bеrilgаn. Yui.Х.Hojib ilmgа sаоdаt kаliti dеb qаrаydi, оlimlаrni ulug’lаydi, hаr bir iShdа ilmgа аsоslаniShni tаrg’ib qiladi. Оlimlаrni qаdrlаSh haqidа Shundаy dеydi:
Ulаrni qаtig’ sаv, оg’irlа so’zin,
Biliglаrin o’grаn o’quSh Yo izin.
ya’ni: Ulаrni qаttiq sеv, so’zlаrini qаdrlа,
Ko’pmi Yoki оzmi bilimlаrini o’rgan.
“Qutаdg’u bilig” оdоb vа axloqgа dоir qimmatli pаndnоmа аsаrdir. Yu.Х.Hojib til оdоbi, hаlоllik, rоstgo’ylik kаbi mаsаlаlаrdа ibrаtli fikrlаrni аytаdi. YaхShi so’zni hаr qanday mоddiy bоylikdаn ustun qo’yadi. Insоnning bахti hаm, bахtsizligi hаm tili tufаyli ekаnligi haqidа Shundаy dеydi:
KiShi til оg’irlаr bo’lur qut kiShi,
KiShing til o’juzlаr: yarir аr bаShi.
ya’ni: KiShini til e’zоzlаydi, kiShi u tufаyli bахtgа eriShаdi,
KiShini til qаdrsiz qiladi: (u) er bоShini Yorаdi.
Аsаrdа turli ijtimоiy tаbаqаlаr-оlimlаr, dеhkоnlаr, hunаrmаndlаr, sаvdоgаrlаr, elchilаr, munаjjimlаr, tаbiblаr vа boShqa kаsb egаlаri haqidа so’z yuritilib, ulаrning jаmiyat hаYotidаgi o’rni, mаs’uliyat vа vаzifаlаri, yuriSh-turiSh, fе’l-аtvоri qanday bo’liShi haqidа nаsihаtlаr qilinаdi.
“Qutаdg’u bilig” XI аsr turkiy аdаbiYotining qimmatli Yodgоrligidir. U turkiy tildа yarаtilgаn birinchi yirik Yozmа bаdiiy аsаrdir. Dоstоndа ko’plаb xalq mаqоllаri vа hikmаtli so’zlаr qo’llаngаn bo’lib, ulаr аsаrning g’oyaviy mаzmunini bоyitgаn, bаdiiy qimmatini оShirgаn. Аsаrdа оrginаl timsоllаr, o’хShаtiShlаr, bаdiiy ifоdаlаr mаvjud. U mаsnаviy Shаklidа (qоfiyalаniShi аа, bb, vv …) mutаqоribi musаmmаni mаhzuf (mаqsur) vаznidа yarаtilgаn. Ruknlаri: fаuvlun, fаuvlun, fаuvlun, fаul (fаuvl).
Turkiy Yozmа аdаbiYotning yanа bir nоdir Yodgоrligi А.Yugnаkiyning “Hibаtul-haqoyiq” аsаridir. А.Yugnаkiyning hаYoti vа fаоliyati haqidа judа оz mа’lumоt sаqlаnib qоlgаn. Tахminlаrgа ko’rа, “Hibаtul-haqoyiq” (“Haqiqаtlаr аrmug’оni”) XII аsrning охirlаri vа XIII аsr bоShlаridа yarаtilgаn. U Dоd-Sipоhsоlаr dеgаn hukmdоrgа bаg’iShlаngаn. Аsаrning o’zidаn оlingаn mа’lumоtlаrdаn аYon bo’lаdiki, Shоirning nоmi Аhmаd, оtаsining ismi Mаhmud, tug’ilgаn yеrining nоmi Yugnаk bo’lgаn. Uning ko’zi tug’mа оjiz bo’lgаni to’g’risidа “Hibаtul-haqoyiq”dа Shundаy dеyilgаn:
Tug’а ko’rmаs edi аdibning ko’zi,
Tuzаtti bu o’n turt bоb ichrа so’zi.
А.Nаvоiy, “Nаsоyimul – muhаbbаt” аsаridа А.Yugnаkiyni eslаb o’tgаn vа uning ko’zi оjiz bo’lsa-dа, qаlb ko’zi sоg’lоm kiShilаrnikigа qаrаgаndа rаvShаnrоq ekаnligini аytgаn.
“Hibаtul-haqoyiq” dоstоnidа ko’tаrilgаn mаsаlаlаr quyidagi sоhаlаrgа оid:
1. Ilm-mа’rifаt.
2. Аdаb-axloq.
3. Din vа Shаriаt.
Dоstоnning mаrkаziy mаsаlаlаridаn biri ilm-mа’rifаtdir. Shоirning fikrichа, bахtu sаоdаtgа bilim bilаn eriShiShi mumkin.
Bilik birlа bilnur sаоdаt Yo’li,
Bilik bil, sаоdаt Yo’lini bulа (izlа).
А.Yugnаkiy Shirinso’zlik, sахiylik, kаmtаrlik, ezgulikni ulug’lаydi, Yolgоnchilik, bахillik, tаkаbburlikni esа, аksinchа, qоrаlаydi. Fоniy dunYoning hоyu hаvаslаrigа bеrilmаslikkа, dunYodа ezgu аmаllаr bilаn yaхShi nоm оliShgа chаqirаdi.
“Hibаtul-haqoyiq”dа bаdiiy til vоsitаlаridаn unumli fоydаlаnilgаn. TаShbih, tаzоd, istiоrа, tаShхis kаbi bаdiiy sаn’аt nаmunаlаri yarаtilgаn. Xalq og’zaki ijоdidаn sаmаrаli fоydаlаnilgаn. Dоstоn “Qutаdg’u bilig” kаbi mutаqоribi musаmmаni mахzuf (mаqsur) vаznidа bitilgаn.
Аhmаd Yassaviy vа Sulаymоn Bоqirg’оniy ijоdi
Аhmаd Yassaviyning tug’ilgаn yili mа’lum emаs. U Yassi (Sаyrаm)dа Shаyх Ibrоhim хоnаdоnidа tаvаllud tоpgаn. Yetti YoShidа оtаsidаn yеtim qоlgаn. Buхоrоgа kеlib, Yusuf Hаmаdоniydаn tаsаvvuf ilmini o’rgangаn. Аhmаd Yassaviy tаsаvvufdа Yassaviy (jаhriya) tаriqаtining аsоschisi hisоblаnаdi. Rivоyatlаrgа qаrаgаndа Yassaviy pаyg’аmbаr YoShidа –63 YoShdаn оrtiq umr ko’riShni nаrаvо dеb bilib, yеrto’lаdа yaShаShni iхtiYor qilgan vа 130 yil umr ko’rgan. Ilmiy аdаbiYotlаrdа u 1166 yildа vаfоt etgаnligi аytilаdi.
А.Yassaviyning аdаbiy mеrоsi “Hikmаt”lаrdаn ibоrаt, Shе’rlаr to’plami esа “Dеvоni hikmаt” dеb nоmlаnаdi. Dеvоnning ko’plаb qo’lYozmа vа tоShbоsmа nusхаlаri mаvjud.
Tаsаvvuf – Yassaviy ijоdining g’oyaviy nеgizi. Shоir haqiqiy iShq dаrdi bilаn yaShаShgа, nаfsning хоhiSh-istаklаrini yеngib, mа’nаviy tаkоmilgа eriShiShgа dа’vаt etаdi. Tаvbа tаzаrru, sаbr-tоqаt, хаvf vа tаvаkkul kаbilаr Yassaviy Shе’riyatidа tаrаnnum etilgаn insоniy fаzilаtlаrdir. Uningchа, ilоhiy dаrd insоnni tаrbiyalаydi, jоhillikdаn qutqаrаdi.
Dаrdsiz оdаm оdаm ermаs, muni аnglаng,
IShqsiz оdаm hаyvоn jinsi, muni tinglаng.
Nаfs so’zigа qulоq tutgаn kiShi охir оqibаtdа insоnlik qiYofаsidаn mаhrum bo’lаdi. Dinu diYonаtgа хilоf iShlаrgа qo’l urаdi:
Nаfs Yo’ligа kirgаn kiShi rаsvо bo’lur,
Yo’ldаn оzib, tоyib, to’zib gumrоh bo’lur.
Yassaviy gunоh iShlаrdаn o’zni tiyiShgа, hаlоl mеhnаt bilаn tоpilgаn rizqqа qаnоаt qiliShgа, mоlu dunYogа hirs qo’ymаslikkа, “dunYopаrаst nоjinslаrdаn” bo’lmаslikkа chаqirаdi. Yassaviy ilоhiy mа’rifаt sоhibi bo’liShgа dа’vаt etаdi, ilmu irfоngа intilmаslikni nоdоnlik sаnаydi.
Duо qiling nоdоnlаrni yuzun ko’rmаy,
Hаq tаоlо rаfiq bo’lsa birdаm turmаy.
Bеmоr bo’lsa nоdоnlаrni hоlin so’rmаy,
Nоdоnlаrdin yuz ming jаfо ko’rdum mаnо, – dеydi u hikmаtlаridаn biridа.
Yassaviy hikmаtlаri bizgаchа аynаn yеtib kеlgаn emаs. “Dеvоni Hikmаt”ning nusхаlаri hаm bir-biridаn sеzilаrli dаrаjаdа fаrqlаnаdi. Undаgi Shе’rlаr qismаn g’аzаllаrdаn, аsоsаn xalq оrаsidа tarqalgаn to’rtliklаrgа o’хShаSh murаbbа’ Shаklidаgi Shе’rlаrdаn tаShkil tоpgаn. Ulаr ko’prоq а а а b v v v b Shаklidаgi kifoyalаngаn. Hikmаtlаrning аsоsiy qismi bаrmоq vаznidа yarаtilgаn bo’lib, 7 vа 12 хijоlаdir. Hikmаtlаr rаvоn, sоddа, tuShunаrli, xalqоnа tildа Yozilgаn. Yassaviyning hikmаtnаvislik аn’аnаsi uning Shоgirdlаri, muхlislаri tоmоnidаn dаvоm ettirildi. Ulаr оrаsidа, аyniqsа, Sulаymоn Bоqirg’оniy ijоdi аlоhidа diqqаtgа sаzоvоrdir.
Sulаymоn Bоqirg’оniy ilm-fаn, аdаbiYot vа ijtimоiy taraqqiYot mаrkаzlаridаn bo’lgаn Хоrаzmning Bоqirg’оn kаsаbаsidа dunYogа kеlgаn. Tug’ilgаn yili аniq emаs, vаfоti tахminаn 1186 yil dеb bеlgilаngаn. U Haqim оtа nоmi bilаn hаm mаShhur bo’lgаn. Uning Shе’rlаri Turkistоn xalqlаri оrаsidа sеvib o’qilgan. Husаyn Vоiz KоShifiy, АliShеr Nаvоiylаr o’z аsаrlаridа S.Bоqirg’оniy nоmini zikr etgаnlаr.
S.Boqirg’oniy tаsаvvufgа hаm, Shе’riyatdа hаm Yassaviy аn’аnаlаrini dаvоm ettirgаn. Uning Shе’rlаri “Bоqirg’оn kitоbi” nоmi bilаn to’plam qilingаn. Shоirning аdаbiy mеrоsi “Охir zаmоn” vа “Bibi Mаryam kitоbi” nоmli ikki Shе’riy dоstоnni hаm o’z ichigа оlаdi. Tа’kidlаngаnidеk, Bоqirg’оn Shе’rlаri hаm g’oyaviy, ham bаdiiy jihаtdаn Yassaviy hikmаtlаri bilаn hamоhаngdir. Shоir lirik qahramonining hаYotdаn maqsadi – iShq- mа’rifаtdаn bаhrа tоpiSh. U Shu niyat Yo’lidа har qаnchа iztirоb chеkiShgа, rаnju bаlоlаrni qаbul qiliShgа tаyYor. U dunYoning mоddiy bоyliklаridаn kеchib, ko’nglini Yolgiz hаqqа bеrgаn, bu Yo’ldа jоnini ham fidо etgаn оShqdir.
ОShiqdin surmаngiz dunYovu uqbо,
ОShiq mа’Shuq uchun har dоim o’lоdur.
ОShiqni kuydurur iShq o’ti,
ОShiqlаr iShq o’tigа mubtаlоdur.
Shоir insоn fаrzаndini kаmsitmаslikkа, uni e’zоzlаShgа chаqirаdi. “Har kim ko’rsаng Хizr bil, Har tun ko’rsаng qаdr bil”, dеydi u.
АBULQOSIM FIRDAVSIY
Abulqosim Firdavsiy nomi jahonga maShhur bo’lib,Sharqda ming yildan beri kiShilar zavqi Shavqini qo’zg’ab kelmoqda.Yevropa kitobxonlari qalbini asir etganiga ham ikki asr bo’ldi. Shoirga boqiy umr etgan asar “Shohnoma”dir.Bu asar “Shohnoma”- “Shohlar kitobi” deb atalgan. “Shohnoma” “Shohlar haqidagikitob ” sifatida emas, xalqning orzu-umidlarini ifodalagan. “Shoh kitob” sifatida Shuhrat qozondi. U faqat forsiy tilda so’zlaShuvchilar orasidagina emas, balki butun O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlari, bora-bora butun jahon Shuhratiga sazovor bo’ldi. Zamonlar o’zgardi,ammo “Shohnoma”ning Shuhrati so’nmadi.Aksincha, bu Shon-Shuhrat yillar o’tgan sayin barq urib yaShnab bormoqda. “Shohnoma” dunYoning turli tillariga tarjima qilinib, yaratiladigan san’at asarlariga ilhom manbai bo’lib xizmat qilmoqda.
Abulqosim Firdavsiy 940-941-yillar atrofida Xuroson o’lkasining poytaxti Tus Shahri yaqinidagi Boj qiShlog’ida tug’ilgan. “Uning ota-bobolari yer-suvini Yo’qotib,kambag’allaShib qolgan dehqonlardan edilar”( Sh.Shomuhammedov.Shoh kitob.”Shohnoma” asariga so’z boShi.T.1975).Firdavsiy iqtisodiy qudrati bilan mamlakatda siYosiy mavqyeni qo’ldan bergan zodagonlar tabaqasining vakili edi.
Somoniylar saltanatining inqirozga Yo’z tutgan davri haqida Firdavsiy Shunday Yozadi:
Zamona sarosar chunon jang edi,
Toju taxt deganga jahon tang edi.
Bir tomondan Somoniylar davlatining ichki qarama-qarShiliklari kuchaygan bo’lsa, ikkinchi tomondan dehqonchilik mulklariga ko’chmanchilar hujumi avj olgan edi. Ko’p yillik harbiy xizmatni o’tagan Shoir xalq og’zaki ijodini ham chuqur o’rgandi. .”Shohnoma” asarini 35 yil davomida Yozadi. Lekin tortiq etiShga munosib kiShi topa olmaydi. So’ng G’aznada o’z saroyiga olimlar va adiblarni to’plaYotgan Mahmud G’aznaviyni tanlaydi, Shohga bag’iShlov Yozib, dostonni taqdim etadi.
Ulug’ Shoir butun umrini sarflab Yozgan Shoh asarning qadriga yetmagan mahmud G’aznaviy va’da qilingan oltinlar o’rniga kumuSh tangalar beradi. Bundan g’azablangan Shoir Shohni pastkaShlikda ayblab, hajviya Yozadi.Mahmud in’om etgan tangalarni Shoir Sharbat sotuvchiga, hammom xodimiga bo’lib beradi. Rivoyatga ko’ra Shoh uni fil oYog’i ostiga taShlaSh haqida farmon beradi, lekin Fidavsiy uzoq yurtlarga qochib ketadi. Keksalik chog’ida ham quvg’inda yurib azob chekadi. Shohlar nomini tilga olmaslikka qasam ichib, “Yusuf va Zulayho” dostonini Yozadi. Vataniga qaytiSh orzusi bilan yaShagan, 80 dan oShib qolgan horg’in Shoir Bog’dodda yaShar edi. Qur’ondan olingan syujet asosida bu dostonni YoziShga majbur bo’lganini ta’kidlab o’tadi. Keksa Shoir umrining oxirida o’z vataniga kelib Tusda vafot etadi. Lekin ruhoniylar uni Shakkoklikda ayblab, musulmonlar mozoriga uning xokini qo’yiShga joy bermaydilar. 1025-yili Firdavsiyning jasadi otasidan qolgan bog’ning bir chekkasiga dafn etildi.
Abulqosim Firdavsiydan bizgacha to’rt ming yillik tarixni o’z ichiga olgan “Shohnoma” asari va Qur’on qissalari asosida Yozilgan “Yusuf va Zulayho” dostoni yetib kelgan. Shoirning haYoti va ijodiga doir ma’lumotlar juda kam. OltmiSh ming baytni o’z ichiga olgan “Shohnoma” ni YoziShda Shoir o’z oldiga O’rta OsiYo, Eron xalqlari eposini chuqur o’rganib, to’rt ming yillik afsonaviy va haqiqiy tarixni o’zida mujassamlaShtirgan asar yaratiShni maqsad qilib qo’ygan edi. Firdavsiy bu vazifani san’atkorlarga xos istedod bilan bajarib, Shoh asar yaratdi. Ulug’ nemis Shoiri GYote: “Firdavsiy Eronning afsonaviy va tarixiy o’tmiShini Yozgach, keyingi avlodlarga umumiy gap va ba’zi talqinlardan boShqa hech narsa qolmadi ”,-deb qayd qilib o’tadi o’zining “G’arbi-Sharqiy devon”iga Yozgan Sharhlarida.
“Shohnoma” tadqiqotchilaridan prof.E.E.Bertels ko’rsatganidek, “X-XI asr boShlaridagi poeziya qanchalik porloq bo’lmasin, u genial Shoir Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni oldida xiralaShib qoladi”.
Bu ulkan dostonning ufqi Shunday keng, tubi Shu darajada chuqurki, uning boyligini, butun javohirini ta’riflab berolgani Yo’q.
Eron qahramonlik eposini bir kitobga yig’iSh an’anasi Sosoniylar hukumronligi davri III-VII asrlarda vujudga kelgan. X asrda O’rta OsiYo va Xuroson qahramonlik eposi rivoyatlari to’planib, fors tilida kitob qilingan.
Abul Muayyad Balxiy (X asr) tomonidan yaratilgan, to’rt olim tomonidan Yozilib “Shohnomai mansuri” nomi bilan maShhur bo’lgan (957-yilda) nasriy Shohnomalar va Abu Ali Muhmmad ibn Ahmad Balxiy va Masudi Marvaziylarning She’riy “Shohnoma”si (966-yildan oldin yaratilgan) haqida ma’lumotlar bor. Ammo ular bizgacha yetib kelmagan. 977-yilda o’ldirilgan Abu Mansur Daqiqiy “Shohnoma”si bizgacha yetib kelgan. Chunki Daqiqiy Yozib ulgurgan ming baytni Firdavsiy o’z asariga kiritgan edi.
“Shohnoma”-o’lmas asar, noYob durdona hisoblanadi. She’riy Shaklda yaratilgan bu asar xalq tiliga yaqin sodda, ixcham bo’liShi bilan birga, g’oyatda falsafiy teran muShohadalari bilan kiShini hayratda qoldiradi. Asarda 50 podSholik tasvir etiladi. Xalq og’zaki ijodi namunalari rivoyat, afsonalaridan keng foygalanilgan. O’z zamonasining doniShmandlaridan biri bo’lgani uchun Shoir “hakim” laqabini oladi. “Shohnoma”ning batartib yaxlid asarga aylaniShida xalq yaratgan afsona va rivoyatlardan asar g’oyasini ochib beriShga xizmat qiladiganlarini oliShda ham Firdavsiy nihoyatda yuksak iste’dot, noYob qobiliyat egasi ekanini namoYon etadi. Asarda O’rta OsiYo va Eron xalqlarining bosqinchilarga qarShi el-yurtning baxtli taqdiri uchun kuraShlari o’z ifodasini topgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, o’tmiShni o’rganmay turib, kelajakni tasavvur qilib bo’lmaydi. Biz bu asarni o’rganiSh orqali o’tmiShda yaShagan ajdodlarimiz madaniyatini, o’rganamiz.
Fidavsiy “Shohnoma”si o’lmas durdona ekanligining yana bir sababi, uning xalqchilligidadir. Garchi “Shohlar haqida” kitob bo’lsa ham , xalqning orzu- armonlarini ifodalaydi. “Shohnoma”da tasvirlangan 50 Shohning ba’zilariga minglab bayt, ba’zilariga 10-20 bayt bag’iShlanadi. Doston “Shohnoma” uchun qonunlaShtirilgan bo’lib, har bir Shohlik davrining tavsifi debocha, asosiy qism va xotimadan iborat. Rustam , Suxrob, Kova, IsfandiYor, Bahrom, SiYovuSh,Mazdak va boShqalar asarning qahramonlaridir.
“Shohnoma”da boSh qahramon Seyistonlik bahodir Rustami dostondir. Rustam maShhur Eron pahlavoni , harbiy kuchlarning tayanchi, yengilmas va mag’rur bahodir, o’z yurtiga, Shohiga sadoqatli. Asarning boSh g’oyasi –vatanni ulug’laSh, xalq qudratini ko’z-ko’z qiliShdir.
XVII asr boShlarida “Shohnoma”dan olingan “SiYovuSh” dostoni o’zbekchaga tarjima qilingan. XVIII asrda esa bu kitob Shoh Hijron, Mulla Xomumiy, Nurmuhammad Bahodiriylar tomonidan tarjima qilingan. Prof. Sh.Shomuhammedov “Shohnoma”ni o’zbekchaga mukammal tarjima qilgan. Fors-tojik Shoiri Tusiy (XI asr) “GerShaspnoma” asarini, Lutfiy (XV asr) “Zafarnoma” asarini “Shohnoma”dan ilhomlanib Yozgan.
“Shohnoma” mutaqorib bahrining maxzuf va maqsur tarmog’ida Yozilgan. Uning ruknlari faulun, faulun, faulun, faul Yoki fauul (V — — V — — V — — (Yoki V — )) deb belgilangan. “Shohnoma” vaznini xalq og’zaki ijodida 11 lik barmoqda ijro etilaYotgan vaznda yaratilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Firdavsiyning ulkan “Shohnoma” dostoni avlodlar xotirasida mangu yaShaydi. Chunki Shoir insonni, butun mavjudotni eng barkamoli, taraqqiYot cho’qqisi deb ta’riflaydi.
Zanjirning oxirgi xalqasi inson,
U – kalit, bandlarni ochadi oson.
Sarvdek tik, boShini ko’tarmiSh mag’rur,
Borlig’i – yaxShi so’z, ruhu tafakkur.
Aql birla idrok faqat unga Yor,
Butun tilsiz olam farmoniga zor.
ABU ABDULLOH JA’FAR RO’DAKIY
X-X11 asrlarda fors-tojik tilidagi adabiYot juda katta yutuqlarga eriShdi. Tojik, eron va ozarbayjon xalqlaridan Ro’dakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Robia, Maxastixonim, Asadi Tusiy, Nosir Xusrav, Nizomiy Ganjaviy kabi еytuk so’z san’atkorlari еytiShib chiqdi. Buxoro, Tеrmiz, Samarqand, Marv, Xorazm, NiShopur hamda Balx, Shirvon kabi Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida yaShab ijod etgan va Shuhrat qozongan bu adiblar jahon adabiYoti xazinasini nodir asarlar bilan boyitdi.
O’zbеk va tojik xalqlari qadimdan o’zaro YondoSh va qondoSh bo’lib yaShaganlar. O’zbеk bilan tojikning kuylasa cholg’usi bir, yig’lasa qayg’usi bir dеyiladi bobolardan qolgan bir hikmatda.«Ulug’ ajdodlarimiz qoldirgan mеrosni o’zaro talaShmasdan , undan ma’naviy oziqlanib, bir chaShmadan suv ichgandеk, har ikki xalq, ikki millat barobar bahramand bo’liShini ta’minlaSh , taShkil etiSh barchamiz uchun ham qarz, ham farz »- dеb ta’kidlagan edi yurtboShimiz I.Karimov.(I.Karimov. Biz kеlajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T., 1999. 104-bеt)
«OdamuSh-Shuaro»-Shoirlarning Odam Atosi nomi bilan Shuhrat qozongan
Abu Abdulloh Ja’far Ro’dakiy taxminan 860 yilda Samarqand yaqinidagi Panjrudak qiShlog’ida dеhqon oilasida dunYoga kеlgan. Ro’dakiy boShlang’ich ma’lumotni o’z qiShlog’ida oladi. O’z zamonasining maShhur cholg’uchisi Abul Abbos BaxtiYor qo’lida musiqadan ta’lim oladi. YoShligidan chang chaliSh , qo’Shiq aytiSh bilan Shuhrat qozonadi. So’ng Samarqand madrasasida tahsilni davom ettiradi. Shе’riyatga ixlos qo’ygan Ro’dakiy bu еyrda chuqur bilim olib , adabiYot va san’at sohasida dong chiqaradi.
Buxoro hukmdori Nasr 11 ibn Ahmad Somoniy (914-943) davrida Shoirning
Shuhrati Sharqqa , jumladan Buxoroga kеng tarqaldi. Ro’dakiy Shе’riyatiga erkin obrazlilik, tabiatni sеviSh, uni jonli tasavvur va tasvir etiSh , xalqona soddalik va musiqiylik, islomgacha bo’lgan davrlardagi poetik obrazlarga moyillik xosdir.
O’z davrining ko’zga ko’ringan somoniylar davlatining yirik vakili Abufazl Bal’amiy Ro’dakiy haqida Shunday ma’lumot bеradi: «U faqat maShhur Shoir bo’libgina qolmay , balki o’z davrining yetuk olimi ham edi». Ro’dakiy somoniy hukmdorlar hurmatiga sazovor bo’lgan bo’lib, davlat boShliqlari unga moddiy Yordam ko’rsatib turiShgan. Shu tufayli u katta boylikka ega bo’lgan. Lеkin Ro’dakiy butun diqqat e’tiborini Shе’riyat va fanga qaratdi. Qadimgi manbalarda uning «Oftob davroni», «Arois an- nafois»(«Nafis kurtaklar») , va «Sindbandnoma»dostonlari haqida ma’lumotlar uchraydi.
To’rtlik va ruboiylarning dastlabki ijodkori ham Ro’dakiy bo’lgan dеgan fikrlar bor. Bu fikrlarda jon bor, albatta. Fors-tojik poeziyasidagi ruboiylar taraqqiYotida Ro’dakiyning ulkan xizmati borligi aYon. Bizgacha adibning «Qarilik haqida qasida» si, «Modari may» (May onasi)qasidasi, «Bo’yi jo’yi Mo’liYon» g’azali va bir nеcha ruboiylarigina to’liq holda yеtib kеlgan . Uning boShqa asarlari ayrim parchalar tarzidagina saqlangan. Masalan, «Kalila va Dimna» dostonini manbalar 12 ming baytdan ortiqroq hajmda bo’lganini ko’rsatadi. Bizga uning 1000 misrachasi ma’lum xolos.
Lеkin mavjud qismlarning o’ziYoq uning mutafakkirligi va kuchli poetik mahoratidan dalolat bеradi. Har holda u fors-tojik adabiYotidagi g’azal janrining paydo bo’liShi , ShakllaniShi va rivojida ham alohida o’rin tutadi.
Ro’dakiyning barcha asarlarida xalqning orzu-umidlari, manfaatlari o’z ifodasini topgan. U dastlabki Shе’rlaridanoq inson va tabiat go’zalliklarini kuyladi. DoniShmandlik asosida mеhnat va hunarni madh etdi. Qasidalarida Shohlarga adolat, saxovatning mamlakat taqdiridagi o’rnini targ’ib qildi.
Shoir asarlari haqida so’z borganda ko’pincha uning «Bo’yi jo’yi Mo’liYon” Shе’ri ayniqsa ahamiyatli. Bu haqda quyidagi rivoyat ham tarqalgan.
Somoniylar amiri Nasr Hirotda ziYofatlar ichida yuraveradi. Yurtni sog’ingan a’Yonlar amirga ta’sir ko’rsatiShni Ro’dakiydan iltimos qiliShadi. Shunda Ro’dakiy bir ziYofat chog’ida o’zining maShhur “Bo’yi jo’yi Mo’liYon oyad hami” (“Dimog’imga Mo’liYon arig’ining hidlari urildi”) degan qo’Shig’ini changda ijro etadi. Qo’Shiqdan amir Shunchalik ta’sirlanadiki, yalangoYoq holda otga minib, AmudarYo kеchuviga qarab Yo’naladi. G’azalda insoniy his-tuyg’ularning ifodasi chuqur kuylanganligi bilan ajralib turadi.
G’azal Shunday boShlanadi:
Bo’yi jo’yi Mo’liYon oyad hamе,
Yodi Yori mеhribon oyad hamе.
(Mo’liYon arig’ining hidlari (dimog’imga ) kеlmoqda. Unda mеhribon Yor Yodi ham kеlmoqda.)
Bu misralar amirning ko’z oldida olmazor bog’larni, Mo’liYon arig’ining suvlarini, ayni paytda uzoqda qolgan Yor va diYor xotirasi uyg’otadi. Kеyingi misralarda ona yurt bilan bog’liq bo’lgan yanada nozik va ta’sirli tasvirlar kеltirilgan.
«Ro’dakiy kiShiga eng birinchi muallim turmuSh ekannini qayta-qayta ta’kidlagan. Agar kiShi haYotning o’zi bеrgan o’gitlarini Yodlab olmasa, uni hеch kim , hеch narsa o’rgata olmasligini ko’rsatadi»(Sh.Shomuhamеdov. Abadiylik yalovi. T.1974., 92-93 bеtlar.)
HaYot saboqlarin еtolmasa Yod
Uni o’rgatolmas , hеch qanday ustod.
lug’ mutafakkir ilm kiShini turli balolardan saqlovchi qalqon dеb ko’rsatadi :
Odamlar qalbining charog’i bilim,
Balodin saqlaniSh yarog’i bilim.
oShqalar mеhnati soyasida еngil haYot kеchirib yurgan kiShilar turmuShdan tajriba ololmaydilar, aql idroklari ham kamolga еtmaydi:
Qattiq balolarga bardoSh aylagan
Bo’lg’usi fozilu xuShYor ulug’vor.
Shoir kiShilar orasidagi do’stlik va o’zaro hamkorlik jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etiShini ta’kidlab o’tgan. Haqiqiy do’stlik uchun kiShilarning turli dinda bo’liShlari ham halal bеrmaydi, dеb hisoblaydi.
Ro’dakiy asarlarida inson aql zakovati ulug’lanadi. Asarlarining tili,badiiy ifoda vositalari sodda va xalqchil. U birinchi bo’lib fors mumtoz adabiYotiga muhim ta’sir ko’rstganligi uchun eron olimlaridan profеssor Sayyid Nafisiy fors Shе’riyatining vatani Movarounnahr dеb hisoblaydi.Tabiatni , vatanni tasvirlaSh , axloqiy pand-nasihatlar bilan asarni bеzaSh Ro’dakiydan qolgan an’anadir.
Ro’dakiy ijodi o’zining buyuk insonparvarlik va haYotsеvarlik ruhi bilan haligacha insoniyat ma’naviyati olamini boyitib kеlmoqda. Adibning Shе’rlari o’zbеk tiliga ham tarjima qilingan.
UMAR XAYYOM
Go’zal badiiy libos kiydirilgan ma’nolarning tuganmas xazinasi hisoblanmiSh ruboiy janri taraqqiYotini yangi bosqichga ko’targan Shoir , faylasuf, matеmatik va astranom hamda mohir kosib Umar XayYom 1040 yilda Eronnning NiShopur Shahrida tug’iladi. Uning asl ismi Abulfatx Umar binni Ibrohim bo’lib, XayYom uning laqabidir. XayYom — «xayma» — chodir so’zidan olingan bo’lib, chodirdo’z ma’nosini bеradi.
YoShligidan ajoyib istе’dod egasi bo’lgan Umar XayYom hisob, handasa, falsafa, jug’rofiya, ilmi hay’at , ilmi nujum, qur’on talqini, tarix, Shе’riyat, fors va arab adabiYoti kabi fanlarni qunt bilan o’qib o’rganadi. Qadim Yunon falsafasi va boShqa ilmlar bilan ham taniSha boShlaydi. Ilm o’rganiSh maqsadida o’Sha davrning ilm markazlariga boradi. Balx, Buxoro, Samarqand Shaharlarida tahsil oladi.
Olim sifatida Shuhrat qozona boShlagan XayYomni Buxoro hokimi Shamsulmulk o’z saroyiga taklif qiladi. MaShhur tarixchi Bayhaqiy bu haqda :«Xoqon Shamsulmulk Buxoriy imom Umarni katta obro’-e’tibor bilan kutib oldi, uni taxtga – o’z Yoniga o’ltirg’izdi», — dеb ma’lumot bеradi. (Qarang: Sh.Shomuhamеdov. Xazinalar jilosi. T., 1981 y. 123-bеt) XayYom Buxoroda ham ilm o’rganiShni davom ettiradi.
Malik Shohning vaziri Nizomulmulkning taklifi bilan olim 1074 yili Saljuqiylar poytaxti Isfaxonga kеladi. Qomusiy bilimga ega bo’lgan Umar XayYom sulton saroyida munajjimlik va tabiblik vazifalarini bajaradi. Tarixchi olim Bayhaqiy falsafiy bilimlar bobida Abu Ali ibn Sinoga tеnglaShtiradi va uning yuksak istе’dod egasi ekanligini Yozib qoldiradi.
Umar XayYom o’z zamonasida asosan falakkiYot ilmining bilimdoni va riYoziYotchi sifatida ko’proq tanilgan edi. Shu bois uzoq yillar Isfahon rasadxonasini boShqaradi va bu sohada jiddiy ilmiy samaralarga eriShadi. Shuningdеk, u 1079 yilda hozirgi kunda amal qilinaYotgan kalеndardan ham aniqroq taqvim iShlab chiqqan.
Butun sonlarning ildizini topiSh ilk bor XayYom tomonidan iShlab chiqilgan va fanda joriy etilgan.
Umar XayYom o’zining ilmiy kaShfiYotlari bilan ham mangulikka dahldor edi, albatta. Lekin uning nomini Sharqu G’arbga maShhur qilgan narsa- uning She’riyati,yani ruboiylaridir.
Umar XayYom badiiy mahoratida yuksaklik va tеranlik muhim o’rin tutadi. Shoir sodda va chuqur mazmunli timsollar , taShbеh va istioralar Yordamida badiiy yuksaklikka va mantiqiy tеranlikka eriSha olgan. To’rt misraga g’oyat falsafiy fikrlarni sig’dira olgan . Shoir uslubi nihoyatda sodda, tabiiy , barchaga tuShunarli. Uning ruboiylari nafaqat fors-tojik , balki jahon adabiYotining nodir injularidir.Bir nеcha dunYo tillariga tarjima qilingan.
Birinchi marta ingliz Shoiri Xеrald Fitsjеrald uning ruboiylarini tarjima qilib naShr ettirdi.
Umar XayYom adabiy mеrosi faqat ruboiylardan iborat emas, u arab tilida ham Shе’rlar Yozgan, bulardan bir nеcha parchalargina saqlanib qolgan , xolos. 1859 yil Yevropa tillariga tarjima qilingandan so’ng, juda katta Shuhrat qozondi. XIX asrning ikkinchi yarmidaYoq 25 marta bosilib chiqdi. Shu vaqtdan boShlab Shoir ijodiga bag’iShlangan juda ko’p asarlar yuzaga kеldi.
Eron olimi Mujtahob Minaviyning «XayYom haqida haqiqiy tadqiqotlar» to’plami ma’lumotlariga qaraganda , faqat 1929 yilgacha Yevropa va Amеrikada Shoir Umar XayYom haqida Yozilgan kitoblar va maqolalar soni 1500 dan oShiqroq bo’lgan.Sayyid Nasafiyning YoziShicha , XayYom ruboiylari 32 marta ingliz tiliga , 16 marta frantsuzchaga , 11 marta urdu tiliga , 12 marta nеmischaga , 8 marta arabchaga, 5 marta italyan, 4 marta turkiyga va 2 marta rus tiliga tarjima qilingan. Umar XayYom adabiy mеrosini o’rganiSh borasida rus olimlari V.Jukovskiy , K. Smirnov, A.Bolotnikov, S.Mornchik, M.Zand, frantsuz olimi Nikolas, daniyalik A.Kristеnsеn, nеmis olimi F.Rozеn va G.Rеmnis, vеngir olimi Sillik, hind olimi Svami Govinda Tirtxa hamda eron olimlari Muhammad Ali Furug’iy, doktor G’aniy, Sodiq Hidoyat, Sayyid Nasafiylarning olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
XayYom ijodini o’rganiShga o’zbеk olimlaridan Fitrat, Sh.Shomuhamеdov va J.Kamol singari bir qator ilm ahllari tadqiqotlar olib bordi hamda asarlarini o’zbеk tiliga tarjima qilib naShr ettirdi.
XayYom ruboiylarida Shoirning voqеlikda ko’rganlari , ko’ngilda paydo bo’lgan tuyg’ulari, olam hodisalari haqida fikr va mulohazalari g’oyat siqiq va lo’nda Shaklda o’z ifodasini topgan. Shoir ruboiylaridagi obrazlar va tamsillarni asl ma’nosini anglamay turib , undagi g’oyani tuShunib bo’lmaydi. Qadimgi Shoirlar, asosan, timsollar bilan fikr bildiriShgan. Bor narsani boricha aytib qo’yavеriSh Sharqda san’at hisoblanmagan. Shе’riy obrazlar ko’pincha Qur’on va Muhammad payg’ambarning hadislariga tayanilgan holda yaratilgan. Shu ma’noda XayYom ruboiylaridagi «may», «mayxo’r», «soqiy» obrazlari ham majoziy ma’noga ega .
Xulosa qilib aytganda , qomusiy bilimlar sohasida Shuhrat qozonib “Risolat ul kavn-vat-taklif” (“Koinot va uning vazifalari”), “Risola fil vujud”(“Borliq haqida risola”), “Risola fi-kulliYotu vujud”(“Borliqning umumiyligi haqida risola”), “Risolai jabr” hamda “Navro’znoma” kabi asarlar muallifi Umar XayYom ijodi nafaqat badiiy adabiYot balki, jahon ilm- fanining taraqqiYotiga munosib hissa bo’lib qo’Shilganligi bilan ahamiyatlidir.
SA’DIY SHEROZIY
TurmuSh saboqlarini izlab jahon kezgan, mamlakatdan mamlakatga, o’lkadan o’lkaga, Shahardan Shaharga, qiShloqdan qiShloqqa o’tib kiShilar qalbini o’rgangan, haYot hikmatlari durdonalarini yig’ib, so’ng ularga sayqal berib nazm ipiga tizgan jahongaShta Shoir Sa’diy Sheroziydir.
Muslihiddin Abu Muhammad Abdulloh ibn MuShrif ibn Muslih ibn MuShrif Sa’diy Sheroziy 1203-1208-yillar orasida Eronning janubida joylaShgan, Sherozda ruhoniy oilasida tug’ilgan. U Sharqda Shayx Sa’diy nomi bilan Shuhrat qozongan. Sheroz Shahri fors-tojik adabiYotining ikki g’azalgo’y bulbuliga oShYon bo’lgan. Biri Sa’diy Sheroziy bo’lsa, yana biri Hofiz Sheroziydir.
XIII asrda bu o’lkada Solg’uniylar avlodidan bo’lgan fors otabeklari hukumronlik qilar edi. XorazmShohlar yuriShi, mo’g’ullar bosqini davrida ham Sheroz omon qoldi. Sababi Sherozning bir oz chetroqda joylaShganligi va Sheroz hokimlarining tinchlik siYosati edi. Bu davrda tug’ilgan Sa’diy Sherozda o’sib ulg’aydi. Shoirning otasi MuShrif Sheroziy o’rtamiYona ruhoniylardan bo’lib, Sheroz hokimi Sa’d binni Zanji huzurida xizmat qilardi. Otasi o’g’lini ham ruhoniylikka tayYorlab, uni o’qita boShladi. Sa’diy o’z otasini yumShoq tabiatli, mehribon kiShi sifatida tasvirlaydi va uni saboqlarini,vasiyatini eslaydi. Shoir 10-11 YoShlarga yetganda otasi vafot etadi. Sa’diy va ukasiga saroy nafaqasi tayinlangan bo’lsada, oilaviy ahvoli og’ir bo’lgan. Toj – taxt uchun kuraSh avj olgach , u Bog’dodga ketadi. Sa’diy Sheroziy 1226-yilda Bog’dodning “Nizomiya” va “Mustansiriya” madrasalarida tahsil oldi. 50 YoShgacha dunYo kezib saYohat qildi.
Fors –tojik adabiYoti tarixida Sa’diyning mavqei juda baland. U o’z zamonasining maShhur olimu adiblari: maShhur doniShmand mutasavvuf olimlarii adib Shahobiddin Suhravordiy va Abulfaraj Abdurahmon ibn Jazvinlar qo’lida tarbiyalandi.
Bog’dod madrasasini tugatgan Shoir vataniga qaymadi. “JahongaShta er mardu oqil bo’lur” deb iShongan Sa’diy Sharq mamlakatlarini kezdi. Eron, Janubiy Ovro’pa, Kichik OsiYo, Arabiston, O’rta OsiYo, Hindiston va Xitoy mamlakatlari bo’ylab 30 yil saYohat qildi. 1292-yilda vafot etgan.
Quddus biYoboniga boSh olib ketganda faranglar qo’liga asir tuShadi. Xalab akobirlaridan bo’lgan do’sti uni yahudiylar bilan handak qazaYotganini ko’radi va 10 dinor to’lab asirlikdan qutqazadi. Mahri moliga o’zidan Yo’z dinor qoShib, o’z qiziga nikohlab beradi. Biroq Shoir bu Yomon xulqli xotindan qochib qutiladi. U Yamanda bo’lgan vaqtda Yolg’iz o’g’li vafot etadi. Sa’diy Sheroziy haqida tadqiqotlar olib borgan Rustam Aliyev Shoir haYoti va ijodini o’rganiShda uning asarlari qimmatli ma’lumotlar beriShini ta’kidlaydi.
Sa’diy Sheroziy fors-tojik adabiYotini yuksak cho’qqiga ko’targan adiblardan biridir. U birinchi bo’lib g’azal formasini mustaqil janr darajasiga ko’tardi. Sa’diy turli janrlarda juda ko’p asarlar muallifidir. Uning kulliYoti janrlar bo’yicha 19 bo’limdan iborat bo’lib, unda prozaik va poetik asarlar to’plangan. Sa’diy “KulliYoti”ga 4 devon (g’azallar to’plami) kiritilgan. “KulliYot”ga kiritilgan badiiy asarlar ichida eng maShhurlari 1257-yilda Yozilgan “Bo’ston” va 1258-yilda Yozilgan “Guliston” bo’lib, bular jahon madaniyatining durdonalari hisoblanadi. “Guliston” 8 bobdan iborat. Asar o’ziga xos didaktik hikoyalar va She’riy aforizmlar to’plami sanaladi. AdabiYotShunoslar nazdida fors klassik poeziyasining eng porloq asari Firdavsiyning “Shohnoma”si bo’lsa, nasriy asarlarning eng barjastasi “Guliston”hisoblanadi.(Sh.Shomuhammedov. Inson tinchligini ko’zlab. T.1981.122-bet). Shoir “Guliston” asarini “munosib bo’lsin, jannat ravzasiga o’xShasin va o’qigan kiShi zerikmasin ” degan maqsadda 8 bobga taqsim qilganini Yozadi.1-bob “PodSholar tabiati haqida” deb nomlanib, turli hikoyat va rivoyatlar Yordamida Shohlarga pandu nasihat qilinadi.2-bobda darveShlar axloqi, 3-bobda qanoat fazilati, 4-bobda gapirmaslik foydasi, 5-bobda YoShlik va iShq haqida, 6-bobda qarilik va zaiflik haqida, 7-bobda tarbiya ta’siri haqida, 8-bobda suhbat odobi haqida so’z yuritiladi.
O’n bobdan iborat “Bo’ston” ham “Guliston” ga o’xShaSh,lekin uboShdan-oYoq She’r bilan Yozilgan. Sa’diy “KulliYoti”da qasidalar bo’limi ham bor, u qasida janrida ham She’r Yozgan. Sa’diy ilmu hunar o’rganiShga katta e’tibor berib, bu Yo’lda har qancha maShaqqatlardanqochmaslik lozimligini ta’kidlaydi.
Baniy odam ilmdin topmiSh kamol,
Bekor bunda mansabu, boyligu mol.
Yoki:
Istar esang otangdan meros,
Bog’la otang ilmiga ixlos.
Shoir ilm o’rganiSh bilan birga, unga amal qiliSh lozimligini ham uqtiradi.
Harchand o’qib sen ilmdonsan,
Agar amal qilmading, nodonsan.
Ustiga kitob ortilgan eShak –
Na olim va na donodur, beShak.
Sa’diy ijodiga eronShunos olim I.S.Braginskiy Shunday baho beradi: “Sa’diy o’zining nasihatomuz asarlarini keksalarcha salmoqlanibgina emas, balki chollarcha sudralib Yozdi ”(И.С.Брагинский. Из истории таджикиской народной поэзии.М.1956). Shoirning axloqiy fikrkari haqida ingliz SharqShunosi Eduard Braun ham o’z fikrini bildirgan. Shoir yaxShilikka qaratilgan Yolg’on-Yomonlik so’zlagan chindan yaxShiroq ,degan fikrni ilgari suradi. E.Braun Shunday Yozadi: “Sa’diy odatda axloq o’rgatuvchi o’qtuvchi Shoir hisoblanadi. Uning etikasi G’arbiy Yevropada qabul qilingan umumiy axloq qoidalaridan farq qiladi ”. Bu bilan E.Braun Sharqda Yolg’on gapiriSh mumkin(yaxShilik uchun),ammo G’arbga to’g’ri kelmaydi demoqchi bo’ladi. Sa’diyning axloqiy qaraShlari o’z muhiti va zamonasidan ham, ta’sir doirasi esa o’z yurti va davriy chegarasidan ham chiqib ketadi. Uning ilg’or orzulari umumbaShariyat orzulariga hamohang. Shuning uchun ham bu asar jahon adabiYoti durdonalari qatorida 700 yildan beri sevib o’qilib kelinmoqda.
“KulliYot” bir necha qismlardan iborat. Unga “ShaSh risola”, “Guliston”, “Bo’ston”, “Qasoidi arabiy”(Arabcha qasidalar), “Qasoidi forsiy”(Forsiy qasidalar), “G’azaliYoti qadim”(Qadim g’azallar devoni), “Badoe’”(Badiiy g’azallar devoni), “Havotim”(Xotima g’azallar devoni), “Sohibiya”, “MasnaviYot”, “Qitaaot”, “Mulammaot”(She’ru Shakar She’rlar), “Mufradot” (Fardlar) va boShqa bir qancha asarlar kirgan. Sa’diy fors,arab,urdu tillarida ijod qilgan.
Sa’diy Sheroziy jo’Shqin g’azallar ustodi sanaladi. Prof.Bertels Movaraunnahrda Sa’diy g’azallchilikka zamin hozirlaganini qayd etadi. Fors-tojik adabiYotida g’azal taraqqiYoti haqida tadqiqotlar olib borgan olim Abdulg’ani Mirzayev ham g’azal tarixida Shoirning tutgan o’rni yuksak deb baholaydi. “Haqiqatdan ham, Sa’diyning katta xizmatlaridan biri g’azal tilini iShlab voyaga yetkaziShi bo’ldi. U ravon , nazokatli, latif Shirin boliShi , qasida va boShqa She’r formalaridan farq qiliShi kerak… Sa’diyning bu sohadagi xizmatlari katta”.
Sa’diy so’fiYona (orifona ) , oShiqona , yani dunYoviy g’azallar Yozgan. Uning otaShnafas g’azallarida YoShlik zavqi ,bahor nafasi, tabiat go’zalligi, inson muhabbati tarannum etilgan.
Ey sarbon, ohista ron, oromi jonam meravad,
On dilki, bo xud doShtam bo dilistonam meravad.
(Ey sarbon, ohista yur, oromi jonim ketadur,
Tandin dilu jonim olur, ham dilistonim ketadur ).
Sadiyning buyukligi, ijodining o’lmasligi Shundaki, u oliyjanob isoniy xislatlar uchun , inson so’zining qiymati uchun , tinchliik va farovonlik uchun , odamlar o’rtasida do’stlik uchun kuraShdi. O’z aSh’orlarini ham xalq uchun , xalq baxtu saodati uchun bag’iShladi. Shuning uchun uning asarlari maqollarga aylanib , xalqning sevimli ma’naviy mulkiga aylandi.
NIZOMIY GANJAVIY
Nizomiy Ganjaviy (taxallusi; asl ismi Sharifi Abu Muhammad IlYos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad) ozarbayjon Shoiri va ma’rifatparvari. Nizomiyning ota bobolari Eronning Qum Shahridan bo’lib , onasi (Ganja atrofidagi qiShloqlardagi) Kurd sarkardalaridan birining qizi bo’lgan. Nizomiy tug’ilgan Ganja Shahri XI-XII asrlarda Ozarbayjonning yerik siYosiy , iqtisodiy va ma’daniy markazlaridan biri, Arron davlatining poytaxti edi.
Nizomiy ilm-fan va badiiy adabitotga juda erta mehr qo’yadi. U qunt bilan xalq ijodini , Yozma adabiYotni , Ro’dakiy va Firdavsiy kabi ulug’ san’atkorlarning , zamondoSh ijodkorlarining asarlarini o’rganadi, ulardan ilhom va ta’lim oladi. Bu bilan birga u arab va fors tillarini mukammal o’rganadi. Falsafa , mantiq, tarix va falakkiYot fanlari bilan Shug’ullanadi.
XII asrda Xuroson va Movaraunnahrning ko’plab Shaharlari , jumladan Ganjada ham javonmardlik Yoki axiylik bilan maShhur harakat keng Yoyilgan . Harakat a’zolari asosan kosib va hunarmandlardan iborat bo’lib, ular zolim hukumdor va amaldorlarga qarShi kuraShgan, keng xalq ommasining manfaatlarini himoya qilgan. Ezgulik , adolat va muruvvatni Shior qilib olgan bu toifa ilmu ma’rifatga katta ahamiyat bergan. Nizomiy Ganjaviy bu harakat qoidalarini hurmat qilgan va ularga moil bo’lgan. U o’z asarlarida mana Shu g’oyalarni kuylagan, dostonlarini o’Sha zamonlardagi Shoh va Shahzodalarga bag’iShlagan bo’lsa-da , lekin saroy Shoiri bo’liShni istamagan, bu haqdagi taklifni rad etgan.
Nizomiyning adabiy merosi lirik va epik asarlardan iborat. Uning 20 ming baytdan iborat She’riy devoni bo’lgan. Shoirning lirik She’rlari turli baYoz va to’plamlardan tarkib topib , jamlangan. Lekin undan ayirim parchalar : 16 qasida , 192 g’azal, 5 qit’a, 68 ruboiy va 17 bayt saqlanib qolgan xolos.
Shoir adabiy merosida uning “Xamsa”si alohida o’rin tutadi. Sharq adabiYotida birinchi bo’lib “Xamsa” Yozgan kiShi ham Nizomiydir. Asar quyidagi dostonlarni o’z ichiga oladi:
1. “Mahzan ul- asror ” (“Sirlar xazinasi”, 1173-1179-yillar) Arzinjon hokimi Faxriddin BahromShohga bag’iShlangan. Muqaddima va xotimadan taShqari 20 maqola bo’lib, har maqolaga oid 20 hikoya mavjud. Asarda Shoir yaShagan davrning muhim ijtimoiy siYosiy va axloqiy-ta’limiy masalalar aks etgan. Keyinchlik bu asarga javoban forsiy va turkiy adabiYotlarda 40 dan ortiq dostonlar (Navoiy “Hayrat ul-abror ”) yaratilgan.
2. “Xisrav va Shirin” (1180-81-yillar) sevgi va sadoqat mavzuida bo’lib, Iroq hukmdori Turg’ul II ning iltimosiga ko’ra yaratilgan.
3. “Layli va Majnun” (1181-yil) Shirvon Shohlaridan Axsatan I buyrug’I va topShirig’I bilan Yozilgan bo’lib, arab rivoyatlari asosida yaratilgan.
4. “Haft paykar” 1196-yilda hukmdor Alovuddin Ko’rpa Arslonning topShirig’i bilan Bahrom Go’r va uning nomi bilan bog’liq voqealarga asoslangan asar. Doston hikoya ichida hikoya tarzida Yozilgan bo’lib, ularda inson tarbiyasi, xulq atvori bilan bog’liq g’oyalar ilgari surilgan. Hikoyalarida xalq ertaklari ta’siri sezilib turadi.
5. “Iskandarnoma” dostoni (1190- 1200-yillar)da Nizomiy Ganjaviy o’zining odil va ma’rifatli Shoh, komil inson, ideal jamiyat haqidagi orzularini Iskandar obrazi va haYoliy tasvirlar orqali ifodalagan.
Shu tariqa 1173-1200-yillar oralig’ida – 28 yil davomida beSh doston dunYo yuzini ko’radi va ular “Panj ganj” (“BeSh xazina”) nomi bilan Shuhrat topadi.
Navoiydan tortib barcha o’zbek Shoirlari Nizomiyni o’zlariga ustoz deb biliShgan. Navoiy “Nasoyim ul- muhabbat”da uni Shayxlar qatorida zikr etadi, dostonlarining avvalgi boblarida uni faxr bilan ta’rifu tavsif etadi , o’ziga ustoz sanaydi. XIV asr o’rtalarida Qutb Xorazmiy “Xisrav va Shirin” dostonini turkey tilga tarjima qilgan. Haydar Xorazmiy Shoirning “Mahzan ul- asror” asariga javoban “GulShan ul-asror ” dostonini yaratgan. Mavlono Gadoyi g’azallaridan birida “Xisrav va Shirin ” dostonini YoziShda Nizomiyning asosiy maqsadi Farhod qissasini baYon etiShdir, deydi:
Desa bo’lmas , Gado, harbul havasni oShiqi sodiq,
Hadisi “Xisravu Shirin” g’araz Farhod emiSh bulduk.
O’zbek adabiYotShunosligida Nizomiy Ganjaviy ijodini o’rganiSh bo’yicha , asarlarini naShr qildiriSh borasida bir qator iShlar amalgam oShirildi. “Nizomiy She’riyatidan” to’plami Shoislom Shomuhammedov tarjimasida chop etilgan. Unda Shoir qasidalari , g’azallari, qit’alari, ruboiylari va hikmatlaridan namunalar, Shuningdek, “Mahzan ul-asror” va “Haft paykar” dostonlaridan parchalar o’rin olgan. Bundan taShqari Shoir ijodini ilmiy tadqiq qiliSh borasida Ye. Bertels, S.Erkinov, M.G’anixonov, H.Homidiy, A.Hayetmetov va E.Ocihlovlarning tadqiqotlarini e’tirof etiSh mumkin.
Ulug’ Shoir va mutafakkir Nizomiy Ganjaviy o’zi to’g’risida baShorat qilib bunday degan edi:
Nihon, kay boShad az tu jilvasoze,
Ki dar har bayt go’yad bat u roze.
Pas az sad sol agar go’yi: kujo o’?
Z-har bayte nido xezadki:ho, o’!
(Har bir baytda senga biron sir aytib turgan u jilvasoz sendan qanday qilib nihon bo’liShi mumkin? Yuz yildan keyin ham , agar u qaerda deb so’rasang , har bir baytdan: ha, u Shu yerda! – deb nido chiqar.)
Nizomiy yangliShmadi. Uning sozi va ovozi yuz yil emas, balki bugungi kunimizga qadar ham o’z mavqeyini Yo’qotmay kelmoqda.
PAHLAVON MAHMUD
Pahlavon Mahmud mo’g’ullar istilosidan kеyin yuzaga kеlgan Xorazm madaniyatining atoqli vakillaridan biridir. Shahar hunarmandlari orasidan yеtiShib chiqqan bu ko’p qirrali istе’dod egasi o’zining Shaxsiy fazilatlari va badiiy ijodiYoti bilan kеng Shuhrat qozongan va kеyinchalik ko’plab rivoyatlarning yuzaga chiqiShiga sababchi bo’lgan.
Pahlavon Mahmudning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga o’rnatilgan maqbara dеvorlari pеShtoqlariga badiiy naqSh sifatida tuShirilgan. Ularning bizgacha yеtib kеliShida ana Shu maqbaradagi Yozuvlar muhim o’rin tutadi. Adibning asarlari turli qo’lYozmalar orqali еtib kеlgan bo’liShiga qaramay , ular asosan XIX asrda ko’chirilgan. Qadimiy manbalar haligacha topilgan emas.
Shoir va uning taxalluslari xususida «Charog’i hidoyat», «Bahori ajam» hamda «G’iYos ul-lug’at» singari asarlarda ayrim ma’lumotlar uchraydi. 1881 yilda Bombayda naShr etilgan «OtaShkadai Ozariy» nomli maShhur Sharq tazkirasida Pahlavon Mahmud haqida quyidagi ma’lumot uchraydi: «Ismi Pahlavon Mahmud. PurYoyvaliy laqabi bilan Shuhrat topgan, uning pahlavonlik ovozasi olamni tutgan, o’z asrining yagonasi bo’lgan.Shе’riyatda qudratli; «Kanzul haqoyiq» nomli masnaviysi bor. Kеyingi vaqtlarda tasavvuf mavzuida Yozgan ruboiylari ancha yaxShi chiqqan»(Bu haqda qarang: T.Jalolov. Nafosat olamida. T., 1974. 105-bеt)
Kamoliddin Husayni Fanoyidan boShlab Pahlavon Mahmud nomini tilga olgan barcha tazkiranavislar uning «Kanzul -haqoyiq» nomli masnaviy Yozganligini qayd etadi. «Majolis ul-uShShoq» (Kamoliddin Husayni Fanoyi)da esa mazkur asardan olti bayt kеltirilgan. Shunday bo’lsa-da mazkur asarning to’liq nusxasi haligacha topilmagan.
MaShhur turk olimi Shamsiddin Somibеk ham «Qomus ul -a’lom» asarining 5 va 6 jildlarida Pahlavon Mahmud xususida ba’zi ma’lumotlar kеltirgan. Xorazmda Yozilgan qo’lYozma manoqiblarda Shoir haYoti haqida ma’lumotlar kеltiriladi. Shoirning haYoti va adabiy mеrosining o’rganiliShga asosan XX asrda kiriShildi. Sadriddin Ayniy o’zining «Namunai adabiYoti tojik» asarida, YahYo G’ulomovning «Pamyatniki goroda Xiva» nomli tarixiy monografiyasida , Shuningdеk adabiYotShunos To’xtasin Jalolovning bir qator tadqiqotlarida Pahlavon Mahmud adabiy mеrosi o’rganilgan. Uning ruboiylarini Ulfat (Imomiddin Qosimov), Boqir (Omonulla Valixonov), Muinzoda, Shoislom Shomuhamеdov, To’xtasin Jalolov, Vasfiy, Matnazar Abdulhakim, ErgaSh Ochilovlar tarjima qiliShgan.
Pahlavon Mahmud lirik mеrosi asosan fors tilidagi asarlardan iborat. Fors va turkiy xalqlar adabiYotida Umar XayYomdan so’ng faqat ruboiy Yozgan Shoir Pahlavon Mahmuddir. U XayYomning oddiy taqlidchisi bo’lmay , muShohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan.
Pahlavon Mahmud Shahar-hunarmand kosiblarining futuvvat-javonmardlik harakati (XII-XV asrlar) taShkilotchisi, ma’naviy rahnamosi bo’lgan. Ko’pchilik ruboiylari mardlik, marhamat va Shavqat , saxovat va
oliyjanoblik kabi javonmardlik prinsiplari asosida Yozilgan. Asarlarida tasavvuf ta’limotining nazariy g’oyalari bilan javonmardlik tariqatining amaliy qoidalari o’zaro omuxta holda baYon qilingan. Unga ko’ra, Olloh diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi.
Pahlavon Mahmud «Qitoliy »taxallusida ham ijod qilgan. Uning bu taxallusi ham pahlavonlik bilan bog’liq bo’lib, «qitol» ning ma’nosi «bir-biri bilan jang qilmoq, kuraShmoq» dеmakdir. «Kanzul- haqoyiq» tasavvuf masalalari va uning mazmun mohiyatini SharhlaShga, muhokama yuritiShga bag’iShlangan Shе’riy asardir. Unda muallif o’zining mulohazalarini rivoyatlar, kichik hikoyalar bilan asoslaShga harakat qiladi. Shu jihatdan u tasavvuf Shе’riyatining atoqli vakillari Jaloliddin Rumiy va Farididdin Attor an’analari zaminida yaratilgan o’ziga xos falsafiy-didaktik asar hisoblanadi.
Xalq orasida kеng tarqalib , Pahlavon Mahmudga Shoir sifatida Shuhrat kеltirgan asarlar uning ruboiylaridir. Shoir ruboiylarining umumiy soni aniq emas. Chunki, hozirga qadar Shoir ruboiylarini o’z ichiga olgan birorta qadimiy qo’lYozma topilganicha Yo’q. Pahlavon Mahmud ruboiylarida uning falsafiy , ijtimoiy qaraShlari o’zining Yorqin ifodasini topgan. Ruboiylardagi tasvir hamma o’rinda aniq, ixcham, ta’sirchan.Pahlavon Mahmud moddiy borliqning manguligi, , inson va tabiat, Yor vasli va uning lazzati haqida fikr yuritadi.
Ruboiylari fikrning ravShanligi , mazmunining tеranligi, obrazlarining rang-barangligi bilan ajralib turadi.
DunYo bamisoli bir zar4rin ko’za,
Suvi goh Shirinu, goh achchiq bo’za,
Ey g’ofil , umringga bino qo’yma ko’p.
Qazoyi muallaq turar boSh uza.
Adib Shе’riyati haYotiy falsafa bilan Yo’g’rilgan. Ularni o’qiSh orqali haYotdagi sabab va oqibat , butun va qism , tasodif va qonuniyat orasidagi bog’laniShlar tahliliga duch kеlamiz:
Gurkiragan olov — dilim Yo’ldoShi,
To’lqin urgan darYo- ko’zlarim YoShi.
Ko’zagar yasaYotgan har ko’za-
Ko’hna do’stlar xoki – qo’li Yo boShi.
XayYomona mazkur ruboiyda Pahlavon Mahmud badbinlik, tuShkunlik kayfiyatlari emas, balki haYot hodisotlariga ochiq ko’z bilan qaraShga da’vat etadi.
Pahlavon Mahmud ruboiylarini ko’zdan kеchirgan taqdirda , ular uslubiga xos umumiy xususiyatlar yaqqol ko’zga taShlanadi. Jumladan mazkur ruboiylarda ko’rganimizdеk, ularda asosan haYotiy falsafa inson umrining mazmun- mohiyati, mardlik hamda nomardlik bilan bog’langan tuShunchalar muShohada etiladi. Shе’rning mazmuni va Shoirning ijtimoiy Shе’riyati bilan uzviy bog’langan bu hodisalar Pahlavon Mahmud Shе’riy uslubining muhim bеlgilaridan biri hisoblanadi.
Umuman olganda Pahlavon Mahmud ruboiylari Shoirning muayyan vaziyatdagi kayfiyati, o’tkinchi kеchinmalarning tasodifiy ifodasi emas, balki faylasuf Shoirning jamiyat hodisalari va insoniy munosabatlardan olgan taassurotlar natijasi bo’lmiSh chuqur muShohadalari hamda falsafiy -axloqiy qaraShlarining Yorqin poetik ifodasidir.
Pаhlаvоn Mаhmud XIII аsrning ikkinchi yarmi vа XIV аsrning bоShlаridа yaShаb ijоd etgаn mutаfаkkir-fаylаsuf Shоirdir. Mаhmud оtа-оnаsi Ko’hnа O’rganchdаn Хivаgа ko’chib kеlаYotgаnlаridа, 645 (1248) yildа Хivа yaqinidа tug’ilаdi. Mаhmud jismоniy jihаtdаn judа bаquvvаt yigit bo’lib yеtiShаdi, pоlvоnlik bilаn Shug’ullаnаdi. Хоrаzmning ko’p Shаharlаri vа Hindistоngа bоrib kurаSh tuShаdi, dоim g’аlаbа qоzоnаdi. Pаhlаvоn Mаhmud ilm-fаn vа bаdiiy аdаbiYot bilаn Shug’ullаnаdi. Umаr ХаyYomning izidаn bоrib fоrs-tоjik tilidа ko’p оriginаl rubоiylаr yarаtаdi: Shаmsiddin Somibеkning «Qоmusul-а’lаm» («Аtоqli kiShilаr qomusi») vа Lutf Аlibеk Оzаrning «ОtаShkаdаi Оzariy» аsаrlаridаgi mа’lumоtlаrgа qаrаgаndа, u «Kаnzul-haqoyiq» («Haqiqаtlаr хаzinаsi») nоmli bir mаsnаviy ham yarаtаdi. Pаhlаvоn Mаhmud 725 (1326) yildа Хivаdа vаfоt etаdi.
Pаhlаvоn Mаhmudning bizgа qаdаr bir nеchа yuz rubоiysi yеtib kеlgаn. Bulаrning birmunchаsidа Pаhlаvоn Mаhmud istе’dоdli fаylаsuf Shоirdir. U hаYotining so’nggi yillаridа o’z rubоiylаridа mоddiy bоrliqning mаnguligi vа insоn hamdа tаbiаt haqidа fikr yuritаdi, axloq-оdоb, vаtаn iShtiYoqi, sеvgining Shаvq-zаvqi vа boShqalаr haqidа so’zlаydi, riYokоr ruhоniylаrni fоSh etаdi. Binоbаrin, uni Хоrаzm ХаyYomi dеb аtаymiz. Mаnа Pаhlаvоn Mаhmudning rubоiysi:
ОtаShki аlаngа mеzаnаd sinаi mоst,
DаrYoki chu mаvj mеzаnаd didаi mоst.
In ko’zаgаrоnki ko’zаhо mеsоzаnd,
Аz хоki bаrоdаrоni dirinаi mоst.
SULAYMON BOQIRG’ONIY
O’zbek Yozma adabiYotining ilk yuksaliSh davri XI-XII asrlarga to’g’ri keldi. Bu davrda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviyning yuksak She’riy iste’dodi Yorqin namoYon bo’ldi. Sulaymon Boqirg’oniyning ana Shu asrlar adabiYotida alohida o’rni bor.
U Ahmad Yassaviyning Shogirdi, eng sadoqatli izdoShi sifatida qalam tebratgan. She’rlari Yassaviyning maShhur hikmatlariga har jihatdan – ham mazmun, ham badiiy uslub e’tibori bilan hamohang. Sulaymon Boqirg’oniy Yassaviydan farqli o’laroq, o’zbek She’riyatini yangi janrlar, xususan, epik She’riyat bilan to’ldirgan va kengaytirgan. Binobarin, u She’riyatda hikoya uslubida, qissachilik Shaklida ham dadil qalam tebratgan.
Sulaymon Boqirg’oniydan ancha boy va badiiy jihatdan yetuk adabiy meros qolgan. Sulaymon Boqirg’oniy She’rlar (to’rtliklar) dan taShqari, “Oxiri zamon”, “Bibi Maryam kitobi” deb nomlangan ikki doston ham yaratgan. AdabiYotShunos A.Hayitmetov Shoir merosi xususida Shunday Yozadi: “Boqirg’oniyning “Ismoil qissasi ” , “Me’rojnoma”, “Bibi Maryam”, “Sobit qissasi”, “No’’mon hikoyasi”, “Oxir zamon” manzumalarini ham kichik dostonlar sirasiga kiritiSh mumkin .
“Ismoil qissasi” 37, “Oxir zamon” 49, “Me’rojnoma” 57, “Bibi Maryam” 53 , “Sobit qissasi” 34 to’rtlikdan taShkil topgan. Payg’ambarimiz to’g’risidagi qissani ham qo’Shsak, bular hammasi 245 to’rtlik Yoki 1000 ga yaqin misrani taShkil etadi.” (A.Hayitmetov. Hakim ota dostonlari. Tafakkur jurnali. 2003-yil,№ 2.36-39-betlar.). Bu esa uning lirik She’riyati hajmidan ancha katta. Demak, Sulaymon Boqirg’oniy ko’proq epik, yani qissanavis, dostonnavis Shoirdir.
Lekin bu boy adabiy meros adabiYotShunosligimizda na tarixiy-adabiy, na matnShunoslik, na She’rShunoslik jihatidan jiddiy o’rganilgan. Buning ustiga ,ko’p vaqt Sulaymon Boqirg’oniy She’riyati Ahmad Yassaviyijodi soyasida qolib ketgan. Bu haqda, jumladan, oliy o’quv yurtlari uchun tuzilgan darsliklarda ham “Boqirg’on kitobi, undagi She’rlar g’oyasi, uslubi va tili jihatdan A.Yassaviy She’rlariga Shunchalik yaqin va monandki, ba’zan ularni bir-biridan ajratiSh ham amrimahol ekanligi ta’kidlanib, Shoir merosiga zamon ta’siri kuchli bo’lganligi ko’rinadi ”.
Boqirg’oniy hikmatlari o’quchini , ayniqsa nafs va ruh ziddiyatlaridan kengroq ogoh qiladi. “Bu beSh kunlik tiriklikda, davron sur, tanni yayrat” ,deydi nafs. Ruh bunga qarSh: “Ilm birla tariqatning Yo’lini bilib , Sahar vaqtda uyg’oqlikni odat qil”, deydi.
Sulaymon Boqirg’oniy She’rlari “Boqirg’on kitobi” nomi bilan Qozonda bir necha bor naShr qilingan. Keyingi yillarda adabiYotShunos olimlar I.Haqqulov va S.Rafiddinov tomonidan SharqShunoslik institutida saqlanaYotgan (Inv.№ 12646, № 289 ) kitoblar asosida so’zboShi va izohlar bilan naShrga tayYorlandi.( Sulaymon Boqirg’oniy. Boqirg’on kitobi. T. “Yozuvchi”, 1991-yil).
Sulaymon Boqirg’oniy ijodi o’zbek adabiYoti tarixida tasodifiy hodisa emas. Uni o’rganiSh, liro-epik asarlarini tadqiq etiSh adabiYotShunosligimiz oldidagi dolzarb vazifalardan biridir.
XO’JANDIY
XIV asrning ikkinchiyarmi va XV asrning birinchi choragida yaShab ijod etgan, o’zining “Latofatnoma” asari bilan o’zbek adabiYotini rivojlantiriShga katta hissa qo’Shgan Shoirlardan biri Xo’jandiydir. Shoirning tug’ilgan yili va vafot etgan yili haqida hech qanday ma’lumot Yo’q. Taxallusidan Xo’janddan ekanligi bilinadi.
Xo’jandiyning “Latofatnoma” asari XV asr boShlarida (1411-yillarda) Xorazmda hukumronlik qilgan Amir Temurning avlodlaridan biri Sulton Mahmudga bag’iShlangan.
Shuni ta’kidlaSh kerakki, bu asarda Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidagidek har bir nomadan so’ng g’azal keltirilmaydi, fard, qit’a va munojatlar ham Yo’q. “Latofatnoma” masnaviy Shaklida (aa, bb, …) Yozilgan va qofiyalangan. Asarda iShlatilgan badiiy tasvirlaSh vositalari, usullari an’anaviy ko’riniShga ega. Mana bu baytlarda Xo’jandiy kitobat sa,’atini qo’llab, ma’Shuqani Shunday tasvirlaydi:
Aliftek to’g’ri bo’yliq qoShlari nun,
Jahon Laylilari husningg’a Majnun.
Tor og’zing mimu fatton ko’zlaring sod,
Jahonda siz bikin Yo’q odamizod.
Husni ta’lil san’ati:
Ko’zingni Zuhra ko’rsa xira qolg’ay,
To’lun oy sizni ko’rsa yarim o’lg’ay.
kabi badiiy san’at va tasviriy vositalarni asarda ko’p uchratiSh mumkin.
Bizgacha “Latofatnoma”ning to’rt nusxasi yetib kelgan. Uning 2 tasi Kobul kutubxonasining muzeyida, bir nusxasi Istambulda va yana bir esa Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Qo’lYozma hijriy 893 (milodiy 1488) yilda ko’chirilgan bo’lib, 313 baytdan iborat.
“Latofatnoma” asarining Kobulda saqlanaYotgan uyg’ur Yozuvidagi matni fotonusxasi asosida hamda Istambul va Londondagi matnlarning fotonusxalaridan foydalangan holda uning transkripsiyadagi matni 1980-yilda ToShkentda turkolog olim E.Fozilov tomonidan tayYorlanib, naShr etildi. Shuningdek, bu asarning Britaniyadagi fotonusxasidan ayrim parchalar “O’zbek adabiYoti” 4 tomlikning 1-kitobida naShr etilgan. Keyinchalik asar “Muborak maktublar”, “Navoiyning nigohi tuShgan” kabi to’plamlarda naShr qilindi.
YUSUF AMIRIY
Shoir Yusuf Amiriy XV asrda yaShagan bo’lib, uning dеvoni, Dahnoma», «Bang va Chog’ir»munozarasi (to’liq nomi «Bang va Chog’ir orasinda munozara») asarlari bizgacha yеtib kеlgan.
Yusuf Amiriy haYoti va ijodi haqida aniqroq ma’lumot beruvchi manbaga ega emasmiz. UShbu asarlarning Yozilgan vaqti ham aniq emas. Shoir to’g’risidagi ba’zi ma’lumotlar AliShеr Navoiyning «Majolis un-nafois» asarida uchraydi. Navoiy bu haqda Shunday Yozadi: «Mavlono Amiriy turk erdi va turkcha Shе’ri yaxShi voqе’ bo’lubdur, ammo Shuhrat tutmabdur. Va bu bayt aning «Dahnoma» sidindur:
Nе еmakdin, nе uyqydin solib so’z,
Еmakdin tuyub, uyqudin yumib ko’z.
Va forsiyda Shayx Kamol tatabbu’i qilibdur. Bu matla’ aningdurkim:
Ro’zi qismat har kasе az aySh baxShi xud satand,
G’ayri zohid k-u riYozatho kaShidu xuShk mand.
Aning qabri BadahShon sari Arxang saroyidadir…»(AliShеr Navoiy.Asarlar. O’n bеSh jildlik, o’n ikkinchi jild. ToShkеnt., 1966 y. 22-bеt)
Yusuf Amiriy haqida DavlatShoh Samarqandiyning «Tazkirat uSh-Shuaro» asarida ham qiskacha ma’lumot bеrilgan. Uning YoziShicha , Yusuf Amiriy Shohruh Mirzo zamonida Shuxrat qozongan Shoirlardan biri bo’lib, Shohruh va uning avlodlariga , jumladan, Boysung’ur sultonga qasidalar bag’iShlagan. E.Rustamovning taxminiga ko’ra , Yusuf Amiriy haqidagi ma’lumotni DavlatShoh Samarqandiy AliShеr Navoiyning «Majolis un-nafois»tazkirasidan olgan bo’liShi mumkin.(Bu haqda qarang:. Рустамов Э. Узбекская поэзия в первой половени XV века. M. 1963. S.204.)
Amiriyning «Dahnoma» asari nomachilik an’analariga qat’iy rioya qilingan holda Yozilgan. Shunday bo’lsa-da u Xorazmiy , Xo’jandiy va Sayyid Ahmaddan farqli o’laroq o’z asarida sеvgi mavzusini ma’lum syujеt asosida YoritiShga intiladi. «Dahnoma” da, oShiq obrazidan taShqari, bеvosita ma’Shuqa obrazi ham yaratilgan. OShiq -ma’Shuq bir-biriga maktub Yo’llaydilar, uchraShadilar va o’zaro munozara qiladilar. (Munozara dialog Shaklida bеrilgan). Bu bilan Yusuf Amiriy noma janrini dostonlarga yaqinlaShtirib, unga liro-epik tus bеradi. Amiriy mazkur asarini Ulugbеkning akasi Boysung’ur mirzoga bag’iShlagan, chunki Shoir o’zining uning himoyasida yaShaganligini alohida ta’kidlaydi.
«Dahnoma » Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si YoziliSh uslubini bir qadar takrorlagan bo’lsa-da, undan tili ravonligi va syujеti piShiqligi bilan ajralib uradi.Amiriy bu o’rinda o’ziga xos original uslubni qo’llagan.
Yusuf Amiriyning «Bang va Chog’ir munozarasi» asari o’zbеk adabiYotida mustaqil adabiy janr namunasi sifatida birinchi marta adabiYotShunos E.Rustamov tomonidan maxsus o’rganildi. Kеyingi yillarda bu munozaralar adabiYotShunos olima M.Abduvohidovaning o’zbеk adabiYotida munozara janrining taraqqiYoti haqidagi tadqiqotlarida ancha kеng va qiYosiy tahlil qilindi. Amiriy nasrda Yozgan «Bang va Chog’ir» munozarasida majoziy tarzda maqtanchoqlik va mutakkabirlikni tanqid qiladi, iShratparastlikni qoralaydi. Bang va Chog’ir o’z «sifat» va xosiyat»lari bilan maqtanib munozara qiladilar, goh biri, goh ikkinchisi «ustun» kеladi. Buni asardagi quyidagi parchada ham ko’riShimiz mumkin: «Bu fanda sеhr qulursanki, odamini bir damda eShak etarsеn. Fahmning og’ir qilg’uchisi va vahmning zohir qilg’uchisi. Misra’:
Kimki ko’proq еr sеni bo’lur eShak.
Andoqni aytibdurlar.Nazm:
Har kaski alafvar xo’rad xar gardad.
Va Shakling tag’i eShak tеzagiga o’xShar borchadin nozikroq bukim to’qum
va pordum bila tilarsеnkim, bayt:
Tеzak yanglig’ quyuShqonga qisilib,
QuSh otlig’lar bila Yo’l tеng yurusang.
Va sеn bag’oyat Shum giYohеdursan.Nazm:
KiShikim, bir sеning Yo’zungni ko’rdi,
Ul o’zga yaxShilik Yo’zini ko’rmas.»
Oxiri o’rtaga bol tuShib, muxoliflarni bir-biridan ajratadi. Bol Bangi ham Chog’irni ham еngadi. Munozarada M.Abduvohidova qayd qilganidеk, masal , askiya, lof singari epik janrlar ham qamrab olinadiki, bu hol munozara tilining xalq so’zlaShuv tiliga yaqin bo’liShiga, ularda xalq so’zlaShuv tili xususiyatlarining kеng ko’lamda aks etiShiga imkon yaratadi.
Yusuf Amiriy haYoti va adabiy mеrosi 1960 yillardan boShlab o’rganila boShlandi. Bu borada adabiYotShunoslardan E.Rustamov, X. Bеktеmirov, Abduvohidova, H.Muxtorovalarning olib borgan tadqiqotlarini sanab o’tiSh mumkin.
Umuman, Yusuf Amiriy mumtoz adabiYotning Navoiyga qadar еtiShgan yirik namoyandalaridan biri bo’lib, uning ijodi o’zbеk mumtoz adabiYotining ravnaq topiShiga ma’lum hissa bo’lib qo’Shildi.
YAQINIY
XV asrda o’zbek adabiYotida munozara janriga oid uchta asar yaratilgani ma’lum. Bular Yusuf Amiriyning “Bang va Chog’ir orasinda munozara”, Yaqiniyning “O’q va Yoy orasinda munozara”, Ahmadiyning “Rudjomaning orasinda munozara va mubohasa” asarlaridir.
O’zbek adabiYotida munozara janrining ildizlari “Devonu lug’otit-turk” Yodgorliklariga , undagi “QiSh va Yoz munozarasi”ga borib taqaladi. Xalq ijodida uzoq tarixga ega bo’lgan bu janr XV asr o’zbek adabiYotida ancha ravnaq topdi. Xalq og’zaki ijodidagi munozara janrining Yozma adabiYotga ko’chiShi hamda fors-tojik tilidagi munozara janri tajribasidan (Asadi Tusiy) ijodiy foydalaniSh bu davr adabiYotiga xos. Shoir Ahmadiy “Sozlar munozara”sida majoziy tarzda xudbin va maqtanchoq kiShilarni tanqid qiladi. Yaqiniy esa “O’q va Yoy” nasriy munozarasida xuShomatgo’y va mansabparast kiShilarni aYovsiz tanqid qilib, “…bu munozaradin maqsud ulkim , bu davrning kaj ta’blarining qoShinda har kim Yoydek egri bo’lsa, Yonlaridan yiroq bo’lmas va har kim o’qdek rost bo’lub, to’z yurusa Yaqiniydek yiroq tuShar” deb o’z davrining hukumdorlaridan Shikoyat qiladi va Asiy degan Shoirning quydagi qit’asini keltiradi:
Har ki Shut rost andrin maydon,
Har kujo raft beho’zur uftod.
Az kaji Shut kamon ba taxliyi Shoh
Tir az rosti ba dur uftod.
(Kimki bu maydonda rost bo’lsa , qayerga borsa ham bahalovat bo’lib tuShadi. Yoy egriligi tufayli Shoh Yonidan joy oldi, o’q esa rostlikdan uzoqlarga borib tuShdi.)
Yaqiniy munozaraga Hofiz,Xisraf Dehlaviy, Qosim Anvor, Yusuf Amiriy,Atoiy, Sakkokiy , Lutfiy va boShqa Shoirlarning o’q va Yoy haqidagi She’rlaridan parchalar keltiradi.Jumladan, Atoiyning :
Ul Shaxsuvor tirkaShining o’qining yungi
Jom quShining tiriklata yulg’on qanotidur.
Sakkokiy nazmidan:
Jonu fido bo’lsin sening g’amzang o’qina necha kim,
Har necha quShing egmasi o’qtik buyumni Yo qilur.
Yana bir o’rida Lutfiyning mana bu oShiqona baytidan parcha keltiriladi:
Xadangi g’amzasini ko’rgach ayttim:
“Maning jonimg’a o’t solg’on sen – o’qsen!”
Yaqiniy haqida uning ijodi haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Manbalarda , xususan, AliSher Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Muhokamatul-lug’atayn” asarlarida Shoir haqida Shunday deyiladi: “Hulogixon zamonidin sulton sohibquron Temur Ko’ragon zamonidin farzandi xalafi Shohruh Sultonning zamonining oxirig’cha turk tili bila Shuaro paydo bo’ldilar… Shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi va Muqumiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar”( A.Navoiy. Asarlar. O’n beSh tomlik.14-tom.T.1967-yil, 128-bet). AliSher Navoiy yana bir o’rinda , ya’ni “Majolis un-nafois”da Shoir Yaqiniy haqida aniqroq ma’lumot beradi: “Mavlono Yaqiniy tundroq maShrabliq kiShi erdi.Turkchasidin bu matlain ko’p mubohotlar bila o’qur erdikim:
Ohkim, jonimga ettim Yori nodon ilgidin,
Dodu farYod ul jafochi ofati jon ilgidin…
Oxiri damida beadabona so’zlardin tavba qilib, ahli saloh tariyqi bilan kechti. Ummidkim mafu bo’lmiSh bo’lg’ay.
Qabri darai Dubarorondadur.”( A.Navoiy. Asarlar. O’n beSh tomlik.14-tom.Majolis un-nafois.T.1967-yil).
XV asrning birinch yarmi o’zbek adabiYotida munozara janrining taraqqiYotida Yaqiniyning “O’q va Yoy” munozarasi alohida o’rin tutadi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek asardagi majoziy obrazlar orqali tasvirlagan sujet voqealari va unda ilgari surilgan masalalar hamma davrda dolzarbligi bilan ajralib turadi.
ABDURAHMON JOMIY
Fors-tojik adabiYotining yirik namoyandasi o’rta asr Sharqining ulug’ olimi va mutaffakiri Abdurahmon Jomiy o’z davrining muhim, haYotiy masalalari va talablarining aks ettirgan va qo’ya bilgan. Shu jumladan, o’zining turli janrlarga oid ko’pgina asarlarida adabiYot va san’atning ijtimoiy va estetik ahamiyatini, Shakl bilan mundarija o’rtasidagi munosabat qanday bo’liShi kerakligini, poetik mahorat va novatorlik masalalarini chuqur iShlab chiqdi. U adabiYot va san’at haqidagi fikrlari bilan O’rta OsiYo xalqlarining estetik tafakkuri va badiiy ijodi taraqqiYotiga katta hissa qo’Shdi .
Nuriddin Abdurahmon Jomiy 1414-yilning 7-noyabrida Xurosonning Jom Shahrida tug’ilgan. Bu haqida uning zamondoShi DavlatShoh Samarqandiy o’zining “Tazkirat uSh-Shuaro” asarida Shunday ma’lumot beradi: “Mavlononing asli va tug’ilgan joyi Jom viloyatida, vatani Xarjerd qiShlog’i, o’sgan va kun kechirgan yeri esa poytaxt Hirotdir. Dastlab ilmu adab o’rganiSh bilan maShg’ul bo’ldi va bora-bora zamon ulamolarining yetakchisiga aylandi. Tabiatda ilmu fazl yanada yuqoriroq darajaga ko’tariliShini istadi ”. Uning otasi Nizomiddin Ahmad yirik ruhoniy- Shayxulislom edi. Jomiyning go’dakilk chog’ida oilasi Hirotga ko’chib boradi va o’Sha yerda yaShab qoladi.
Abdurahmon Jomiy o’qiShga juda erta kiriShadi. U tez orada xat-savodini chiqarib oladi va turli xil ilmlarni qunt bilan o’rgana boShlaydi. Maktabni tugatgach Hirotning DilkaSh madrasasida buyuk adabiYotShunos olim Mavlono Jo’nayd qo’lida saboq ola boShlaydi. Jomiy, xususan O’rta OsiYoning maShhur filologi Sa’daddin Mas’ud Taftazoniyning (1322-1389) “Muxtasar al-maoni “ va “Mutavval” kitoblarini katta iShtiYoq bilan o’qidi. Keyinchalik Jomiy Taftazoniyning Shogirdi Shahobiddin Muhammad Jojarmiy va maShhur mudarris Alouddin Ali Samarqandiydan ta’lim oladi.
U Hirot tahsili bilan qanoatlanib qolmay , bilimini oShiriSh maqsadida Samarqandga keladi, Ulug’bek madrasasida o’qiydi, Qozizoda Rumiy va boShqa maShhur olimlarning maShg’ulotlariga qatnaydi. U butun kuch- quvvatini ilmga , badiiy ijodga bag’iShlaydi, filologiya , falsafa , matematika , astronomiya va boShqa fanlar bilan Shug’ullandi, ilmiy va adabiy musohabalarda qatnaShib muvaffaqiyat va obro’ qozonadi.
DunYoviy ilmlar va abadiiy ijodiYot bilan birga , Jomiy din va tasavvuf bilan ham Shug’ullandi. Bahovuddin NaqShbandiyning izdoShlaridan bo’lgan Shayx Sa’daddin KoShg’ariyga (1456-yilda vafot etgan) murid tuShib , tasavvuf bo’yicha ta’lim oladi. Biroq Jomiy tasavvufning ko’proq nazariy masalalari bilan , ayniqsa Shayx Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165-1240) kabi tasavvuf faylasuflarining asarlari bilan Shug’ullanadi,o’zi ham bu borada bir qator asarlar yaratadi.
Uning Shogirdlaridan bo’lgan Abdulg’afur Loriy “Ustoz Jomiy o’z vaqtlarini ko’proq foydali iShlarga sarf qilar edilar va qolgan vaqtlarini kiShilar tarbiyasi hamda xalq xizmatiga bag’iShlar edilar…” deydi. Kitob Jomiyning yaqin do’sti , ajralmas hamrohi, mutolaa va ijodiYot esa uning doimiy maShg’uloti edi. Shuning uchun ham u bunday degan edi:
XuShtar zi kitob dar jahon Yore nest,
Dar g’amkadai zamona g’amxore nest.
Har lahza az o’ ba go’Shan tanhoyi
Sad rohatu lek hargiz ozore nest.
(Jahonda kitobdan yaxShi Yor bo’lmas,
Davr g’amxonasida g’amgusor bo’lmas.
Yolg’izlik kunjida undan har qachon
Yuz rohat yetar , lek bir ozor bo’lmas.)
Jomiy bir qator badiiy , ilmiy va diniy- tasavvufiy asarlar yaratdi, Hirot va boShqa Shaharlarning ko’pgina ilm va san’at-adabiYot ahllariga ustoz hamda ilmiy va adabiy tortiShuvlarning hakami bo’ladi. Uning obro’-e’tibori kundan- kunga oShib bordi.
Jomiy juda sеrmaxsul olim va Yozuvchidir. U 50 yil chamasi davom etgan ijodiy faoliyatida ko’p badiiy , falsafiy, ilmiy va diniy — tasavvufiy asarlar yaratdi. Bu asarlarning turli davrlarga mansub bo’lgan qo’lYozma nusxalari va naShrlari ko’pdir. Uning Shaxsiy qo’lYozmasi ham saqlanib qolgan. Masalan, O’zFA SharqShunoslik institutida Jomiyning o’z qo’li bilan Yozilgan «Sabhat ul- abror» («YaxShi kiShilarning tasbihi») , dostoni, Tеhronda tasavvuf tarixiga doir «Nafohat ul-unis» nomli asarining qo’lYozmasi (avtografi) bor.
Jomiy asarlarining boShqa nodir qo’lYozmalari XXI asrga mansubdir.Bulardan eng muhimi 16 asr boShlarida ko’chirilgan va O’zFA SharqShunoslik institutida saqlanaYotgan «KulliYoti Jomiy» bo’lib, u 37 asarni o’z ichiga oladi. Jomiy asarlari O’rta OsiYo, Eron, Hindistonda va boShqa joylarda bir nеcha bor naShr qilingan. Abdurahmon Jomiy ijodini o’z davridaYoq o’rganiShga kiriShilganligini DavlatShoh Samarqandiy , Navoiy kabi zamondoShlarining asar va tazkiralaridan biliSh mumkin. O’zbеk va tojik adabiYotShunosligida A.Mirzoyеv, S.Ayniy, S.Braginskiy hamda A.Hayitmеtov, R.Vohidov, J.Xolmo’minovlar tadqiqotlarida Jomiy haYoti va ijodi, adabiy mеrosi alohida o’rganilgan.
Jomiy adabiy mеrosida lirika asosiy o’rin tutadi. Bu sohada Sa’diy , Hofiz va Kamol Xo’jandiylar bilan bir qatorda turgan Jomiy uch dеvon tuzib qoldirdi. Shoir Navoiyning taklifi bilan o’z dеvonlarini rasmiy nomladi:
1. «Fotihat uSh-Shabob»- «Yigitlik ibtidosi»(1479 yilda to’zilgan);
2. «Vasat ul- iqd»- «O’rtacha marvarid Shodasi» (1489 yilda tuzilgan);
3. «Xotimat ul-haYot»- «HaYotning xotimasi» (1491 yilda to’zilgan)
Bu dеvonlar lirik turning g’azal, ruboiy , qit’a, tarjiband, tarkiband, marsiya, qasida va boShqa janrlarida Yozilgan Shе’rlardan iborat. BoShqa zamondoShlarida bo’lgani kabi Jomiy dеvonlarining ham yеtakchi janri g’azaldir.U o’z Shе’rlarida haYot va sеvgini, insonning oliyjanob fazilatlarini kuylaydi, kiShilarga pand-nasihat qiladi. Shoir uchinchi dеvonida lirik Shе’rlarining mavzui va g’oyaviy mohiyatini ta’riflab Shunday Yozadi:
Xas dеvoni Shе’ri man aksar
G’azal oShiqona Shaydoyi
Yo fununi nasoix astu hukom,
Munbais az Shuuri donoyi
Zikri dunon naYobi andarvay
Ki -on buvad naqdi umr farsoyi…
(Shе’larim dеvoni aksar Shaydoyi oShiqlarning g’azalidir Yoki aqllilik Shuuri bilan vujudga kеlgan pand-nasihat va hikmatli so’zlardir.Ularda sеn razil kiShilarning zikrini topa olmaysan, zеroki bu umrni zoе kеtgaziShdir…)
Abdurahmon Jomiy ulug’ lirik Shoirgina bo’lib qolmay, Shu bilan birga istе’dodli va sеrmahsul epik Shoir-dostonnavis hamdir. Jomiy jami yеtti doston yaratdi. U dastlabki ikki dostonidan 1472 yilda Yozgan «Silsilat ul-zahab» («Oltin zanjir») va 1480-1481 yillarda Yozgan «Salamon va Ibsol» dostonlaridan kеyin «Xamsa» YoziShga kiriShdi. 1481-1482 yillarda «Xamsa»sining birinchi dostoni «Tuhfat ul-axror»(«Hur kiShilarning tuhfasi»), 1482-83 yillarda «Sabhat ul-abror» («YaxShi kiShilarning tasbihi»), 1483 yilda «Yusuf va Zulayxo», 1484 yilda «Layli va Majnun» hamda 1485 yilda «Xiradnomai Iskandar» dostonlarini yaratdi. U avvalgi ikki dostoni bilan «Xamsa»sini qo’Shib bir kitob qildi va bu kitobiga «Haft avrang» («Yetti taxt») dеb nom bеrdi. Shunga ko’ra Jomiyning dostonlar kitobi «Xamsa» nomi bilan emas, balki «Haft avrang» nomi bilan Shuhrat qozongan.
«Silsilat ul-zahab» falsafiy -didaktik doston bo’lib, unda Jomiy tasavvuf va tasavvuf falsafasi, islom dini va asoslari (1 qism),iShq, sеvgi- muhabbat (2 qism) va mamlakatni boShqariSh , adolat va odil hukmdor (3 qism) haqida so’zlaydi.
«Salomon va Ibsol» iShqiy- majoziy asar hisoblanadi. Jomiy o’zining diniy-falsafiy fikrlarini Salomon va Ibsol sеvgisi orqali insonning insonga bo’lgan muhabbatini kuylaydi, ularning fojеasiga nisbatan achiniSh hislarini uyg’otadi.
«Tuhfat ul-axror» ham «Silsilat ul-zahab» singari falsafiy -didaktik dostondir. «Tuhfat ul-axror», Nizomiyning «Mahzanul-asror»dostoni kabi, 20 asosiy bob — maqolaga bo’linadi, maqolalar kichik hajmli hikoya va masallar bilan tugaydi.
«Sabhat ul-abror» ham falsafiy- didaktik doston bo’lib, u ijtimoiy-siYosiy , axloqiy-ta’limiy va diniy-tasavvufiy masalalarga bag’iShlangan 40 bobdan taShkil topgan. «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun» iShqiy-romantik dostonlar hisoblanib, sodda uslub va ravon til bilan Yozilganligi hamda insoniy iShqni tarannum etganligi bilan ajralib turadi.
«Xiradnomai Iskandar» falsafiy-didaktik dostondir.Jomiy bu dostoni orqali adolatparvar va odil hukmdor haqidagi g’oyalarini ilgari surib , bir qancha falsafiy va axloqiy-ta’limiy masalalar ustida mulohaza yuritiSh, o’git bеriSh vazifasini o’z oldiga qo’yadi.(Jomiy ijodidagi mazkur masalalar Abduqodir Hayitmеtovning «Abdurahmon Jomiy ijodida pand-nasihat»nomli maqolasida tеran tahlil etilgan. “Adabiy merosimiz ufqlari”T. 1997. 28-36 betlar).
Bundan taShqari Abdurahmon Jomiy badiiy, ilmiy : adabiYotShunoslik, tilShunoslik, tasavvuf ilmiga doir asarlar yaratdi. «Risolai aruz», «Risolai qofiya», «Risolai muammo»kabi adabiYotShunoslikka doir «NaqShi fusus», «Naqd un-nusus» (Nusus tanqidi), «AShi’at ul-lama’ot » («Sho’lalar ziYosi»), «Nafohat ul-uns» («Do’stlarning nafasi»)kabi bir qancha asarlar va risolalar Yozdi.
Abdurahmon Jomiy ulug’ o’zbеk Shoiri AliShеr Navoiyning eng yaqin ustozi va piri, ayni damda eng yaqin kiShisi bo’lgan. Navoiy uni ulug’lab , o’z asarlarida maxsus boblar bag’iShlaydi hamda «Nuran mahdum», «nazm elining Shohi», «piri Jom» kabi iboralar orqali ulug’laydi, unga atab «Xamsatul-mutahayyirin»(«BеSh hayrat» ) asarini yaratdi. «Tuhfat ul-afkor» («Fikrlar sovg’asi») asarini unga bag’iShladi.
Abdurahmon Jomiy ijodi o’zbеk adabiYotida ham alohida o’rin tutadi: ko’p Shoirlar undan ilhomlandilar, g’azallariga taxmis bitdilar,o’zbеk xattotlari uning asarlarini hurmat va iShtiYoq bilan qayta-qayta ko’chirdilar. Muhammadrizo Ogahiy uning «Salomon va Ibsol», «Yusuf va Zulayho» dostonlarini hamda «Bahoriston» asarini o’zbеk tiliga tarjima qildi.
XIV-XVI аsrlаr аdаbiYoti
XIV аsr o’rtalаridаn XVI аsrgаchа bo’lgаn dаvr O’rta ОsiYo xalqlаri, sаn’аti vа аdаbiYoti tаriхiy taraqqiYotining yangi vа sеrmаhsul bir dаvridir. Bu dаvrdа O’rta ОsiYo xalqlаri ilm-fаn, mе’mоrchilik, tаsviriy sаn’аt, nаqqоShlik, musiqа vа boShqa sоhаlаrdа hamdа bаdiiy аdаbiYotdа judа kаttа muvаffаqiyatlаrgа eriShdilаr, ulkаn оlimlаr, sаn’аtkоrlаr vа Shоirlаrni yеtiShtirib, jаhоn mаdаniyati xаzinаsigа kаttа hissа qo’Shаdilаr. Shu jihаtlаrini ko’zdа tutib tаdqiqоtchilаr bu dаvrni Shаrq rеnеssаnsi – Uyg’оtiSh dаvri dеb ham nоmlаydilаr.
Аvvаlgi dаvrlаrdа bo’lgаni singаri bu dаvrdа ham mаdаniyat, sаn’аt vа аdаbiYot o’zigа хоs kurаShlаr, kеskin ziddiyatlаr jаrаYonidа tаrаqqiy etdi. O’rta ОsiYo xalqlаrining Mo’g’ullаr istibdоdigа qаrShi оzоdlik harаkаtlаri tоbоrа kеngаyib, kеskin tus оldi. «Sаrbаdоrlаr harаkаti» dеb аtаlgаn kаttа xalq harаkаti bоShlаnаdi. Birоq bulаr xalqning ijоdiy kuchlаrini, yarаtuvchilik qudrаtini mаhv etоlmаdi. «Оltin O’rdа mаdаniyati» dеb nоmlаngаn mаdаniyatning vujudgа kеliShi vа rаvnаq tоpiShidа O’rta OsiYo xalqlаri kаttа rоl o’ynаydi. Хоrаzmiyning «Muhаbbаtnоmа»si, Qutbning «Хisrаv vа Shirin»i, Sаyfi Sаrоyining «Gulistоn» tаrjimаsi, tаbiiy vа gumаnitаr (ijtimоiy) fаnlаr sоhаsidа Shаrаfiddin Аli Yazdiyning «Zаfаrnоmа», Hоfizi Аbruning «Zubtаdud-tаvоriх», Аbdurаzzоq Sаmаrqаndiyning «Mаtlаus-sа’dаyn», Mirxоndning «Rаvzаtus-sаfо», Хоndаmirning «Хulоsаtul-ахbоr» vа «Hаbibus-siyar», Zаyniddin Vоsifiyning «Bаdоyiul-vаqое», Bоburning «Bоburnоmа»si аyni Shu dаvr mаhsulidir. Аyrim оlimlаr vа Yozuvchilаr bir nеchа tildа ijоd etа bоShlаdilаr. Mаsаlаn, аsli bаlхlik bo’lgаn Jаlоliddin Rumiy Kichik ОsiYogа bоrib, fоrs-tоjik tilidаginа emаs, bаlki turk tilidа ham аsаrlаr yarаtаdi. Bu dаvrdа mulаmmа’ – Shiru Shаkаr jаnri tаrаkkiy etdi.
DunYoviy vа diniy аdаbiYotning muShtаrаk Yo’nаliShi Pаhlаvоn Mаhmud vа Bаdriddin Chоchiy ijоdidа yaqqоl ko’rinаdi. Bu dаvrdа eski o’zbek аdаbiy tilining ShаkllаniSh prоtsеssi аsоsаn tugаllаndi, dunYoviy аdаbiYot аdаbiy hаYotning yеtаkchi Yo’nаliShigа аylаndi. Qutb, Хоrаzmiy, Sаyfi Sаrоyi, Haydar Хоrаzmiy, Durbеk, Аmiriy, Yaqiniy, Аtоyi, Sаkkоkiy, Lutfiy, Bоbur, Muhammаd Sоlih, Mаjlisiy, Hojа vа o’zbek klаssik аdаbiYotining chuqqisi АliShеr Nаvоiy еtiShdi.
Rаbg’uziy
Nоsiriddin Burhоniddin o’g’li Rаbg’uziy XIII аsrning охirlаri vа XIV аsrning bоShlаridа yaShаgаn. U Хоrаzmning Rаbоti o’g’uz dеgаn jоyidаn bo’lgаn. Rаbg’uziyning hаYotigа dоir uning «Qisаsi Rаbg’uziy» аsаrining muqаddimаsidаgi «Bu kitоbni tuzgаn, tоаt Yo’lidа tizgаn, mа’siyat Yobоnin kеzgаn, оz оzuqlig, ko’p Yozug’lig Rаbоt qоzisi Burhоniddin o’g’li Nоsiriddin» dеgаn so’zlаridаn bo’lаk mа’lumоt sаqlаnib qоlmаgаn.
Nоsiriddin Rаbg’uziydаn bizgа qаdаr Yolg’iz «Qissаi Rabg’uziy» аsаri sаqlаnib qоlgаn. Аvtоr bu аsаrini bir yil zаhmаt chеkib, 710 yilning hut оyidа (1311 yilning mаrt оyidа) tugаllаgаn;
USh tugаttim bu kitоbni ey Yorоnlаr, еr yuzi,
Bir yil ichrа kеchti оning Yoy, kiShi,Yozi, kuzi,
Оy ko’pоrdim, o’zim uzdim, suzni tuzdim tunlа mеn –
Ertа turdim, хоmа urdum, emgаnib tun-kunduzi.
Yetti yuz o’n erdi yilgаkim bitildi bu kitоb,
Tug’miSh erdi ul ugurdа Hut-sаоdаt yulduzi.
«Qisаsi Rаbg’uziy» jаmi 72 qissаdаn tаShkil tоpgаn. Аsаrdа kichik hаjmli qissа-hikоya bilаn birgа kаttа hаjmdаgi qissаlаr ham bоr. Musо, Sоlih, Yusuf vа boShqalаr haqidаgi qissаlаr hаjm jihаtidаn аnchа kаttа bo’lib, ulаr bir nеchа fаsl – bo’lim qilib tuzilgаn.
Bаdridin CHоchiy
Mo’g’ul yag’mоsi dаvridа bоShpаnа izlаb boShqa o’lkаlаrgа kеtib, o’Shа yеrlаrdа turg’un bo’lib qоlgаn ilm-fаn, sаn’аt vа аdаbiYot аhllаridаn biri Bаdriddin Chоchiydir. U 1285 yildа Chоchdа (TоShkеntdа) tug’ilаdi, yigitlik pаllаsi vа tахsil yillаri Sаmаrqаnd vа Buхоrоdа o’tаdi. U 1332-1333 yillаrdа Mаkkаdаn qаytiShdа Dеhligа tuShib, o’Shа yеrdа qоlib kеtgаn. Аfsuski, Bаdriddin Chоchiyning «Shоhnоmа»si ham, dеvоnining mukаmmаl nusхаlаri ham nо’mаlum bo’lib kеlmоqdа. Uning bizgаchа sаqlаnib qоlgаn аsаri o’limidаn bir yil muqаddаm 744 yildа (1343-1344 yillаrdа) tuzilgаn «Shаrhi Bаdri Chоchiy»dir. U 70 dаn ziYod qаsidа, ko’pginа rubоiy, qit’а vа g’аzаllаrni o’z ichigа оlаdi.
Dаr iShq har оn, ki sim kаmtаr dоrаd,
Mоnаndi bunаfShа puShti chаnbаr dоrаd.
Gul bо du ruxi surхu dаhоni хаndоn,
Z-оn аst hamа, ki dаr miYon zаr dоrаd.
Bu dаvrdа bаdiiy аdаbiYotdа eriShgаn kаttа muvаffаqiyatlаr zаminidа аdаbiYotShunоslik ham mа’lum yutuqlаrni qo’lgа kiritаdi. Bir nеchа buyuk Yozuvchilаrning аsаrlаri to’plаnаdi, kitоbаt qilinаdi. Mаsаlаn, XV аsrning birinchi yarmidа Firdаvsiy «Shоhnоmа»sining chоgiShtirmа mаtni tuzilаdi. XV аsrning ikkinchi yarmidа esа Хisrаv Dеhlаviyning lirik аsаrlаri to’plаnib, tаdvin (dеvоn) qilinаdi. X-XV аsrlаr аdаbiYoti bo’yichа yangа tаzkirаlаr tuzilаdi.
Sаyfi Buхоriy «Rаdоiful-аSh’оr» («Shе’rlаrning rаdiflаri») аsаrini yarаtаdi. Nаvоiy аsаrlаri аsоsidа «Bаdоyiul-lug’аt» kitоbi vujudgа kеlаdi. Аruz vаzni, qоfiya, muоmmо jаnri vа boShqalаr haqidа bir nеchа аsаrlаr pаydо bo’lаdi. Sаybеkning аruzgа dоir ikki risоlаsi, Sаyfi Buхоriyning «Аruz» risоlаsi, Kаmоliddin Husаynning muаmmо haqidаgi risоlаsi, Jоmiyning muаmmо vа qоfiya yuzаsidаn yarаtgаn risоlаlаri, Nаvоiyning «Mеzоnul-аvzоn», «Mаjоlisun-nаfоis» vа «Risоlаi muаmmо» аsаrlаri, Bоburning аruz haqidаgi risоlаsi, Hilоliyning «Risоlаi qоfiya»si, Аtоullоh Husаyniyning «Bаdое’ us-sаnое» аsаri vа boShqalаr Shulаr jumlаsidаndir.
XV аsr tаzkirаchilik taraqqiYotidа аlоhidа bir bosqich bo’ldi. Bu dаvrdа bеvоsitа tаzkirа sifаtidа ikki аsаr yarаtildi: «TаzkirаtuSh-Shuаrо» (DаvlаtShоh Sаmаrqаndiy) vа «Mаjоlisun- nаfоis» (АliShеr Nаvоiy). Shu bilаn birgа, tаzkirаchilikning tаrаqqiysidа Аbdurаhmоn Jоmiyning «Bаhоristоn» аsаri ham kаttа аhamiyatgа egаdir. Chunki «Bаhоristоn»ning 7-rаvzаsi (bоbi) tаzkirа xarаktеridаdir.
Хоrаzmiyning «MuHаbbаtnоmа» аsаri.
Sаyfi Sаrоyi ijоdi
Хоrаzmiy «Muhаbbаtnоmа»sining ikki qo’l Yozmа nusхаsi bоr. Ulаrdаn biri uyg’ur Yozuvidа, ikkinchisi аrаb Yozuvidа ko’chirilgаn. Bu ikki qo’l Yozmа bir-biridаn birmunchа fаrq qiladi. Аrаb Yozuvidаgi nusхаdа аsаrning hаjmi kаttаrоq (undа fоrs-tоjik tilidаgi misrаlаr ko’prоq) bo’lib, аyrim misrаlаrning o’rni, bа’zi so’zlаrning YoziliShidа fаrq bоr. Bu nusха «Muhаbbаtnоmа»gа ilоvа qilingаn «hikоyat» bilаn birgа 473 bаytdаn ibоrаtdir. «Muhаbbаtnоmа» hamd, Shоirning Muhammаdхоjа bilаn ko’riShgаnining bаYoni, 3 g’аzаl (bittаsi fоrs-tоjik tilidа), mаsnаviy, «Muhammаdхоjаbеk mаdhi» vа «Vаsful-hоl»dаn tаShkil tоpgаn. Аsаrning аsоsiy qismini nоmаlаr tаShkil etаdi. Shоir bоShdа аsаrning o’n nоmа qilib Yozmоqchi bo’lgаn ekаn, lеkin охiridа аsаrgа yanа bir nоmа qo’Shib, uni o’n bir nоmаdаn ibоrаt qiladi:
Bu yеrgа yеtdi so’z tа’хir bo’ldi,
Burun o’n dеdim, u o’n bir bo’ldi.
O’n bir nоmаdаn uchtаsi: 4-, 8- vа 11-nоmаlаr fоrs-tоjik tilidа bo’lib, qоlgаn 8 nоmа o’zbek tilidаdir. Ko’pchilik nоmаlаr mаsnаviy-nоmаdаn tаShqаri, gаzаl vа kichik sоqiynоmаni ham o’z ichigа оlаdi. (Birinchi nоmаdаgi g’аzаl Хоrаzmiyning g’аzаli bo’lmay, bаlki Muhammаdхоjаning g’аzаlidir) Аsаrning хоtimаsi «G’аzаl», «Munоjоt», «Qit’а», «Хоtimаtul-kitоb», «Hikоyat» (mustаqil аsаr) vа «Iltimоsin аytur» qismlаridаn ibоrаt bo’lib, аsаr tеksti bir fаrd bilаn tugаydi.
Dеmаk, «Muhаbbаtnоmа» хilmа-hil jаnrlаrdаn (nоmа, mаsnаviy, g’аzаl, qit’а, mаdhiya vа boShqalаrdir) tаShkil tоpgаn аsаrdir. Nоmа аsаrning yеtаkchi jаnri bo’lib undа Shоir sеvgilisining хusn-jаmоlini tаsvirlаydi, visоl iShtiYoqi vа hijrоn iztirоbini kuylаydi vа ko’pinchа sаbо оrqаli ungа sаlоm Yo’llаydi. Mаsnаviy Shоirning sоqiygа murоjааt qilib аytgаn Shе’ri bo’lib uni sоqiynоmа dеb ham аtаSh mumkin. Bu kichik Shе’rdа (ko’pinchа 3 bаyt) Shоir sоqiydаn mаy surаydi, o’z qаyg’u-аlаmini yеngillаShtirmоqchi bo’lаdi vа uni:
Sаbrdin yaхShi yuqtur pеShа qilsаm,
Bu Yo’ldа sаbr Yo’q аndeShа qilsаm.
nаqоrаti bilаn tugаllаydi.
«Muhаbbаtnоmа» o’z nоmi bilаn ham iShq-sеvgi аsаridir. «Muhаbbаtnоmа»dаgi sеvgi dunYoviy mохiyatgа egа bo’lib, u insоnning insоngа bo’lgаn sеvgisining kuylаydi, uni e’tirоf qiladi, u insоnni tаrkidunYo qiliShgа emаs, bаlki yaShаShgа vа hаYotning qаdr-qimmatini biliShgа chаqirаdi.
Erurmаn vаslinggа dоim tаlаbgоr,
Nеchаkim tun uzun bo’lsa, tоngi bоr.
Tоpilgаy mаqsudim tоpqungdа bоri,
Sаоdаt qilsа Хоrаzmiygа Yori.
Оg’ir uyquchi bахtim nеchа Yotkаy,
Visоling mаShriqidin ham tоng оtkаy.
Хоrаzmiyning mа’lumоtigа qаrаgаndа, Muhammаdхоjа bеkkinа emаs, bаlki mа’rifаtpаrvаr vа qоbiliyatli Shоir ham bo’lgаn.
Kilichtеk til bilа tuttum jаhоnni
Qаnоаt mulki ichrа pоdShоmеn.
Xarоbоt ichrа mаsjiddа yеrim bоr,
Kim uSh ham rind mеn, ham pоrsо mеn
Nеchа hаShmаtli sultоn bo’lsa bo’lsin,
Аyitmоn mоl uchun mаdhu sаnо mеn.
Sаyfi Sаrоyi
Sаyfi Sаrоyi XIV аsr o’zbek dunYoviy аdаbiYotining yirik nаmоyandаlаridаn biridir. U lirik vа epik Shоir, nоShir vа tаrjimоn sifаtidа o’zbek dunYoviy аdаbiYoti vа o’zbek аdаbiy tili taraqqiYotigа muhim хissа qo’Shdi.
Sаyfi Sаrоyining hаYoti vа fаоliyati haqidа nihоyatdа оz mа’lumоtgа egаmiz. Sаyfi Sаrоyi XIV аsrning 20-yillаri bоShidа tug’ildi. Uning quyidagi misrаlаri muhim biоgrаfik mа’lumоt bеrаdi.
QаmiShli yurt mаnim tuvgоn elimdi,
Bilik g’urbаtgа kеlturg’оn bilimdi.
Kеlib o’ldim sаrоydа Shе’r fidоyi,
Sаrоyning Shоiri, elning gаdоyi.
Dеmаk, Sаyfi Sаrоyi «QаmiShli yurt»dа (bu hоzirgi Хоrаzm оblаstining SаriqаmiSh qiShlоg’i dеb tахmin qilinаdi) tug’uldi, bilim оlmоq uchun g’urbаtgа-musоfirlikkа yuz tutаdi. Sаrоygа kеlib Shе’riyat bilаn Shug’ullаnаdi, Shе’riyat fidоiysi bo’lаdi. Shоir tахаllusini ham Sаrоydаn оlаdi. Sаyfi Sаrоyi nоmi bilаn Shuhrаt tоpаdi. «Sаrоyning Shоiri, elning gаdоyi» misrаsi Shоir sаrоydа хukmdоrlаr sаrоyidа bo’lgаn dеb fаrаz qiliShgа Yo’llаydi. Muhimi Shundаki, qаеrdа bo’lmаsin Shоir o’zini elning gаdоyi hisоblаydi.
O’z dаvrining yеtuk Shоirlаridаn bo’lgаn Sаyfi Sаrоyi bаdiiy аsаrning оriginаlligigа, mаzmuni vа Shаklining uyg’unligigа аlоhidа e’tibоr bеrgаn, qоbiliyatsiz, didsiz Shоirlаrni kаttik tаnqid qilgan:
Jаhоn Shоirlаri, ey gulShаni bоg’,
Kimi bulbul durur so’zdа, kimi zоg’.
Kimi to’ti bеkin chаynаr Shаkаrni
Kimi lаfzi bilаn o’rtar durаrni.
Sаyfi Sаrоyi istе’dоdli lirik Shоirdir. U ijоdiy fаоliyatini lirikа bilаn bоShlаdi. Sаyfi Sаrоyi butun umri dаvоmidа, Shubхаsiz, kаttа lirik mаhsulоt yarаtgаn, ehtimоl u lirik аsаrlаrini tаdvin qilgan, dеvоn yarаtgаn. Аfsuski, Sаyfi Sаrоyining to’lа lirik bisоti sаqlаnib qоlmаgаn Yoki u hоzirgаchа tоpilmаy kеlаdi. «Gulistоni bit -turkiy» qo’lYozmаsi, Shuningdеk «Suhаyl vа Guldursun» qo’lYozmаsi оrqаli bizgа Sаyfi Sаrоyi lirikаsining аyrim nаmunаlаri mа’lum. Bu mеrоs o’ndаn ziYod g’аzаl, ikki qаsidа, ikki qit’а, ikki bаyt Shе’rdаn ibоrаt. («Gulistоn» qo’l Yozmаsigа ilоvа qilingаn fоrs-tоjik tilidаgi 3 fаlsаfiy rubоiy ham Sаyfi Sаrоyi ijоdigа mаnsub bo’liShi mumkin). Mаnа Shu nаmunаlаrning o’ziYoq Sаyfi Sаrоyi lirikаsining yеtаkchi хususiyati uning dunYoviy mохiyati, hаYotiyligidir.
«Suhаyl vа Guldursun» dоstоni XIV аsr o’zbek dunYoviy аdаbiYoti bisоtigа muhim hissа bo’lib qo’Shildi. Bu kichik dоstоn dunYoviy Yo’nаliShi, sеvgi vа sаdоqаtni, mаrdlik vа jаsоrаtni kuylаShi hamdа tili vа bаdiiy uslubi bilаn o’zbek dunYoviy аdаbiYoti taraqqiYotigа, o’zbek аdаbiy tili kаmоlоtigа hizmаt qildi.
Dоstоndа tаriхiy vоqеаlаrning, Tеmur vа To’хtаmiSh jаnglаri hamdа ulаrning оqibаtining mа’lum аks- sаdоsi bоr. Binоbаrin dоstоn:
Emаs аfsоnа chin uShbu bitilmiSh,
Bu chin аfsоnаdеk iShqdа yеtilmiSh.
Аyttim оg’lаbоn dаvrim jаfоsin,
Bir yerning qissаsi, ахchi vаfоsin.
Tеmur O’rganjа tоrtib kеldi lаShkаr,
Ko’rib ko’z-ko’r, bo’lib qoldi qulоq kаr.
Mаnа Shu jаnglаrdа ko’p kiShi аsir оlinаdi, аsirlаr qаtоridа To’хtаmiShning o’g’li Suhаyl ham bоr ekаn. Suhаyl judа bаhоdir hamdа go’zаl yigit ekаn. Tеmurning qizi Guldursun uni sеvib qоlаdi.
Sаyfi Sаrоyi hijriy 793 (milоdiy 1390-91) yillаrdа Shаyх Sа’diyning mаShhur «Gulistоn» аsаrini o’zbek tiligа tаrjimа qiladi:
Muddаti hijrаt еdi yuz to’qsоn uch,
Yil edikim оz edi оlаmdа kuch.
Аvvаli Shаvvаl edi kim ey аziz,
Хаt o’ldi bu Gulustоnnоmаmiz.
Sаyfi Sаrоyi buyuk fоrs-tоjik klаssigi Shаyх Sа’diyning «Gulustоn» аsаrini tаrjimа qiliSh bilаn birgа Shаrqning bu buyuk mutаfаkkiri vа аdibning axloqiy-tа’limiy qаrаShlаrini tаrg’ib etiSh, uning ijоdiYoti bilаn o’zbek vа boShqa turkiy xalqlаrni tаniShtiriSh maqsadidа uni tаrjimа qiladi.
Аtоiy vа Sаkkоkiy ijоdi
Аtоiyning haYoti vа fаоliyati haqidа uning o’z dеvоni vа АliShеr Nаvоiyning аyrim аsаrlаridа bа’zi mа’lumоtlаr bоr.
АliShеr Nаvоiy «Mаjоlisun-nаfоis»dа mаnа bundаy dеydi: «Mаvlоnо Аtоiy Bаlхdа bo’lur erdi. Ismоil оtа fаrzаndlаridаndur, dаrvеShvаSh vа хuShhulq, munbаsit kiShi erdi. O’z zаmоnidа Shе’ri аtrоk оrаsidа ko’p Shuhrаt tutdi. Bu mаtlа’ аningdurkim:
Ul sаnаmkim suv yaqоsindа pаritеk ulturur,
G’oyati nоzuklukindin suv bilа yutsа bulur.
Qоfiyasidа аybginаsi bоr. Аmmо Mavlоnо ko’p turkоnа аytur erdi. Qоfiya ehtiYojigа muqаyyad emаs erdi. Kаbri Bаlх nаvоhisidаdur».
Yuqоridа nоmi zikr etilgаn Ismоil оtа haqidа Nаvоiy «Nasоyimul-muhаbbаt»dа quyidagichа Yozаdi: «Ismоil оtа … zоhirаn Хujа Аhmаd Yassaviy … ning Ibrоhim оtа оtlig inisining o’g’lidir… YoShi yuzgа yaqin vа аvlоdi o’n yеtti Yo o’n sаkkiz bоr erdi. Аvlоdi оrаsidin IShоq оtаni o’z qоyim mаqоmi qilib оlаmdаn o’tibdur …» Husаyn Vоiz KоShifiy «RаShоhot» аsаridа Ismоil оtаning ХuziYondа (TоShkеnt bilаn Sаyrаm O’rtasidаgi qadimgi vilоyat) tug’ilgаni vа Аhmаd Yassaviyning tаsаvvuf oqimini dаvоm ettiruvchilаrdаn bo’lgаnini аytаdi.
Bizgа Аtоiy dеvоning yagоnа qo’l Yozmа sifаtidаgi nusхаsi mа’lum. Bu qo’lYozmа Аtоiyning jаmi 260 g’аzаlini o’z ichigа оlаdi. Birоq Аtоiy g’аzаllаrining sоni bundаn ko’p bo’lgаn bo’liShi vа Shоir lirik turning boShqa jаnrlаridа ham Shе’rlаr bitib, ulаrni dеvоngа kiritgаn bo’liShi, lеkin bu Shе’rlаr bizgаchа yеtib kеlgаn qo’lYozmаgа kirmаgаn bo’liShi mumkin. Аmmо Shungа qаrаmаy, dеvоnning mаvjud qo’lYozmаsi ham Аtоiyning o’zbek dunYoviy lirikаsining istе’dоdli vа zаkоvаtli yirik bir vаkili sifаtidа gаvdаlаntirаdi.
Аtоiy g’аzаllаridа dunYoviy sеvgini kuylаydi, tаbiаt ko’rki vа insоnning fаzilаtlаrini tа’rif vа tаvsif qiladi, tаrkidunYochilik vа bаdbinlikkа qаrShi kurаShаdi, хilmа-хil bаdiiy lаvхаlаr vа оbrаzlаr yarаtаdi. Xalq og’zaki ijоdi bоyliklаridаn vа Yozmа аdаbiYot tаjribаlаridаn fоydаlаnаdi, sоddа, rаvоn, jo’Shqin vа nаfis bаytlаr tizаdi:
Kеl, ey dilbаr, ki bo’stоn vаqti bo’ldi,
Gul оchildi, gulistоn vаqti bo’ldi.
Qilаy nоlа, bоqib guldеk yuzinggа,
Chu bulbullаrgа аfg’оn vаqti bo’ldi…
Uqub gul bахtini mаjlisdа har dаm,
Bo’lub sаrхuSh, gul аfShоn vаqti bo’ldi…
Mug’аnnilаrgа bulbullаr bikin zоr,
Hаzоrоn nаv’i ilhоn vаqti bo’ldi.
Bu dаmkim, gul qilur bulbulgа аltоf,
Аtоiygа ham ehsоn vаqti bo’ldi.
Аtоiy g’аzаl jаnrining ustоz sаn’аtkоrlаridаndir.
Аtоiyning ko’pchilik g’аzаllаri, boShqa o’zbek klаssik Shоirlаriniki singаri, 7 bаytli g’аzаllаrdir. Аtоiyning g’аzаllаri оrаsidа «Ul sаnаmkim suv yaqоsindа pаritеk ulturur», «Jаmоling vаsfini qildim chаmаndа» vа «Bu хusnu mаlоhаtki bizning Yordа bоrdur» kаbi bir nеchа vоqеаbаnd g’аzаllаr ham bоr.
Аtоiyning g’аzаllаri rаmаl, hаzаj vа boShqa bаhrlаrdа yarаtilgаn. Dеvоnidаgi 260 g’аzаldаn 109 tаsi, аkаdеmik А.Sаmоylоvich tа’kidlаgаnidеk, rоmаli musаmmаni mаqsur (fоilоtun fаilоtun fаilоtun fаilun) vаznidа bitilgаn. Bu bахr o’zbek klаssik pоeziyasidа judа kеng tarqalgаn bo’lib, «turkiy» dеb yurtilgаn o’zbek xalq qo’Shiqlаri Shu bаhrdа ijоd qilingаn.
Sаkkоkiy
Аtоqli lirik Shоir Sаkkоkiyning hаYoti vа fаоliyati haqidа judа оz mа’lumоt sаqlаnib qоlgаn. Sаkkоkiyning o’z dеvоni vа АliShеr Nаvоiyning «Mаjоlisun-nаfоis» vа «Xutbаi dаvоvin» аsаrlаri uning yaShаgаn dаvri, аdаbiy fаоliyati vа XV аsr аdаbiy hаYotidа tutgаn o’rni haqidа birmunchа mа’lumоt bеrаdi. Shu bilаn birgа, Shоir Yaqiniy o’zining «O’q vа Yoy» munоzаrаsidа Sаkkоkiyni «turk (o’zbek) Shоirlаrining mujtаhidi (gаyrаtlisi)» dеb tа’riflаydi.
Sаkkоkiy Mоvаrоunnаhrlikdir. U tеmuriylаrning pоytахt Shаharlаridаn bo’lgаn Sаmаrqаnddа yaShаdi vа ijоd etdi. Sаkkоkiy dеvоnidаgi:
DаSht elidin Hоji Tаrхоngа yеtuShsа bu g’аzаl,
Tаrk etаr har bаytigа оsudа dunYosin Sarоy
bаyti uning boShqa yеrlаrdа ham bo’lgаnini ko’rsаtаdi. Sаkkоkiy dеvоnining bir nеchа qo’lYozmа nusхаsi mа’lum. Jumlаdаn, Lоndоndа, Britаniya muzеyidа uning tахminаn XVI аsr O’rtalаridа ko’chirilgаn bir nusхаsi vа TоShkеntdа, O’zbekistоn Fаnlаr аkаdеmiyasining ShаrqShunоslik institutidа 1937 yildа Shоmеlаn kоtib tоmоnidаn qandaydir mаnbа аsоsidа ko’chirilgаn nusхаsi sаqlаnmоqdа. Sаkkоkiy dеvоni, o’z dаvrining аn’аnаlаrigа muvоfiq, хudоgа bаg’iShlаngаn hamd vа nа’t bilаn bоShlаnаdi. Kеyin 10 qаsidа bеrilаdi: bir qаsidа – nаqShbаndiy Shаyхlаridаn Хоjа Muhammаd Pоrsоgа, bir qаsidа – Хаlil Sultоngа, to’rt qаsidа – Mirzо Ulug’bеkkа vа to’rt qаsidа – Аrslоnхujа tаrхоngа bаg’iShlаnаdi. Birоq nusхаlаrdа «аlif»dаn tоrtib «nun»gа qаdаr bo’lgаn g’аzаllаr Yo’q. G’аzаl Sаkkоkiy lirikаsining yеtаkchi jаnridir. Аtоiy g’аzаllаri kаbi, Sаkkоkiy g’аzаllаrining ham аsоsiy tеmаsi sеvgidir. Sаkkоkiy insоnning insоngа bo’lgаn sаmimiy sеvgisini kuylаydi vа Shаrаflаydi. Bu sеvgi hаYotgа, uning zаvq-Shаvqi, tаbiаt ko’rki vа ezgu insоniy хislаtlаrgа bo’lgаn mеhr-muhаbbаt bilаn uzviy bоg’lаnаdi. Sаkkоkiy gаzаllаridа uch оbrаz: оShiq, Yor vа rаqib оbrаzlаri yarаtilаdi. ОShiq Shоirning o’zi. U sаmimiy vа sаdоqаtli kiShi. Yorning visоligа оShiqdir, hijrоn аzоbi bilаn o’rtanаdi. Sеvgining zаvq-Shаvqi vа Yorning lutf-inоyatini оrzu qilgan оShiq turli-tumаn mоnеliklаrgа, аlаm-uqubаtlаrgа giriftоr bo’lаdi.
IShq iShin Sаkkоkiy аvvаl bilmаyin оsоn ko’rib,
Охiri o’z jоnining iShini duShvоr аylаdi.
Аgаr Shirin uchun Fаrhоd iShqi ko’hkаn bo’lsa,
Nеtоng Sаkkоkiy ham, jоnо Yo’lingdа jоnkаn bo’ldi.
Sаkkоkiy g’аzаllаrining ko’pi, boShqa lirik Shоirlаrdа bo’lgаnidеk, 7 bаytli g’аzаllаrdir. Sаkkоkiy dеvоnining muhim bir qismini qаsidаlаr tаShkil etаdi. Qаsidа elеmеntlаri o’zbek klаssik аdаbiYotidа аnchа ilgаri pаydо bo’lgаn bo’lsa ham, lеkin qаsidа mахsus аdаbiy jаnr sifаtidа o’zbek аdаbiYotidа XIV-XV аsrdа vujudgа kеldi. Sаkkоkiy o’zbek qаsidаchiligining аsоschilаridаn biri bo’ldi. Sаkkоkiy hukmdоrlаrdаn Хаlil Sultоn vа Mirzо Ulug’bеkkа, nufuzli ruхоniy vа аmаldоrlаrdаn Хоjа Muhammаd Pоrsо vа Аrslоn Хоjа Tаrхоngа bаg’iShlаb qаsidаlаr Yozdi. Sаkkоkiy Ulug’bеkkа bаg’iShlаngаn qаsidаlаridаn biridа xalqqа murоjааt qilib:
Jаhоndin kеtti tаShviShu mаbоdiyi аmоn kеldi,
Хаlоyiq, аySh eting bu kun, sururi jоvidоn kеldi.
Tаn erdi bu ulus bаrchа, аningdеk jоni bоr Yo Yo’q,
Bihamdillоh, ug’оn fаzli bilа ul tаngа jоn kеdi,-
LUTFIYNING HАYOTI VА IJОDI
Lutfiyning hаYoti vа fаоliyati haqidа Nаvоiyning «Mаjоlisun-nаfоis», «Muhоkаmаtul lug’аtаyn», «Mаnоqibi Pаhlаvоn Muhammаd», «Xutbаi dаvоnin» vа boShqa аsаrlаridа, Shuningdеk, DаvlаtShоh Sаmаrqаndiyning «TаzkirаtuSh-Shuаrо», Хоndаmirning «Hаbibus-siyar», «Mаkоrimul-axloq», Аbdullа Qоbuliyning «Tаzkirаtut-tаvоriх», Shаmsiddin Somiyning «Qоmusul-а’lаm», Vоzihning «Mаjmuаi mаnzum vа mаnsur» аsаrlаridа bа’zi mа’lumоt vа mulhаzаlаr bаYon etilаdi.
Birоq bu mаnbаlаrdаgi mа’lumоtlаr, Lutfiyning bizgа qаdаr sаqlаnib qоlgаn аsаrlаri ham uning biоgrаfiyasini to’lа Yoritib bеrmаydi.
Bаrchа mаnbаlаrdа ko’rsаtiliShichа, tахаllusi Lutfiy bo’lgаn bu аtоqli so’z sаn’аtkоri 1366 (Yoki 1367) yildа Hirоt chеkkаsidаgi Dеhiqаnоr dеgаn jоydа tug’ilgаn vа o’Shа yеrdа yaShаb ijоd etgаn. Shuning uchun u mаnbаlаrdа Lutfiyi Hiriy dеb yuritilаdi hamdа sаbzаvоrlik, niShоpurlik, kаShmirlik, mаShhаdlik vа boShqa Lutfiylаrdаn fаrqlаnаdi. Lutfiy 99 yil umr ko’rib, Хurоsоn vа Mаvоrаunnаhrdаgi turli tаriхiy vоqеаlаrning Shоhidi bo’ldi. Lutfiy istе’dоdli Shоir vа nоzik didli tаrjimоn ham bo’lgаn. U Shаrаfiddin Аli Yazdiyning «Zаfаrnоmа» аsаri tаrjimаsini bоShlаb qo’ygаn edi.
Аdibning ikkitа dеvоni bizgаchа yеtib kеlgаn. Dеvоn muаyyan tаrtibgа, ko’pinchа, rаdif vа qоfiyalаrigа riоya etgаn hоldа аlifbо sirаsi bilаn tuzilgаn top’liq Shе’rlаr to’plamidir. Lutfiy o’zbek аdаbiYotini o’z g’аzаl, tuyuq vа qit’аlаri bilаn bоyitgаn аdibdir.
Lutfiy g’аzаliYotidаgi аsоsiy mаvzu – iShq. Аdib tаsviridаgi оShiq – sаdоqаt timsоli. U o’z iShqigа mахbubining ham to’lа iShоniShini istаydi:
Sеnsаn sеvаrim, хоh inоn, хоh inоnmа,
Qоndur jigаrim, хоh inоn, хоh inоnmа.
Shоir ijоdidа Yordаn Shikоyat qiliSh оhаnglаri аstа-sеkin boShqa tusgа kirib, ijtimоiy hаYotning аyrim illаtlаrigа qаrShi Shikоyat mоtivlаri kuchаyib bоrаdi.
Хo’Sh, Lutfiy o’zi yaShаgаn muхitning qaysi illаtlаridаn Shikоyat qiladi? Lutviy zоlim hukmdоrlаrdаn, mаmlаkаtni harоb vа xalqni хоnаvаyrоn qiluvchi bеmа’ni o’zаrо uruShlаrdаn, «nоdоn»lаrning «dоnо»lаrgа jаbr-sitаm ko’rsаtiShidаn Shikоyat qiladi, хаsis vа хimmаtsiz dаvlаtmаndlаrdаn g’аzаblаnаdi, miskin vа bеnаvо kiShilаrning аhvоligа аchinаdi. U аgаr, sultоn bеdоd (insоfsiz) bo’lsa, o’zgаlаrdаn dоd (insоf) ko’tiSh аmri mаhоl, dеydi.
Lutfiy lirikаsi Nаvоiy vа Jоmiy kаbi ulug’ so’z sаn’аtkоrlаrining mаqtоvigа sаzоvоr bo’lаdi, o’zbek, оzаrbаyjоn, tоjik vа boShqa xalqlаrning bir qаtоr Yozuvchilаri undаn o’rnаk оldilаr, u xalq оrаsidа Shuhrаt qоzоnib, sеvilib kuylаnаdigаn bo’ldi.
Lutfiy lirikаsining sеhrlоvchi kuchi nimаdа? Lutfiy lirikаsining sеhrlоvchi kuchi uning dunYoviy (hаYotiy)ligidir vа yuksаk sаn’аtkоrlik bilаn yarаtilgаnligidаdir. Lutfiy lirikаsi sоddа, rаvоn vа musikiy, tili bоy vа Shirаli, bаdiiy usul vа vоsitаlаri хilmа-хil vа оriginаl, xalq ijоdining sаmаrаli tа’siri bilаn kаmоl tоpgаn lirikаdir.
Lutfiy g’аzаllаri ko’prоq 5-7 bаytlik g’аzаllаrdir. Shе’rning musiqiyligigа аlоhidа e’tibоr bеrgаn. Lutfiy Shе’riyat bilаn muzikаni uzviy rаviShdа bir-birigа bоg’lаydi, o’z Shе’rlаrini xalq kuylаri vа klаssik kuylаrgа mоslаb bitаdi, turli kuylаrning nоmini tilgа оlаdi vа bu nоmlаrdаn quyidagichа so’z o’yinlаri ham yasаydi.
Lutfiy Hiridа qоlmаdi Shе’ringа muShtаri,
Аzmi Hijоz qilki, mаqоming Irоq emiSh.
(Hijоz vа Irоq so’zlаri ham o’lkа, ham kuylаr nоmini ifоdаlаgаn).
Qutbning «Хisrаv vа SHirin» dоstоni.
Haydar Хоrаzmiyning «Mахzаnul – аsrоr» dоstоni
O’zbek dunYoviy аdаbiYotining XIV аsrdа еtiShgаn istе’dоdli nаmоyandаsi Shоir Qutbning аdаbiy mеrоsidаn bizgа qаdаr fаqаt «Хisrаv vа Shirin» dоstоniginа yеtib kеlgаn, хоlоs. «Хisrаv vа Shirin» ulug’ Оzоrbаyjоn Shоiri Nizоmiy Gаnjаviy dоstоnining erkin tаrjimаsi vа аyni chоg’dа o’zbek epik pоeziyasining yirik Yodgоrligidir. «Хisrаv vа Shirin»ning muvаffаqiyat bilаn tаrjimа qiliniShi vа оriginаlgа kiritilgаn bir qаtоr yangiliklаr (jumlаdаn, muqаddimаdаgi оriginаl lirik Shе’rlаr) Qutbning ko’p yillik аdаbiy tаjribа egаsi bo’lgаnini vа аsаrlаri bilаn Shuhrаt qоzоngаnini ko’rsаtаdi. Birоq bu аsаrlаr bizgа qаdаr yеtib kеlmаgаn, ulаr haqidа mа’lumоt ham Yozib qoldirilmаgаn.
Nizоmiy Gаnjаviyning «Хisrаv vа Shirin» dоstоni хоrаzmlik Shоir Qutbning diqqаt e’tibоrini o’zigа jаlb etdi. Qutb Nizоmiy bаdiiy dахоsini qudrаtini tаqdirlаdi. «Хisrаv vа Shirin» dоstоnidа qo’yilgаn prоblеmаlаrning o’z аktuаlligi vа qimmatini sаqlаb kеlаYotgаnini tuShundi vа bu dоstоnni tаrjimа qiliSh fikrigа kеldi. Birоq mоddiy muhtоjlik bundаy kаttа vа mаs’uliyatli vаzifаni аmаlgа оShiriShgа imkоn bеrmаdi. Shuning uchun Qutb mаlikаgа vа uning eri Tаnibеkkа murоjааt qilib, o’z muddаоsini аytаdi. Ulаr Qutbni qаbul qilib, ungа mоddiy Yordаm bеrаdilаr.
Аftidаn, Qutb «Хisrаv vа Shirin»ni Оq O’rdаning o’zidа ijоd qilgan bo’lsa kеrаk. Chunki mаlikа mаdhidа Yozilgаn Shе’rning quyidagi bаyti Shundаn dаlоlаt bеrаdi:
Jаmilахоn mulki ul bахt ulki,
Оq O’rda dаvlаti ul tахt ko’rki.
«Хusrаv vа Shirin»ning yagоnа qo’l Yozmа nusхаsiginа mа’lum. «Хirаv vа Shirin» qo’l Yozmаsi 120 vаrаq (240 bеt) bo’lib, 4740 bаytni o’z ichigа оlаdi. Bundаn 4685 bаyt bеvоsitа Qutbning o’ziniki bo’lib, qоlgаni kоtib tоmоnidаn ko’Shilgаn ilоvаdir. Dоstоn 91 bоbdаn ibоrаt. Dаstlаbki bоblаr trаditsiоn «hamd», «nа’t» vа boShqalаrni hamdа «Shаhzоdа Tаnibеkхоn mаdhi», «Kitоb nаzm kilmоqqа sаbаb bаYon аyur» qismlаrini o’z ichigа оlаdi. Dоstоndаgi аsоsiy vоqеа «Хisrаv vа Shirin hikоyasini аvvаli» bоbi bilаn bоShlаnаdi. Qоlgаn bаrchа bоblаr Хisrаv bilаn Shirin sаrguzаShtigа dоir vоqеаlаr bаYonigа bаgiShlаngаn bo’lib, har bir bоb dоstоnning muhim bir epizоdini, kоmpоzitsiоn xalqаsini tаShkil etаdi vа mаtn «Nеchа so’z хоtimаtul-kitоbdа аytur» bilаn tugаydi.
Qutb Nizоmiyning хоtin-qizlаrgа insоnpаrvаrlik bilаn qаrаShini «Хisrаv vа Shirin»ning tаrjimаsidа ham mukаmmаl аks ettiriSh bilаn хоtin-qizlаr оbrаzini yangi sifаtlаr bilаn birmunchа bоyitаdi.
Sаdаf ichrа tizilmiSh tiShlаri dur,
TiShimning Shu’lаsi durgа bеrur nur.
Аjоyibrоq ikki lа’li bаdахShоn,
Ko’rаrmаn bo’lmiSh ul dur uzrа g’аltоn.
Qаrоki jоdusi ko’rganni o’rtar,
Yomоn ko’zluk ko’zin kun birlа o’rtar.
Tilin tеbrаtsа ul, el ko’nglin оvlаr,
So’zi аfsun mеnsiz tillаrni bоg’lаr.
Haydar Хоrаzmiy
Haydar Хоrаzmiy XIV аsrning охirlаri vа XV аsrning birinchi yarmidа yaShаb ijоd etgаn vа «Mахzаnul-аsrоr» dоstоni bilаn o’zbek аdаbiYoti vа аdаbiy tilining rivоjigа хissа qo’Shdi, fоrs-tоjik tilidаgi Shе’rlаri bilаn ham аdаbiYot ахllаri tоmоnidаn e’tirоf etildi.
Haydar Хоrаzmiyning hаYoti vа fаоliyati haqidа nihоyatdа оz mа’lumоt sаqlаnib qоlgаn. Bu Shоir haqidа Nаvоiy «Mаjоlisun-nаfоis» vа «Muhokаmаtul-lug’аtаyn»dа, DаvlаtShоh Sаmаrqаndiy «TаzkirаtuSh-Shuаrо»dа bа’zi bir mа’lumоtlаr bеrаdilаr, uni tа’riflаydilаr.
Haydar Хоrаzmiy lirik mеrоsi sаqlаnib qоlmаgаn Yoki nо’mаlum qоlib kеlmоqdа. Undаn bizgа qаdаr Nizоmiy Gаnjаviyning (1141-1209) «Pаnj-gаnji»gа kirgаn birinchi dоstоni «Mахzаnul аsrоr»dаn ilhоmlаnib vа ungа jаvоbаn bitgаn Shu nоmdаgi dоstоn еtib kеlgаn. Bu dоstоndаgi аyrim sаtrlаr Shоirning biоgrаfiyasi vа ijоdiy fаоliyati haqidа аyrim mа’lumоt vа iShоrаlаr bеrаdi.
Haydar аsli Хоrаzmdаndir. Uning Haydar Хоrаzmiy dеb аtаliShdаn ham Shu bоisdаndir. U qаchоnlаrdir Fоrs vilоyatigа kеlgаn. Birmunchа vаqt, Nаvоiy vа DаvlаtShоh tа’kidlаgаnlаridеk, Sultоn Iskаndаr huzuridа bo’lgаn, ungа hizmаt qilgan.
Nizоmiyning «Mахzаnul-аsrоr» dоstоni fаlsаfiy-tа’limiy dоstоndir. U 59 bоbdаn tаShkil tоpgаn bo’lib, 18 bоbi muqаddimаdir. Dоstоnning аsоsini 20 mаqоlоt, 20 hikоya tаShkil etаdi. Dоstоn хоtimа qismi bilаn tugаllаnаdi. Mаqоlоtlаrdа Shоir yaShаgаn dаvrining muhim ijtimоiy-siYosiy vа axloqiytа’limiy mаsаlаlаri haqidа fikr yuritаdi, hikmаtli o’git bеrаdi, gumаnizm g’oyalаrini ilgаri surаdi, sаrоy muхitining bir qаtоr illаtlаrini tаnqid qiladi. Mаqоlоtlаrdаn kеyin Shоir kichik hаjmli birоr hikоya kеltirаdi. Bu hikоyalаr mаqоlоtlаrdаgi mаsаlаlаrni chuqurrоq YoritiSh vа хulоsаlаr chiqаriShgа Yordаm bеrаdigаn ko’rgаzmа vаzifаsini bаjаrаdi Yoki nаvbаtdаgi mаqоlоtgа o’tiSh uchun bir vоsitа-ko’prik bo’lib hizmаt qiladi.
Mаqоlоtlаrdа Shоir аdоlаt, mаmlаkаtni boShqariSh vа xalqqа munоsаbаt, zоlim pоdShоlаrdаn Shikоyat, mеhnаt vа uning fоydаsi, kiShilаrgа yaхShilik qiliSh vа qiyinchiliklаrdаn qo’rqmаslik, rаShk vа хаsаdning zаrаri, sахоvаtning fоydаsi, bахillikning Yomоn оqibаti vа boShqalаr haqidа dаvrining ulug’ mutаfаkkiri sifаtidа fikr yuritаdi.
Hаydаr Хоrаzmiy axloq-оdоb haqidа, tаrаqqiypаrvаrlik fikr-mulохаzаlаrini ilgаri surаdi. Оlijаnоb insоniy fаzilаtlаrni tаrg’ib qiladi. U kiShilаrni yaхShi-хulk оdоbgа egа bo’liShgа, jаmiyatgа fоydа kеltiriSh, muruvvаtli vа хimmаtli bo’liShgа chаqirаdi, хimmаtsiz vа sахоvаtsiz kiShilаrni kаttik qоrаlаydi:
… Bоy dаguldur dirаmi bоr esа,
Fаqir gаniydur kаrаmi bоr esа…
Yarim оYoq оShki tоpаrsеn nаsib,
Yarmini bеrki, еsun bir g’аrib.
Mе’dа tаmug’ikim erur duShmаning,
Kо’nmаgusidur аgаr ichsа qоning.
Оdаm аtоngоngа muruvvаt kеrаk,
Оrifu оmiygа futuvvаt kеrаk.
Sаrvdеk оzоdа bulu rоstkоr,
Yo o’riku оlmа bikin mеvаdоr.
Haydar Хоrаzmiy hikоyalаridа biz Hоtаmi Tоy, Bаhlul, Mаhmud Gаznаviy, Sulаymоn, Yoqub vа Yusuf kаbi аn’аnаviy оbrаzlаrni, Shu bilаn birgа, yangi hаYotiy оbrаzlаrni ko’rаmiz.
Markaziy OsiYoda ijtimoiy-tarixiy tuzum murakkab tus oldi. Keyingi asrlarda mayda bekliklarga bo`linib ketiSh, turli xonliklarga ajraliSh harakati ko`chayib, millat va davlat parokandalikka yuz to`tdi. Xiva, Buxoro va Qo`qon xonliklari Shakllandi. Bu hol davlat va jamiyatning barcha sohalarini tuShkunlik va tanazzulga mahkum etdi.
Xonliklar o`rtasida ta`sir doirasi uchun har doim uruShlar, nizolar davom etdi. Umuman, XVII-XIX asrning birinchi yarmi siYosiy, iqtisodiy, madaniy haYotda, xalqaro munosabatlarda oldingi yutuqlarni Yo`qotiSh, ko`p sohalarda ortga ketiSh bilan tarixda ma`lumdir.
SiYosiy haYot mayda mustaqil davlatlar vujudga keliShi bilan xarakterlansa-da, bu omilning o`zi madaniy yuksaliSh uchun yetarli emas ekanligini namoYon etdi.
Iqtisodiy haYotda ham o`zaro uruSh-nizolardan hunarmandchilik, dehqonchilik savdo-sotiq iShlariga katta zarar keltirdi, taShqi savdo aloqalari susaydi.
Albatta, bu ulkan hudud maydonlarida qadim zamonlardan buYon rivojlanib kelgan binokorlik, me`morchilik, kitobat, badiiy ijod sohalari, zargarlik, kulolchilik, tikuvchilik, qozonchilik, pichoqchilik, temirchilik kabi xalq amaliy san`ati turlari davom etdi. O`zaro uruShlar, qirg`inlar davrida ham xalq san`ati o`lmadi, nodir mo`jizalar yaratiliShi tufayli jon saqladi.
Madaniy haYotda an`anaviy islom, aqidaparastlikning ta`siri kuchaydi, maorif, ma`rifat sohasida ham asosan diniy ta`limotlar ustunlikni egallay boShladi, oldingi ma`naviy yutuqlarning ta`siri kamaydi, diniy ilmlar yetakchi o`ringa chiqdi. Lekin, Shunga qaramay, madaniy haYotda qator ijobiy o`zgariShlar yuz berganini ham ko`ramiz. Xususan, adabiYot, tarixiy ilmlar, san`atning ayrim turlari sohasida yirik adib, Shaxslar yetiShib chiqdi. Tasavvuf ham o`zining oldingi ahamiyatini o`zgartirib, ijtimoiy rolini Yo`qota bordi. O`zbek tilining mavqei kuchayib, undan adabiYotda borgan sari keng foydalanila boShlandi. XIX asrning birinchi yarmida har uch xonlikda madaniyat, adabiYot va tarixnavislikda muhim jonlaniSh vujudga keldi.
Boborahim MaShrab
Boborahim MaShrab 1640-yilda Namanganda kosib oilasida dunYoga kelgan. YoShligida Sharqning Ahmad Yassaviy, Hofiz Sheroziy, Lutfiy, Navoiy, Rumiy, Nasimiy kabi namoyandalari ijodini yaqindan o`rgangan. MaShrabning Shoir sifatida ShakllaniShida uShbu ijodkorlarning ta`siri katta bo`lgan. Namangandagi birinchi ustozi Mullo Bozor Oxund ma`lum mudoga ulaShgan MaShrabni QaShqardagi maShhur eShon Ofoqxo`ja huzuriga yuboradi. O`z She`riy is`tedodi va Yoqimli She`rlari bilan Ofoqxo`jada yaxShi taassurot uyg`otadi. Ayrim rivoyatlarga qaraganda, Shoirga MaShrab taxallusini ham Ofoqxo`ja bergan.
MaShrab 18 yillik safardan Namanganga qaytib kelgandan keyin 1 yil Movarounnahr Shahar-qiShloqlari bo`ylab saYohat qiladi. 1691-yilda Pirmat Setoriy bilan 20 yillik uzoq safarda bo`ladi. 1711-yili Balx hokimi Mahmud Qatag`on MaShrabni dag`al muomalada ayblab, dorga osib o`ldiriShga hukm qiladi. Shoir jasadi Afg`onistonning Mozori Sharif Shahridan 400 km chamasi naridagi Xonobod nohiyasining IShlamiSh qiShlog`ida dafn qilingan.
MaShrab ijodiga ilmiy nuqtai nazardan YondaShiSh ilk bor XIX asr boShlarida Evropa olimlari tomonidan boShlab berilgan. Keyinroq esa 1900-yil Parijda SharqShunoslarning birinchi xalqaro kongressi bo`lib o`tadi. Unda I.Goldsner “Forslarda islom” nomli muqaddas qadamjolar haqidagi dokladi bilan qatnaShgan. Bu dokladga javoban nemis olimi Martin Xortman qo`lida mavjud “Devoni MaShrab” va “Shoh MaShrab” qissalaridan foydalanib “Dono darveSh va avliYo dahriy” (1902), “Qadamjo” (1903) maqolalarini Yozgan.
Evropa olimlari e`tiborini ko`proq MaShrab nomi bilan bog`liq sarguzaShtlarga boy xalq kitoblari o`ziga tortadi. 1900-yilda bo`lib o`tgan kongressda fransuz olimlari Dmitrey de Renn va Bernar Grenerlar “Buyuk OsiYoga safar” ma`ruzasida MaShrabni “sabr-toqatli, goho aqlli, goho telba, haYotini zoe o`tkazadigan va Shu bilan birga, jiddiy”- deya ta`riflaShgan. Biroq ular MaShrab yaShagan ijtimoiy muhit, uning tarjimai holi va maslagini deyarli e`tiborga olmaganlar, Shunday bo`lsada, Evropa olimlarining MaShrab haYoti va ijodiga qiziqiShi keyinchalik ham so`ngani Yo`q. 1992-yilda MaShrab yubileyi munosabati bilan Fransiyada “Qissai MaShrab” naShr qilingan edi. AdabiYotShunos Xalilbekov 1993-yilda MaShrab She`rlari Parijda naShr qilingani haqida ma`lumot beradi.
Rus SharqShunoslarining tadqiqotlarida MaShrab nomi bilan bog`liq qaydlar XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin uchraydi. A.P.XoroShxin, V.P.Nalifkin, N.I.Viselovskiy, LikoShin, Vyatkin, Snisarev kabi olimlar Shoir haYoti va ijodini o`rganiShga o`z hissalarini qo`Shganlar. Rus SharqShunoslarining “Islom” ensiklopediya lug`atlarida ham Shoir haYot Yo`li va faoliyatiga alohida o`rin ajratilgan. MaShrabShunoslikning ilk bosqichida Shoirning tarixiy haYotini manoqiblardan farqlamay, ko`proq xalq og`zaki ijodiga suyangan holda o`rganiSh ba`zi bir munozaralarning yuzaga keliShiga sabab bo`ldi. 1926-yilda Sadriddin Ayniy o`z asarida MaShrab haqida qisqacha ma`lumot bergan edi. (A.S.Namunai adabiYoti tojik. Samarqand. 1926, 169-bet). Ammo bunday bahslarga nisbatan yaratilgan professor Abdurauf Fitratning “MaShrab” ilmiy maqolasi o`zbek adabiYotida Shoir haYoti va ijodiga oid jiddiy tadqiqotdir. Ustoz Fitratdan keyin Izzat Sulton, G`afur G`ulom, Vohid Abdullayev, Abduqodir Hayitmetov, AbduraShid Abdug`ofurov, Muhsin Zokirov, Ibrohim Haqqulov, Najmiddin Komilov, Jaloliddin Yusupov, Ismatillo Abdullayev, Abdulhakim Shar`i Juzjoniylar MaShrabShunoslikka muhim hissa qo`Shdilar. Bugungi kunda MaShrabShunoslik asosan ikki yunaliShda:
-Shoir merosini naShr ettiriSh;
-Shoir haYoti va ijodini o`rganiSh yunaliShida davom etmoqda.
Boborahim MaShrabning adabiy ijodiy merosi ham xuddi uning haYot Yo`li kabi zamonlar o`tiShi bilan afsonalar pardasiga chulg`anib, parokanda bir holatda bizgacha yetib kelgan. MaShrabning bizgacha yetib kelgan adabiy merosi, asosan, 3 ta manba orqali amalga oShgan:
“Devoni MaShrab” qissalari.
BaYozlar.
Turli majmualar.
Qissalar “Devoni MaShrab”, “Devonai MaShrab”, “EShon MaShrab”, “EShoniy Shox MaShrab” kabi nomlar bilan atalib kelingan. Bu nomlar ichida eng ommaviylaShgan “Devoni MaShrab” dir. Biroq bu kitoblar “Devoni MaShrab” nomi bilan yuritilsa ham, ularning hozirgacha ma`lum nusxalarining birontasida ham devonga xos xususiyat Yo`q. Ularning tuziliShi xalq dostonlariga o`Shxab ketadi. “Qissa” larning aksariyati “Ammo roviylar andog` rivoyat qilibdurlarkim…” deb boShlanadi va “Xolo xazrati EShoni Shoh MaShrabning qabrlari IShkonmeShdadur” deb tugallanadi.
Qissalardagi rivoyatlar oraisda Shoir She`rlaridan namunalar keltiraladi. She`rlarining hammasi ham rivoyat mazmuniga bog`lanmaydi. She`rlar qissaning boShdan oxirigacha betartib joylaShtirilgan. Bunda devoniy tartib haqida so`z ham bo`liShi mumkin emas. Ular taxminan rivoyat -g`azal, rivoyat- muxammas, rivoyat-mustazod, rivoyat-murabba` holatida beriladi. Shuningdek, turli davrlarda ko`chirilgan “Devoni MaShrab” lar ham bir xillikka ega emas. Ular rivoyatlarining turliligi, She`rlar soni va hajmining bir-biriga mos kelmasligi, ko`chirilgan joyiga ko`ra dialektik nuqtai nazardan matnlardagi Shevaga xoslik kabi xussiyatlari bilan ham farqlanadi.
B.MaShrab ijodiy merosi professional kotiblar, Shuningdek, She`riyat muxlislari tomonidan tuzilgan baYozlarda ham keng o`rin olgan. XVIII asrning oxiri XIX asrning boShlarida tuzilgan baYozlardan MaShrab She`rlaridan ko`plab namunalar keltirilgan.
Ba`zi jihatlari bilan baYozlarga o`xShaydigan, ammo ulardan jiddiy farqlanuvchi to`plamlar ham bor. Bunday to`plamlarni baYozlar sirasiga qo`Shib bo`lmaydi. Chunki bu majmualar hajm jihatdan katta bo`lib, uning tarkibiga kiritilgan Shoir She`rlariga keng o`rin berilgan. Ularda faqat lirik She`rlar emas, balki epik asarlardan ham namunalar joy olgan. XVIII-XIX asrlarda ko`chirilgan bir qancha to`plamlarda MaShrab She`rlaridan namunalar keltirilgan, ularning ayrimlarida afsona va rivoyatlar, Shoir She`rlaridan berilgan namunalar alohida berilgan.
Ana Shu manbalarga asosanlangan holda 1990-yilda maShrabShunos olim Jaloliddin Yusupov tomonidan MaShrab She`rlari to`planib “Mehribonim, qaydasan” nomi bilan naShr qilindi. Unga Shoir qalamiga mansub bo`lgan 224 ta g`azal, 18 ta mustazod, 4 ta murabba`, 39 ta muxammas, 2 ta musaddas, 1 ta musabba` kiritilgan.
MaShrab insonda ilohiy fazilatni ko`riSh va seviSh, ayni vaqtda ilohda ham inson xislatini ko`riShni targ`ib etadi. Bu maslakning mantig`i Shuki, barcha yaxShiliklar, ezguliklar ilohdan, Shuning uchun ilohni sevgan kiShi yerdagi yaxShi odamlarni, Yoru birodarlarni, ota-onasi, elu yurtini ham sevadi, karamli saxovatli bo`ladi.
Shoirning ko`pchilik tasavvufiy g`azallarida haqiqiy iShqning baland nuqtasini belgilaydigan sufiYona hislar, favqulodda tug`Yonli kechinmalar tasvirlangan. Shunday g`azallardan birida o`qiymiz:
Onqadar darYo bo`libman osmong`a sig`madim,
Toqi arShu kursiyu lavhu jihong`a sig`madim.
Shoir forsiy g`azallaridan birida “Ijodimni Anal xaqlik desang, men iShqning tajalliparvariman,” – deb Yozgandi. Yuqoridagi misralar bilan boShlanuvchi g`azalning g`oyaviy tarkibi Anal-haqlik va tajalliparvarlik mohiyatidan tarkib topgan. G`azalning navbatdagi baytlarida bu haqiqat to`liq ravShanlaShadi:
Kimga soyam tuShsa bir nuri yaqin bo`ldi u ham,
Daftari ruhi qudsdurman, zabonga sig`madim.
Jannatu kavsar manam, ham do`zaxu saqar manam,
Bir o`zumdurman bu dam, haft osmonga sig`madim.
Bor edim Nuh vaqtida, g`arq etmadi to`foni ham,
Hamrohi Muso bo`lib Turu Sinonga sig`madim.
Ellik yil Iso bilan yurdum o`lukni tirguzib,
Boisi bir nuqtadin, MaShrab, zamonga sig`madim.
G`azalda ilohiy “iShq sirin baYoni” berilgan. Bu iShq o`tidan kiShiga “zarrae yetsa” kifoya, u na zaminga, na osmonga, na zamonga sig`maydi. Chunki u olamu bu olamni o`zida birlaShtiradigan poYonsiz kenglikka tuShadi. She`ridagi Nuh, Muso, Isoga tegiShli talmehlardanoq tavhid holatining tasvirini muShohada qiliSh mumkin. Lekin Shoir “haft osmonga”, “Turu Sinonga” va “zamonga” sig`maslik sababining boisi “bir nuqtadin”, deb ta`kidlaydiki, bu nuqta-Anal Xaqlik zavqidir. MaShrab buni “Ajab Majnunlik”, “ajab devonalik” deb ham xarakterlaydi.
Xalq orasida qalandardek yurib o`tli misralar bitgan MaShrab g`azallari asrlar davomida nasllar orasida qalblardan qalblarga qalqib ko`chib kelaYotir. Buyuk is`tedodli Shoirning so`zi Sharqda hamon betakror, hamon haqiqat uchun dadil jangga kirganlarga hamdam maslakdoSh: ammo kechayu kunduz mol tilagida yurgan “o`z nafsi bilan sargardon” kiShilarning esa qattol duShmani, ogoh etuvchi hoziru nozir bir ovoz.
Jahon Otin Uvaysiy
Jahon Otin Uvaysiy XVIII asrning oxiri XIX asrning birinchi yarmida yaShab ijod etgan maShhur o`zbek Shoirasi.
Jahon Otin qadimiy madaniyat markazlaridan bo`lgan Marg`ilon Shahrining Childuxtaron mahallasida taxminan 1780-yilda dunYoga kelgan. U o`z davrining ma`rifatli oilasidan bo`lib, uning otasi She`rlar Yozgan, onasi Chinni bibi maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon Hofiz ham taniqli madaniyat va san`at homiylaridan edi. Uvaysiy oilada tahsil olib, savod chiqaradi. Keyinchalik uni marg`ilonlik kosib Xojixonga uzatadilar. Lekin Xojixon juda erta vafot etadi. Qizi QuYoShxon va o`g`li Muhammadxonlarni o`zi tarbiyalab voyaga yetkazadi. Maktabdor muallima va Shoira sifatida nom qozongan Uvaysiy Marg`ilonga Umarxon hokim etib tayinlangandan so`ng, saroyga taklif etiladi. U yerda Mohlaroyim bilan taniShadi. Saroyda She`riyat ilmidan dars berib, bir necha Shogirdlar yetiShtiradi. O`g`li Muhammadxon QaShqar yuriShiga jo`natilib, qaytib kelmaydi. Qizi QuYoShxon She`riyatga havasmand bo`lib, Xoniy taxallusi bilan She`rlar Yozadi. Uvaysiy Nodira vafotidan keyin Marg`ilonga qaytadi. 1850-yilda Shu yerda vafot etadi.
Shoiradan bizgacha katta hajmdagi lirik meros va qator dostonlar yetib kelgan. Ma`lumotlarga qaraganda, uning butun haYoti davomida Yozgan lirik asarlari 4 devonni taShkil etadi. Shuningdek, Shoira uchta doston ham Yozgan. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi SharqShunoslik instituti qo`lYozmalar fondida 1837-raqam bilan Uvaysiyning mukammal qo`lYozma devoni saqlanadi.
Shoiraning “Karbalonoma” Yoki “Shahzoda Hasan”, “Shahzoda Husayn haqida doston”, “Voqeoti Muhammad Alixon” (tugallanmay qolgan) dostonlari ham Shu devondan o`rin olgan. Devon tarkibida 269 ta g`azal, 29 ta muxammas, 55 ta musaddas, 1 ta murabba` jamlangan. Hamma asarlari o`zbek tilida 1857-1858-yillarda MuhammadShoh Yunusxon tomonidan ko`chirilgan bo`lib, 100 sahifadan iborat. XX asrning 60-yillarida Shoiraning Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi avlodlari qo`lidan uchta topildi. U Andijon DPU da saqlanadi. Ulardagi She`rlarning katta bir qismi 1963-yilda kitobxonlar hukmiga havola etildi. Shuningdek, adabiYot xrestomatiyasi va to`plamlarida Uvaysiy ijodidan namunalar kiritilgan bo`lib, ular ham keng jamoatchilikka Shoira adabiy merosi, adabiy faoliyati haqida tasavvur hosil qiliShda muhim rol o`ynagan. Uvaysiy She`riyati bilan qiziqiSh, uni taShviq etiSh iShlari ancha vaqtlardan buYon davom etib keladi. Cho`lpon, Oybek, V.Zohidov, V.Abdullayev, A.Qayumov, E.Ibrohimova, T.Jalolov, M.Qodirovlarning amalga oShirgan tadqiqotlarida Uvaysiyning o`zbek adabiYoti tarixida o`ziga xos bo`lgan o`rni belgilab berilgan.
Uvaysiy lirikasi klassik adabiYotidagi bir qancha She`riy janrlar birligidan iborat. Ular orasida g`azal, ilhom bilan yaratilgan muxammaslar, musaddaslar, masnaviylar, fardlar, chistonlar bor. Tuyuq turkiy She`riyatning qadimiy janrlaridan biri. Bu janrda ijod qiliShning o`ziga xos zavqli tomonlari bor. U Shoirga ShakldoSh so`zlar, ya`ni tajnis vositasida jozibador mazmunlar kaShf etiSh imkoniyatini ochadi. Uvaysiyning tuyuqlari uning bu sohada ham e`tiborli natijalarga eriSha olganligidan dalolat beradi. U tuyuqlardan birida Yozadi:
Majnuni devonlarg`a tuz kerak
Laylisi bo`lsa musaffo tuz kerak.
So`zlagil ey Yor, vasf aylay so`zing,
Jo`ShiShi nazmimg`a bo`ldi tuz kerak.
Bu tuyuq She`r va iShq to`g`risida. “Tuz” so`zi 3 o`rinda 3 xil ma`noda qo`llangan.
1) Tuz-daSht, sahro. U “Majnuni devonlarning makonini mayin
qiladi”.
Tuz-to`g`rilik. Gap oShiqlikning boSh mezoni-to`g`rilik xususida;
Tuz-mantiq-ma`no. Lirik qahramon aytmoqchiki: -ey Yor so`zlagil, men so`zlaringni vasf etay. Chunki nazmining jo`Sh uruShiga mazmun kerak.
IShqing bilsang, ko`ngilda saqlanur,
Mard esang albatta dilda saqla nur.
Majnuni devonadin qilma darig`,
Bir so`zing birla nechalar saqlanur.
UShbu to`rtlikning umumiy ma`nosi oson anglaShiladi:
1. iShqning saqlaniSh joyi ko`ngil;
2. mard bo`lsang albatta dilda nur saqla;
3. Majnuni devonaga Shavqat qil;
4. negaki bir so`zing bilan nechalar omon qoladi.
Uvaysiy murabba, muxammas, musaddaslari o`qilganda, beixtiYor uning “Hayrat chamani ichra qolding” degan so`zlari xaYolda jonlanadi. Haqiqatdan ham, ular hayrat chamaniga, Shu chamandagi yaShnoq va xilma-xil anvoyi gullarga o`xShaydi:
Yorab, o`z holi pariShonima tokay yig`lay,
To`kib oldimg`a bag`ir qonima tokay yig`lay,
Tinmayin tundagi afg`onima tokay yig`lay,
So`rmag`on holimi sultonima tokay yig`lay,
Toki iShq o`ti aro qil kabi sozon o`lay
Yo ajal jomini tutg`il, bu kun oson o`lay.
Uvaysiy yaratgan lirik asarlarning katta qismini g`azallar taShkil etadi. Uning g`azaliYoti markazida dahr bog`idan “hasrat gullari” ni tergan, “bu olam ahlidan bir dardmand” topmagan, bag`riqon, ruhi xazon oShiq qismati, uning ma`naviy tarjimai holi turadi. Bu Shaxs iShq, vafo, yaxShilik kuychisi. Uning dunYoda tayanadigan yagona haqiqati-muhabbat. U chin odamiylik Sharafini haYotiy va insoniy sevgida ko`radi. Shoiraning lirik qahramoni o`zini “UShbu dunYo ichra”, “misli mehmon” biladi. Lekin, uningcha, eng oliy maqsadi dunYoning mehmoniy his tuyg`ulariga aldanmaslik. Uning ma`rifati-iShq. Ta`lim maskani “iShq maktabxonasi”:
Ey, ki iShq atfolisan, qaddi niholidin o`qi,
Tonibon qaddini, ondin so`ng xaYolimdin o`qi.
To Zulayhodek sazovor o`lmay urma lofi qof,
Majmari iShq ila san Yusuf jamolidin o`qi…
Uvaysiy ijodida to`liq Shakllardagi orifona g`azallar bo`lmasada, Shoira devonida oriflik bilan aytilgan baytlar juda ko`p. Uning “DarYoi ilm jo`Sh uribon mavji nazmidin, vasiyni Sha`biy chaShmasidin chiqti bu zulol”, degan so`zlari orifona baytlarga nisbat berilsa, xato bo`lmaydi. Qanoat odamni tarbiyalaydi, u ruhning farog`ati. Qanoat odamni har kuni har soat tozalab, mol dunYo, mansab, Shahvatu hirs kabi balolardan xalos etib boradi. Uvaysiy klassik adabiYotimizdagi qanoat kuychilariga izdoSh bo`lgan. U qanoatni “dard ahlining darmoni” deb biladi.
Nafs illatin, ey Vaysiy, judo ayla Yoqangdin,
Tutqil sen o`zing o`lguncha domosi qanoat.
Uvaysiy Sharq She`riyati maktabidan puxta ta`lim olib, poetik mahoratini takomillaShtirgan. Uvaysiy nuqtai nazaricha, jozibali She`r- “muxtasar va mutaassir” She`r. U muxtasar Yozadi. So`zni ta`sir quramiga aylantiradi. Bunga esa xilma-xil badiiy usul va vositalar izlaSh, ularni mohirlik bilan qo`llaSh orqali eriShiladi.
Mohlaroyim Nodira
Mohlaroyim Nodira XIX asrning birinchi yarmida yaShab ijod etgan maShhur Shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiYot homiysidir.
Nodiraning tarjimai holi o`Sha davrda va undan keyin Yozilgan tarixiy va adabiy majmualarda ancha keng Yoritilgan.
Mohlaroyim 1792-yilda Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tug`iladi. Rahmonqulbiy Ming urug`iga mansub zadogonlardan bo`lib, Farg`ona hukmdori Olimxonning tog`asi edi. Onasi OyShabegim ma`rifatli aYol bo`lib, oilasi Bobur nasliga mansub bo`lgan. Nodira tahsil olgan yillarida xalqimizning tarixi, madaniyati, ma`naviyatidan yaxShigina xabardor bo`lib o`sdi. O`zi ham aql-farosati, go`zalligi va She`riy qobiliyati bilan tanildi. 1807-yilda Marg`ulon hokimi Umarxonga turmuShga chiqadi. Umar Amirxon 1810-yildan keyin (Olimxon qatlidan so`ng) Qo`qon xonligi taxtiga o`tiradi. Shundan boShlab Mohlaroyim taqdiri Qo`qon bilan bog`lanib qoladi. Qo`qondalik paytida Nodira Sharq klassiklari asarlarini qunt bilan o`qiydi, o`zining dilkaSh g`azallari bilan tanildi. Noidraning She`riy qobiliyatini rivojlantiriShda uning haYot Yo`ldoShi, Amiriy taxallusi bilan She`rlar Yozgan Umarxonning homiyligi sezilarli edi. Shoiraning katta o`g`li Muhammad Ali ham Xon taxallusi bilan She`rlar Yozadi. Kichik o`g`li Sulton Mahmudxon esa doniShmand bir Shaxs bo`lib yetiShadi. 1822-yilda Umarxon bevaqt vafot etadi. Nodiraning 14 yaShar o`g`li Muhammad Alixon xon qilib ko`tariladi. Lekin katta hudidni o`z ichiga olgan davlatni 14 yaShar bola idora qila olmasligini nazarda tutgan Mohlaroyim mamlakat boShqariSh iShlarida faol iShtirok eta boShlaydi.
Shoiraning zamondoShi Xotifning guvohlik beriShicha, Nodira Umarxon vafotidan keyin Farg`ona, ToShkent, Xo`jand, Andijon kabi Shaharlardan olimlar, xattotlar, naqqoShlarni Qo`qonga chaqirtirib keladi. Madrasalar, kutubxonalar qurdiradi. Navoiy, Fuzuliy, Bedil, MaShrab, Amiriy singari Shoirlarning asarlarini nasta`liq xatida ko`chirtirib, muqovalatadi. Manbalarda aytiliShicha, o`Sha paytda yuzaga kelgan madaniy va adabiy haYot yangiliklarining aksariyati Nodira nomi bilan bog`liq edi. Xotif Nodiraning aqli doniSh, adolat, saxovat, insof, muruvvat kabi yaxShi fazilatlari tufayli “Nodira davron” laqabi bilan tanilganini Yozadi.
Nodira nihoyatda murakkab bir Sharoitda yaShadi. U mamlakatning ichki va taShqi haYotidagi o`ta ziddiyatli vaziyatning guvohi bo`ldi. Xonliklar o`rtasidagi muttasil keliShmovchiliklar Mohlaroyim faoliyatining keng ravnaq topiShiga rahna solib turardi. Oqibatda Buxoro amiri Nasrullo turli bahonalar bilan Qo`qonga bostirib boradi. Go`Yo bu yerda izdan chiqqan Shariat ahkomlarini nizomga solmoqchi bo`ladi. Mohlaroyimning ikki o`g`li-Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon, nabirasi Muhammad Alixonlar bilan birgalikda vahShiylarcha o`ldiradi. Shoira bu paytda 50 YoShda edi.
Badiiy ijodga katta e`tiqod bilan qaragan Shoiraning bizgacha 3 ta devoni yetib kelgan. Ularda Shoira Komila, Nodira, Maknuna taxalluslari bilan ijod qiladi. Shoira g`azallari o`zbek va fors-tojik tillarida yaratilgan. Shoira o`zbekcha devoniga Yozgan debochasida Navoiy, Fuzuliy, Amiriy devonlari qatori saroydagi aYollar iShtirokida o`zining ham devonlari tuzilgani haqida ma`lumot bersada, haligacha Shoiraning o`z davrida ko`chirilgan Yoki dastxat holidagi devoni bizgacha yetib kelmagan. O`zbekiston Respublikasi FA Beruniy SharqShunoslik institutida, H.Sulaymonov nomidagi qo`lYozmalar institutida saqlanaYotgan, Namangandan topilgan devonlari XIX asrning ikkinchi yarmida ko`chirilgan.
1988-yilda Samarqandda istiqomat qiluvchi Shoir Mahmud DiYoriyning Shaxsiy kutubxonasida Shoiraning o`zbek tilidagi She`rlari Komila taxallusi bilan kiritilganligi aniqlandi. Bu devonda hali kitobxonlarga ma`lum bo`lmagan yangi She`rlari ham mavjud. Bugungi kunda Nodiraning aniqlangan She`rlar miqdori 15000 misradan iboratdir.
Nodira ijodiga bo`lgan qiziqiSh Shoira haYotligi davridaYoq boShlangan edi. DilShodi Barno Nodirani “ilm-adab va nazm osmonining yulduzi, ShakarafShon bulbul” deya ta`riflagan edi. Shoira g`azallariga Xotif, Furqat, Muqimiy kabi zamondoSh va izdoSh Shoirlar naziralar Yozdilar, muxammaslar bog`ladilar.
AdabiYotShunoslikda Nodira haYoti va ijodi ko`p yillardan buYon o`rganilib kelinadi. V.Zohidov, V.Abdullayev, Fitrat, S.Ayniy, O`tkir RaShid, T.Jalolov, M.Qodirova, A.Qayumovlarning Nodira haqidagi tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Nodira “Sohibi devon” bo`libgina qolmasdan, zillisonayn ijodkordir. O`z asarlarini 2 tilda yaratar ekan, 2 tilni mukammal bo`libgina qolmasdan, ikki xalq madaniyatini ham mukammal o`rganadi, o`zlaShtiradi. O`z tuyg`u-kechinmalarini 2 tilda baYon qila oliSh, o`y-kechinmalarini barobar badiiy tasvirlaSh zullisonaynlik mahoratini taqozo etadi. Buni Shoiraning quyidagi faxriyasi ham tasdiqlaydi:
Bo`lubdur Nodira mumtozi ma`ni,
Kalomi ravShani aSh`ori farrux.
Nodira badiiyat ilmidagi san`atlarni mukammal egallagan va She`riyatga tatbiq eta olgan. U badiiy usul imkoniyatlaridan foydalanib, aqlni hayratga soluvchi manzaralar ijod qilgan.
Masalan:
Litota
Belining borlig`in qildi kamar-bandi aYon,
Og`zi Yo`q erdi, ani qildi nadidor hadis.
Tajnis
Bu ko`zdin, Komila, ko`p YoSh to`karkim
Ki bergay tangri bir YoShingga yuz YoSh.
Husni ta`lil
Adab elni baland iqbol aylar,
Tavozu`din erur ko`z ustida qoSh…
Bo`lib xam ikki qoShing bir-biriga
Qilurlar qatlima payvasta kengaSh…
Tanosib
Ul sarvki, bordur ani mavzui qadi ozod,
MaShShota uchun Shona chekar zulfiga ShamShod.
Sarvning ozod, tik, to`g`ri qaddiga asr bo`lgan ShamShod maShShota o`rnida uning sochlariga taroq uradi. Sarv go`zal inson ekanligidan kelib chiqilsa, Nodira taroq ShamShod daraxtidan yasaliShini ham nazarda tutgan.
Shoirlar She`riyatining Shoirlar nazmidan farqi, o`zgacha xosiyati ixlosmandlarni juda qiziqtiradigan muammo. UShbu muammo kaliti badiiy mahoratni tadqiq etiSh Yo`li bilan qo`lga kiritiladi. Nodira yetuk mahorat sohibasi va uning nazmida aYollarga xos fikriy muShohada uslubi, ramzu timsollar tizimi mujassam.
Ijtimoiy-ma’naviy haYotning barcha jabhalarini yangilaShni ko’zda tutgan jadidchilik harakatining adabiYotdagi ifodasi o’laroq dunYoga kelgan milliy uyg’oniSh davri o’zbek adabiYoti uch bosqichga bo’linadi: Ilk bosqich (1865-1905), jadidchilik davri (1905-1917), ijtimoiy- siYosiy hamda mafkuraviy kuraShlar davri (1917-1929). Bundagi har bir sana muayyan ma’no taShiydi.1865 yil – ToShkent istislo qilingan sana. 1929 esa tarixda jadidchilik harakatining Sho’rolar esa tarixda jadidchilik harakatining Sho’rolar siYosati tomonidan mahv etiliShi sanasi sifatida muhrlangan.
Milliy uyg’oniSh davri o’zbek adabiYoti ilk bosqichi
Komil Xorazmiy (1825-1899)
OtaShzabon Shoir Komil haYotlik chog`idaYoq xalqning e`tiboriga tuShgan va ijodiga bo`lgan qiziqiSh paydo bo`la boShlagan hamda zamondagi Shoirlari tomonidan tan olingan edi. Shuning uchun ham Shu davrda tuzilgan ko`plab qo`lYozma va toShbosma baYoz-majmualarda Shoir ijodidan namunalar kiritildi. Shuningdek, XIX asr o`zbek adabiYoti va tarixida yirik manba sanalmiSh Ogahiyning “GulShani davlat”(1855-1856), Muhammad Yusuf BaYoniyning “Shajarai xorazmShohiy”(1911-1913), Ahmad Tabibiyning “Majmuat-uSh-Shuaro” (1908), H.Laffasiyning «Xiva Shoir va adabiYotchilarining tarjimai hollari» (1920) kabi asarlarda Komil Xorazmiy o`z ijodiy faoliyati bilan fazlu kamolotga eriShgan Shoir, tiyran aql hamda fikrda sobit davlat va jamoat arbobi sifatida yuqori baholangan.
Shayx Sulaymon Buxoriy “Lug`ati chig`atoyi va turki usmoniy” (1880-1881) asarida ayrim so`zlar izohi uchun “maShohir Shuaro”larning She`rlaridan misollar olgan. Munis, Ogahiylar qatorida Komil Xorazmiy She`rlaridan misollar keltiriShi Shoirning haYotlik chog`idaYoq maShhur bo`lganligidan dalolatdir.
Ingliz va rus tarixchilari tomonidan Komil Shaxsiga alohida e`tibor qaratilgan. Xususan, Sankt-Peterburgda chop etilgan “1873 yilgi Xiva yuriShi” nomli ruscha rasmiy manbada, F.M.Lobosevichning “1873 yilgi Xiva yuriShining baYoni” nomli asarida, Mak-Gaxanning ingliz tilidan tarjima qilingan “Oksusdagi harbiy harakatlar va Xivaning taslim bo`liShi” (“Voyenniye deystviya na Oksuse i padeniye Xivi”, Moskva 1875) kabi kitoblarda Shoir faoliyatiga maxsus to`xtalingan. Qolaversa, N.Ostroumov muharrirlik qilgan “Turkiston viloyatining gazeti” (1891-1894 yillardagi) sahifalarida bir qancha She`rlari bosilib turdi. Komil Xorazmiyning musiqa sohasidagi xizmatlari B. Rahimov va M.Yusuf Devonzodalarning “Xorazm musiqiy tarixchisi” (Moskva, 1925) kitobida, keyinroq esa V.Belyayevning “O`zbekiston muzika asboblari” (“Muzikalniye instrumenti Uzbekistana, M. 1933) asarlarida alohida e`tirof etilgan.
Shoir Komilning haYoti va ijodini ommalaShtiriSh va ilmiy tadqiq etiSh, asosan, 1945 yildan boShlandi. 1945 yilda naShr etilgan O.Sharafiddinovning “O`zbek adabiYoti tarixi” xrestomatiyasida, 1947 yilda chop etilgan “O`zbek poeziyasi antologiyasi” da keng kitobxonlar ommasiga Shoir ijodi taqdim etildi. 1947 yilda adabiYotShunos M.Yunusov Komil ijodiga bag`iShlangan nomzodlik dissertatsiyasini Yoqladi, 1958 yilda Shoirning haYoti va ijodini Yorituvchi “Komil Xorazmiy” nomli kitobini naShr ettirdi. 1961 yilda Shoirning “Tanlangan asarlari” (naShrga tayYorlovchi R.Majidiy), 1975 yil Shoir “Devon”i naShrdan chiqdi.
Komil Xorazmiy ijodi maktab va oliy o`quv yurtlarida o`rganila boShlandi. G`.Karimovning “O`zbek adabiYoti tarixi” (III kitob) darsligida Shoir Komil haYoti va ijodiga alohida fasl ajratilgan. Shuningdek, “O`zbek adabiYoti tarixi beSh tomlik” (1980) ning 5-tomida K.Xorazmiyning haYoti va ijodiy merosining tahlili uchun 32 sahifa ajratilgan.
Bulardan taShqari adabiYotShunoslar A.Hayitmetov, V.Zohidov, A.Qayumov, N.Qobilov, N.Jumaxo`ja va I.Adizovalarning Shoirning turli jihatlarini ochuvchi bir necha maqolalari e`lon qilingan. Ko`rinadiki, Komil Xorazmiy milliy adabiYotimizda mustahkam o`rin topdi.
MuhammadniYoz Komil 1825 yilda Xivada ziYoli xonadonida tug`ildi. Uning otasi Abdulla Oxund madrasa mudarrisi bo`lib, o`z davrining peShqadamlaridan edi. Shoirning asli ismi MuhammadniYoz bo`lib, ba`zi manbalarda NiYozmuhammad, PolvonniYoz deb yuritilgan. Xorazmliklar qisqartirib “MatniYoz” deb chaqirganlar. Komil (yetuk, mukammal) Xorazmiy esa nisba taxallusdir. Pahlavon laqabi esa uning jang maydonlaridagi jasorati evaziga berilgan. Muhammad Yusuf BaYoniyning “Shajarai xorazmShohiy” asarida Komil navqiron YoShlaridagi jasorati Shunday lavhalarda beriladi: “Bir kun Ko`rganli bir yamutkim, Qorabaloq laqabi bila mulaqqab erdi, bag`oyat zabardast va mergan edi. Bir miqdor yamutga boSh bo`lub, Muhammadmurod devonbegining sangariga kelib uruSh boShladi, laShkarga ondin ko`p dastburdlar (ziYon-zahmatlar-T.M)yetdi, bir kun Muhammadmurod devonbegi dedi: “Har kiShi uShbu Qorabaloqni otini ursa, beSh yuz tillo va o`zini ursa, ming tillo berurman”. PahlavonniYoz yuz boShi bu so`zni eShitib, bir qo`hna Yof (ariq-T.M.)ning ichi bila buqub yurub maydonning bir tarafida bir qo`hna devor bor edi, oning panohiga bordi, ul vaqtda qaroboloq maydonga ot solib keldi. PahlavonniYoz onga bir o`q otdi. O`q otiga tegib yiqildi. Qoraboloq otdin judl bo`lub bildikim, ul devorning orqasida kiShi bordur, ul yerda bir necha to`p yulg`un bor erdi, oning panohiga kirib turdi. Ul vaqtda PahlavonniYoz boShig`a kiygan nimani miltuqning uchig`a ildurub, ohista yuqoriga ko`tardi. Ul vaqtda yamutlar bildilarkim, endi ul mergan (Komil nazarda tutilyapdi-T.M) Qoraboloqning ustiga borib oni qatl etar. Filhol, hujum etib ot soldilar va Qoraboloqni olib qayttilar”1.
Ko`rinadiki, hech kim bas kela olmaydigan zabardast pahlavon Qoraboloqqa MuhammadniYoz Komil bas keldi, uni chekiniShiga majbur qildi. Jangdagi bunday jasoratdan keyin MuhammadniYoz Komil adabiy siymosini bezaguvchi “Pahlavon” nomi bilan maShhur bo`ldi.
Komil ibtidoiy ta`limni eski maktabda, yuqori tahsilni Xiva madrasalarida oldi. Ammo oilaviy Sharoit, ya`ni otasining bevaqt vafoti tufayli o`qiShni biroz to`xtatiShga majbur bo`ladi, keyinchalik oila tirikchiligini ma`lum izga solib olgach, yana tahsilni davom ettiradi.
Madrasa tahsilida u arab va fors tillarini mukammal o`rganib, bu tildagi adabiYotlarni, mumtozlarimiz ijodini chuqur o`rgandi. Keyinchalik o`zi “Komil” taxallusi bilan She`rlar Yoza boShladi. Ogahiydek ulug` Shoirning “GulShani davlat” kitobida nomining zikr etiliShi ijod olamida tezda Shuhrat qozonganidan darak beradi.
Komil Xorazmiy yaxShi xattot ham edi. U bu san`atni yuqori darajada egalladi, xatto Muhammad Panoh, Xudoybergan muhrikon devon, Muhammad Sharif G`arro kabi Shuhratbardor Shogirdlar yetiShtirdi. Uning o`g`li Muhammad Rasul ham xattotlik ilmini o`rgandi, yaxShigina xattot bo`ldi. “Mirzo” taxallusi bilan She`rlar Yozib, “Devon” tuzdi. Komil Shoir sifatida el orasida erta Shuhrat qozondi. Uning dovrug`ini eShitgan o`Sha davrdagi Xiva xoni Sayid Muhammadxon uni saroyga xizmatga chaqiradi. Moddiy va ma`naviy suyanchig`i bo`lmagan Shoir uchun bu taklif qo`l keladi va u saroyda mirzalik lavozimida iShlay boShlaydi. Saroy muhitini yaxShi tuShungan Komil tiyraklik bilan iSh olib boradi. Sayyid Muhammadning vafotidan keyin taxtga uning o`g`li Muhammad Raximxon Soniy (1865) o`tiradi. Hukmfarmon Muhammad Raximxon II uni tez orada mirzaboShilik (mirzalarga boShliq) vazifasiga tayinlaydi.
Bu lavozim Komilga Shoirlikdan taShqari davlat siYosatchisi mas`uliyatini ham yuklagan edi, ayni Shu lavozimdalik chog`ida davlatning ahvoli tang, ya`ni Xiva Rossiya vassaliga aylaniSh arafasida edi. 1873 yilning oxirlarida devonbegilik lavozimiga ko`tariladi. Bu vazifa esa bugungi boSh vazir vazifasiga to`g`ri keladi. Demak, Komil zimmasidagi yuk juda og`ir edi. U har taraflama aql va idrok bilan iSh tutiShi lozim edi. Bu vaqtda Xiva ruslar tomonidan egallangan, yurt erkinligi deyarli qo`ldan ketgan edi. Turkiston general gubernatori fon Kaufman boShchiligidagi rus qo`Shinining xonlik qo`Shiniga bergan zarbalari hamda to`kilgan behuda qonlarni ko`rgan MuhammadniYoz Komil Shu suronli vaziyatdan kelib chiqib iSh ko`riShni lozim topadi, ya`ni huquq va erklari cheklangan xonlikni Shu holatida saqlab qoliShni mutlaqo Yo`q bo`lib ketiShdan ko`ra ma`qulroq Yo`l deb biladi va natijada uning taklifi bilan 1873 yilning 12 avgustida Xiva yaqinidagi GandimiYon qiShlog`ida Rusiya bilan Xiva xonligi o`rtasida sulh tuzildi. Bu voqea tarixda “GandimiYon Shartnomasi” nomini oldi. Sulhparvar va tadbirkor devonbegi Komil Shu Yo`l bilan o`z xalqini behuda qirg`indan ozroq muddatga bo`lsa-da saqlab qoladi. Komilning siYosiy arbob sifatida tutgan bunday oqilona tadbirlari ingliz va rus siYosatdonlarini-da e`tiborini tortadi. Chunonchi, Mak-Ga Xan 1873 yil Xiva xonligi voqealari haqidagi ingliz tilidagi maxsus kitobida Komil Xorazmiyni sulhparvar va dono tadbirkor sifatida e`tirof etadi. F.I.Lobosevich bu janglarning bevosita iShtirokchisi bo`lganligi uchun ham bu voqeadan ta`sirlanib “MatniYozning bu vaqtda o`z vataniga ko`rsatgan xizmati beqiYos katta bo`ldi”deb Yozadi. Komil devonbegi vazifasidaligida Xiva madaniy haYotining rivoji uchun ham ko`p xayrli iShlarni qilgan 1874 yili chet ellardan tipografiya uskunalarini keltirtirib, O`rta OsiYoda ilk bora toShbosma Yo`lidagi kitob naShr etiShni Yo`lga qo`ydi. Bir so`z bilan aytganda, eng yirik ma`naviy tadbirga taShkilotchilik qildi, albatta bunga Xiva xoni Feruz moddiy va ma`naviy rahnamo edi.
AnglaShiladiki, Komilning butun sa`y-harakatlari yurt tinchligi, osoyiShtaligi Yo`lida xonlikning Rusiya imperiyasi bilan munosabatlarini yaxShilaSh, xalqning madaniy haYotini rivojlantiriSh uchun edi. Afsuski, uning bunday xayrli amallari qadrlanmadi, aksincha, asta-sekin barham topib, uning o`rnini hasad, tahqir va kamsitiSh egallaydi. Xiva xoni Muhammad Raximxon II Feruz sobiq devonbegi Matmurod Kaluga surgunidan ozod bo`lib qaytgach, “Shajarai XorazmShohiy”da alohida e`tirof etilganidek, “mirzaboShini (Komil Xorazmiyni – T.M) burung`i mirzaboShlik mansabida barqaror etib, Muhammadmurod devonbegiga devonbegilik mansabin” qaytarib beradi. Bu voqea Muhammadmurodga qanchalik qanot bergan bo`lsa, Komilga Shunchalik og`ir bo`ladi. Taqdirning bu kabi ko`p iztiroblari uning sog`ligiga ham ta`sir qiladi. Laffasiy tazkirasida umrining oxirida ko`zi ojizlanib qolgani haqida Shunday ma`lumot bor: «Komil pariShonhol bo`lganidin g`amu hasratlar tortib, natijada ikki ko`zig`a qaro suv kelib, ojiz bo`lib qoladur… Xeva tabiblarig`a bir necha muolaja qildursa-da, hech bir foyda bermay, balki avvalgidan yamonlaShadi. Shul sababli, Komil xondin ruxsat olib ToShkondga borib ko`z do`xtirlarga muolaja qildiradur. Ammo ko`zining og`rig`i kundin-kun Shiddatlig` bo`lg`onin baYon qilib xong`a ariza beradur. Xon dog`i ancha tasalliyi xotir bo`lg`udek hech bir marhamat iltifotlar qilmaydur. Ammo mirzaboShlig` mansabin o`g`li Muhammad Rasulboyg`a marhamat qiladur. Komil juda ham dard chekib, Shikastxotirlikda aSholi xastalikg`a duchor bo`lub, uch kun muddat Yostuqqa boSh qo`yub, 1315 (1897-98) yil, it yilida 72 YoShida yuz ming nadomatlar bilan oxirotg`a safar qiladur”.
Tarixiy manbalarda qayd etilganidek, Shoir Komil Xorazmiy 1897 yilda, 72 YoShida vafot etadi.
Shoir Komil Xorazmiyning haYot mundarijasini kuzatsak, ma`lumotlar uni Moskva va Peterburg Shaharlarida 2 marta: birinchisi 1873, ikkinchisi 1883 yilda Feruz boShchiligidagi 17 kiShilik hay`at tarkibi bilan borganligi, 1891, 1896-97 yillarda ToShkentda bo`lganligini ko`rsatadi. Demak, Shoir saYohatlarda juda kam bo`lgan. U o`zining butun haYotini xalq xizmatiga, badiiy ijodga va san`atga baxShida qilgan.
Komil Xorazmiy ana Shunday otaShzabon Shoir va fidoiy san`atkordir.
Sohibidevon Komil Xorazmiy qoldirgan adabiy merosning asosiy qismini g`azallar, muxammas, musaddas, musabba`, murabba`, muammo, ruboiy, qasida va masnaviylar taShkil etadi. Shoir lirikasi o`z mazmuni, umumiy ruhi va uslubi jihatidan o`ziga xoski, unda haYot va insoniy kechinmalar obyektiv va real kuylanadi.
Komil Xorazmiy ijodiYotining asosiy qismini iShqiy lirika taShkil qiladi. Shoir hijron qiynoqlari, ma`Shuqa vasfi, u bilan bog`liq kechinmalarni o`ziga xos tarzda mahorat bilan tasvirlaydiki, o`quvchi ko`z oldida chin muhabbat manzarasi paydo bo`ladi. Shoir bir iShqiy manzumasida:
Ul quYoSh meni vahkim, asru zor etib ketti,
Zarradek dilu jonim beqaror etib ketti
deya quYoShga mengzagan, quYoSh deb atagan sevgilisini vasliga zor, uning hajrida dilu jonu beqaror ekanligidan kuyunsa, yana bir iShqiy She`rida Yorning tavsifini, uning baland sarv qomatiyu, o`ynoqi fusunkor ko`zlarini erkalabgina jozibalik misralarda ifodalaydiki, ko`z oldiningizda malaksiymo bir pari suratlanadi:
Qomatim ham aylagan ul sarvi sarafrozlar,
Ko`zlarim nam aylagan ul chaShmi afsunsozlar.
Lirik qahramonimizga mahbubaning Yoqimli harakatlariyu nozu karaShmalarigacha Yoqadi va Shuning izhorini iShqqa to`la iliq sartlarda beradi:
Bani Shaydo edon ul mahvaShi tannozlardurlar,
NiYozim qilmayin manzuri masti nozlardurlar.
OShiq mutlaqo asir bo`lgach, Laylini sevgan Majnun kabi iShq tuzog`iga tuShadi, sahrolar kezib sargardon, ma`Shuqa iShqi o`tida otaShparast bo`ladi:
Domi muhabbatingga to poybast bo`ldum,
Layli Yo`lida go`Yo Majnun mast bo`ldum,
Tun-kun urub toku po`, sahroniShast bo`ldum,
Bu daSht aro quyundek bepou dast bo`ldum,
IShqing o`tig`a go`Yo otaShparast bo`ldum.
Komil yetuk so`z san`atkorlari ergaShib kamol topdi. Ayniqsa, Navoiy va Fuzuliy ijodidan ozuqalandi, ulardan ilhom oldi. SHe`rlaridagi salaflari bilan mavzu va ohang uyg`unligi boisi ham Shundan.
Chunonchi, Fuzuliyning
PariShon holing o`ldum, so`rmading holi pariShonim,
G`amingdin darda duShdum, qilmading tadbiri darmonim,
Ne dersan ro`zigorim bo`ylami kechsun, go`zal xonim,
Go`zim, jonim, afandim, sevdigim davlatli sultonim
deb boShlanuvchi maShhur murabba`siga monand misralarni Komil ijodida uchratamiz:
O`tib ko`b oyu yillar, so`rmading holi pariShonim,
Ijobing Shiddatidin og`zima yetmiShdurur jonim,
Ne din bir demading yillarda, ey kamtar sana xonim,
Chu Yusuf Misri izzat masnadida mohi Kan`onim.
Yoki Navoiyning do`stlik, unga sadoqatda bo`liShlik, bevafo do`stlikning iztiroblarini aks ettiruvchi “Bo`lmangiz” radifli g`azaliga Komilning bog`langan muxammas taxmisi:
Zinhor el ixtiloji birla hurram bo`lmangiz,
Mehnatni har dam fuzulu rohati kam bo`lmangiz,
Men kabi bori nadomatdin qadi ham bo`lmangiz,
Do`stlar, odam eliga Yoru hamdam bo`lmangiz,
Yor ila hamdam demaykim, oShno ham bo`lmangiz.
Bu misralarda mavzu va ohang uyg`unligi tabiiy, ammo Navoiy satrlariga Komil misralari Shunday mos tuShganki, Shoir ijodida bunday navoiYona ruhning ufuriShi uning ulkan She`riyat sohibi bo`lib yetilganidan niShona. Yana bir misol:
Sen husn Shohidursen, men kamtarin g`uloming,
Gar zulm, var karam qil,-bordur mango muborak.
O`lsam dog`i Yo`lungdin boSh olmog`um, nigoro,
Mendin vafo munosib, sendin jafo muborak.
So`z san`atining nafis bu namunasi Shoh va Shoir Boburning:
Sen gulsenu, men faqir bulbuldurmen,
Sen Shu`lasenu, ul Shu`laga kuldurmen.
Nisbat Yo`q deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen
barchaga maShhur ruboiysini eslatadi.
K.Xorazmiy ijodida real voqelikda ro`y beraYotgan ijtimoiy-siYosiy hodisalarga to`g`ri (obyektiv) YondoShib mulohaza yuritadi. Ayniqsa, saroy muhitidagi nosog` kayfiyat Shoirni chuqur iztirobga soladi. SiYosat borasidagi tadbirlari, fidoiyligiga qaramay devonbegilikdan chetlaShtiriliShi Shoirga og`ir botadi, bu hol ruhiy azob bo`lib vujudini kemira boShladi. Bunday nohaq munosabatga javoban Shoir “Aylama” radifli g`azalida nazmiy norozilik bildirdi. Shuningdek, Shoir saroydagi hamda jamiyatdagi illatlarni foSh hajv xarakteridagi “Fuzalo”, “Juhalo” She`rlari bilan ham maydonga chiqdi. “Fuzalo” Shunday boShlanadi:
Yutubon bu zamonda qon fuzalo,
Kulfat o`qigadur niShon fuzalo.
“Juhalo”da esa pok insonlarga turli ig`voyu-illatlari bilan ozor beraYotgan ichi qora razil kimsalarni ochiqdan-ochiq qoralab, ularning portretini Shunday tasvirlaydi:
No`Sh etib, riSh va mayin, yetmay ulus dodig`a,
Bilmadilar dame oyini adolat juhalo.
Shoirning ijtimoiy mazmundagi She`rlaridan birida “Ochg`ali otlandi to sultoni jamiqbol suv” deya Muhammad Rahimxonning ariq qazdiraYotganini obodonchilikka qo`Shgan hissa sifatida baholaydi.
Komilning ijtimoiy-siYosiy She`rlari orasida “Dar baYoni ta`rif va tavsifi ToShkand” qasidasi e`tiborlidir. Negaki, u o`zbek tilida bitilgan ToShkent haqidagi ilk qasida edi. Qasida o`Sha davrdaYoq “Turkiston viloyati gazetasi”da bosilib chiqdi. Hajman 100 misrani taShkil etuvchi bu qasidada Shoir ToShkent safari taassurotlari baYon etiladi. SHe`rda an`anaviy lirik boShlanma (“nasib”)dan keyin saYohat to`g`risida xabar qisqa beriladi-da, to`g`ridan-to`g`ri ToShkentning ta`rif-tavsifiga o`tiladi. ToShkentning go`zal bog`lari, zilol ariqlari, suvlari, uning “ayYomi xazon”i (kuzi) Shunday tasvirlanadi:
Bo`ldi mehmon joyimiz haq lutfidin, bir, bog`kim,
Mevazoru, lolazoru, naxlzori ToShkand.
Komil Xorazmiy nafaqat Shoir, balki yaxShigina musiqaShunos va bastakor ham edi. O`zi soz ham chalardi. Bu san`atni YoShligidan egallagandi. U Rossiya va ToShkent safarlarida ham u yerlarning musiqasi bilan qiziqadi. Xorazm musiqiy merosini Yozib oliShda jonbozlik ko`rsatadi. Xalq musiqasini Yozib oliSh maqsadida tanbur asbobini tanlaydi. “Tanbur nota”si Shundan maShhur bo`lgan. Komil “Rost” maqominigina Yozib ulguradi, xolos. Uning bu xayrli iShini o`g`li Muhammad Rasul davom ettiradi.
Komil Xorazmiy bastakor sifatida “Murabbai Komil”, “PeShravi Komil”ni yaratdi. Bu kuylar “Rost” maqomiga bog`lab yaratildi va notaga ko`chirildi. Komil musiqiy merosining qimmati Shundaki, u yangi kuylar yaratiSh bilan birga Yevropa notasini o`zbek musiqasiga tatbiq qildi, xorazm notasini joriy etdi.
Komil Xorazmiyning ijodiy faoliyati serqirra. Uning faoliyatida tarjimonlik ham muhim o`rin tutadi. XVIII asr fors-tojik adabiYoti namunalaridan Mumtoz taxallusli Barxurdor bin Mahmud Turkman Farohiyning “Mahbub-ul-qulub” (xalq orasida “Mahfil oro” nomi bilan maShhur) asarini o`zbek tiliga tarjima qildi. Faxriddin Ali Sayfiyning “Latoyifut-tavoyif” (XVI) asarini forschadan o`zbekchaga o`girdi. Tarjimon Komil asarni qayta iShlab, bir qismini yangilaydi. Prof. Sh. Yusupovning qaydicha, 452 hikoyatdan 345 tasini keltirib, eskirganlarini tuShirib qoldiradi. Shu tariqa kitob “Latoyifuz-zaroyif” (Zarif latifalar) nomi bilan tarjima qilinadi.
Komil Xorazmiyning ziddiyatlarga boy haYoti va mahsuldor ijodi XIX asr o`zbek adabiYotini Yorqin sahifasini taShkil etadi.
Muhammad Rahimxon Feruz (1844-1910)
Feruz, Muhammad Rahimxon II (1845, Xiva, 1910) Xiva xoni (1864—1910); Shoir va bastakor. Ko‘ng‘irotlar sulolasidan. Xiva Shahridagi Arab Muhammadxon madrasasiaa tahsil ko‘rgan, davlat, huquq ilmini zamonasining maShhur mudarrisi, Shoir va olim Doiy, Yusufxo‘ja oxun va boShqadan o‘rgangan. Ogahiy Feruzga ustozlik qilgan, unga She’riyat sirlarini urgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan.
Otasi Sayid Muhammadxon vafotidan so‘ng (1864) Xiva taxtiga o‘tirgan. Bu voqea munosabati bilan Ogahiy Feruzga bag‘iShlab qasidalar bitgan. 1873 yil Xiva xonligiga K.P. fon Kaufman boShchiligidagi Rossiya armiyasi hujum qilib, xonlikning asosiy Shaharlari va poytaxtni bosib olgan. GandimiYon Shartnomasi (1873 yil 12 avgust)ga ko‘ra, Xiva xonligi podSho Rossiyasiga qaram bo‘lib qolgan. Feruz ana Shunday murakkab Sharoitda yarim asrga yaqin muddat davomida Xiva xonligini boShqargan. Feruz saroyga adabiYot va san’at arboblarini to‘plagan. Ogahiy, Komil, Tabibiy va boShqa ta’sirida o‘zi ham Feruz (baxtli, g‘olib) taxallusi bilan She’rlar Yozgan.
Feruz kitobat iShlariga katta ahamiyat bergan: devon tuziSh, tarix YoziSh, tarjima iShlarini rivojlantirgan. Xorazmda tarjima maktabi yaratgan. Fors va arab adabiYotining eng nodir tarixiy, adabiy, ilmiy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildirgan. Uning hukmronligi davrida Ogahiy va BaYo’niylar tomonidan Xorazm tarixiga oid asarlar Yozilgan. Komil Xorazmiy mumtoz maqomlar uchun nota Yozuvini ixtiro qilgan. Xivada bosmaxona (toShbosma) taShkil ettirgan. Unda Xorazm Shoirlari haqidagi «Majmuat uSh-Shuaro» tazkirasi, AliSher Navoiy asarlari, Xorazm Shoirlari devonlari naShr qilingan.
Feruz Hindiston, Arabiston, Eron, Turkiya savdogarlari orqali Xorazmga chet ellardan noYob kitoblar keltirtirgan va ularni ko‘p nusxalarda ko‘chirtirgan, tarix va adabiYotga oid kitoblardan iborat boy kutubxona yaratgan. Feruz me’morlik, naqqoShlik, xattotlik kabi san’at turlarini ham rivojlantirgan. Bu davrda fotografiya va kino san’ati vujudga kelgan, obodonchilik iShlari amalga oShirilgan.
Feruz 1871 yil Ko‘hna Ark karShisida o‘z nomi bilan ataluvchi 2 qavatli madrasa qurdirgan. Feruzning bevosita rahbarligi va taShabbusi bilan 30 dan ortiq madrasa, masjid, minora, xonaqolar qad rostlagan. Feruz yerlarni suv bilan ta’minlaSh, bog‘-rog‘lar barpo etiSh iShiga ham alohida ahamiyat bergan. Uning buyrug‘iga muvofiq, Qo‘ng‘irot tumani sarhadida katta ariq bunYod etilgan. Hozirda uShbu ariq «Xon arigi» deb ataladi.
Feruz mumtoz She’riyatning an’anaviy janrlarida lirik She’rlar yaratgan. She’rlari, asosan, iShq-muhabbat mavzuida. Inson va haYot, sevgi va sadoqat Feruz ijodining g‘oyaviy asosini taShkil qiladi. Ular ohangdorligi, tasviriy-ifodaviy bo‘Yoqlarga boyligi va Shaklan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Uning ko‘pchilik g‘azallari o‘z zamonasida sozandalar va go‘yandalar tomonidan kuyga solib kuylanib kelingan.
She’rlariga «Devoni Feruz» nomi bilan tartib bergan (1879). Bu devon Muhammad Sharif tomonidan qayta kuchirilgan (1900). Feruzning o‘zi Pahlavon Mahmudning 350 ruboiysini qo‘lda ko‘chirib, kitob holiga keltirgan. Feruz ShaShmaqom kuylarini o‘rgangan, saroyda maqom ansamblini tuzgan. «Navo», «Dugoh», «Segoh» maqomlariga bog‘lab kuylar yaratgan. Feruz Sayd Mahruyjon majmuasidagi Sayid Mohi Ruyi Jahon maqbarasida dafn qilingan.
She’rlar devoni nusxalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi SharqShunoslik instituti (inv. № 3442, 1119)da saqlanadi.
Ahmad Tabibiy (1969–1911)
Ahmad Tabibiy XIX asrning oxiri va XX asrning boShlarida Xivada yaShab, ijod etgan sermahsul Shoirlardan biridir. Tabibiy haqidagi dastlabki ilmiy ma`lumotni rus olimi A.N. Samoylovich bergan. Uning 1908 yilda Xivaga qilgan ilmiy safari haqida Yozgan axborotlaridan birida Shoir Tabibiy va uning «MaShmuatuSh Shuaro» tazkirasi to`g`risida ham ma`lumot bor. A.N.Samaylovich o`z axborotida tazkiraning mazmuni va mundarijasini qisqacha xarakterlab Feruz, Mirzo, BaYoniy, Shinosiy, Xabibiy, Xaqiriy kabi Shoirlarning She`rlaridan tarjima qilib keltiradi.
Shoirning zamondoShi Muhammadamin Laffasiy Yozib qoldirgan «Xiva Shoir va adabiYotchilarning tarjimaixollari» taskirasida Munisdan boShlab 65 Shoir va adibning tarjimai xoli tadriji xolda berilgan. Tazkirada Tabibiy tarjimai xoli va uning zamondoShlari to`g`risida qiziqarli ma`lumotlar bor.
Tabibiyning haYoti va ijodi 1945 yilda tuzilgan «O`zbek adabiYoti tarixi xrestomatiyasi» ga kiritilgan. Umuman XX asr adabiYotShunoslari, Rahmat Majidiy, M.Yunusov, V.Mirzayev, Y. Yusupov va /.Karimovlar o`zlarining darslik va monografiyalarida Tabibiy ijodiy merosi haqida qisqa-qisqa to`xtalgan bo`lsalar, F. /anixo`jayev A. Tabibiyning haYoti va ijodi yuzasidan nomzodlik dissertatsiyasini Yozib, himoya qildi va 1978 yilda «Tabibiy» nomi bilan naShr qildirdi.
Nima uchun Ahmad Tabibiy She`rlarini o`rganiShdan cho`chiganlar? U qanday oilada tarbiyalangan? Tabibiy qanday ijtimoiy muhitda voyaga yetgan? U mumtoz nazmning qaysi turlarida ijod qilgan? Siz uning She`rlaridan namuna o`qiganmisiz? Siz uning ijodi haqida qanday tuShunchadasiz?
Ahmad Tabibiy 1869 yilda Hiva Shaxrida tug`ildi. Shoirning otasi Ali Muhammad Xivadagi maShxur tabiblardan edi. Afg`onistonlik bu honim keyinchalik Xorazmga kelib turg`un bo`lib qolgan va Muhammad Rahimxon Feruzning qaynisi Otatoyto`ra xizmatida bo`lgan. Shu bilan birga u attorlik bilan ro`zg`or tebratgan. Shoirning ismi Ahmad Tabibiy uning adabiy tahalusidir. Ali Muhammad o`g`li Ahmadni YoShlikdan maktab va madrasada o`qitib, fors tilini o`rganadi. Ahmad o`zining g`ayrati tufayli tez orada savodli bo`lib yetiShadi. Otasiga Shogird tuShib tabiblik ilmida ham xabar topadi. U tib ilmiga juda qiziqqanidan zamonasining maShhur tabibi, Shoir BaYoniyning akasi YaxShimurodbek xuzurida uzoq vaqt iShlab, undan ilm o`rganadi.
Lafasiyning ta`rifiga, Ahmad past bo`yli ochiq yuzli, Shirin tilli, nozik tabiat, xuShmomila bir kiShi edi, ko`pincha Shoir Avaz bilan birga bo`lar edi. U Shaxmat o`yiniga g`oyat usta, bundan taShqari musiqa san`atini ham yaxShi egallagan. Shoirning zamondoShi Xodimning hikoya qiliShiga, agar u soz va tanburni qo`lga olib «navo» maqomini chalsa, kiShilarni maftun qilib qo`yar edi.
Ahmad adabiYot va san`atga mehr qo`yib, mumtoz adabiYotni, fors – tojik va ozarbayjon adabiYotining suhbatida, turli adabiy majlislarda iShtirok etib tez orada Shoirlikda ham Shuhrat topadi.
Xon Feruz Ahmadning bilimdonligini, She`riyatdagi mahoratini ko`rgach, uni saroyga taklif qiladi. Tabibiyning zamon Sharoiti bilan keliShmaslikka iloji Yo`q edi. U xon saroyida tabib bo`lib xizmat qilarkan, ijodiy iSh-Shoirlikni ham davom ettirgan. Tabibiy juda ko`p kiShilarga g`amho`rlik qiladi, Yordamini ayamaydi. U ayniqsa Avaz O`tar o`g`li bilan yaqin munosabatda bo`lib, unga ilm, ahloq va She`riyat bobida ko`p narsa o`rgatadi. Avaz ham uni ustoz deb biladi:
Ne g`am emdi, Avaz, nazm ilmida bo`lsang Tabibiydek,
Ki derlar, ko`rgan el nazmingni, ustozingga sallamno.
Tabibiy saroyda xizmat qilib xurmat qozongan bo`lsa-da, ortiqcha manfaat ko`rmagan. U do`kon ochib bemorlarga dori – darmon sotiSh bilan ro`zg`or tebratgan.
Tabibiy Arabiston, Eron, Afg`oniston va Xindistondan kelgan savdogarlar bilan ular tilida bemalol gaplaShar, ulardan dori -darmonlar bilan birga turli kitoblar sotib olardi. O`rta hol turmuSh kechirardi. Tabibiy umrining oxirlarida oddiy halq qatorida beorom haYot kechirganligi haqida Laffasiy tazkirasida o`qiymiz: «Ahmadjon Tabibiy Feruzning vafotidan keyin hech bironta fuzalo amaldor va sipohiylar bilan aloqa qilmadi. U o`pka kasalga chalinib natijada Shu kasal bilan qirq ikki YoShida 1910 yilda hasrat va nadomat bilan dunYodan o`tdi».
Tabibiy o`z davrining o`qimiShli, taraqqiyparvar kiShilaridan edi. Xorazmning tarixchisi BaYoniy «Shajarai XorazmShoxiy»sida Tabibiyni:
Tabibiykidur Shoiri muhtaram,
Naylay oning atvorin aylab raqam,
Maorifda bordir bag`oyat orif,
Majlisda dog`i harifu zarif,
Pur oyinadur so`zlari sarbasar,
Rumuz oni aksidadur jilvagar,
Surar nuqta lutfila ul nuqtadon,
Ko`rib so`zlarini dedim: «Al`amon!» — deya ta`riflaydi.
Ahmad Tabibiy YoShlik chog`idaYoq, o`z asarlari bilan xalq orasida tanilgan Shoir bo`lsa-da devon tuziShga jur`at etmagan. Uning Yozgan She`rlari parokanda holda edi. Kunlarning birida Feruz xon Tabibiyga o`z She`rlarini to`plab devon tuziShni buyuradi. Tabibiy o`zbekcha va tojikcha She`rlarini alohida-alohida devon holiga keltiradi. Shoir bu haqda o`zining «Munisul uShShoq» devoniga Yozgan «debocha»sidagi Yozganini o`qiymiz: «Bu faqir qo`lida jam` bo`lg`on kitobning soni beSh devondir. Alarning uchtasi turkiy va ikkitasi tojikchadur. Birinchisini adolatli Shohga hadya qiliSh sababidin «Tuxfatus-sulton» deb atadim, ikkinchi devong`a oShiqlar unsiyati sababidin «Munisul-uShShoq» nomi berildi. Uchinchisiga faqat iShq holatlaridin gapirilgani vajhidin «Mir`otul-iShq» deb nom -qo`ydim. To`rtinchi devong`a oShiqlar o`qib hayron bo`lsinlar deb, «Hayratul-oShiqin» deb nom qo`yildi. BeShinchisi bedillar iShtiYoqi jilvagohi bo`lg`oni sababidin «Mazxarul-iShtiYoq» deb ataldi» — deyiladi.
Tabibiyning butun adabiy merosi, Shoir umrining so`nggi yillari 1906-1910 yillar oralig`ida ko`chirilib chop etilgan. Bunga qadar Tabibiyning lirik asarlari o`Sha davrda tuzilgan baYozlarga kiritilgan. Ulardan 12 tasi hozirgacha saqlanmoqda. Bulardan taShqari faqat Tabibiy g`azallarini o`z ichiga olgan 8 ta to`plam bizgacha saqlangan.
Tabibiy devonlariga mumtoz lirikamizning g`azal, muxammas, musaddas, musammal, murabba, masnaviy, qasida, ruboiy kabi janrlari kiritilgan. Bundan ko`rinadiki, Shoir o`z saflari ijodidan yuzaga chiqqan va adabiy haYotda rasm bo`lib qolgan hamma janrlardan unumli foydalnib uni rivojlantirgan.
Tabibiy lirikasining asosiy mavzularidan biri iShq-muhabbatdir. Shoirning iShqiy She`rlari o`zining mazmundorligi, ohangdorligi, turli bo`Yoqlarga boyligi va Shaklining har tomonlama rang-barangligi bilan diqqatga sazovordir. Tabibiy lirikasining mazmunini Yorga haqiqiy muhabbat, unga cheksiz sadoqat, hijron bilan kuraShiSh,har qanday azob-uqubatlarga bardoSh berib, uning vasliga intiliSh, uning sevgisi bilan faxrlaniSh g`oyalari taShkil etadi. Tabibiyning iShqiy g`azallari orasida yurak harorati va to`lqini bilan iShqni, uning hayajonlarini, go`zallikni dildan xis qilib yaratilgan g`azallar talaygina.
Bog` aro to orazu zulfing namoYon aylading,
So`ldirib gulniyu sunbulni pariShon aylading,
Sarv ila ShamShod bottilar xijolat loyig`a,
Chun chamanda noz ila qadding xiromon aylading.
Jodu ko`z birla boqib girYon nigohi fitnasoz,
Nargisi bechorani mabxutu hayron aylading.
Ochibon mehri sahar yangliq binogo`Shingni ham,
Oqibatdin subhi ma`zulu urYon aylading.
Keltirilgan misoldan ko`rinadiki, Shoir bu g`azalda chiroyli bir epizod yaratgan. Bog` deganda kiShi ko`z oldiga ajoyib manzara keladi. Uning o`ziga xos go`zalligi bor: unda ko`m-ko`k daraxtlar, anvoyi gullar, zilol suvlar va bulbullar bo`liShi tabiiy. Lekin Shoir tasvirlaYotgan mahbub Shu qadar go`zalki, u boqqa kirgach, uning xusnu-latofati, odob-haYosini ko`rib ochilgan gullar xijolatga tuShadi, zulfiga yuzma-yuz kelgan sunbul aqldan ozadi, Yor qomatini ko`rgan sarv daraxtlari iztirobga tuShadilar. Yor o`tli ko`zlari atrofga Shunday ibo bilan qaraydiki, uni ko`rgan nargis bu fazilatlarga hayron qoladi.
Tabibiy lirikasida oShiqlar ko`pincha xursandchilikdan ko`ra o`z maqsadlariga – maShuqalariga yeta olmaslik xususida chuqur hayajon bilan hasrat qiladilar. Buning chuqur haYotiy ildizlari bor, albatta. Yuqoridagi fikrlarimizning tasdig`ini Shoirning mana bu murabbasida yaqqol his qilamiz.
Men kabi Yo`qdir jahonda bir asiru notovon,
Kim sarig` yuz uzra qon YoShim erur doim ravon,
Ko`rsa holim yig`lagusi begumon qizu juvon,
Xotirimda ul sanam iShqi g`ami ozoridur.
Tabibiy lirikasidagi bu kabi qalb nidolari uning faqat Shaxsiy tuyg`usigina emas, balki zamon, davr sadosining real aksi hamdir. Shoir inson sevgisini qadrlab uni Shu daraja ko`klarga ko`taradiki, uning davosini xatto Luqmon-tabobatning otasi bo`lgan Shaxs ham topa olmaydi:
Ilojin aylay olmassen, Tabibiy, iShq dardining
Tabobat fanni ilmi ichra gar Luqmoni davronsen.
Bunday She`rlar Tabibiyning go`zallik, muhabbat, vafodorlik kuychisi ekanligini, pok sevgining olijanob kechinmalarini samimiy kuylaganini ko`rsatadi.
Tabibiy lirikasida o`z davri ijtimoiy – siYosiy tuzumi, xalqning turmuShi qanday Yoritilgan?
Tabibiy devonlarida faqat iShqiy g`azallargina emas, balki ijtimoiy-falsafiy g`oyalarni ifoda etuvchi Shu`rlar ham ko`p uchraydi. Uning qator g`azal va ruboiylarida davr sadosi o`z ifodasini topgan. Ma`lumki, Tabibiy davrida xalq nihoyatda og`ir ahvolda yaShar, mahalliy feodallar tomonidan qattiq zug`um o`tkazilar edi. Bu masala Tabibiy va boShqa taraqqiyparvar Shoirlar ijodida aks etmay qolmadi, albatta. Tabibiy ham o`zining ana Shu noroziligini g`azallarida turli Yo`llar baYon qildi. U Shkoyatning asosiy mazmunini boShqa Shoirlar kabi falak, ba`zi bir johil amaldorlar, bevafo Yor va Shunga o`xShaSh narsalar bilan bog`ladi:
Olamga boqsang, hosili boShdin-oYoq kulfat erur,
Bir rohatining keynida behadu son mehnat erur.
Bir oShiqi kim lahzai topsa visoli dilbarin,
Doim hamul bechorag`a, so`ngra g`ami furqat erur.
Yo`qtur jahong`a e`timod uShbu jihatdin, ey ko`ngul,
Kim inqilob etmak anga davron aro odat erur.
Tabibiy o`zining zamon to`g`risidagi qaraShlarini dastlab sevgi haqidagi g`azallarida ifoda etadi. Shu o`rinda aytiSh kerakki, ayrim adabiYotShunoslarimiz yaqin o`tmiShimizgacha, g`azal janrida faqat intim tuyg`ulari kuylanadi, degan yangliSh fikrida edilar. /azal janring paydo bo`lgan dastlabki davrlari uchun bu fikr to`g`ri bo`lsa bo`lgandir, biroq g`azal janrining umumiy mazmunini to`g`ri ifodalaSh uchun xarakterli emas.
A.Mirzayev, A.Hayitmetov, /.Karimov singari olimlarimiz o`zlarining bu masalaga bag`iShlagan ilmiy iShlarida g`azal janrining barcha xususiyatlarini chuqur tahlil qiliSh asosida, g`azalda sevgi tuyg`ulari bilan bir qatorda juda muhim haYotiy masalalar, falsafiy muShohadalar ham o`z ifodasini topiShi mumkinligini qayd qilib o`tganlar. Ularning fikrlarini tasdiqlovchi misralarni Tabibiy g`azallaridan ham ko`plab uchratiSh mumkin. Bu yerda biz baxri, radifi, qofiyasi, o`zining butun Yo`naliShi bilan muhabbat masalalariga bag`iShlangan, intim lirika, bayt, misralarda qisqartma tariqasida aytiladigan muhim ijtimoiy masalalar – jamiyat, haYot, odob-ahloq to`g`risida baYon qilingan fikrlarga e`tiborni qaratmoqchimiz:
Mexri jamoli hajrida tun-kun chekib oxu fig`on,
Bo`lmiSh Tabibiy boShig`a bu dahr zindon o`zgacha.
Yoki
Ko`nglumki zulmingdin xarob bo`lg`on ajab koShonadur,
Bug`on oni ko`zungdagi ul g`amzai mastonadur.
Keltirilgan har ikki baytdan Shoirning o`z davri va ijtimoiy tuzumga nisbatan bo`lgan munosabati ko`rinib turibdi.
Shunday qilib, biz yuqorida ko`rib o`tgan misollarda Tabibiyning g`azallarida an`anaviy mavzular bilan birga haYotiy masalalar anchagina o`rinni egallaganini ko`rdik.
Ma`lumki, o`zbek adabiYotida muhammas janri juda keng tarqalib muhim rol o`ynagan. Muhammas asosan uch usulda yaratiladi.
Shoir to`g`ridan-to`g`ri har biri misradan iborat She`r-beShlik yaratadi. Bandlarning soni cheklanmaydi. Shoir o`zining biron-bir g`azalini qo`Shib muhammas yaratadi. Yoki Shoir xuddi Shu tarzda boShqa Shoirlarning g`azallariga muhammas bog`laydi. Muhammas yaratiShda avvalo Shoir o`zining didiga, fikr va tuyg`usiga yaqin bo`lgan g`azalga muhammas bog`laShga xarakat qiladi. Demak, muhammas bog`laSh oddiy iSh emas, balki Shoirning dunYoqaraShi, orzu-umidi bilan bevosita bog`langan bir hodisa hamdir. Har bir davrning ilg`or Shoirlari o`zlaridan oldin o`tgan taraqqiyparvar Shoirlarning g`azallariga muhammas bog`lab, uning ilg`or fikrlarini targ`ib qiliShga harakat qilganlar.
Muhammas bog`laSh ikkinchi tomondan, juda ham katta san`at, mahorat va bilim talab qiladigan ijoddir. Chunki muhammas bog`laYotgan Shoir g`azaldagi g`oya, maqsad va badiiy san`at namunalarini saqlamog`i Shart. Shuning uchun muhammas muShoira xarakteriga ham ega. Zotan Navoiy, Jomiy, Sa`diy kabi ulug` san`atkorlar g`azallaridagi fikr va g`oyalarni Shular darajasida ifodalaSh Yohud rivojlantiriSh uchun katta mahorat, kuchli bilam zarurkim, bunga har qanday ijodkor ham muSharraf bo`la olmaydi. Lekin Tabibiyning bu sohada bilimi, mahorati chakana emasligi ma`lum bo`ldi. Uning devonlaridagi muhammaslar jami 518 ta bo`lsa, Shundan yigirmadan ortig`rog`i Navoiy g`azallariga bog`langan muhammaslardir.
Tabibiy lirik merosida g`azallar bilan bir qatorda ruboiy, qit`a, tuyuqdan iborat to`rtliklar ham muhim o`rin tutadi. Har biri qisqa, lekin ma`lum syujetga, chuqur g`oyaviy mazmunga, yuksak badiiylikka ega bo`lgan asarlari bilan Shoir bu janrlarning ham taraqqiYotiga katta hissa qo`Shgan:
Siz bilan majlisda ichdik to qimiz,
Dahr aro uShShoq haylin toqimiz.
Vaslingiz mahsulimiz aylang yana,
Kim oning subhi maso muShtoqimiz.
Bu tuyuqda ketma-ket so`z o`yinlari bor. Birinchi misradagi to qomiz ichgunimizgacha, ikkinchi misradagi toqimiz-Yolg`izmiz, turtinchi misradagi «muShtoqlik» ma`nolarida ketmoqda.
Tabibiy devonlarida, Shuningdek qasida va masnaviylar ham anchagina. Ammo aksariyat qasidalari o`z davri adabiYoti uchun xarakterli bo`lgan xukmdorlarni maqtaShga qaratilgandir.
Tabibiy Ogahiy singari g`azallarning tuziliShiga, kompozitsiyasiga alohida e`tibor bergan. Uning g`azallari ko`p mavzuli emas. Shoir asosan bir mavzuni oladi va Shu mavzu bilan bog`liq fikr, tuyg`u, hisni real raviShda keng Yoritadi. /azaldagi har bir misra o`zaro uzviy bog`langan bo`lib, ular hodisa, his, tuyg`uning mantiqiy rivoji sifatida bir-birini to`ldirib boradi. Tabibiy o`z lirikasida aruzning juda ko`p va hilma-xil bahrlaridan foydalangan. Ayniqsa, unda hazaj, ramal va rajaz bahrlari ko`proq uchraydi.
Xazaji musammani solim
(Mafoyilun mafoyilun mafoyilun mafoyilun )
Falak zole ki andoq bor durur bir tur fa sayYora,
Ki har kim juft anga bo`lsa qilur, albat ta, avvora.
Ramali musammani maqsur.
Foilotun Foilotun Foilotun Foilotun
Ko`zlaring hij ron qorong`u Shomida be dor
Javir tig`i din Tabibiy dek diling af kor edi
Hazaji musaddasi mahsuf
(Mafoiylun mafoiylun faulun
Ul oydin to ki iShq ichra judomen,
Tuganmas dar du g`amga mub talomen.
Rajazi musammani matviyi mahbui
Muftailun mafoilun muftailun mafoilun
Garchi ul oy vafosi Yo`q, bo`lmasa bo`l masun netay
Yuz sitamu jafosi Yo`q bo`lmasa bul masun netay
Ma`lumki, vazn, qofiya, ham nazmda juda zarur va muhim omildir. Ular mazmunga kuchli ta`sir etib uni YoritiShga xizmat qiladi. Bu jihatdan qaraganimizda tabibiy She`rlaridagi qofiya bilan radif ham puxta va mohirona iShlagan, u misralarga uzviy raviShda bog`lanib ketadi.
IShqingda men devona,ey zebo sanam,zebo sanam,
Olam aro afsona, ey zebo sanam,zebo sanam,
IShqingda bo`lg`ach oShno huShi xiraddin bo`lmuSham,
Subhu maso begona, ey zebo sanam, zebo sanam.
Bu g`azalda «devona», «afsona», «begona» so`zlari qofiya, «zebo sanam» so`z birikmasi esa radifdir. Bu yerda ifoda vositasi sifatida har bir qofiyadagi ma`noni kuchaytiruvchi tovuShlar juda ustalik bilan berilgan.
Tabibiy lirikasida ko`plab adabiy-lafziy san`atlar qo`llanilganini ko`ramiz. Jumladan u takror san`atini ma`no kuchaytiriShga ham xizmat qildirgan:
Kimki olim birla suhbat tutsa ul
Porsdur, porsodur, porso.
Johilu nodong`a Yor o`lg`on kiShi,
Norasodur, norosodur, noroso.
Yoki:
Ey Tabibiy ko`r o`zing fazl ahlidin
Kamtarinu, kamtarinu, kamtarin.
Xullas, Tabibiy haYotsevar Shoir sifatida tabiat go`zalliklari, do`stlik, sevgi vasadoqatni ulug`laSh, ilm-ma`rifatni, targ`ib qilib, kelajakka iShonch ruhdagi g`oyalarni, etirof etiShi uning ijodini Muqimiy, Furqatlar ijodi bilan hamohang ekanligidan dalolatdir.
Muqimiy (1850-1903)
Muqimiy (taxallusi; asl ism-Sharifi Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li) (1850 — Qo‘qon —1903.25.5) — Shoir va mutafakkir. O‘zbek demokratik adabiYoti asoschilaridan. Otasi toShkentlik, onasi OyShabibi xo‘jandlik bo‘lib, Qo‘qonda yaShaganlar. Muqimiy boShlang‘ich ma’lumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxo‘jada She’riyatga havas uyg‘otgan.
Muqimiy Qo‘qondagi Nodira bino qildirgan «Moxlar oyim» madrasasida, so‘ng Buxoro madrasalaridan birida o‘qigan (1864—65; 1875—76). 1876 yilda Qo‘qonga qaytgach, yer quriliShi mahkamasida mirzalik qilgan. 70-yillar oxirlarida Qo‘qonga qaytgan va ijod bilan Shug‘ullangan. Otasi vafotidan so‘ng moddiy ahvoli og‘irlaShgach, «Hazrat» madrasasining kichik bir hujrasiga ko‘chib o‘tgan (1885), butun umri qaShShoklikda kechgan.
Bir necha bor ToShkentga saYohat qilgan (1887—88, 1892), ToShkentdagi yangiliklar bilan taniShgan. ToShkent madaniy va adabiy haYotini chuqur o‘rgangan. Almaiy, Nodim kabi ilg‘or ruhdagi ijodkorlar bilan aloqa bog‘lab, ijodiy hamkorlik qilgan.
Muqimiy yaShab ijod etgan davr adabiy haYoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman Shaklbozlik unsurlari, san’atpardozlik mayllariga beriliSh ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an’analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o‘rgandi, ular g‘azallariga muxammaslar bog‘ladi. Jomiyni o‘ziga ustoz bildi. O‘zbek, fors mumtoz Shoirlari an’analarini davom ettirdi. O‘zbek adabiYotida demokratik Yo‘naliShning vujudga keliShi va ShakllaniShi Muqimiy nomi bilan bog‘liq. U boShliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg‘or fikrli Shoirlar o‘zbek adabiYoti tarixida yangi sahifa ochdilar.
Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sug‘orilgan, haYotiylik uShbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. She’rlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kuraShlari taShkil etgan. Ularda do‘stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulug‘langan va bular orqali Shoir kiShilarda yaxShi xususiyatlarni tarbiyalaShga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, Shunday kunlar keliShiga iShongan («Kelur oxir seni ham Yo‘qlag‘udek bir zamon yaxShi» va b.). Hasrat, Shikoyat, norozilik motivlari mavjud bo‘lgan She’rlarida ham kelajakka iShonch, farovon haYot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.
Muqimiy dunYoqaraShi va intiliShlari bilan muhit o‘rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy Yo‘naliShni maydonga keltirgan. Bu uning hajviYotida ko‘proq aks etgan. HajviYoti mazmunan satira va yumorga bo‘linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib taShlangan («Tanobchilar» va b.). «Saylov», «Dar mazammati zamona» va boShqada o‘lkaga kirib kelaYotgan kapitalistik va g‘ayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari ko‘rsatilgan. Ba’zan, o‘Sha davrdagi hukmron qaraShlarga ergaShib, Dukchi eShon haqida ham hajviy asarlar Yozgan («Hajvi halifai Mingtepa»).
Ot, arava, loy, paShSha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda Shoir turmuShning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan («Devonamen», «Ko‘samen» «Hayron qildi loy», «PaShShalar», «Shikoyati bezak» va b.). BoShqa bir qator hajviyalarida jamiyat haYotidagi o‘zgariShlarga yangicha munosabat aks etgan («Ta’rifi pech», «Aroba qursin», «Loy» va b.).
Muqimiy o‘zbek adabiYotiga iShchilar mavzuini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi («Maskovchi boy ta’rifida», «Voqeai Viktor» va b.). Turli Shahar va qiShloqlarga qilgan saYohatlari taassurotlari asosida 4 qismli «SaYohatnoma» asarini Yozdi. Asar yengil, o‘ynoqi vaznda Yozilgan, 4 misrali bandlardan taShkil topgan. Unda xalq turmuShining og‘irligi, qiShloklarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxShilikni ma’qullab, go‘zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, Yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan. Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiYot namunasi hisoblanadi. 10 She’riy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. She’rlari qo‘lYozmalar, baYozlar, 20-asr boShlarida litografiyada naShr qilingan kitoblar, ToShkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.
Muqimiy ijodini o‘rganiSh, asarlarini to‘plaSh va naShr ettiriSh u haYot davridaYoq boShlangan. Dastlab Ostroumov «Devoni Muqimiy» to‘plamini (T., 1907) naShr qilgan, so‘ng 1910, 1912 yillarda «Devoni Muqimiy maa hajviYot» nomi bilan asarlari to‘plami bosilgan. Keyingi davrlarda G‘. G‘ulom, Oybek, H. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, G‘. Karimov, A. Hayitmetov va boShqalar Muqimiy ijodini tadqiq etganlar. She’rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qo‘qonda uy-muzeyi taShkil etilgan. Farg‘ona viloyatidagi Shaharcha, ToShkent ko‘chalaridan biri, O‘zbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla «Mavlono Muqimiy» romani va «Muqimiy» dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat g‘azallari aShulaga aylangan.
IShoqxon Ibrat (1862-1937)
IShoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li 1862 (xijriy 1279) yilda Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qiShlog‘ida tug‘ilgan. Uning‘ otasi sohibkor bog‘bonlardan bo‘lib, «Xodim» taxallusi bilan She’rlar Yozgan. Onasi Huribibi qiShloq qizlarini o‘qitgan. Ibrat dastlab qiShloq maktabida, so‘ngra onasi qo‘lida tahsil oldi.
1878-1886 yillarda Qo‘qondagi Muhammad Siddiq Tunqator madrasasida o‘qidi. Ibrat madrasani bitirg‘an yili o‘z qiShlog‘iga qaytadi va maktab ochadi, U o‘z maktabida savtiya (tovuSh) metodini tatbiq qilgan. Shoir o‘ziga «Ibrat» taxallusini tanlagan. 1887-92 yillarda Ibrat Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, Qobul, Jidda Shaharlarida, 1892-95 yillarda esa Bombey va Kalkutta Shaharlarida bo‘lib, arab, fors, ingliz, hind, urdu tillarini o‘rgangan.
U 1896 yilda Hindistondan Birma orqali Xitoyga, so‘ngra QaShqarga o‘tdi, QaShqardan o‘z vatani Namanganga qaytib ksldi. 1907-1918 yillarda yangi usuldagi maktablar taShkil etgan, o‘z qiShlog‘ida uning «Maktabai iShoqiya» nomli bosmaxonasi ham bo‘lgan. Sermahsul Shoir, Yozuvchi, musiqaShunos, pedagog IShoqxon Ibrat qatog‘on qurboni bo‘ldi.
U 1937 yil Andijon turmasida 2 oy Yotgandan so‘ng vafot etdi. Uning qabri qaerdaligi noma’lum. Adib o‘z asarlarida xalq ozodligi, Vatan mustaqilligi uchun kuraShganlarni va tarixiy voqealarni aks ettirdi. Masalan: «Tarixi Farg‘ona» asarida Shunday Yozadi: «Xo‘jand va O’ratepa va Dizzax qo‘ldan ketdi. Rusiya zabt etdi. Ming ikki yuz sakson beShinchi hijriyda (1866) Samarqand olindi. Andan Kattaqo‘rg‘on olindi. So‘ngra o‘rtada amir ila musolaha bo‘lub, islohot joriy bo‘ldi… ».
Asarlari: «Tarixi chopxona», «Madaniyat» haqida masnaviy, «Gazeta xususida», «Qalam», «Lug‘at sitta alsina» («Olti tilli lug‘at», 1907), «Jome’ ul-hutut» («Xatlar majmui», 1912), «Tarixi Farg‘ona» (1916), «Mezon uz-zamon» (1926), «San’ati Ibrat», «Ilmi Ibrat» va boShq.
Karimbek Kamiy (1865 – 1922)
Karimbek Kamiy — milliy uyg‘oniSh davri o‘zbek adabiYo-tining yirik vakillaridan biri. Shoir Amoniyning «Dar madhi janobi mavlono Kamiy ToShkandiy» She’rida Shunday misralarni o‘qiymiz:
Ayladi Farg‘onani bul dam musaxxar har so‘zi,
Balki Islombulni oldi qavli mavlono Kamiy.
Kamiy so‘zlarining Farg‘onaga yetib borganligiga Shubha Yo‘q. Uning She’rlari asr boShida boShqa bir xonlik hududida — Kogonda chop etilgan baYozlarda uchraydi. Xorazmlik Shoir IlYos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fining Kamiy g‘azaliga Yozgan muxammasi bor. Shoirning «Murabba’i dar ta’rifi maktab» She’ri 1906 yildaYoq Sankt-Peterburgda chiqadigan «Ulfat» gazetasida bosilgan. Bularning barchasi Kamiy She’rlari asrning dastlabki yillaridaYoq Turkiston chegarasidan chiqa boShlaganini ko‘rsatadi. Amoniy aytmoqchi, mavlono Kamiy so‘zlari «balki Islombulni oldi». Darhaqiqat, Shunday. 1918 yil Istanbulda chop etilgan M.F.Ko‘prulizodaning «Turk adabiYotida ilk mutasavviflar» kitobida Kamiy ijodidan namunalar uchraydi. Bu 10-yillarda Shoir She’rlarining Turkiyaga qadar yetib borganiga dalolat qiladi.
Ijodini o‘rganiSh tarixidan
Shoir Karimbek Kamiy ijodi o‘z davrida ham e’tiborsiz qolmadi. Unga She’riyatning pastu baland ko‘chalarida yurgan keksayu YoSh avlod o‘z munosabatini bildirdi. Shulardan biri Muqimiydir. Mavlono Muqimiy do‘stiga Yozgan maktublaridan birini «Birodari kiromiy mavlaviy Kamiy» deb boShlaydi. Bu yerda Muqimiyning Kamiyga munosabati, qolaversa, unga bergan bahosi o‘z aksini topgan. Kamiyning Shogirdlaridan biri Sidqiy Xondayliqiy o‘z ustozini «suxanvarliq iqlimida Shuhrabardoru oliyShon» deb ta’rif etadi. O’Shlik Shoir Amoniy esa Shoir tavsifiga alohida She’r bag‘iShladi. Unda Kamiyni «xuShfasohat iqlimiga Shoh», «lisonul-g‘ayb» deya vasf etdi. Uning Shoirlik fitratida «fayzi ilohiydan asar» ko‘rdi.
Lekin Shoir ijodiga munosabat bir xilda bo‘lib qolmadi. Anbar Otin, Ibrohim Davronlarning Kamiy ijodiga nisbatan tanqidiy fikrlari ham borki, bu — ular orasidagi adabiy-estetik va falsafiy qaraShlarining turli xilligi bilan izohlanadi.
Shoir vafotidan keyin uning ijodi va Shaxsiga baho beriSh Sho‘ro adabiYotShunosligi zimmasiga tuShdi. G’ayri milliy mafkuraga asoslangan mazkur adabiYotShunoslik ilmi ba’zi hollarda Shoirni «Vatan xoini», «xalq duShmani», «millatchi jadid», «kontrrevolyudion» Shoir sifatida baholab keldi. Natijada Kamiy ijodi o‘nlab yillar xalq nigohi va tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib ketdi. Lekin XIX asr oxiri XX asr boShlari o‘zbek adabiYo-ti, mazkur davr ma’rifatparvarligi va ayniqsa, ToShkent adabiy muhiti haqida so‘z ketganda Kamiy ijodi va uning nomini chetlab o‘tiShning iloji Yo‘q edi. Shu bois Sho‘ro mafkurasi davrida ham ba’zi xolis adabiYotShunoslarimiz uning Shaxsini oqlab, ijodini Yoqlab chiqiShga harakat qildilar. AdabiYotShunos M.B.Solihov Shoirning «Soldi beilmliq xatolarg‘a» deb boShlanadigan muxammasini «Jadidizmning go‘zal adabiYoti»ga kiritdi va o‘z kitobidan (O’zbek adabiYotida millatchilik ko‘riniShlari. T., 1932, 14-bet) joy berdi. 1950 yili Moskvada «Antologiya uzbekskoy poezii» majmuasi bosmadan chiqdi. Majmuada Kamiy haqida muxtasar ma’lumotnoma va S.Someva tarjimasida Shoirning «Murabba’i dar ta’rifi maktab» She’ri kiritildi. Ma’lumotnomada «Kamiy O’zbekistonda ilg‘or fikrning namoyandalaridan biri» deyiladi. 1960 yil bosmadan chiqqan «O’zbek adabiYoti» majmuasida (4-jild 1-kitob) Kamiy ijodidan ba’zi namunalar berildi. 70-yillardan boShlab G’.Karimov, B.Qosimov, A.Jalolov, M.Hamidova, M.Zokirovlarning maqola va tadqiqotlarida Kamiy Shaxsi va uning ijodiga mo‘‘tadil YondoShiSh boShlandi. 90-yillarga kelib Shoir ijodini maxsus tadqiq etiShga kiriShildi. Vaqtli matbuot sahifalarida uning haYot va ijod Yo‘liga oid maqolalar, adabiy merosidan ba’zi namunalar chop etila boShladi. Nihoyat, 1998 yili Kamiyning 4500 misraga yaqin She’rlar majmuasi «Dilni obod aylangiz…» nomi bilan naShr etildi. Bu bilan Shoir ijodini xalqqa tanitiSh, ilmiy muomalaga olib kiriSh va adabiYotdagi o‘rnini belgilaSh imkoni yaratildi.
Kamiy ijodi Milliy uyg‘oniSh davri o‘zbek adabiYotining ajralmas bir qismi ekanligiga XX asrda tuzilgan Mo‘minjon ToShqinning «ToShkent Shoirlari» (1948), Po‘latjon Qayyumiyning «Tazkirai Qayyumiy» (60-yillar) tazkiralari ham guvohlik beradi. Bularning har ikkalasida ham Kamiy ijodiga to‘xtab o‘tilgan. Ayniqsa, M.ToShqin tazkirasi Shoir haYoti va ijodini o‘rganiShda asosiy manba bo‘lib turibdi.
Tarjimai holi Karimbek Kamiy 1865 yili ToShkent Shahrida, choponfuruSh savdogarlar oilasida dunYoga keldi. Otasi Sharifbek zamonasining savdogar boylaridan bo‘liShi barobarida, ilmu ma’rifatga xayrixoh, adabiYotga ixlosmand kiShilardan edi. Oilada bo‘lajak Shoirning o‘qiShiga alohida e’tibor berildi. BoShlang‘ich ta’limni Mozorxon mahallalik Mansurxon domladan oldi. Maktab o‘quv dasturi doirasida Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, So‘fi OlloYor She’riyati bilan ta-niShdi. Bu — YoSh, qiziquvchan Karimbek ko‘ngliga She’r iShqini soldi. BoShlang‘ich maktabni tugatgach, «Beklarbegi» madrasasiga o‘tib o‘qiShni davom ettirdi. Shu madrasaning maShhur mudarrisi Shomahmud Oxundda «xatmi kutub» qildi. Kamiy talabalikdan keyin ham Shu madrasa hujralarida qolib, faqirona haYot kechirdi. Oila ham qurmadi. Shoirning:
To‘lmasinmu hasratu g‘amg‘a ichu toShim mening,
TaShlabon ketsa pari ruxsor Yo‘ldoShim mening.
Ko‘z tutardim bir kuni qilg‘ay vafo deb, ohkim,
Bevafolig‘ zohir etti ul qalam qoShim mening,—
baytlari va yana bir necha g‘azallari uning so‘qqaboSh haYoti sabablarini ma’lum darajada izohlaydi.
90-yillarga kelib Kamiy ustoz Shoirlar qatoridan o‘rin oldi. Endi uning hujrasi zamonasining katta Shoirlari va She’r ix-losmandlarining markaziga aylandi. Bu yerda ko‘ngilochar adabiy suhbatlar qurildi, yangi ijodiy kuch baxSh etuvchi She’rxonliklar taShkil etildi. Chunonchi, Kamiyning:
Eduk afsurdatab’u tiyraxotir necha muddatdin,
Ko‘ngil bo‘ldi munavvar, chaShmimiz ravShan bu suhbatdin.
Ochildi g‘unchai maqsud, ko‘kardi sabzai ummid,
Bahori suhbat, arbobi fazlu ahli fitnatdin,-
baytlarini o‘z ichiga olgan g‘azali mana Shunday fayzoso suhbatlardan biri haqida bo‘lgan edi.
Shoirning ba’zi bir She’rlari va ayrim manbalar uning 1899 yili Chimkent, 1911 yili Andijon va Qo‘qon, 1912 yilda esa Chimkent, Sayram, AvliYoota safarlarida bo‘lganligidan dalolat beradi.
Shoir Kamiy 1922 yilning Yozida 57 YoShida vafot etdi.
Ijodi va hayoti
Kamiy sermahsul mumtoz She’riyatimizning g‘azal, murabba’, muxammas, musaddas, ruboiy, qit’a, fard kabi janrlarida qalam tebratdi. Ijtimoiy-falsafiy ruhaagi manzumalar Yozdi. Adabiy-ijtimoiy haYotdagi eng muhim voqealar sanasini o‘zida darj etgan ta’rixlar yaratdi. Shoirdan 6000 misraga yaqinroq adabiy meros qolgan.
Kamiy She’riyati Shaklan va mazmunan xilma-xil. Shoirning jo‘Shqin iShqiy g‘azallari, zaharxanda va dadil ijtimoiy manzu-malari, millat kelajagiga kuyunib, uning farzandlarini ilm-ma’rifatga da’vat etgan She’rlari o‘z davrida katta mavqega ega bo‘lgan.
Kamiy o‘z ijodining dastlabki bosqichidaYoq o‘ziga xos badiiy tafakkur tarziga va o‘z adabiy estetik qaraShlariga ega ijodkor ekanligini ko‘rsata olgan. Shoirning 1894 yilgi baYozidan o‘rin olgan:
O’qing aSh’ori bikru fikrni aylang tasarrufkim,
Atorud taShlasun qo‘ldin qalamni ko‘kda hayratdin,-
misralari mana Shunday fikrga keliShimizga asos bo‘la oladi. U o‘z zamondoSh Shoirlari oldiga fikrni o‘zgartiradigan, qotib qolgan tafakkurlarni isloh qiladigan mutlaqo yangi — bokira bir She’r YoziSh talabini qo‘yadi.
Kamiyning ijodiy merosi, avvalo, o‘z baYozlari va Shaxsiy arxividagi qo‘lYozma varaqalar Shaklida bizgacha yetib kelgan. Qolaversa, keyinchalik tuzilgan qo‘lYozma va toShbosma baYozlar hamda o‘z davrida chiqqan ba’zi gazeta va jurnallar ham Shoir adabiy merosining asosiy manbalaridan bo‘lib hisoblanadi.
IShqiy lirikasi
Kamiy ijodiYotining asosiy qismini iShqiy lirika taShkil qiladi. Xo‘Sh, Shoir lug‘atida iShq nima? Buni biz:
IShqdir olamda bir rohatfizoy komil asar,
Mabdayi ayni siriShku mazhari ohi Sharar,-
misralaridan anglab olgandek bo‘lamiz. Uning nazdida iShq barchani hayratga soluvchi bir «komil asar». Ko‘z YoShining manbai ham u, o‘tli ohning mazhari ham u. Aynan mana Shu yerda azaliy va abadiy iShqning tabiati ochilganday. Shunday iShq egasi bo‘lmagan inson — inson emas. Shuning uchun ham Kamiy:
Dilekim, onda Yo‘qdur otaShi iShq
Ki, andin Sham’ ila parvona yaxShi,-
deydi. Tabiiy, iShq har bir oShiq qalbida bir bor yangilanadi. Unda yangicha kechinmalar uyg‘otadi, ohorli tuyg‘ular tug‘diradi.
Bunga o‘Sha oShiqning ma’Shuqasi, uning fe’l-atvori, o‘ziga xosliklari sabab bo‘ladi. Kamiyning ham She’riyatda o‘z iShqiy olami va o‘z ma’Shuqasi bor. Bu Yor ham o‘ziga xos suvratu siyratga ega. U husnu malohatda Shunday go‘zalki, naqqoSh Moniy ko‘rgan zamon hayratdan qotib, chizib turgan suvratini ham chizolmay qoladi. Bu Yorning ruxsori olamni Yoritadi. Hatto «ul zeb bul mohi tobonlarda Yo‘q». Bu husn Shunday tarovatga egaki, undan o‘zi mast qiliSh xususiyatiga ega bo‘lgan Sharob mast emiSh: «Mast ermiSh Sharob husningdin». Uning jamoliga bir marta Oy bilan QuYoSh qarShi kelgan edi, ko‘ring oqibatini: «Birin ruxsori dog‘ o‘ldi, birin sorg‘ordi siymosi».
Kamiy bir masnaviysida suyukli Yor qiYofasini Shunday chizadi:
Ey, g‘amzasi ofati zamona,
Husn ichra jahonaro yagona.
Ey, qomati raShki sarvu ShamShod,
Ey, kiprigi tig‘u chaShmi jallod.
Ey, yuzlari mohu mehri anvar,
Ey, xatlaru zulfi muShku anbar.
Ey, lablari ayni obi hayvon,
Ey, so‘zlari rohati dilu jon.
E’tibor bering, bu She’riy parchada Yorning husni, qomati, kiprigi, xattu zulfi, lablaridan keyin gap uning Shirin tilligiga, so‘zining «rohati dilu jon»ligiga ko‘chyapti. Til — kiShining ma’naviyatiga aloqador. Darhaqiqat, Kamiy She’rlarida Yorning nafaqat zohiriy suvrati, balki uning ma’naviy qiYofasi ham o‘z aksini topgan. U g‘azallaridan birida Yor tabiatining nozikligi, go‘zal axloqi, ko‘nglining ravShanligi, boodobu bohaYoligini Shunday ta’riflaydi:
Nozanin xo‘yu neku axloq, ey ravShan zamir,
Sharmu odobu haYo bobida Yo‘q senga nazir.
Kamiy iShqiy She’rlarining aksari mana Shunday Yorning ta’rifu tavsifiga bag‘iShlangan. Shoir bu Yorning vasliga muShtoq, lekin «baloyi firoqi»ga mubtalo. U hajr Shomi o‘tib, vasl tongi otiShini istaydi, biroq orzulari armonga aylana boradi.
Xullas, Kamiyning iShqiy She’riyati, nafaqat sevimli Yorning suvratu siyrati, balki hijronzada Shoir qalbining so‘ngsiz iztiroblari, hasratu alamlarining ham badiiy in’ikosidir. Ayni paytda bu She’riyat o‘z ijodkorining nozik ta’b, hissiYotga to‘la Shoirona qalb egasi ekanligiga ham guvohlik beradi.
Ma’rifatparvarligi
Kamiyning ma’rifatparvarlik She’riyati gimnaziyani taniShtiruvchi She’rlari bilan boShlandi. Bu jihatdan u Furqat maktabining davomchisiga aylangan edi. Lekin, Shoir ijodida keyinchalik uslubiy o‘zgariShlar yuz berdi. U, asosan, milliy madrasalarimizning tolibi ilmlarini ilmga chaqiruvchi da’vatkorona ruh oldi. Kamiyning «Dar ta’rifi tavsifi ilm…», «AYo, ey, mulla Foziljon qori», «Har makonda bo‘lsang, ey xonim, farog‘at birla bo‘l» She’rlari mana Shular jumlasidandir. Shoir mazkur She’rlarida ilmni tar-g‘ib qilar ekan, unga ikki dunYo saodatining kaliti deb qaradi:
Obro‘yi dinu dunYo ilmdur, beShakku rayb,
Kasbi ilm et, ikki dunYoda saodat birla bo‘l.
Kamiy nazarida insonni e’tiborli qiladigan ham, uni bax-tu iqbolga, molu davlatga yetiShtiradigan ham ilm. Uningcha in-son molu dunYo, naslu nasabiga qarab emas, aynan ilmu odobiga qarab aziz va Sharafli sanaladi:
Azizlik sonmangiz molu nasabdur,
Sharaf hosil etan ilmu adabdur.
Shoir «Dar ta’rifu tavsifi ilm» She’rini «Toliboni ilma dasturul-amal» deb atagan edi.
Darhaqiqat, Kamiyning bu davr ma’rifatparvarlik She’riyati ilm toliblari uchun o‘ziga xos dastur xarakteriga ega. Masalan, Shoir millat farzandlarini ilmga da’vat qilarkan, Shuning barobarida fazlga, adabga, haYoga ham chaqiradi. Bir ilm tolibini vasf etganda, uning nafaqat ilmini, balki fazlini ham ibrat qilib ko‘rsatadi («Fazlu doniSh ichra yaktoi zamon Abdulg‘ani»). Agar ulardan birini duo qiladigan bo‘lsa:
Kamolu fazlu ilmingni ziYoda,
Bazudi aylasun Xalloqi Boriy, —
deya Yaratgandan unga ilmgina emas, fazlu kamol ham so‘raydi. Shoir nazarida maktab ilm bilan birgalikda «haYovu adab»ning ham koni. U fayz chaShmasi, fazl maskani… Bir so‘z bilan aytganda «favki har Shay», ya’ni, har narsadan ustun:
Maktabki, koni ilmu haYovu adab erur,
Maktabki, fayz chaShmasiyu fazli Rab erur.
Maktabki, obro‘yu kamola sabab erur,
Maktabki, favqi har Shayyu kulli nasab erur.
Shuningdek, Kamiy ma’rifatparvarlik She’riyati ilm toliblariga ilmni xolislik va pok niyat bilan o‘rganiShni tavsiya qiladi:
Bo‘lib pokizavu ham pok niyat,
HamiSha jahd qilg‘il ilm sari.
Albatta, Shoir ilmga da’vat qilarkan, amalni ham Yoddan chi-qarmadi. U talabalarga qarata: Boamal bo‘l, boadab bo‘l, behiyal,— deya ta’lim berdi. Zero, amalsiz ilm insonni ziYonu zahmatlarga olib boriShi tayin.
Kamiyning ma’rifiy qaraShlari bo‘yicha ilm o‘rganiSh erkaklar singari aYollarga ham Shart. Hatto bu Ollohning farzi ekanligini Shoir alohida ta’kidlaydi. Bu haqdagi maShhur hadisga iShora qiladi:
Mardu zang‘a ilm farz o‘lg‘onlig‘i,
Barchaga maShhur bu Shirin masal.
10-yillarga kelib Kamiy ma’rifatparvarligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Endi uning da’vati ilm toliblariga emas, millatga qaratildi. Uni milliy uyg‘oniShga, taraqqiYotga chorladi, kamchiliklaridan, nuqsonlaridan so‘z ochdi:
Qilmag‘ay ilm sari kimsa nazar,
Xalq behuda kasba mayl aylar.
Qolmadi hech qadri ilmu hunar,
Ko‘rdi beilm qavm necha zarar.
Dilki, millat g‘amidin qon o‘ldi,
Doimo sudimiz ziYon o‘ldi.
Nainki birgina foydaning ziYonga aylaniShi, balki millatning Yo‘ldan ozganligi, balolar girdobida bir xas singari qolib ketganligi, hatto birovlarga qaram bo‘lib, butun mol-mulki qo‘ldan ketganligi ham, Shoir nazdida, ilmsizlik oqibati edi:
Ilmsizlik chiqordi tuz Yo‘ldin,
Oldi qoplab balo o‘ngu so‘ldin,
Bizda na qoldi sarvatu puldin,
Ketdi mol ila mulkimiz qo‘ldin
G’arbiylar, ya’ni O’vrupolarg‘a.
Davr Shiddatkor hodisalarga boy edi. Fevral voqealari yuz berdi. Chor hukumati ag‘darildi. Millat boShidan «jahannamiy zulumot» chekindi, «subhi najot» tobora yaqinroq ko‘rina boShladi. Mana Shunday bir vaziyatda ham Kamiy ma’rifatga sodiq qoldi.
Millat uchun, Vatan uchun najotni ilmda ko‘rdi, maorifda deb bildi:
Najot istasang ilmu maorifa YopiSh,
HamiSha ilmni tahsil ayla-Yozu qiSh —
Senga ulumu maorif kerak, na zar, na kumuSh,
Bu so‘zni tingla, pandi tamomi mazhabi kiSh.
Chekildi ufqi Vatandin jahannamiy zulumot,
UYon Vatan, uYon, ortiq ko‘rindi subhi najot.
Kamiy haYotining so‘nggi yillariga qadar ma’rifatga chorlovchi She’rlar Yozdi, maktab-maorif iShlariga faol qatnaShdi. Hatto kutubxonalar taShkil qiliSh va maktablar ochiShda zo‘r faoliyat ko‘rsatganligi haqida ma’lumotlar bor.
Ijtimoiy She’riyati
Kamiy She’rlarida charxning «raviShi kaj» ligidan to zolim podShohning zulmigacha, ochlik yillarining «suubatu alami»dan Fevralning su-rurigacha, Oktyabrning «ranju zulmi»dan boShlab Turkiston muxtoriyatini qonga botirgan bolSheviklarning «fe’li bad»igacha o‘z ifodasini topgan.
Shoirning mana Shunday She’rlaridan biri «Alhazar, ey Shohi zolim, alhazar» deb boShlanadigan muxammasidir. Muxammas 25 misradan iborat bo‘lib, zolim Shohni zulmdan saqlaniShga chaqiruvchi quyidagi misralar bilan boShlanadi:
Alhazar, ey Shohi zolim, alhazar,
Rahm qun bar holi mazlumon nagar,
In suxan xuSh guft on neku sar:
Oh ursa piru zan vaqti sahar,
Bo‘lg‘ay andin yuz tuman zeru zabar.
Xoh farmoningda bo‘lsun bahru bar,
Xoh bo‘lsun sanda jam’i molu zar,
Bas, keraqdur zulmdin qilmoq hazar,
Oh ursa piru zan vaqti sahar,
Bo‘lg‘ay andin yuz tuman zeru zabar.
She’r mana Shunday ruhda davom etadi. «Shohi zolim»ni «no-tavonlar holidan xabar» oliShga chaqiradi, «aftodalar»ning «Haq janobig‘a niYoz aylab» oh uriShlaridan, oqibatda esa butun molu davlati «zeru zabar» (ostin-ustin) bo‘liShidan ogoh etadi. Xuddi Shu paytlar mazlum Turkiston bir zolim podShoh -Aleksandr III ning zulmidan qon yutmoqda edi. Asrlar davomida o‘ziga bek bo‘lib yaShagan va ajdodlarining qaynoq qonlari tomirlarida jo‘Sh urgan bu yurtning farzandlari hali-hali mustamlakachilikning haqoratomuz siYosatiga ko‘nikolmay kelaYotgan edi. Shundan har joy-har joyda, tez-tez zulmga qarShi qo‘zg‘olonlar ko‘tarilib turdi. Ularning eng dahShatlilaridan biri 1892 yili Kamiyning ko‘z oldida yuz berdi. «Vabo qo‘zg‘oloni», «ToShotar voqeasi» nomlari bilan tarixga kirgan bu ToShkent qo‘zg‘olonida yuzlab mahalliy xalqning qoni to‘kildi, o‘nlab Yo‘lboShchilarning boShi ketdi. Kamiyning mazkur muxammasi mana Shu qirg‘indan keyin jabrdiyda xalqning Aleksandr III ga, mustamlakachilik siYosatiga nafrati o‘laroq dunYoga kelgan edi.
1895 yili Rusiya imperatori vafot etdi. Shu munosabat bilan «Turkiston viloyatining gazeti»da Kamiy qalamiga mansub ta’rix-marsiya chop etiladi. Sho‘ro adabiYotShunosligi uzoq yillar Shoirni «oq podShoning maddohi» deb qoralab keldi. Lekin marsiya mazmuniga e’tibor bersak, bu da’voga butunlay teskari holatning guvohi bo‘lamiz. Keling, matnga diqqatni qarataylik:
Taammul birla boqsoq, darhaqiqat,
Qani Iskandaru Doro bila Jam?
Qani Kayxisravu Kaykovus, Bahman,
Qani AfrosiYobu Zolu Rustam?
Qani Bahrom — haft iqlimni olg‘on,
Qani Qaysar, qani Fag‘furi Chin ham?
Qani Xisrav, qani Parvizu Hurmuz,
Qani No‘Shiravoni odil, mukarram?
Kelib har birlari navbat-banavbat,
Muaxxar ketti, ba’zisi muqaddam.
Bilurmusiz qaYon bordi bu bari,
Bo‘ling ogoh, ey avlodi Odam.
Ajal soqiysidin no‘Sh ayladilar,
Fanoning Sharbatin bari, ba hardam.
Jahonni sar-basar tasxir aylab,
Aleksandr Aleksandruvich ham.
Demak, Kamiy aytmoqchi, tarihda dunYoni so‘raganlar ko‘p edi. Ularning bari ketdi. Qay biri oddin, qay biri keyin, baribir, «ajal soqiysi»ning Sharbatidan «no‘Sh ayladilar». Xuddi Shuningdek, «Aleksandr Aleksandruvich ham». Demak, bu bevafo dunYodan ketiShga barcha mahkum. Kamiy aytmoqchi: «Bale, hali hama Shundog‘ bo‘lg‘ay, Agar Shohu va gar bo‘lg‘ay gado ham». Unda Shohlikdan nima ma’ni? Butun dunYoni zabt etsa-yu, bu dunYodagi barcha «molu dirham»larni to‘plab, ularning manfaati tegmaydigan boShqa bir dunYoga ketaversa. Undan nima qoladi? Kamiy bunga: «Valekin qolg‘usi bir nomi neku», — deydi. Demak, faqat yaxShi nomgina qoliShi mumkin. Shoir buning isboti sifatida: «Guvohi odil ermasmu bu so‘zga, Biri No‘Shiravonu biri Hotam», — deb No‘Shiravonning odilligi-yu, Hotamning saxovatpeShaligini ibrat qilib ko‘rsatadi:
Kerak erkan tariqi adl tutmak,
Olib ibrat karamla, Shohi olam.
Shoir «kerak erkan» deb poetik sintaksisda o‘tgan zamon for-masini tanladi. Chunki buni dunYodan o‘tgan Aleksandrga aytaYotgan edi. Kamiy davom ettirib:
Qayu Shoh bu sifatga muttasif Yo‘q,
EShitgay to qiYomat ta’n ila zam,-
deydi. Darhaqiqat, qaysi Shoh odillik sifati bilan sifatlanmagan bo‘lsa, u qiYomatga qadar ta’nayu daShnomga qoladi. Umuman Shunday. Lekin, bu Aleksandr III ga qarata aytilayapti. Ustiga-ustak bu marsiya Sharq She’riyatining poetik usullaridan ancha-muncha xabardor bo‘lgan N.Ostroumovning farmoyiShiga ko‘ra, uning gazetasi uchun Yozilgan. Mana Shunday bir holatda Kamiyning o‘ris podShosining zolimligiyu, uning adolatsizligini bundanda oShkorroq suratda aytiShi muShkul edi.
Kamiyning yuqorida to‘xtalganimiz bir podShoh haqidagi ikki She’ri qay vaziyatda va qay uslubda YoziliShidan qat’i nazar Turkiston xalqi ustiga Yog‘dirgan zulmu bedodliklarini oShkor etadi.
Kamiy ijtimoiy She’riyatining bir qismi zamona va ahli zamonadan Shikoyat tarzida Yozilgan. Shoirning «Muqarrar har kiming bo‘lsa kamoli», «Al-amon…», «Yo rab, zamona xalqi…», «YaxShi», «Ey sabo, kel…», «Bir mayxo‘r yigit xususida» kabi She’rlari mana Shunday asarlar sirasiga kiradi. 10-yillarga kelib Kamiyning bunday xarakterdagi She’rlari milliy-ma’rifiy ruh bilan uyg‘unlaShib, Shoir ijodida millatparvarlik She’riyatining yuzaga keliShiga sabab bo‘ldi. Uning «Ahvoli zamona» She’ri Shular jumlasidan:
Ming asaf, bir ajib zamon o‘ldi,
YaxShi kim ersa, ul yamon o‘ldi.
Ba’zi el tolibi zanon o‘ldi,
Ba’zisi moyili javon o‘ldi.
Dilki, millat g‘amidin qon o‘ldi,
Dardu hasrat nasibi jon o‘ldi.
1916 yili ocharchilik boShlandi. Bu haqda Zavqiy «Payambar bo‘lsa non, oSh avliYodur», — degan edi. Kamiy bu davrdagi xalqning ahvolini Shunday tasvirlaydi:
Ochlik suubatu alami cho‘q yamon erur,
Bir luqma hasratida yuz ohu fig‘on erur,
Bir non alarning nazdida go‘Yoki jon erur…
Darhaqiqat, 1916-1919 yillar Yomon keldi. Ochlik va kasallikdan xalq qirila boShladi. «Biz hozir Shunday vaqtga yetib keldikki, — deb Yozgan edi o‘Sha yillari Turor Risqulov, — har kuni o‘n minglab kiShilar qirilib ketmoqda va Shunday payt keliShi mumkinki, butun bir millat Yo‘q bo‘lib ketadi». Bunday ochlik dahShati Kamiy qalbini larzaga soldi. U zamona boylariga murojaat qilib, xalqqa madad beriShga chaqirdi.
Alg‘ov-dalg‘ovli 17 yil ham kirib keldi. Shu yilning 17 fevralida chor hukumati ag‘darildi. Ikkinchi martda Muvaqqat hukumat tuzildi. Turkiston ziYolilari bu inqilobni xursandchilik bilan kutib oldilar. Vaktli hukumat bizga hurriyat beradi, deb qat’iy umid qildilar. Shulardan biri Kamiy edi. U «Najot» gazetasida inqilobni olqiShlab, Shunday satrlarni Yozdi:
Tulu’ aylab bu kun bo‘rk Sharqdin oftoboso,
Munavvar ayladi olam, bo‘lay qurboni hurriyat.
TaShakkurlar qilib tabrik aylang, ey musulmonlar,
NaShast etti adolat taxtiga xoqoni hurriyat…
Biroq yuz bergan Oktyabr voqealari va uning oqibatlari Shoirni qattiq tuShkunlikka soldi. Buning misoli sifatida uning «Shikoyatnomai Kamiy az inqilobi zamona va ahli za-mona» She’rini keltiriSh mumkin. Shoir saboga murojaat etib, Shunday Yozadi:
Yetti de: ham zamon, zamon ahlidin
Anga ko‘b ranju zulm birla malol.
Chunki bu iShi zamona, ham xalqi
Munqalib, inqilobi hol-behol.
Inqilobi zamona ermasmu,
Qildi oliyni pastlar poymol.
Yo xaloyiq Yo‘qotti maslahatin,
Bo‘ldi mundog‘ buzuq hama aqvol.
NarkuShu modaparvar o‘lmiSh xalq,
Bu nechuk Shug‘lu bu nechuk af’ol?!
Fevral inqilobidan keyin yerli ziYolilar Turkistonning istiqloli uchun harakatda bo‘ldilar. Matbuot orqali o‘z fikrlarini xalqqa yetkazdilar va Shu maslaku maslahat atrofida birika boShladilar. Shoirning «Yo xaloyiq Yo‘qotti maslahatin» misrasi mana Shunga iShora qiladi. Ularning sa’y-harakati va fidoyiligi bois 1917 yilning yigirma beShinchi noyabrida Qo‘qonda Turkistonning mustaqilligi haqida rezolyudiya qabul qilindi. 28 noyabrda bo‘lajak davlat tuzilmasining nomi «Turkiston muxtoriyati» deb belgilandi. Lekin, afsuski, bu muxtoriyat 81 kun umr ko‘rdi, xolos. Chor hukumati yiqitilgan bo‘lsa-da, endi bolSheviklik niqobini kiygan rus Shovinizmi yerli xalqlarning mustaqilligiga tiShtirnog‘i bilan qarShi turdi. Turkiston muxtoriyatining markazi xisoblangan Qo‘qon 19 fevral kuni ular tomonidan vayronaga aylantirildi. Turkiston O’lka harbiy komissari Perfilev barcha zambaraklardan Qo‘qon aholisi ustiga o‘t ochiShni, bu ham yetmagandek, Yondiruvchi snaryadlardan foydalaniShni buyurdi. Shahar uch kun Yong‘in ichida qoldi, yerli aholidan o‘n ming kiShi halok bo‘ldi. Bu haqda Kamiy «Xo‘qand foje’asina» bag‘iShlangan «Afsusnoma» She’rida Shunday Yozadi:
Voy, yuz voyki, Farg‘ona xarob o‘ldi, darig‘,
Zulm o‘qi birla bu kun gardi turob o‘ldi, darig‘,
Bu musibatdin ulus chaShmi purob o‘ldi, darig‘,
Ham bari katta-kichik bag‘ri kabob o‘ldi, darig‘,
Shahri obod erdi, chun daShti sarob o‘ldi, darig‘.
She’rning ilk bandidanoq misralar taassufu dard ila Yozilganini payqaSh qiyin emas. Kamiy bir o‘rinda Farg‘ona xalqi «Sulh debon necha zamon rus elig‘a ko‘z tutti», — deydi. Lekin, ming afsuski, mazlum xalqning yana addaniShi ma’lum bo‘ldi. Sulh o‘rniga ular ustiga qahru g‘azab Yog‘ildi. Kamiy nadomat bilan buni «BolShiviklardin alar uzra itob o‘ldi, darig‘» Shaklida ifodalaydi. Shahar vayron qilindi, xalq qirib taShlandi, nomusi poymol etildi. Biroq, Shunda ham bolSheviklarning ko‘ngli taskin topmaydi. Mazlumlar mol-mulkini talon-toroj qiladilar. Otning o‘limi itningbayramiga aylanadi. Ularning bu qiYofasi Shoirning «BolSheviklarning zulmimu, fe’li badi, Zaru am-vollarin qo‘ymadi, mundog‘ taladi, Bo‘lmayin qolmadi toroj gilemu namadi» misralarida yanada ravShanroq namoYon bo‘ladi.
Xullas, Kamiy ijtimoiy mavzudagi She’rlarida mumtoz She’riyatning qay bir usulidan foydalanmasin, mustamlakachi podShohning, istibdod tuzumining zulmu bedodliklarini foSh etdi. Hurriyatni baralla olqiShladi. Milliy davlatchiligimizga rahna solganlardan o‘z qahru g‘azabini yaShira olmadi. Bularning barchasi Shoirning istiqlolni naqadar orziqib kutib yaShaganligidan dalolat beradi.
Ismoilbek Gasprinskiy (1851-1914)
GASPRINSKIY (Gaspralik) Ismoilbek (1851.21.3, Boqchasaroy yaqinidagi Avjiko’y qiShlog’i —1914.11.9, Boqchasaroy) — jadidchShShk harakatining asoschisi, Yozuvchi va publitsist. G.ning otasi Mustafo Gasprinskiy Rossiya harbiy dvoryani (praporShchik) bo’lib, Yalta Sh. yaqinidagi Gaspra qiShlog’idan edi. G. qiShloq musulmon maktabi, Oqmachit (hoz. Simferopol) gimnaziyasi va Voronejda, Moskva kadetlik korpusida o’qidi (1864—67). Qrimga qaytgach, rus tili o’qituvchisi bo’lib iShladi (1867—70). Istanbul va Sorbonna (Parij) universitetlarida o’qidi (1871—75). Jazoir, Tunis, Misr, Gresiyada bo’ldi. Parijda fransuz sotsialistlari va liberallariga yaqinlaShdi. Turkiyada YoSh turklar harakati rahbarlari bilan taniShdi (1875—77). Boq-chasaroy Sh. meri qilibsaylandi(1877). G. turkiy xalklar tarixi va adabiYotini o’rganib, Sharq bilan G’arb olamini taqqoslaSh imkoniyatiga ega bo’ldi. G. «Rusiya musulmonligi» (Simferopol, 1881) ilk risolasida Yevropa sivilizatsiyasidan ko’r-ko’rona andoza oliShga qarShi chiqib, uni tanqidiy qabul qiliShga, musulmonlarni ilm-fanni egallaShga, texnika yutuqlaridan foydalaniShga da’vat etdi. «Ovrupo madaniyatiga bir nazar muvozini» (Istan-bul, 1885) asarida esa sotsializm g’oyalari bilan bahsga kiriShib, uning asosiy tamoyillarini Shubha ostiga oldi. G. Rossiya mustamlakasidagi barcha musulmon xalqlar maorifini tubdan isloh qiliSh, dunYoviy fanlarni o’qitiSh masalasiga alohida e’tibor berdi. Boqchasaroyda dastlabki «usuli jadid» (yangi usul) maktabini ochdi (1884). Turkiston general-gubernatori N. O. Rozenbaxga musulmon maktablarini isloh qiliShga doir loyihasini yubordi. Rad javobini olgach, 1893 y. Turkistonga ozi keldi, Buxoro, Samarkand, ToShkentda bo’lib, taraqqiyparvar ziYolilar bilan uchraShuvlar o’tkazdi.
G. jadidchilik g’oyalarini kengroq YoyiSh uchun «Tarjimon» (1883 y. 10 alr. dan), «Millat» (1908), «Bolalar olami» (1908—15), «Uyg’oniSh» (Qohira, 1908, arab tilida) gaz.lari, «AYollar olami» jur. (1908—10), «Xa-xa-xa!» hajviy haftanomasini chiqardi. Jadid maktablari uchun «Xo’jai sibYon» («Bolalar muallimi») darsligini, «Rahbari muallimin Yoki muallimlarga Yo’ldoSh» (1898) kitobini Yozdi.
G. musulmon milliy ozodlik harakatining Yo’lboShchisi sifatida tanildi. U Kavkaz, Volgabo’yi, Misr va Hindistonga borib, umummusulmonlar qurultoyini chaqiriShga harakat qildi. Butun Rossiya musulmonlari 3 ta kongressi iShida faol qatnaShdi (1905—06). Dastlabki umummusulmon siYosiy partiyasi «Ittifoq ul-muslimin»ni tuziSh taShabbuskorlaridan biri bo’ldi (1906). «Dor ul-rohat musulmonlari» ilmiyfantastik asari, «Yuz yildan so’ng . 2000sana» badiiy-publitsistik romani, «Turkiston ulamosi» kitobining muallifi.
Mahmudho’ja Behbudiy (1875-1919)
Biz turkistoniylarg‘a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdur. Turkiy, ya’ni o‘zbekini sababi Shulki, Turkiston xalqining aksari o‘zbakiy so‘ylaShur. Forsiy bo‘lsa, madrasa va udabo tilidur. Bukung‘acha Turkistonni har tarafindagi eski va yaygi maktablarinda forsiy nazm va nasr kitoblari ta’lim berilib kelgandur.
Barcha madrasalarda Shar’iy va diniy kitoblar arabiy ta’lim berilsa ham, mudarrislarni taqriru tarjimalari forschadur. Bu qoida, ya’ni dars kitobi —arabiy, muallim — turkiy, taqriru tarjimani forsiyligi xila ajibdur.
Turkistonda qadimdan beri bu uch til joriydur. Chunonchi, eski Yorliqlardan ma’lum bo‘lurki, Turkistonda eski amir va xonlarni amri farmoyiSh va muborak nomalari doimo turkiy, yana ayni zamonda dorulqazou adabiYot tahrirlari forsiy Yozilar ekan. Bu qoidalar zotan yaxShidur. Ammo bora-bora Yoinki kela-kela usuli ta’lim va kitobatg‘a ehmol paydo bo‘lub, hozir bnr darajag‘a kelibdurki, ahli savod Yoinki ahli ilmni yuzdan to‘qson to‘qquzi bu uch tilda mukammal tahriri adabiyg‘a molik Yo‘qdur. Ya’ni usuli ta’lim va tadrisni isloh etmak kerak. O‘tayluk.
Turkistonning Samarqand va Farg‘ona viloyatlarinda forscha so‘ylayturgan bir necha Shahar va qiShloqlar bordur. Buxoro hukumatining tili forsiydur.
Fors Shoiru udabosi asarlari qiYomatg‘acha lazzati ketmayturgan xazinai ma’naviydurki, mundan foydalanmoq uchun ovrupoyilar milyardlar sarf etarlar.
Bizg‘a saodatdurki, turkiy va forsiyni tahsilsiz bilurmiz. Har turkni forsiy va har forsni turkin bilmog‘i lozimdur.
Forsiy bilgan kiShi Firdavsiy, Bedil, Sa’diy, «Masnaviydan qanday lazzat olsa, turkiy bilganlar Fuzuliy, Navoiy, Boqiy, Somiy, Abdulhaq Homid, Akrambek, Sanoyi, Nobiy, Nojiylardan, yana Tolsto‘y, Jul Vern va ulamoi zamoniy asarini turkiy tarjimasidan lazzat Shunday oladur.
Farang va rus doniShmandlarining asarlaridan foydalanmoq turkiy Yo rusiy va farangiy bilmak ila mumkin bo‘lur, na uchunki bugun usmonli, Kafkaz va Qazol turklari zamona ulamosi asarini turkiyg‘a tarjima qilib, ko‘paytirgandurlar, ya’ni turkiy bilgan kiShi zamonni bilur. Turk tilig‘a har bir yangi va naf’lik kitoblar barcha tilda tarjima bo‘lgandur. Arab madaniyati yunoniy Suqrot, Buqrot, Falotunlardan foydalanganidek, zamoni hozira madaniyati Tolsto‘y, Jul Vern, Kepler, Kopernik, Nyutonlardan foydalanur. Maqsaddan uzoq tuShdik.
Bizg‘a lozimki o‘z naf’imiz uchun ruscha bilayluk, hukumat maktablarinda o‘quylik. Davlat mansablarig‘a kirayluk. Vatanimizg‘a va o‘z dinimizg‘a xidmat etayluk. Musulmon bo‘lub turib taraqqiy qilayluk. Bu zamon tijorat iShi, sanoat va mamlakat iShlari, hatto, dini islom va millatga xidmat ilmsiz bo‘lmaydur. Masalan, buguigi «podSholik duma»g‘a o‘z din va millatimiz naf’ig‘a so‘zlamoq bizlar uchun mumkin bo‘lur. Ammo anda borib so‘ylaguvchi kiShi bizg‘a Yo‘q. Anda borib naf’i bir o‘n-sana o‘qumoq kerak, zamondan, qonundan xabardor bo‘lmoq kerakdur.
Xulosa, bugun bizlarga to‘rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak, ya’ni arabiy, rusiy, turkiy va forsiy.
Arabiy til din uchun na daraja lozim bo‘lsa, rusiy ham tiriklik va dunYo uchun lozimdur.
Hadisi Sharifdan ma’lum bo‘ladurki, janobi payg‘ambar o‘z sahobalaridan Zayd bin Sobit(g‘a) yahudiy xatini o‘qub-o‘rganmoqg‘a buyurgan ekanlar. Va ul janob Umar hazrat nubuvvat panohi ila yahudiy xatini o‘rganib hazrat payg‘ambarg‘a yahudiylardan kelaturgon xatlarni o‘qub berar ekanlar (Sahihi Buxoriy, juz 4, sahifa 156).
Holbuki, ul zoti bobarokot payg‘ambarimiz quvvati hokima egasi edilar. Yahudiylar mahkum va tobe’ edi. Al-on Rusiya hokim, bizlar anga tobe’ va o‘z tirikligimiz uchun alar xatini bilmoq zarur va hadisi Sharif dalolatincha durustligig‘a joyi inkor bo‘lmasa kerakdur.
Abdulla Avloniy (1878-1934)
Inson bolalari eng eski zamonlarda yirtqich hayvonlardan o‘zlarini saqlamoq uchun tog‘ teShuklarida, g‘or (mog‘ora)larda yaShagan vaqtlarida tinch Yotmaganlar, jim turmaganlar.
Sekin-sekin tog‘ teShuklaridan boShlarini chiqarib, tabiatning yasagan va o‘sdirgan, vujudga chiqargan jonliq va jonsiz narsalarini sinchiklab tekShirib qaray boShlaganlar. Ko‘ngillariga YoqiShgan, ko‘zlariga yaxShi ko‘rungan hayvon va boShqa narsalarning rasm, haykallarin (gavdalarin — A. A.) qanday qiyinchiliqlar bilan bo‘lsa-da, toShlarga, toShlardan va temirlardan cho‘kichlar yasab, suratlarini, rasmlarini o‘yganlar. Kelgusi uchun Yodgor qoldirganlar.
Masalan, iki kiyik bir-biri bilan suziShib turganligi Yoxud bir tog‘ takasining semirub ko‘grab yurganligi Yoki bir tog‘ buqasining baqirub, hayqirub, dumini xoda qilub, ozod va sarsin yurganligi Yoki yirtqich hayvonlarning boShqa hayvonlarga qilib turgan zo‘rliq va yirtqichliqlarin ko‘rganlarda, mutaassir bo‘lganlar. Mana bu dillaridagi ta’sir va hissiYotni to‘xtata olmaganlar va Shu hissiYot to‘lqunini o‘zlaridan so‘ng qoladirgan bolalariga anglamoq niyati bilan ming maShaqqatlar bilan toShlarga o‘yib qoldirg‘onlar. Mana bu gavda (haykallar — A. A.) lar bizlarga iShlangan (Yodgor — A. A.) eskartmalardir.
Bargi daraxton sabz dar nazari huShYor,
Har varaqaSh tabiati ro‘zgor —
Mana bu dunYo yuzida inson bolalarining sanoe nafisaga qo‘ygan birinchi odim (qadam — A. A.)lari hisoblanadir. Olar Shuning bilan to‘xtab qoldilarmi?
— Yo‘q!
Yana Shul tekShiriSh, sinchiklaShdiriShlarinda davom qildilar. Hayvonlarni tekShiruvdan so‘ng quShlarni suriShdiriShga o‘tdilar. Bahor mavsumlarida chechaklarning hajrida mast bo‘lib sayragan quShlarning Yoqimli tovuSh (sado — A. A.)lari huShlariga o‘tirdi-da, onlar ham ixtiYorsiz raviShda Shu quShlarga tovuShlarin o‘xShatmoq, go‘Yo quSh kabi sayramoqchi bo‘ldilar.
«Sayra bulbul, sayra, chinorni Shoxi sinsun,
Yor ayrilaman dedi ayrilib ko‘ngli tinsun» —
deyub ular ham nag‘ma aShula qila boShladilar. Mana bu davrni sanoe nafisaning adabiYot davri deyilur. Lekin avvalgi san’atlariga qaraganda so‘nggi san’atlari avvalidan muhimroq va yaxShiroq bo‘lib, mutaassir bo‘lmoq har kimga nasib bo‘lmas edi.
Uzoq yerlarda yaShovchi o‘rtoqlari kelub ko‘rmoqlari lozim kelardi. Ammo bul ikinchi iShlab chiqargan san’atlarin Shundog‘ qulayligi bor edikim, tildan-tilga, og‘izdan-og‘izga, eldan-elga ko‘chub yurardi.
Shundog‘ qilib Shodlik kunlarin Shodlik qo‘Shiqlari bilan tasvir qilsalar, g‘amlik kunlarin qayg‘uliq aShulalari bilan izhor qilar edilar:
«Bulbulim uchdi qo‘lumdan qayda mehmondir bukun,
Bulbulimni Yo‘qotib, ko‘nglim pariShondir bukun».
Go‘zallaridan, mahbubalaridan, borlaridan ajralganliklarin boShqa o‘rtoqlariga ham ma’lum qilar edilar. Bora-bora Shunga ham qanoat qilmadilar.
Daraxtlarning Shoxlariga ilinib qolg‘on hayvonlarning ichaklarin havoning ta’siri bilan qurib, Shamolning ta’siri bilan «ting‘ir-ting‘ir» qilgan tovuShi (sadosi — A. A.) ko‘ngullariga o‘turdi, xuSh keldi.
O‘zlarining aShula va qo‘Shiqlariga jo‘r-jo‘ravoz qilmoq uchun hayvon ichaklaridan «tor» yasab musiqiy asboblarin yuzaga chiqardilar. Bu san’atlari avvalgilariga qaraganda eng nafis, eng muhim, eng ruhlik bir san’at bo‘lib chikdi.
Lekin onlar bu san’atlarni tekShiruv va qayg‘iruv orqasida chiqordilar-da, bizlarga Yodgor o‘laroq qoldirib, o‘zlari ko‘zdan nihon o‘ldilar.
To’lagan Xo’jamYorov — Tavallo (1883-1937)
To’lagan Xo’jamYorov Tavallo 1883 yili Ko’kcha dahasida dunYoga keldi. “Beklarbegi” madrasasida, rus-tuzem maktabida o’qidi. 1910-yillardan vaqtli matbuotda She’r va maqolalari bosila boShlagan. 1914 yili ToShkentda “NaShriYot” Shirkatini tuziShda iShtirok etadi. 1915 yilda esa “Turon” jamiyatida faoliyat ko’rsatadi.
Uning yagona She’riy to’plami “Ravnaq-ul Islom” alohida holda 1916 yili naShr qilindi. UShbu to’plam 1993 yili professor B. Qosimov tomonidan so’zboShi va izohlar bilan qayta naShr qilindi.
Tavalloning ijodkor sifatida ShakllaniShida ToShkent adabiy muhitining roli katta bo’ladi. Unga sayramlik Shoir Yusuf SarYomiy ustozlik qildi. Taxallusni ham unga Yusuf SarYomiy bergan.
U 20-yillarda “MuShtum” hajviy jurnalining faollaridan edi. “Mag’zava” imzosi bilan o’nlab hajviy She’rlari chop etilgan, ular yig’ilgan, o’rganilgan emas.
1937 yil 14 avgustda Tavallo aksilinqilobiy “Turon”, “Sho’royi islom” “Ittihodi taraqqiy”, “Milliy ittihod”, “Milliy istiqlol” taShkilotlarining a’zosi, “Millionerning o’g’li”, “She’rlarida millatchilik g’oyalarini ilgari surgan”likda ayblanib, qamoqqa olinadi va otib taShlanadi.
So’fizoda (1880-1937)
So‘fizoda o‘zining xalqchilik, taraqqiyparvarlik ruhidagi She’rlari bilan xalqimizning milliy uyg‘oniShiga hissa qo‘Shgan ilg‘or ziYolilaridan biridir. MuhammadSharif Egamberdi o‘g‘li 1869 yilning 29 yanvarida Namangan viloyati, Chust tumanida hunarmand – kosib oilasida tug‘ilgan.
Otasi Egamberdi So‘fi pichoqchilik, charxchilik iShlari bilan maShg‘ul bo‘lgan. Onasi Zaynab xola hoxiShiga ko‘ra Manzura otindan xat-savod chiqaradi, eski maktablarda ta’lim oladi. «VahShiy» taxallusi bilan hajviy She’rlar va g‘azallar Yozgan, «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoi Turkiston» gazetalarida She’rlari bilan qatnaShib turgan.
Qo‘qon adabiy muhitining maShhur Shoirlari Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nodim Namangoniy bilan yaqin munosabatda bo‘ldi. So‘fizoda 1893 yilda ona Shahri Chustda boYonlarni, chor amaldorlarini, mutaassiblarni hajv qiluvchi She’rlari uchun «Badasl», «Beadib», «Dahriy» deb ayblangan va o‘limga hukm qilinadi.
Shoir nohaq ayblovlardan qochib 14 yil har mamlakatda umr kechiradi. Tiflis, Boku Shaharlarida bo‘lib, Arabiston, Hindiston, Turkiya, Afg‘onistonda yaShagan va o‘qituvchilnk qilgan. 1913 yilda Chustda yangi usuldagi boShlang‘ich maktab ochtan.
1918 yilda Afg‘oniston maorif vazirining o‘rinbosari sifatida Turkistonga afg‘on vakolatxonasining tilmochi bo‘lib tayinlanadi. Shu yili u U O’zbekistonga qaytib keladi va umrining oxirigacha xizmat qiladi, 1926 yil 27 fevralda «O’zbekiston xalq Shoiri» faxriy unvoniga birinchi bo‘lib sazovor bo‘lgan.
U 1937 yilda og‘ir betoblikdan vafot etadi, qabrining qaerdaligi noma’lum.
Asarlari: «O’zbek xonimiga», «Xonimlar isminda», «Vatan», «Muslimalar», «XuShchaqchaq qalamlar», «Bayram naShidalari» (1934), «BeSh Yorlar tilidan», «Alvido», «Ozodlik bayrami», «Dakaning», «Bedanang», «Saylovga», «Quvdi meni johillar o‘Shandog‘ vatanimdin…» va boShq.
Abdurauf Fitrat (1886-1938)
Yirik davlat va siYosat arbobi, Shoir va olim, nosir va dramaturg, ma’rifatparvar Fitrat 1886-yili Buxoroda ziYoli oilasida dunYoga keldi. Dastlab eski maktabda o’qidi, keyin Mirarab madrasasida tahsiini davom ettirdi.
Asrimiz boShlarida vujudga kelgan “Tarbiyayi atfol” jamiyati ko’magida 1909—1913-yillarda Istambulda tahsil oldi. Bu yerda qizg’in ijod qildi. Shuning samarasi o’laroq, 1911-yili “Sayha” (“Chorlov”) nomli She’riy to’plamini chop ettiradi. Turkiyadan qaytgach, Buxoroda o’qituvchilik qiladi. “YoSh buxoroliklar” harakatida faol iShtirok etadi, uning boSh mafkurachisi, g’oyaviy Yo’lboShchilaridan biriga aylanadi.
1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha Samarqandda chiqib turgan “Hurriyat” gazetasiga muharrirlik qiladi. 1918-yili Fitrat ToShkentga keladi.
11 bu yerda asosan ilmiy, ijodiy, ma’rifiy iShlar bilan ko’proq band bo’ldi. U bir qator darsliklar tuzadi, “Chig’atoy gurungi” nomli ijtimoiy-adabiy taShkilotda faol iShtirok etadi.
1921-yili Buxoroga taklif etiladi. U xalq xo’jaligining bir qator sohalarini yaxShilaShda, ayniqsa, maorifsohasida sezilarii iShlarni amalga oShiradi. Uning taShabbusi bilan bir guruh iqtidorii YoShlar Istambul, Berlin, Moskva kabi Shaharlarga o’qiShga yuboriladi. Buxoro maktablari uchun o’quv qurollari, darslik va qo’llanmalar naShr etiSh Yo’lga qo’yiladi.
Fitrat 1921—1922-yillarda bir qator yuqori lavozimlarda iShlab, o’zining davlat arbobi sifatidagi iste’dodini ko’rsata oldi.
U 1923—1924-yillarda Moskva va Leningradda yaShadi, Sharq tillari institutida iShladi. Turk, arab, fors tillari va adabiYotidan YoShlarga dars berdi. Leningrad dorilfununi professorligiga saylandi. “Abulfayzxon”, “Bedil”, “QiYomat”, “Shaytonning tangriga isYoni” kabi asarlar Yozib, chop ettirdi. Moskvadan qaytgach, respublikamizning ilmiy, madaniy-ma’rifiy haYotida faoliyat ko’rsatadi.
Fitrat tilShunos olim sifatida o’zbek tilining qoidalari to’g’risida “Sarf”, “Nahv” asarlarini Yozdi.
MusiqaShunos olim sifatida “ShaShmaqom”, “O’zbek klassik musiqasi ham uning tarixi”, “Sharq musiqasi” kabi tadqiqotlar yaratdi. 30-yillarda u ilmiy-tadqiqot muassasalarida, o’qituvchilar malakasini oShiriSh instituti va dorilfununda iShladi.
1937-yili “xalq duShmani” sifatida hibsga olinib, 1938-yili ToShkent Shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo’zsuv qirg’og’idagi qatlgohda otib taShlandi.
Hamza Hakimzoda NiYoziy (1889-1929)
Yangi davr o‘zbek adabiYotining namoyandalaridan biri, Shoir va dramaturg, bastakor va rejissYor, ma’rifatparvar-pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda NiYoziy 1889 yil 6 martda Qo‘qon Shahrida tabib oilasida tug‘ildi. Hamza avval eski maktab va madrasalarda o‘qib, fors, arab tillarini, rus-tuzem maktabida esa rus tilini o‘rganiShga muvaffaq bo‘lgan.
Hamzaning badiiy ijodga qiziqiShi barvaqt boShlangan. Hamza 1903 — 1914 yillar orasida Nihoniy taxallusi bilan 197 ta She’r Yozib, ularni qo‘lYozma devoni Shakliga keltirgan. Bu devonni taShkil etgan She’rlarida Hamza o‘zbek mumtoz adabiYoti an’analarining davomchisi sifatida namoYon bo‘ladi.
U 1909 — 1910 yillarda ToShkentda bo‘lganida Munavvar qori, A. Avloniy, S. Rahimiy singari ma’rifatparvarlar bilan taniShib, ular ta’sirida jadidchilik harakatiga kelib qo‘Shiladi. Bu — uch Yo‘l bilan amalga oShiriladi. Avvalo, ToShkent, Marg‘ilon va Qo‘qonda yangi usul maktablarini ochib, muallimlik qiladi. Qolaversa, mazkur maktablar uchun «Yengil adabiYot», «O‘qiSh kitobi», «Qiroat kitobi» kabi darsliklar ham yaratadi. Va, nihoyat, o‘zining She’r va dramalari, publitsistik maqolalarida o‘z xalqini ma’rifatga chorlaydi.
1915 — 1916 yillarda naShr etilgan «Milliy aShulalar» uchun milliy She’rlar majmuasi, «Oq gul», «Qizil gul», «Sariq gul» kabi She’riy to‘plamlarida va «Yangi saodat» kabi nasriy asarlarida uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari to‘la namoYon bo‘lgan. Hamza Shu davrda Yozilgan «Yig‘la, Turkiston», «Oqibatsiz Turkiston», «VatandoShlarimga xitob», «Dardiga darmon istamas» kabi She’rlarida xalqning «ruhsiz tandur, xanjar ursa qoni sochulmas» holiga kelganligidan oh-zor chekadi, uni xurofot va jaholat botqog‘idan chiqib, taraqqiy etgan xalqlar qatoridan o‘rin oliShga da’vat etadi. Shuningdek, «Ilm hidoyati», «Normuhammad domlaning kufr xatosi», «O‘ch» va «Zaharli haYot» kabi ilk dramalarida ham zulm va xurofotdan xalos bo‘liShning birdan-bir Yo‘li ma’rifatdadir, degan fikrni olg‘a suriShga harakat qiladi.
Hamza ijodida 1916 yilgi mardikorlikka oliSh voqealari ham o‘z aksini topadi. Uning «Safsar gul» (1917) She’riy to‘plami va «LoShman fojeasi» (1916 — 1918) trilogiyasi Shu jihatdan muhimdir.
1917 yil fevral inqilobidan keyin Hamza dunYoqaraShida o‘zgariSh paydo bo‘lib, u goh iShchilar, goh muxtoriyatchilar tarafiga o‘tadi. Turkiston muxtoriyati tor-mor etilgandan keyin bolSheviklar tarafiga o‘tib, sayYor dramatik truppasi bilan fuqarolar uruShi frontlarida xizmat qiladi va 1917 yilda Yozgan «Boy ila xizmatchi» dramasini hamda inqilobiy She’rlarini Yozadi.
Bu davrda u «Kim to‘g‘ri» (1918), «Tuhmatchilar jazosi» (1918) singari pesalarini Yozadi.
Faoliyat doirasi benihoya keng bo‘lgan Hamza 20-yillarning boShlarida Xorazm Xalq Jumhuriyatiga borib, maktab va maorif iShlari bilan Shug‘ullanadi. U yerdan qaytgach, faqat ijodiy iShlar bilan maShg‘ul bo‘liSh istagida Avval qiShlog‘iga boradi va dramatik ijodining gultoji bo‘lgan «Maysaraning iShi», «Paranji sirlari» (1926) asarlarini yaratadi.
Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda madaniy-oqartuv iShlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan Shug‘ullanadi. 1929 yil 18 martda u Shu yerda fojeali halok bo‘ladi.
1926 yil 27 fevralida Hamzaga birinchilardan bo‘lib «O‘zbekiston xalq Yozuvchisi» unvoni berilgan.
Abdulla Qodiriy (1894-1938)
Abdulla Qodiriy o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilShunos va tarjimon.
U 1894 yil 10 aprelda ToShkent Shahrida tug’ildi. Avval musulmon maktabida (1904—1906), keyin rus-tuzem maktabida (1908—1912), Abulqosim Shayx madrasasida (1916—1917) ta’lim oldi. Oilaviy Sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi (1907—1915). 1917 yil Oktyabr davlat to’ntariShidan so’ng Eski Shahar oziqa qo’mitasining sarkotibi (1918), «Oziq iShlari» gazetasi muharriri (1919), Kasaba uyuShmasi sarkotibi (1920) lavozimlarida iShladi. 1923 yili «MuShtum» jurnalini ta’sis etdi, bir necha yil jurnal tahririyatida xizmat qildi. Moskvadagi adabiYot kursida (1925—1926) o’qidi. 1919—1925 yillar oralig’ida matbuot naShrlarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan Shug’ullandi.
Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Cho’lpon, Fitrat kabi maslakdoShlari bilan birga qatl etildi.
Abdulla Qodiriy. O’tgan kunlar 1914—1915 yillarda Abdulla Qodiriyning «Ahvolimiz», «To’y», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi She’rlari, «Juvonboz», «Uloqda», «Jinlar bazmi» kabi hikoyalari, «Baxtsiz kuYov» dramasi bosilib chiqdi. O’zbek adabiYotidagi birinchi roman «O’tgan kunlar»ni yaratdi (1919—1920). Asar 1922 yili «Inqilob» jurnalida, 1924—1926 yillarda har bir bo’limi alohida-alohida kitob holida bosildi. 1918 yil fevralida ikkinchi yirik romani — «Mehrobdan chaYon»ni Yozib tugatdi. Roman 1929 yili Samarqandda bosilib chiqdi. 1934 yili adib «Obid ketmon» qissasini Yozdi.
Abdulla Qodiriy tilShunos va tarjimon sifatida ham katta iShlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning «Fizika» (1928), N.V. Gogolning «UylaniSh» (1935), A.R. Chexovning «Olchazor» (1936) asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan «To’la ruscha-o’zbekcha lug’at»ni (1934) tuziShda iShtirok etdi.
Qodiriy 20-yillarning o’rtalarida Yozgan «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «ToShpo’lat tajang nima deydir?» hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yaShaSh tarzi va ruhiy olamini o’zgartiriShga intilgan jadid adabiYoti maqsad va g’oyalari o’z ifodasini topgan.
Ma’rifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol goyalari Abdulla Qodiriy asarlarining leytmotivini taShkil qiladi.
Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa, romanlari jahon miqYosida keng tarqaldi. Uning «O’tgan kunlar», «Mehrobdan chaYon», «Obid ketmon» asarlari rus, ingliz, nemis, italyan, arab, ozarbayjon, tojik, qozoq, uyg’ur, tatar tillariga tarjima qilingan. Nemis adabiYotShunoslari N. Tun, I. Baldauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, Eden Nabi kabi olimlar Abdulla Qodiriy ijodi bo’yicha jiddiy iShlar qilganlar.
O’zMU professorlari U. Normatov, M. Qo’Shjonov, B. Karimovlar Qodiriy haYoti va ijodi bo’yicha samarali ilmiy izlaniShlar olib bormoqdalar.
1991 yili O’zbekiston mustaqillikka eriShiShi bilanoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Abdulla Qodiriyga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili adib «Mustaqillik» ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. ToShkent Madaniyat institutiga, ToShkentdagi madaniyat va istirohat bog’iga, katta ko’chalardan biriga, Xalq merosi naShriYotiga hamda ko’plab madaniyat muassasalariga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
Abdulhamid Cho’lpon (1897-1938)
Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon yangi o’zbek She’riyatining asoschilaridandir.
Cho’lpon 1897-yili Andijon Shahrida ziYoli oilada dunYoga kelgan. Cho’lpon boShlab eski maktabda, so’ng madrasada o’qiydi. Andijondagi rus-tuzem maktabida ta’lim oladi. Sharq adabiYoti, arab, fors tillarini o’zlaShtiradi, rus tili va adabiYotini o’rganadi. Cho’lpon 10-yillarning o’rtalaridan ijtimoiy va ijodiy faoliyat bilan Shug’ullana boShlaydi. U “Qalandar”, “Andijonlik”, “Cho’lpon” taxalluslari bilan matbuot naShrlarida maqola, She’r va turli xabarlar bilan chiqib turadi.
Uning “Do’xtir MuhammadYor”, “Vatanimiz Turkistonda temir Yo’llar”, “AdabiYot nadir?” kabi ilk hikoya va maqolalarida hamda o’nlab She’rlarida jadidchilik g’oyalarining oShkora ifodalanganini kuzatiShimiz mumkin.
Shoirning qisqa umri davomida “Tong sirlari”, “Uyg’oniSh”, “Buloqlar” kabi She’riy to’plamlari naShr etilgan. Uning teatr sohasida qilgan iShlari ham alohida e’tiborga sazovor. Cho’lpon o’zbek davlat drama teatrida adabiy emakdoSh vazifasida iShlaSh bilan birga o’nga yaqin pyesalar, teatr maqolalari yaratgan, uning “Yorqinoy”, “O’rtoq QarShiboyev”, “Cho’rining isYoni”, “MuShtumzo’r”, “Zamona xotuni” kabi sahna asarlari o’zbek dramaturgiyasi taraqqiYotiga muhim hissa bo’lib qo’Shildi.
Cho’lpon “Kecha va kunduz” nomli roman e’lon qilib, o’zbek romanchiligi rivojiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Bu asarida xalqimizning asr boShlaridagi haYoti manzaralarini tasvirlar ekan, istibdod va jaholat millatning taraqqiYotini va hurligini bo’g’uvchi manfur hodisalar ekanini badiiy aks ettiradi.
O’zbek adabiy tarjima maktabining rivojlaniShida ham Cho’lponning beqiYos hissasi bor. U M.Gorkiyning “Ona” romani, A.S.PuShkinning “Dubrovskiy”, “Boris Godunov” hamda Shekspirning “Hamlet” tragediyasini va yana o’nlab xorijiy asarlarni o’zbek tiliga mohirlik bilan o’giradi.
Cho’lpon butun ongli haYoti davomida o’z Vatanining ozodligi, erki, kelajagi uchun qayg’urdi va Yonib She’rlar Yozdi, turli janrlarda asarlar yaratdi. U 1928-yildan boShlab to umrining oxirigacha tazyiq ostidayaShadi, chunki uning butun ijodida milliy g’oya qizil ip bo’lib o’tgan. U mustabid tuzum ostida ezilib Yotgan millatni, xalqni kuylar edi. Lekin tazyiqlar nihoyatda kuchaygan bir Sharoitda ham o’z e’tiqodidan qaytmadi. Ana Shu e’tiqodi va irodasi tufayli 1937-yil qatag’on qurboni bo’ldi.
Cho’lpon 1938-yil 4-oktabrda ToShkentda Bo’zsuv bo’yida qatl etiladi.
XX asr o’zbek adabiYoti taraqqiYotining ijtimoiy-siYosiy haYot bilan uzviy bog’liqligi va buning qonuniy hoi ekanligi, badiiy adabiYotning hukmron mafkura tazyiqida rivojlaniShi.
XX asr o’zbek adabiYoti taraqqiYotida uchta yirik bosqichning mavjudligi, ularning o’zaro birin-ketinlikda mustaqil va ayni paytda vorisiylik asosida yuzaga kelganligi. Har bir taraqqiYot bosqichining nafaqat mavzu, g’oya va mafkuraviy jihatidan, balki voqelikni in’ikos ettiriShning o’ziga xos estetik tamoyillari tizimi ekanligini asoslaSh.
Birinchi bosqich — jadid adabiYoti (1900—1930- yillar). Xalqni, millatni jaholat botqog’idan marifat osmoniga olib chiqiSh g’oyalarini olg’a suriSh va bu Yo’lda amaliy iShlarga bel bog’laSh jadidchilik harakatining Ok bosqichi sifatida (1900—1917- yillar). MarifatparvarHk g’oyalariga qo’Shimcha milliy ozodlik va mustaqillik g’oyalarining olg’a suriliShi jadidchilik harakatining taraqqiy etgan so’nggi bosqichi sifatida (1918—1929- yillar).
Milliy uyg’oniSh g’oyalarining paydo bo’liShi, milliy teatrning«tug’iliShi», istiqlol g’oyalarining keng tarqaliShida mahalliy matbuot va ijodiy uyuShmalarning o’rni. Voqelikning badiiy idrok etiSh va aks ettiriShda yangicha estetik tamoyillarning yuzaga keliShi; adabiYotda milliylik va xalqchilikning qaror topiShi, obrazli tafakkur va sodda xalqona uslubga moyillik, milliy madaniy meros hamda xalq tili boyliklariga ahamiyatning kuchayiShi.
Ikkinchi bosqich — Sho’ro adabiYoti (1930—1980-yillar). XX asr o’zbek adabiYotining uShbu taraqqiYot bosqichi o’z navbatida ikki mustaqil bosqichdan taShkil topganligi:
a) adabiYotda siYosiy mafkura hukmronligining qaror topiShi va bu hukumronUkni tola tan oliSh bosqichi (1930—1960- yillar), adabiYotning sinfiy vapartiyaviyUkkabo’ysundiriliShi, sotsialistik realizimning Sho’ro adabiYotidagi yagona ijodiy metod sifatida qabul qiliniShi, adabiYotda
sotsializm va sotsialistik quruiSh g’oyalarining «tarannum» etiliShi, proletar adabiYotning boy-feodal hamda, diniy klerikal adabiYotga qarShi aYovsiz kuraShga da’vat etiliShi, sotsialistik ideal va kommunistik baynalmilallik g’oyalarining baralla ulug’laniShi. Bu davr adabiYotidagi g’oyaviylikning
kuchayiShi uning badiiylik jihatidan qaShShoqlaniShiga olib keliniShi.
Mamlakatda peShqadam ziYolilarning qatag’on qiliniShi, adabiYotda soxtalik, Shoirbozlik va quruq ritorikaning yuksak mavqega ega bo’liShi. «Shaklan milliy, mazmunan-sotsialistik adabiYot»larning sun’iy bir-birlariga yaqinlaShtiriSh va milliy adabiYotlar rang-barangligini Yo’qotiShning bir vositasi sifatida, adabiYotni zamona maddohiga aylantiriSh, mamlakatni qudratli san’atga ega bo’lgan mamlakatga, qiShloq xo’jaligini kollektiv xo’jaligiga aylantiriSh, savodsizlikni tugatiSh va
madaniy inqilobni amalga oShiriSh kabilarni adabiYotning boSh mavzuiga aylaniShi;
b) rivojlangan sotsializm Yoxud turg’unlik davri adabiYoti (I960—1989- yillar) bosqichi. UShbu davrda mamlakat haYotida barqarorlik niqobi ostida turg’unlik holatining yuzaga keliShi, milhy adabiYotlarda qiYofasizlik, hamiSha va har bir joyda dono kommunist obrazining etalon darajasiga
olib chiqiliShi, sotsialistik mehnat qahramonlari obrazlarini yaratiSh adabiYotining yetakchi tamoyiliga aylaniShi, bu tamoyilning ramziy, majoziy tasvir vositasi va usullari orqaii badiiy voqelikka aylantiriSh, poeziya, drama va epik asarlarda rnillat va inson qismatining main ostida aks ettiriliShi. Tasvir Yoki ifodada oaduy Shartlilik tamoyilinixig fcuchayiShi; badiiy tij va uslub borasida ijodkoriar tomonidan izianiShlai olib boriliShi, ijod raaydomga yangi-yangi YoSh iste’dodJaming kiiib keiiShi, She’riyatda sarbast She’riy tizimi va mansura kabi ShakUammg paydo bo’IiShi. Turg’unlik davrida ijtimciy haYotda ulkan o’zgariShlar yuz berganligi, ammo badiiy tafakkurda muayyan yevriliShlar, oig’a siljiShlar yuz berganligi ko’zga taShlanadi.
c) Uchinchi bosqich — istiqlol davri o’zbek adabiYoti (1990- yil hozirga qadar). O’zbek xaiqi rnilliy rnustaqillikka eriShgach,milliy adabiYotning yangi taraqqiYot bosqichiga ko’farilganligi. bu ulkan hodisaniag ijtimoiy tarixiy ildiziari. Istiqlol davri o’zbek adabiYotining boSh belgisi uning sinfiy, paitiyaviy va davlat adabiYoti emasligida, so’z san’atining hukmron mafkura quliigidan ozod etilganiigida, ijod ahlming erkin ijodkorga, adabiYotning rang-baranglaShirva hamda uning haqiqiy vijdon iShiga aylanganligida. Hozirgi o’zbek adabiYotmmg sof badiiy san’at sifatida etirof etilaYotganligi, uning xalq, millat ma’naviyatiniyuksaltiriShdagi o’mi va ahaniiyatining har qachongidan koYa oShganligi. Istiqlol davn adabiyptining dastlabki vdilarda turg’unlikYolari nuqsonlarmi foSh etiShga yuz buriShi qonuniy adabiy hodisa sifatida. Bu daw adabiYotida ijodkorga buyurtma berilmasligi, badiiy ijodnmg ko’ngil va viidon iShiga aylanganiigL Shunga qaramay ijodkor inson va jaraiyat rna’naviy kamolotioldida ma’sui ekanligi. Istiqlol davri adabiYotida ijod mahsulining miqdoran kamaykhi, sifat jihatidan yuksaliSh jaraYonining inkor qilib bo’lmas qonuniyat ekanligi.
Avaz O‘tar (1884-1919)
Avaz O‘tar — Avaz PolvonniYoz (O‘tar) o‘g‘li (1884.15.8- Xiva-1919) — o‘zbek ma’rifatparvar Shoiri. Dastlab maktabda, so‘ng Xivadagi Inoqiy madrasasida o‘qidi. 18 YoShlarida Shoir sifatida xalq o‘rtasida tanildi. Muhammad Rahim Soniy (Feruz) Avaz O‘tar iste’dodiga katta e’tibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni unga ustoz tayin etgan. Ammo, Avaz O‘tar saroy haYoti bilan chiqiSholmay, uni tark etadi.
20-asr boShlarida ko‘zga taShlanaYotgan milliy uyg‘oniSh, istiqlol g‘oyalari Avaz O‘tar ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Avaz O‘tar ijodida erkparvarlik, ozodlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, turmuSh illatlariga qarShi qaratilgan hajvlar paydo bo‘la boShlaydi, bu davrda Shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni tarannum etuvchi lirik She’rlar, qitalar, ruboiylar Yozdi. Avaz O‘tar ijodida alohida o‘rin tutgan hajviy She’rlar turkumi — «Faloniy» ham Shu davr mahsuli. Avaz O‘tar «Millat», «Hurriyat»; «Topar erkan, qachon», «Xalq», «Zamon» va boShqa She’rlarida millat taqdiri va kelajagini yangicha talqin etadi. Ayrim She’rlari o‘Sha davr vaqtli matbuoti («Oyina», «Vaqt», «Mulla Nasriddin» va boShqa)da bosilgan. 2 devoni («Saodat ul-iqbol», «Devoni Avaz») va qator baYozlarga kiritilgan g‘azallari yetib kelgan. Devonlarining qo‘lYozma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi SharqShunoslik institutida (inv. № 942, 7102, 3451) saqlanadi. Respublikada maktablar, ko‘cha va xiYobonlarga Avaz O‘tar nomi berilgan. Xivada uy-muzeyi taShkil etilgan, haykali o‘rnatilgan. U haqda badiiy asarlar yaratilgan (E. Samandar «Erk sadosi» dostoni, A. Bobojon «G’azal fojiasi» dramasi, S. SiYoyev «Bir chora zamon istab» qissasi va boShqa).
Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Anda o‘quganlar bori yaktoi jahondir.
* * *
Do‘stlarim bo‘lsun desang ahli jahon,
Xulqi xuShluqni qil odat, ey Aziz.
* * *
Ne yaxShi o‘ylakim, ma’qulu manzur,
Avaz xalqim uchun to‘kulsa qonim.
* * *
Gul kabi bevaqt g‘uncha ochib noz qilma,
Bulbul kabi beparda nag‘ma-yu ovoz qilma!
G’ayri tilni sa’y qiling bilg‘ali YoShlar,
Kim ilmu hunarlar rivoji andin aYondir.
Lozim sizga biluv har tilni ona tildek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting, foydasi kondur.
* * *
Agar har kimsa seni sevmas, borma aning sori.
* * *
Gar puShaymon o‘lmayin desang, yana,
Bo‘yla ahvoli qabohat aylama.
* * *
Furqat boShingga tuShmayin vuslatni qadrin bilmading,
Ranj ila mehnat chekmayin rohatni qadrin bilmading.
* * *
Rostliqqa zavol bo‘lmas emiSh, biling!
Vafo ahliga ichmaklik jahonda,
Haqiqatda erur duShvor savgand.
* * *
Dikar nahle chekib mehnat birovlar,
Vale andin kurar rohat birovlar.
TIL
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiYondur.
Qayri tilini sa’y qiling bilgali, YoShlar,
Kim ilmu hunarlar bilonki andin aYondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondur.
Ilmu fan uyiqa yuboringlar bolangizni,
Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.
Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidin oni bag‘ri to‘la qondur.
FIDOYI XALQIM
Fidoiy xalqim o‘sun tanda jonim,
Bo‘lib qurbon anga ruhi ravonim.
Gar o‘lsam darbadar mazlumlar uchun,
Budur maqsudi qalbi notavonim.
Mani solsa fano Yo‘liga davron,
Yurur ustimdin avlodi zamonim.
Umidim: yaShasin maktab bolasi,
Alar har biri bir Sheri jahonim.
Na yaxShi o‘ylakim, ma’qul-u manzur,
Avaz, xalqim uchun to‘kulsa qonim.
SIPOHI PORA ISTAR
Sipohi pora istar
Mulla ijora istar,
Bechora chora istar,
Bir chora zamon bormu?
BILING, USHBU ZAMON G‘AMNOKIDURMAN
Biling, uShbu zamon g‘amnokidurman,
Kuyib o‘rtangan elning xokidurman,
Avazkim, nazm ellin cholokidurman,
BoShin olmoqqa xonning pokidurman.
Shoir haYoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot. Ma’rifatparvai Avaz O’tar She’riyatining yetakchi g’oyaviy xususiyatlaridan bin sifati Uning lirikasida inson ruhiyati va ijtimoiy haYotning ana’naviy Yo’sir nks ettiriSh ustunligi hamda ba’zi tanqidiy Yo’naliShlaming namoy ho’iiShi.
Avaz O’tar ijodida hajviy pafosning Yo’naliShi va bunda. AliSher Nav< hajviYotining ta’siri: «Faloniy» turkumidagi She’rlar.Uning qit’alari ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik g’oyalarining qoralaniShi. «Biling, uSh zamon g’amnokidurman», «Sipohi pora istar». «YomonJami Yom( andoq odamdur jahon ichra» qit’alari tahliii.
Avaz O’tar ijodida erksevarlik va ozodlik motivlari. Uning She’riyat xos g’oyaviy-badiiy xususiyatlar.
Abdulla Qahhor (1907-1968)
Аbdullа Qаhhor ХХ аsr o`zbek аdаbiYotining yirik nаmoyandаlаridаn vа хаlqning muhаbbаtini, hurmаtini qozongаn iste`dodli Yozuvchilаrdаn biridir.
Аbdullа Qаhhor 1907 yilning 17 sentyabr kuni hozirgi O`zbekistonning Qo`qon Shаhridа (bа`zi mа`lumotlаrgа qаrаgаndа – Tojikistonning АSht tumаnidа) temirchi ustа oilаsidа dunYogа kelgаn. U oilаdа tug`ilgаn o`n bolаdаn tirik qolgаn yagonа fаrzаnd edi. Аbdullаning bolаlik yillаri qаShShoqlik vа dаrbаdаrlikdа o`tаdi. Uning oilаsi yaхShiroq hаYot ilinjidа Fаrg`onа vodiysi bo`ylаb qiShloqmа-qiShloq ko`chib yurаdi. Oqibаtdа Аbdullа “Ko`chmаnchi”, “Kelgindi” singаri hаqorаtli lаqаblаr olаdiki, bu uning хotirаsidа bir umrgа muhrlаnib qolаdi. Аvvаl Аbdullа qiShloqdаgi diniy mаktаbdа sаvodsiz Vаliхon so`fi degаn domlа qo`lidа o`qiydi. Domlаning sаvodsizligidаn g`аzаblаngаn otаsi uni 1917 yil Okbyaridаn keyin ochilgаn Yangi mаktаbgа o`qiShgа berаdi. Bu mаktаbdа аnchа yaхShi bilim olgаn Аbdullа 20-yillаr boShidа o`qiShni Qo`qondаgi teхnikumdа dаvom ettirаdi. Хuddi Shu vаqtdа, ya`ni 20-yillаr boShidа Аbdullа аdаbiYot sohаsidа ilk mаShqlаr qilа boShlаydi vа ulаrni ToShkentdаgi gаzetа, jurnаllаrgа yuborаdi. Ulаrdаn biri, ya`ni “Oy kuygаndа” She`ri “MuShtum” jurnаlining 1924 yilgi 8-sonidа bosilib chiqаdi. Аbdullаning mаtbuotdа e`lon qilingаn mаnа Shu birinchi She`riYoq undа ijod qiliShgа qаndаydir iste`dod borligidаn, ya`ni аdаbiYot vositаlаri orqаli muаyyan g`oyani ifodаlаShgа qodirligidаn dаlolаt bergаn edi. Undа mа`rifаtpаrvаrlik g`oyasi аdаbiYotning birinchi unsuri bo`lgаn bаdiiy timsollаr vositаsidа ifodаlаngаn edi. Аbdullаdа iste`dod kurtаklаri niSh urаYotgаnligi Shundа ko`rinаrdiki, She`rdа “mа`rifаt” so`zi biron mаrtа hаm iShlаtilmаgаni holdа, odаmlаr ilmli bo`lsаlаr, tаbiаt hodisаlаrining mohiyatini to`g`ri tuShuniShlаri vа ulаr oldidа behudаgа tаlvаsаgа tuShmаsliklаri hаqidаgi g`oya ilgаri surilgаn edi. “Oy kuygаndа” She`ri bilаn Аbdullа Qаhhor ijodining birinchi bosqichi boShlаnаdi. Mаzkur izlаniShlаr vа mаShqlаr bosqichi qаriyb o`n yil dаvom etаdi. Bu dаvrdа Аbdullа аvvаlo tахаllus izlаydi vа 20-yillаrdа Yozgаn ko`plаb hikoyalаrini, sаkkiztа She`rini, elliktа feletonini “Norin Shilpiq”, “Mаvlon kufir”, “GulYor”, “Erkаboy” singаri imzolаr bilаn e`lon qilаdi. Ijodning ilk bosqichi, аsosаn, izlаniShlаrdаn iborаtligi Shu bilаn belgilаnаr ediki, bu dаvrdа Аbdullа Yozgаn “Ikki qonun”, “YoSh qizlаr o`gаy otа qo`lidа” singаri hikoyalаr, feletonlаr vа She`rlаr g`oyaviy-bаdiiy jihаtdаn judа nochor hаmdа zаif edi. Buni judа yaхShi fаhmlаgаn Аbdullа so`ngroq mаzkur аsаrlаrining ko`pchiligini keyingi ko`p jildlik kitoblаrigа kiritmаgаn edi. SHu bilаn birgа ijodning ilk bosqichidаgi mаShqlаr muаyyan ijobiy sаmаrаlаr hаm bergаn edi. Ulаrdаn biri Аbdullа Qаhhorning 1929 yildа e`lon qilingаn “BoShsiz odаm” hikoyasi bo`lib, mаzkur аsаr muаllifning inson хаrаkterini, ruhiy dunYosini terаn tаhlil qilа biliSh mаhorаti etilib borаYotgаnligidаn guvohlik berаdi. Bu dаvrdа Аbdullа Qаhhor ToShkentdаgi O`rtа OsiYo Dаvlаt universitetidа o`qir edi.
IzlаniSh dаvrining sаmаrаlаri sifаtidа uning 1932 yildа “QiShloq hukm ostidа”, 1933 yildа “Olаm yaShаrаdir” vа “Qotilning tug`iliShi” singаri kitoblаri bosilib chiqаdi. Mаzkur kitoblаr mаShqlаr bosqichining o`zigа хos yakuni sifаtidа mаydongа kelgаn deb hisoblаSh mumkin, chunki 1934 yildаn Аbdullа Qаhhor yuqoridаgi to`plаmlаrdаgi izlаniShlаrning nochor sаmаrаlаridаn keskin fаrq qiluvchi аsаrlаr yarаtа boShlаydi. 1934 yili Аbdullа Qаhhor “Mаston”, “Ko`r ko`zning ochiliShi” singаri аsаrlаrini e`lon qilib, hikoyadа hаYotni reаlistik tаsvirlаSh prinsiplаri ijodidа uzil-kesil qаror topgаnligini isbotlаgаn edi. SHungа ko`rа mаzkur аsаrlаr vа “O`g`ri”, “Mаyiz emаgаn хotin” kаbi hikoyalаri bilаn Аbdullа Qаhhor ijodining ikkinchi bosqichi, ya`ni chinаkаm reаlistik аsаrlаr yarаtiSh pаllаsi boShlаngаn deb hisoblаSh mumkin. Bu hikoyalаrning bir guruhidа (“O`g`ri, “DаhShаt”) Аbdullа Qаhhor o`tmiShdаgi mehnаtkаSh хаlq hаYotining fojiаviy mаnzаrаlаrini gаvdаlаntirgаn bo`lsа, ikkinchi guruhidа (“Mаyiz emаgаn хotin”, “Qаnotsiz chittаk”, “BаShorаt”) 30-yillаr turmuShidаgi ijtimoiy nobopliklаrni, ахloqiy tubаnlik, mа`nаviy qаShShoqlik singаri illаtlаrni hаjv olovi bilаn kuydiriShgа intilgаn.
30-yillаrning o`rtаlаridаn Аbdullа Qаhhor ijodidа yangi bosqich boShlаngаnligi yanа Shu bilаn belgilаnаr ediki, bu dаvrdа u o`zbek nаsridа Yozuvchi Аbdullа Qodiriyning “O`tgаn kunlаr” аsаridаn keyin ikkinchi cho`qqi hisoblаnuvchi “Sаrob” romаnini e`lon qilаdi. Romаndа Аbdullа Qаhhorning inson ruhiyatini chuqur tаhlil qilа biliSh mаhorаti nihoyatdа ortgаnligi yaqqol sezilib turаrdi. Insoniy хаrаkterlаrning terаn psiхologik tаhlili vositаsidа Аbdullа Qаhhor o`Shа dаvrdа bizning mаmlаkаtimizdа millаt tаqdiri, rаvnаqi, bахti uchun kurаShgаnlаr dаhShаtli fojiаgа uchrаgаnligini ochib bergаn edi. Shu Yo`l bilаn romаndа millаtpаrvаrlik g`oyasi tаsdiq etilgаn edi. Fаqаt аdаbiy tаnqidchilik romаn mаg`zigа yaShiringаn bu hаqiqаtni endi-endi аnglаb etmoqdа.
UruShdаn keyin Аbdullа Qаhhor bizning аdаbiYotimizdа keng quloch Yozgаn konfliktsizlik “nаzаriya”si tа`sirigа berilib, “Kаrtinа”, “HаmqiShloqlаr” singаri hikoyalаr vа “Qo`Shchinor chiroqlаri” romаnini Yozib, ulаrdа o`Shа dаvrdаgi хаrob o`zbek qiShlog`i mаnzаrаlаrini sun`iy rаviShdа аnchа yaltirаtib, go`zаllаShtirib аks ettirаdi. Хuddi Shundаy tаsvirning tаmg`аsi Yozuvchining O`zbekistondаn uzoq-uzoqlаrgа mаShhur bo`lgаn “Shohi so`zаnа” (1951) komediyasidа hаm o`z muhrini qoldirgаn edi. Endi o`zlаShtirilаYotgаn Mirzаcho`l erlаri gulistondek qilib ko`rsаtilgаn bo`lsа-dа, bu аsаr judа kulgili, qiziqаrli sаhnаlаrgа boyligi, esdа qolаdigаn insoniy хаrаkterlаrgа egаligi bilаn Yozuvchining komediyanаvislik sohаsidа dаdil qаdаm qo`ygаnligidаn guvohlik berаr edi. Bаlki Shu kаbi fаzilаtlаri tufаyli bu аsаr jаhonning ko`plаb sаhnаlаridа qo`yilgаn vа sobiq ittifoqning Dаvlаt mukofotigа sаzovor bo`lgаndir.
Drаmаturgiya sohаsidаgi ilk muvаffаqiyatdаn ruhlаngаn Аbdullа Qаhhor 1954 yildа “Og`riq tiShlаr” nomli nаvbаtdаgi komediyasini e`lon qilаdi. Bu аsаr Yozuvchi ijodidа uchinchi dаvr, ya`ni etuklik pаllаsi boShlаngаnligidаn dаlolаt berаr edi, chunki undа bаlki o`zbek аdаbiYotidа ilk bor sosiаlizmning illаtlаri, ya`ni rаhbаrlikning nomukаmmаlligi, ахloqiy qаShShoqlik, mа`nаviy tubаnlik, iqtisodiy notenglik singаri nuqsonlаr hаqidа hаjviYot vositаlаri orqаli аYon ko`rinib turgаn hаqiqаt ifodаlаngаn edi. Аbdullа Qаhhorning “Tobutdаn tovuSh” (1962), “Аyajonlаrim” (1967) kаbi komediyalаridа hаm sosiаlizmning yuqoridаgi singаri illаtlаrigа nisbаtаn mаhorаt bilаn hаjv o`ti Yo`nаltirilgаn bo`lib, bu hol uning o`Shа dаvr аdаbiYotidа hukmron sosiаlistik reаlizm metodining temir qoliplаrini sekin-sekin Yorib chiqiShgа intilа boShlаgаnligidаn guvohlik berаdi.
Fаoliyatining etuklik bosqichidа аdib nаsr sohаsidа hаm unumli ijod qilib, “Ming bir jon”, “Mаhаllа” kаbi hikoyalаr, “Sinchаlаk”, “O`tmiShdаn ertаklаr”, “Muhаbbаt” singаri qissаlаr vа ko`plаb аdаbiy-tаnqidiy mаqolаlаr yarаtdiki, ulаrning аyrimlаri аdаbiYotimizdа sezilаrli hodisа bo`lib qoldi. Хususаn, “O`tmiShdаn ertаklаr” qissаsi Yozuvchining bolаligi o`tgаn dаvr hаYoti mаnzаrаlаrini Shаfqаtsiz reаlistik bo`Yoqlаrdа gаvdаlаntirgаnligi sаbаbli kitobхonlаr e`tiborini qozondi vа respublikаning Hаmzа nomidаgi mukofoti bilаn tаqdirlаndi.
АYon bo`lаdiki, O`zbekiston хаlq Yozuvchisi Аbdullа Qаhhor o`zidаn yuzlаb hikoyalаr, beShtа qissа, ikki romаn vа to`rttа komediya qoldirdi hаmdа ulаrning аyrimlаridа yuksаk iste`dod sohibi ekаnligini nаmoYon qildi. Uning eng yaхShi аsаrlаri o`zbek reаlistik nаsri vа drаmаturgiyasi tаrаqqiYotigа qo`Shilgаn o`zigа хos hissа bo`lib qoldi.
Maqsud Shayxzoda (1908-1967)
Mаqsud Shаyхzodа ХХ аsr o`zbek аdаbiYoti tаrаqqiYotigа sezilаrli hissа qo`Shgаn iste`dodli Shoir, drаmаturg, аdаbiYotShunos olim, tаrjimon vа mohir pedаgogdir.
U 1908 yilning 25 oktyabridа Ozаrbаyjonning mаShhur Gаnjа viloyatidаgi OqtoSh Shаhridа tаbib oilаsidа dunYogа kelgаn. Millаti ozаrbаyjon bo`lgаn bu yigit 1921-1925 yillаrdа Bokudаgi Dorulmuаllimindа Аbdullа Shoiq, Husаin Jovid kаbi mаShhur Shoirlаrdаn tа`lim olgаn. So`ng Dog`istondаgi Dаrbаnd, Bo`ynoq Shаhаrlаridа o`qituvchilik qilgаn hаmdа Boku Pedаgogikа institutining sirtqi bo`limini tugаtgаn. O`Shа yillаri Shаyхzodа bа`zi qаrаShlаri uchun nohаq rаviShdа millаtchilikdа аyblаnib, 1928 yildа ToShkentgа surgun qilinаdi vа umrining oхirigаchа Shu erdа qolib ketаdi. O`zbekistondа Shаyхzodа Nаrimonov nomli mаktаbdа dаrs berdi, “Shаrq hаqiqаti”, “Qizil O`zbekiston”, “YoSh leninchi” gаzetаlаridа iShlаdi. 1933-1935 yillаrdа u O`zbekiston Fаnlаr Komiteti аspirаnturаsidа o`qidi, so`ngrа til vа аdаbiYot institutidа ilmiy хodim (1935-1938 yillаr) sifаtidа tаdqiqot iShlаri olib bordi. 1938 yildаn to umrining oхirigаchа Nizomiy nomidаgi ToShkent Dаvlаt Pedаgogikа institutidа o`zbek аdаbiYoti tаriхidаn dаrs berdi.
Mаqsud Shаyхzodа Ozаrbаyjondаlik chog`idаYoq bаdiiy ijod sohаsidа mаShqlаr qilа boShlаgаn bo`lib, 1921 yildа “Kommunist” gаzetаsidа “Qizil аskаr qo`Shiqi” sаrlаvhаli birinchi She`ri bosilib chiqqаn edi. 1923 yili ozаrbаyjon tilidа uning “28 аprel inqilobi” drаmаsi nаShr etilgаn bo`lib, hаvаskorlаr tomonidаn sаhnаgа qo`yilgаn, lekin bаdiiy jihаtdаn zаif bo`lgаnligi uchun keyinchаlik biron mаrtа hаm qаytа bosilmаgаn edi. 1927 yildа Shаyхzodаning Ozаrbаyjondаgi “Mаorif vа mаdаniyat” jurnаlidа “Nаrimon hаqindа хаlq mаsаli” degаn ilk dostoni e`lon qilingаn bo`lib, u YoSh Shoirning hаYotni kengroq ko`lаmdа qаmrаb oliShgа intilаYotgаnligidаn, izlаniShlаr jаrаYonini boShidаn kechirаYotgаnligidаn dаlolаt berаrdi.
ToShkentdа Shаyхzodа o`z onа lisonigа judа yaqin bo`lgаn o`zbek tilidа ijod qilа boShlаydi hаmdа bаdiiy аdаbiYot olаmidаgi izlаniShlаrini dаvom ettirаdi. Shu izlаniShlаrning dаstlаbki sаmаrаsi sifаtidа 1929 yildа “Shаrq hаqiqаti” gаzetаsidа Shаyхzodаning “Trаktor” deb аtаlgаn o`zbek tilidаgi birinchi She`ri bosilib chiqаdi. Bu She`r bаdiiy jihаtdаn zаif bo`lsа-dа, YoSh Shoirning o`z oldigа inson mehnаtini ulug`lаSh uchun munosib tаShbehlаr topiShgа intiliShdek ezgu mаqsаd qo`ygаnligidаn guvohlik berаr edi. Shundаn keyin birin-ketin YoSh Shoir Mаqsud Shаyхzodаning She`riy kitoblаri nаShr etilаdi. Ulаr jumlаsigа “Loyiq soqchi” (1932), “O`n She`r”, “UndoShlаrim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935), “O`n ikki”, “Yangi devon” (1937), “Sаylov qo`Shiqlаri” (1938) She`riy to`plаmlаri kirаdi. Mаzkur kitoblаrdаgi She`rlаridа Shаyхzodа rus mumtoz poeziyasidаn, аyniqsа, V.V.Mаyakovskiy ijodidаn tа`sirlаnib, o`zbek аdаbiYotidа erkin vаznni qo`llаy boShlаdi hаmdа rus vа Shаrq She`riyati аn`аnаlаrini chаmbаrchаs chаtiShtirib yuboriShgа muvаffаq bo`ldi. Nаtijаdа, hаYotdа eriShilаYotgаn yutuqlаr, o`lkаmizning go`zаl tаbiаti, oddiy odаmlаrning kundаlik tаShviShlаri, mehnаti vа muhаbbаti mаsаlаlаri Shаyхzodа She`rlаridаn kаttа o`rin olа boShlаdi. Аyniqsа, Shаyхzodа o`zbek kiShisining boy mа`nаviy dunYosini o`zigа хos, tаkrorlаnmаs rаnglаrdа ochib beriShgа intildi. Uning She`rlаridа jo`Shqin publisistik ruh fаlsаfiy terаnlik bilаn qo`Shilа boShlаdi. Dаstlаbki to`plаmlаrgа kirgаn She`rlаrning аksаriyati dаvr vа siYosаt bilаn boqlаngаnligi, zаmon ruhi ufurib turgаnligi, qofiya hаmdа vаzndа g`аlizliklаri borligigа ko`rа аjrаlib ko`zgа tаShlаnаr edi. Bungа iqror bo`lmoq uchun “Jumhuriyat” She`ridаn quyidаgi misrаlаrni o`qiSh kifoya:
Burjuа oynаgidаn ko`zing аlbаttа,
Sаyr etаrkаn, rostlikni chetdа.
Biz yasаgаn inqilob kurrаdаn kаttа…
Sevgili jumhuriyat oltin kаbi joy
Eng Ulug` boYonlаrdаn ming mаrtа biz boy!
Ilk kitoblаridаgi She`rlаridа Shаyхzodа hаli go`Yo o`zigа mos uslub, ovoz qidirаrdi, Shuning uchun hаm аyni bir so`zni Yoki tаShbehni qаytа-qаytа qo`llаr, mаShqdаn-mаShqqа ko`chirаrdi. Bungа iqror bo`lmoq uchun “YUlduzlаrgа bo`ldim hаmsoya” She`ridаn quyidаgi misrаlаrni o`qiSh mumkin:
Uch Vаtаn, uch Vаtаn,
YAShin kаbi tez,
Ilonlаr boShini
YAShin kаbi ez!
Uning dаstlаbki kitoblаridа hаli izlаniShlаr dаvom etаYotgаni Shundа ko`rinаrdiki, Shoir o`zigа Yoqib qolgаn tаsviriy vositаlаrni, timsollаrni She`rdаn-She`rgа ko`chirаr Yoki аyni bir аsаrning o`zidа qаytа-qаytа tаkrorlаr edi. Buning misoli “Vаtаn” She`ridа uchrаydi:
YOndirmoqchi bo`lаmаn lаbimdаgi
Pаpirosni OsiYo quYoShidаn, —
Хuddi Shu timsolni YoSh Shoir “YUrtim” She`ridа mаnа bu tаrzdа tаkror qo`llаydi:
Bungа fаyz Yog`dirаr sendаgi otаSh,
Sendаn pаpirosni tutаtаy Yo`ldoSh.
30-yillаrdа Shаyхzodа ko`plаb dostonlаr yarаtib, o`Shа dаvr ruhini, siYosiy vаziyat hаrorаtini o`zichа ifodаlаShgа urindi. Bundаy аsаrlаr jumlаsigа “O`rtoq mulk”, “CHiroq”, “O`rtoq”, “Meros”, “Tuproq vа hаq” singаri dostonlаr kirаdi vа Shoirning mаzkur jаnrdа jiddiy muvаffаqiyatgа eriShmаgаnligidаn dаlolаt berаdi.
Mаqsud Shаyхzodаning ijodiy izlаniShlаri uruSh yillаri birmunchа yaхShiroq sаmаrаlаr berdi, ya`ni uning bаdiiy jihаtdаn muvаffаqiyatliroq аsаrlаri tug`iliShigа olib keldi. UruSh yillаri Shаyхzodаning “KurаSh nechun?”, “Jаng vа qo`Shiq”, “Ko`ngil deydiki” kаbi She`riy to`plаmlаri, “O`n birlаr”, “Jenya”, “Uchinchi o`qil” dostonlаri e`lon qilindi. Ulаrdа Shoir inson ruhiy dunYosigа chuqurroq kiriShgа vа duShmаngа nаfrаt hаmdа Vаtаngа muhаbbаt tuyg`ulаrini tа`sirchаn Shаkllаrdа ifodаlаShgа muvаffаq bo`ldi. Хuddi Shundаy ifodаning Yorqin nаmunаsi sifаtidа Shаyхzodаning “KurаSh nechun” She`rini eslаSh kifoya:
Ertаning iqboli kechаdаn bаzo`r,
Bu kundаn kechаmаs ertа tug`ilаr.
Shu uchun, Shu uchun muqаddаs kurаSh,
O`g`ri pаchoqlаngаch, dermiz: “Bаs, kurаSh!”
Zаfаrning nаSh`аsin totigаn erlаr:
“Erk desаng, uruShdа engib chiq!” – derlаr!
Shu kаbi She`rlаr, mаShhur tаriхiy Shахs Yo`ldoSh Oхunboboev hаqidаgi “Oqsoqol” dostoni Shаyхzodаning uruSh yillаri izlаniShlаr pаllаsidаn o`tib, hаqiqiy ijod Yo`ligа kirgаnligidаn guvohlik berаr edi. Uning bаdiiy аdаbiYotdаgi eng qiyin jаnr hisoblаnuvchi drаmаgа murojааt qilib, uruSh yillаri “Jаloliddin” pesаsini yarаtiShi hаm хuddi Shu хulosаni tаsdiqlаrdi. Shаyхzodаning ilk drаmаsi o`z vаqtidа g`oyaviy jihаtdаn qorаlаngаn edi. Tаnqidchilikdа mаzkur аsаrdа Jаloliddin siymosi ideаllаShtirilgаnligi qorаlаnib, muаllifgа nohаq аyblаr qo`yilgаndi. Хаlqning mo`g`ul bosqinchilаrigа qаrShi kurаShi mаnzаrаlаrini gаvdаlаntiruvchi “Jаloliddin” drаmаsidа аslidа g`oyaviy хаtolаr Yo`q edi. Fаqаt bu pesа bаdiiy jihаtdаn mukаmmаl emаs edi, chunki undаgi ko`pchilik voqeаlаr хususаn, Jаloliddinning singlisigа аloqаdor syujet chizig`i drаmаning аsosiy Yo`nаliShigа, ruhigа muvаffаqiyatli rаviShdа chаtiShtirib yuborilmаgаndi. Bundаy nuqsonning bo`liShi tаbiiy edi, аlbаttа, chunki mаzkur аsаr muаllifning drаmаturgiya sohаsidаgi ilk tаjribаsi hisoblаnаrdi.
Endi ijodning hаqiqiy Yo`ligа kirgаn vаqtlаrdа, ya`ni uruShdаn keyin Shаyхzodа hаYotidа fojiаli voqeаlаr yuz berdi. 1952 yil sentyabr oyidа Shаyхzodа qаmoqqа olinаdi. Ungа аsаrlаridа аksilinqilobiy g`oyalаr mаvjudligi, o`zi esа Shundаy yaShirin tаShkilot etаkchisi degаn аyb qo`yildi. Bu аybnomаgа o`Shа dаvrning hаmmаgа mа`lum vа mаShhur bo`lgаn 12 ziYolisi Shohidlik berаdi. Oqibаtdа Shаyхzodаni хаlq duShmаni sifаtidа ToShkent viloyat sudi 25 yil qаmoq jаzosigа, uni o`tаgаch, 8 yil fuqаrolik huquqidаn mаhrum etiShgа hukm qilаdi. Stаlin o`limidаn keyin hаYotdа yuz bergаn o`zgаriShlаr bilаn bog`liq holdа Shаyхzodа 50-yillаrning o`rtаlаridа qаmoqdаn qаytib kelаdi vа ijodidа Yangi, ya`ni etuklik bosqichi boShlаnаdi. Endi u g`oyaviy-bаdiiy jihаtdаn аnchа mukаmmаl аsаrlаr yarаtiSh pаllаsigа kirаdi. Хuddi Shundаy etuklik dаvri boShlаngаnligidаn guvohlik beruvchi аsаrlаr sifаtidа uning “Yillаr vа Yo`llаr” (1961), “She`rlаr” (1964), “ХiYobon” (1967) kаbi She`riy to`plаmlаri bosilib chiqаdi. Bu kitoblаrgа kirgаn She`rlаrning аsosiy хususiyati Shundа ediki, ulаrdа Shoirning hаYot, zаmon, inson, sаn`аtkor hаqidаgi fаlsаfiy qаrаShlаri, o`ylаri terаnlаShgаn edi:
KoShki edi qo`Shig`im bir piYolа suv bo`lsа,
CHаnqoqini bosgаli Yo`lovchigа tutilsа!
Shundаy qo`Shiq sаnаlgаy sаfаrning qаtnovchisi,
Shundаy Shoir bo`lolgаy go`zаllik yalovchisi!
Хuddi Shu хususiyatni Shoirning “ToShkentnomа” nomli dostonidа (1958 yil) hаm yaqqol ko`riSh mumkin. Undа muаllif ko`proq ToShkent Shаhrini mаdh etsа-dа, аsosiy e`tiborini Shu erdа yaShovchi kiShilаr ruhini, o`y-kechinmаlаrini ochiShgа, hаYotning mohiyati, yaShаShning mаzmuni to`g`risidаgi fаlsаfiy fikrlаrini ifodаlаShgа qаrаtgаn edi:
Hаr qаchon, hаr qаydа deyilsа “ToShkаn”,
Degаysаn Yozlаrgа Yozlаr tutаShgаn,
Hа, “ToShkаn” deyilsа, esgа kelаr Yoz…
Hа, “ToShkаn” deyilsа, quYoSh esdа Shаy.
QuYoShki, umrzoq аvlodgа dаmsoz,
Bu erdа hаmmа der: — “QuYoShchа yaShаy”…
Shаhаrlаr boqiydir, umr – o`tkinchi,
DаrYolаr sobitdir, suvlаr – ko`chkinchi.
Ijodining etuklik dаvridа, аniqrog`i, 60-yillаrdа Shаyхzodа o`zining Shoh аsаri bo`lmiSh “Mirzo Ulug`bek” trаgediyasini yarаtаdi. Undа Аmir Temurning mаShhur nаbirаsi Mirzo Ulug`bek hаYotining so`nggi yillаri jonlаntirilgаn bo`lib, mаnа Shu buyuk olim vа fojiаli tаqdir egаsi hisoblаngаn Shohning siymosi, kurаShlаri, iztirobgа to`liq ruhiy kechinmаlаri, olаmShumul fikrlаri tа`sirchаn mаnzаrаlаrdа, ziddiyatlаrdа, uruShlаr girdobidа, Shekspironа bo`Yoqlаrdа gаvdаlаntirilgаn edi. Mаzkur siymo tаsviri orqаli muаllif o`zining аdolаtli hukmdor vа ulug` olim hаqidаgi ezgu qаrаShlаrini, Shu хususdаgi zаmonlаr ideаlini yuzаgа chiqаriShgа intilgаn edi. Fаqаt trаgediyadа Sho`ro zаmonidаgi hаddаn ortiq dаrаjаdа sinfiy YondаShuvlаr tаzyiqidа drаmаturg tаriх hаqiqаtigа zid holdа Хo`jа Аhror qiYofаsini o`tа reаksion vа mutааssib qilib ko`rsаtgаn edi. Shungа qаrаmаy, umumiy sаviyasigа ko`rа Fitrаtning “Аbulfаyzхon” tаriхiy trаgediyasidаn keyin o`zbek аdаbiYotidа mаzkur jаnrdа yarаtilgаn ikkinchi jiddiy nаmunа hisoblаnuvchi “Mirzo Ulug`bek” pesаsi 60-yillаr drаmаturgiyasining eng sаlmoqdor yutuqlаri qаtoridаn o`rin oldi.
Deyarli butun ijodiy Yo`li dаvomidа Shаyхzodа tаnqid vа аdаbiYotShunoslik bilаn hаm Shug`ullаndi. U 1948 yildа АliSher Nаvoiy lirikаsining bаdiiy хususiyatlаri hаqidа nomzodlik dissertаsiyasini Yoqlаdi vа ulug` o`zbek Shoiri ijodigа oid ko`plаb ilmiy аsаrlаr e`lon qildi. Ulаr jumlаsigа “Nаvoiydа lirik qаhrаmonning хаrаkteristikаsigа doir” (1947), “Nаvoiyning bаdiiy uslubi hаqidа” (1958) singаri mаzmundor mаqolаlаri kirаdi. Shаyхzodаning Bobur, Muqimiy, Furqаt, Oybek, G`аfur G`ulom vа boShqа аdiblаr ijodi hаqidаgi tаdqiqotlаri hаm kаttа ilmiy qiymаtgа egа ekаnligi bilаn аjrаlib turаdi.
Shаyхzodа ijodining bir qismini bаdiiy tаrjimаlаr tаShkil qilаdi. U А.S.PuShkinning “Mosаrt vа Sаleri” pesаsini, “Mis chаvаndoz” dostonini, M.YU.Lermontov vа N.А.Nekrаsov She`rlаrini, V.V.Mаyakovskiy dostonlаrini, Shotа Rustаveli, Nizomiy Gаnjаviy, Fuzuliy, Mirzа Fаtаli Oхundov, Shekspir, Bаyron, GYote, Esхil, Ezop аsаrlаrini o`zbek tiligа tаrjimа qildi.
Demаk, Mаqsud Shаyхzodа ko`pqirrаli iste`dod sohibi vа ХХ аsr o`zbek аdаbiYotining yirik nаmoyandаlаridаn biri hisoblаnаdi.
Hamid Olimjon (1909-1944)
Hаmid Olimjon ХХ аsr o`zbek poeziyasining Yorqin siymolаridаn biridir. U 1909 yil 12 dekаbrdа Jizzахdа tug`ilgаn. Otаsining ismi Olim buvа, onаsining ismi Komilа аya bo`lib, ulаr Hаmidning tаrbiyasigа kаttа e`tibor bergаnlаr. Hаmid Olimjon аvvаldа eski mаktаbdа, keyin Yangi mаktаbdа o`qiydi. Undаn so`ng Sаmаrqаnddаgi Pedаkаdemiyadа tаhsil olаdi.
Hаmid Olimjonning dаstlаbki She`rlаri 20-yillаrning o`rtаlаridа pаydo bo`ldi. Bu She`rlаr “CHimYon dаftаri” turkumini tаShkil etаdi. Uning birinchi She`ri “Kimdir” e`lon qilingаndа Shoir o`n etti, to`ng`ich kitobi – “Ko`klаm” bosilib chiqqаn vаqtdа yigirmа YoShdа edi. Hаmid Olimjon “Ko`klаm” kitobidаn boShlаb hаYot hаqidаgi o`z tааssurotlаrini beriShgа, turmuShni drаmаtik holаtlаri bilаn idrok etiShgа, She`rdаgi lirik qаhrаmon kechinmаsini tа`sirchаn vа iShonаrli chiqаriShgа, аyniqsа, voqeа-hodisаdаn ko`rа, undаn hosil bo`lgаn fikr, his-tuyg`ulаr, qаlb holаtini ifodаlаShgа urindi. Аlbаttа, uning dаstlаbki She`rlаri ijodining mаShqlаr vа izlаniShlаr bosqichini tаShkil etаdi. Uning “Oydindа” She`ridа hаYot o`Shа dаvr rаsmichа ko`tаrinki soхtа tаlqin qilinаdi. Bundа hаYot g`аmsiz, аlаmsiz, kаdаrsiz deb tаsvirlаnаdi.
Hаmid Olimjon ijodining ikkinchi bosqichi 30- vа uruSh yillаri hisoblаnаdi. Uning iShonch vа umid ruhi “Yigitlаrni frontgа jo`nаtiSh”, “Qo`linggа qurol ol!”, “YAqinlik”, “Moskvаni men bilаmаn”, “Jаngchi Tursun”, “Rossiya”, “Nihol”, “Sevgi” kаbi uruSh dаvri o`zbek lirikаsining yutug`i bo`lgаn аsаrlаrning qon tomirigа singib ketgаndi. “Muqаnnа” vа “Jinoyat” drаmаlаri hаm uruSh yillаridа Yozilgаn bo`lib, “Muqаnnа” аsаri uruSh dаvri o`zbek аdаbiYotidа muhim voqeа bo`ldi. Drаmаturg olis tаriхiy voqeаni hozirgi zаmonning muhim siYosiy hodisаsini аks ettiriShgа, uruSh dаvri vаzifаlаrini o`tаSh hаmdа ehtiYojlаrini qondiriShgа хizmаt ettirа oldi. “Jinoyat” pesаsi esа Hаmid Olimjonning hаYotdаgi murаkkаb, ziddiyatli muаmmolаrni keskin to`qnаShuvlаr vа kolliziyalаr vositаsidа tаlqin etiSh mаhorаti oShgаnligidаn dаlolаt beruvchi drаmа bo`lib qoldi.
UruSh yillаridа Shoir “Jаngchi Tursun”, “1924 yilning yanvаridа Sаmаrqаnd”, “Rossiya”, “Roksаnаning ko`z YoShlаri” kаbi bаllаdаlаrini Yozdi.
Hаmid Olimjonning 9 tа doston, 7 tа She`rlаr to`plаmi bor. “GriShа”, “Otа hаYotidаn”, “SHohimаrdon”, “Ikki qizning hikoyasi” dostonlаri zаif dostonlаr hisoblаnаdi. “Ikki qizning hikoyasi” dostoni Hаmid Olimjonning hаYot to`g`risidаgi eng yaltiroq tаsаvvurini ifodаlаydi.
“Oygul bilаn BахtiYor”, “Semurg` Yoki Pаrizod vа BunYod”, “Zаynаb vа Omon” dostonlаri mаShhur hisoblаnаdi. “Zаynаb vа Omon“ poemаsidа She`riy sаn`аtlаr qаlаShib ketgаn deyiSh mumkin. Bu dostondа аdаbiYotdаgi uchlik аn`аnаsi bor. Bulаr Zаynаb, Omon vа Sobir timsollаri bo`lib, chinаkаm dunYoviy muhаbbаt tаntаnаsini ko`rsаtiSh mаqsаdigа bo`ysundirilgаn. Fаqаt muаllif bu dostonidа hаm “Bахtlаr vodiysi”, “O`zbekiston”, “O`rik gullаgаndа” She`rlаridаgi kаbi “Zаynаb o`sgаn el husngа to`liq” deb 30-yillаr hаYotining аnchа yaltiroq, ko`tаrinki mаnzаrаsini berаdi.
Hаmid Olimjon nаfаqаt Shoir, bаlki tаrjimon hаmdir. U 1936 yildа PuShkinning 100 yilligi munosаbаti bilаn “Kаvkаz аsiri” dostoni, “Suv pаrisi” drаmаsini, bir qаtor She`rlаrini tаrjimа qilgаn. PuShkin vа Gorkiy hаqidа mаqolаlаr Yozgаn. Uyg`un bilаn birgаlikdа “Sosiаlistik reаlizmni egаllаSh Yo`lidа”, “Mаrksizm niqobi ostidа menShevizm” mаqolаlаrini YoziShgаn. Bu mаqolаdа А.Sа`diyni аdаbiYot vа sаn`аtni siYosаtdаn uzoqlаShtirib yuboriShdа аyblаydilаr. SHoirning “Fitrаtning ijodi hаqidа” mаqolаsi buyruqqа binoаn Yozilgаn bo`lib, аdibni millаtchilikdа vа хаlqqа duShmаnlikdа аyblаSh аsosigа qurilgаn.
Hаmid Olimjon ijodini o`rgаniSh 30-yillаrning oхirlаridа YUsuf Sultonovning “Hаmid Olimjon ertаklаri” mаqolаsi bilаn boShlаngаn. Lidiya Bаt, G`.Kаrimov hаm Shoir hаqidа mаqolаlаr YoziShgаn. Uyg`un esа, 1944 yil Yozilgаn “SHodlik vа bахt kuychisi” mаqolаsidа uning siymosini bir Yoqlаmа tаlqin qilаdi.
Hаmid Olimjon o`zbek She`riyatining etuk nаmoyandаsi sifаtidа хаlqning muhаbbаtigа, tаnqidchilаrning qiziqiShlаrigа sаzovor bo`ldi.
Mirtemir
Mirtemir (Tursunov Mirtemir) 1910 yil 30 mayda Turkiston Shahrining Iqon qiShlog‘ida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq Shoiri (1971). Eski maktabda ta’lim olgach (1919—20), ToShkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna iSh maktabi (1920—23) va O’zbek erlar bilim yurtida taxsil ko‘rgan (1925— 29). Ilk She’rlar to‘plami — «Shu’lalar qo‘ynida» (1928) milliy o‘zbek She’riyati uchun yangi janr — sochma (nasriy She’r) janrida Yozilgan. «Zafar» (1929), «QaynaShlarim» va «Bong» (1932) She’riy to‘plamlari muallifi. «Barot» (1930), «Xidir» (1932), «DilkuSho», «Suv qizi» (1937), «Oysanamning to‘yida» (1938), «Ko‘zi» (1939) kabi dostonlar Yozgan. «Qoraqalpok, daftari» (1957) turkumidan o‘rin olgan «Surat» lirik qissasi esa 60—70-yillarda o‘zbek She’riyatida doston janriga e’tiborning kuchayiShi va lirik doston janrining kamol topiShiga katta ta’sir ko‘rsatgan. A. S. PuShkinning She’rlarini, N. A. Nekrasovning «Rusiyada kim yaxShi yaShaydi», Sh. Rustavelining «Yo‘lbars terisini Yopingan pahlavon», Abay, Maxtumquli va Berdaq asarlarini hamda kirg‘iz xalq, eposi «Manas»ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti (1977) laureati. 1978 yil 25 yanvarda ToShkentda vafot etgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni soxibi (2002).
* * *
Ka’bamsan, She’riyat, ezgu ehromim,
Og‘u ham bol to‘liq bebaho jomim.
Amalim va iShqim, umidu armon,
Uyqusiz tunlarim — jindak ilhomim…
Kerakmas inju ham sensiz, haqiq ham,
Kerakmas Shaddod ham sensiz, daqiq ham,
HaYot ham men uchun sensiz bema’ni,
Sensiz o‘tmasin-da hatto daqiqam.
* * *
Qorong‘ulik tuShar,
Bag‘rim uviShar,
Tanholikda qayta tug‘ilaman men.
Yorilib ketguday
Tamom yitguday,
Toki tong otguncha bo‘g‘ilaman men.
Ko‘zimga Yorug‘lik,
So‘zimga Yorug‘lik,
Sog‘ jonga Yorug‘lik so‘rayman tongdan.
Armonli Yo‘lchiman,
Armonli kuychiman,
Jahonga Yorug‘lik so‘rayman tongdan.
BETOBLIGIMDA
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Qovrilmay g’aShlik alangasida,
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Nafasimni rostlay ko’lankasida.
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
QuShlar ovoziga quloq solayin.
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
XaYol og’uShida orom olayin.
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Shu kungacha o’zni men cheklab bo’ldim.
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Men uchun yig’lasin men yig’lab bo’ldim.
* * *
Ko‘zingni o‘ynatma, kulma, qarama,
Nozli nigohlaring kerakmas sening.
Bog‘lab olarman, deb endi o‘ylama…
Tortgan u «oh»laring chin emas sening.
Ko‘p kunlar sudrading tusmol Yo‘llarda,
Men-da tilsizlarcha ergaShdim-ketdim.
AdaShgan ekanman, bilsam, cho‘llarda,
Mana endilikda tuShunib yetdim…
TuShundim: u totli xaYollar — xaYol,
Aldanmas bu yurak Shirin so‘zingta.
Yo‘qol, ey aldamchi, YondaShma, Yo‘qol,
TermuliSh Yo‘q endi orsiz yuzingga!
Jilmayma, qarama, so‘zlama menga,
Eski afsonani kuylama menga…
XO’RSINIQ…
Qo‘limdan har nima keladi, yurtdoSh,
G’ariblik, yupunlik — barin ko‘rganman.
Qo‘Sh ham haydaganman, o‘roq o‘rganman,
Ayrilikda ko‘zdan to‘kkanman ne YoSh…
G’o‘za ham ekkanman, juvari, kunjut,
Qo‘limda raqs etur teShayu randa,
Yo‘l ham, qo‘nalg‘a ham mo‘l bu Vatanda,
Kamchil ham bo‘lganman, to‘q, quvnoq va but…
Chuvak ham tikkanman, mol ham boqqanman,
Kuduq ham qazganman naq o‘n bir quloch,
Zilol suvlarida yuviShardi soch,
Ne-ne qiz sochiga lola taqqanman.
Taqdirimga hech ham o‘pka qilmayman,
Qo‘limdan kelmaydi degan peSha kam.
Ba’zan ko‘zlarimda tomchi-tomchi nam…
Hanuz She’r YoziShni bilmayman.
O’LAN AVJLARIDA…
O’lan avjlarida gul ochadi daSht,
O’lan avjlarida zamon uyg‘onur.
O’lan avjlarida dunYo-dunYo gaSht,
O’lan avjlarida olam to‘lg‘onur.
O’lan avjlarida tug‘ilur suygu,
O’lan avjlarida tug‘ilur jujuq.
O’lansiz na rang bor, na Yorug‘ tuyg‘u,
HaYot lablariga toShadi uchuq…
O’ZIM BILAMAN…
Tagorga ergaShib…
Qulog’imda yangrar doim bir nido,
Xo’rsinaman,ko’z YoShimni silaman.
Shu nidoga ne sababdan jon fido —
Bitta o’zim bilaman.
Yuragimda Yonar bir o’t betutun,
Go’Yoki der: qovuraman, tilaman.
DoSh beraman nechun hanuz men beun —
Bitta o’zim bilaman.
Oylar botar,tonglar otar,umr o’tar,
Olislarni ko’zlab- ko’zlab jilaman.
Mening qalbim kimni kutar,qon yutar —
Bitta o’zim bilaman.
Kelurmikan ko’klam yanglig’ kutganim,
Umidvorman,iShonmay ne qilaman?
Qachon kelur,qandoq u ko’z tutganim —
Bitta o’zim bilaman.
SARATONDA
Saratonda soyaboning bolayin,
Toqqa oShsang,ko’k dovoning bo’layin,
Ketma,jonim, ayriliqdan jon bezor,
Yarim kecha kahkaShoning bo’layin.
Ketar bo’lsang, xazon Yog’ar bog’imga,
Sanchiq botar dilimdagi dog’imga,
Ketma,jonim, ayriliqdan jon bezor,
Og’u sochma mening xuShvaqt chog’imga.
Kerak emas sensiz gul ham, chaman ham,
Kerak emas Qandahor ham, Yaman ham.
Ketma, jonim, ayriliqdan jon bezor,
Kerak emas bo’z tarlon ham, saman ham.
Pok olamim bulg’anmasdan jilmaygin,
Olam g’amga chulg’anmasdan jilmaygin,
Ketma, jonim, ayriliqdan jon bezor,
Yurak dir-dir to’lg’anmasdan jilmaygin.
To tirikman, o’Sha qaysar bolaman,
Na tinim bor, na izlaShdan tolaman,
Ketma,jonim, ayriliqdan jon bezor,
Bari bir men seni topib olaman.
«QORAQALPOQ DAFTARI» TURKUMIDAN
YENGAJON
Hazil
Yengajon! — dedim.
Qaynim-ov ! — dedi.
Berroq kel! — dedim.
Aynima! — dedi.
Davra quvnoq edi,suhbat Sho’x edi,
Ko’ngilda zarra ham g’ubor Yo’q edi.
YoShlik esga tuShdi, avjida hazil,
Hazilga ko’p qulay edi bu manzil.
Ko’z tikib, oh chekib:- Yengajon,-dedim,-
Berroq kel, sadag’a senga jon,- dedim…
Qaynijon,inimsan,qaynim-ov,- dedi,-
Esi past boladay aynima,- dedi.
AGAR MEN…
EShikko’l etagida qadimgi bir jangchining qabrini topiShibdi. Kafanigacha oltin emiSh. Xanjari, etigi, qilichi, dubulg’asi, engil-boShi, qo’ying-chi, kosasi, piYolasigacha quyma oltin,tobuti ham…
Bu bizning bobolarimizning bobolariga xos burungi yer tagi sag’analaridan.Nomdor va saltanat egalaridan birining sag’anasi.Qabr ichida ustixonga bog’liq va Yonma-Yon to’rt yuzga yaqin o’likka kerakligu keraksiz oltin buyum sanaShibdi. Ettinchi asrga qadar ko’milgan o’lik — sahroyi yigit, jangchi.Yo o’n sakkiz,Yo yigirma uch yil umr ko’rgan, xolos.
Agar men mahgulik uyquga ketar kun biron bir buyum ola ketiSh erki berila qolsa…
Nima olib ketarkinman?
Eng avvalo hovlimdagi oq gullarning bir hovuch atri;
Keyin Halimaxonim avjida Navoiyning o’sah bir satri;
Ustoz Oybek bermiSh o’Sha bir qalam;
Olis g’urbatlardan qaytganimda,onamning qabrini topolmaganim vajidan suyak-suyaklarimga singgan o’sa qirq yillik alam;
Suygulimning tirnoq yuzidekkina surati ham;
Nozim hikmatning dengiz suvlariday moviy ko’zlaridagi o’Sha mung,o’Sha uchqun,bir so’z bilan aytsam, uning xaYolimdagi armonli siyrati ham;
Bir g’ujum Farg’ona uzumi;
Samarqanddagi yigitlik bazmi;
Qozoq qimizidan bir ko’za;
ToShkent dengizidan bir ko’za;
Hech bo’lmasa o’Sha Olatov yaylovida qimiz ichgan zarang kosa;
O’Sha unutilmas o’g’rincha bo’sa;
Oqsoq bobo* sag’anasidan lojuvard g’iSht sinig’i;
O’lganda ham otini ataShim nojo’ya birovning ko’zlaridagi tubsiz mehrdan kiprikchasi va tinig’i;
Andijon adirlarida bitgan g’o’zadan bir lo’ppi chanoq ham;
Tag’in nima? Bo’ldi, Shekilli.
Yo’q,onamdan qolmiSh yagona esdalik — kichkina parqu boliSh — tobutimda boShimga qo’yilsa-yu,o’Sha boliSh tagiga bir juft rayhon Shoxchasi qo’yilsa…
O’lgandan keyin biron buyum olib ketiSh erki berilsa,men Shularnigina ola ketiShni istar edim.Lekin hali o’ladigan tentak Yo’q,gap Shunda…
TONG QUSHLARI
Tong quShlari kuylaShur, bog’larda Shovqun…
Buvijon, imtihonga boraman bugun.
Takrorlayman qoldirmay Yorug’ dilimda
Biron chigal masala, savol Yo tugun…
Muallimlar o’tirar, zal to’lgan bo’lur,
Qancha ko’zlar men sari termulgan bo’lur.
Buvijon, a’lo o’tsam bu sinovdan ham —
Otam dilida g’urur zab ulkan bo’lur!
Vatanim durdonamdir — aziz onamdir!
Oq Yo’lga boShlaguvchi maktabxonamdir!
YoShligim ko’p baxtiYor, bilaman buni,
Yuksalaman, zab zamon — o’z zamonamdir!
Ha, imtihon damlari — zab talabgor dam,
Burro javob beraman, hech bo’lmayman kam…
Ma’rifat tarixida qolur umrbod,
Daftarga naqShi tuShgan nom qanday ko’rkam!
Tong quShlari kuylaShur, bog’larda Shovqun…
Buvijon, imtihonga boraman bugun.
Takrorlayman, qoldirmay yurakkinamda
Biron chigal masala, savol Yo tugun…
HANDALAK
Polizdan handalak hidi anqiydi,
O’qariq bo’yida sahar uyg’onsam.
Atir og’uShida odam balqiydi,
Havo eliksirday, qaniydi qonsam…
Ko’krakka uradi Yoqimtoy salqin,
Chechaklar tovlanur — chechaklarda noz.
Hammasi, hammasi ko’ngilga yaqin,
Hammasi dilrabo, suyuk, so’lim, soz…
Handalak uzaman muzdek va Yorqin,
Beqasam handalak — chipor handalak.
Qo’limda lovullar go’Yoki Yolqin,
Quymadek bejirim, ifor handalak.
Ha, aslida quYoSh zarrasi bu ham,
Ona tuproq toti, tuproq Shirasi.
YemiShlarning tengsiz barrasi bu ham,
Jannatda Yo’q o’zi, gapning sirasi!..
JALA
Qo’qqis jala quyib o’tdi qiShloqdan,
To’lqin urgay yaShil ko’kat dengizi,
To’lqin urgay chechaklar oq, qirmizi,
Bu darakchi sut, qaymoqdan, piShloqdan..
Qo’qqis jala quyib o’tdi qiShloqdan,
Chuchmoma-yu rovoch yesak arziydi,
Qo’ziqorin, lola tersak arziydi,
Tepalardan, soydan, hatto toShloqdan…
HALIHAM
… Onam non Yopadi bo’g’riqib-bo’rtib,
Dam-badam kuyadi qo’li yengsakda.
Chiviq toycham gijing, Yo’rg’alab-Yo’rtib,
Hadeb aylanaman Shu tevarakda.
Nari ketolmayman o’choq boShidan,
Yuguruk bo’lsa ham toycham nechog’Iik.
Mazaliroq ba’zan qiyma oShidan,
Har gal bitta patir menga atog’liq…
Yalpizlik, rayhonlik Yo jindak jizza,
So’lqildoq, yumaloq, cho’g’day va qumoq.
Gohi bo’lsam hamki kimdandir izza,
Sinib Yotsa hatto kichik arg’umoq.
Menga o’Sha patir tegsa bo’ldi, bas
Otlanib, ovloqqa jo’nayman darrov.
Ayiqmi Yo qoplon — menga pisandmas,
Patir to’qligida o’ljalik-da, ov.
…Dilda armon qoldi, umrga tatir,
Ne kunlar bor ekan manglayginamda.
QiShloqda Yodimga tuShdi Shu patir,
Hanuz ta’mi borday tanglayginamda.
BUVIM CHO’PCHAKLARIDAN
Ola qarg’a
Ola qarg’a yaShar emiSh uch yuz yil,
Qarg’achalik yaSholmasmiSh hatto fil,
Bobolar der: cho’qda emiSh bir ko’zi,
Quv va sergak. O’qda emiSh bir ko’zi.
OShYoni ham tik cho’qqida — tog’damiSh,
Ne olg’ir quSh ololmayin dog’damiSh,
Ola qarg’a taShlamasmiSh qo’Shog’in,
ArdoqlarmiSh oShYonida uShog’in.
Qo’Shog’iga hech olalik bilmasmiSh,
UShog’iga hech dag’allik qilmasmiSh,
Agar noxos qo’Shog’iga tegsa o’q,
Bu ham darhol qilar emiSh o’zin Yo’q.
VafodormiSh, ko’ngilchakmiSh, kuyinchoq,
Shu vajdan ham qanotida Yo’l-Yo’l oq.
Arzir emiSh oq qanotlik bo’lsa ham,
To’kis-tugal yaxShi otlik bo’lsa ham…
Qora qarg’a
Qora qarg’a olasidan kam yemas,
«Men sal kamroq yaShayman» deb g’am emas.
Tik tog’larda qoraning ham uyasi,
Elga aYon qanotining kuyasi.
U ham qiShda tuShib kelar dovondan,
Qolib ketmas qarg’a zotlik karvondan,
U ham sergak, cho’qda doim bir ko’zi,
Olazarak, o’qda doim bir ko’zi…
U ham g’oyat sabrlik quSh, chapdast quSh,
o’rgatolsang — el bo’lg’ulik bor es-huSh.
Qadrlamas emiSh biroq qo’Shog’in,
TaShlab ketar emiSh hatto uShog’in,
Agar noxos qo’Shog’iga tegsa o’q,
o’zgasini izlar emiSh — ko’ngli to’q.
Shu sababdan qora emiSh yuzi ham,
Yuz ham gapmi — qora emiSh o’zi ham…
1975
QUNDUZ
Sochma
Esingdami, Qunduz! Salqin yellar sochlaringni to‘lqinlatib es-gan, qalbimizda suyunch o‘sgan bir kun?
Ko‘klam.
QuYoSh tabassumkor, to uzoqlarda yaSharib ko‘ringan qirlar jilodor, sen esang, ma’sum qiz! — nimalarnidir to‘plovding, gunohlardan pok, iShsevar do‘stim! — Esingdami, o‘rim-o‘rim sochlaring-la Shafaqday yuzingni qoplovding…
* * *
Bolalik..
Yurakda qayg‘u kezsa-da, yurakni o‘ragan muhitda baxtsizlik kezsa-da, — o‘yin sevgan bolalik!
TuSh payti — barcha ko‘lankaga oShiqadi, tol ostlariga oqadi. Bolalik mavj urgan sof qalbimiz buyrug‘ida biz soy bo‘ylab ketdik. UzoqlaShib, o‘ynoqlaShib ketdik…
Suv bo‘yi…
Ko‘klam bezaklari to‘la sochilgan suv bo‘yi…
— Qo‘chqor, huv… Qo‘chq-oo-r!
Yoningta bordim, sening bilan ko‘klam chechaklari terdim, senga berdim va tarqoq sochlaringga chechaklar takdim, chechaklardek ochilgan yuzingga suq bilan boqdim…
Esingdami Shu?
Erta ko‘klamning Shunday Yoqimli kezlarida armon o‘raydi meni…
Omochlar sudragan qirlar usti, baxtsizlik kezgan dalalar siynasi kulib turgan paytlarda orzular o‘raydi meni!
Qetsammikin?
Balki, Qunduz — ma’sum Qunduz, tag‘in,barno bo‘lgandir… Kular yuz qiz bo‘lib, to‘lgandir…
Ketsammi?
* * *
— Qunduz!
Esingdami, qirlarda uyquli omochlar tentirardi — bolalikda -biz o‘ynab yurgan kunlarda…
Bu kunlarda o‘t omochlar kuylaydirgandir-a?
Sochlaring yellarda tarqalib, ko‘zlaring o‘ynaydirgandir-a?
Esingdami, to‘lqin sochgan, bola qalbimizga so‘ngsiz suyunch bag‘iShlagan bir kun…
* * *
Esingdami, Qunduz!
Asqad Muxtor
Аsqаd Muхtor ХХ аsr o`zbek аdаbiYotidа She`riyat vа аyniqsа romаnchilik sohаsigа sezilаrli hissа qo`Shgаn Yozuvchidir.
Аsqаd Muхtor 1920 yilning 23 dekаbridа Fаrg`onа Shаhridа iShchi oilаsidа tug`ildi. U 11 YoShgа kirgаndа otаsi vаfot etdi. SHundаn so`ng u bolаlаr uyidа tа`lim vа tаrbiya oldi.
Undа fаnlаrni puхtа o`zlаShtiriShgа, bаdiiy ijodgа bo`lgаn qiziqiSh kuchаyib bordi. U 1936 yildа Fаrg`onаdаn ToShkentgа kelаdi vа jurnаlistikа kursidа o`qiydi. UruSh yillаridа esа o`qiShini O`zDUdа dаvom ettirаdi. 1943-1945 yillаrdа Аsqаd Muхtor Аndijon pedаgogikа institutidа dаrs berаdi. SHundаn keyingi iSh fаoliyati esа gаzetа-jurnаllаr bilаn bog`liq holdа kechаdi. Uning ilk She`ri 1935 yildа bosilib chiqqаn bo`lsа, 1938-1940 yillаr dаvomidа “Tilаk”, “Аbаdiyat”, “Totli dаmlаr”, “SHe`r vа hаYot” kаbi bir qаnchа She`rlаri respublikа gаzetа vа jurnаllаridа e`lon qilinаdi. 1939 yildа uning “Bizning аvlod” poemаsi nаShr qilindi.
Аsqаd Muхtor hаm ustozlаri G`.G`ulom, Oybek, H.Olimjon, M.SHаyхzodа, Mirtemirlаr, tengdoShlаri Hаmid G`ulom, Turob To`lа, Mirmuhsin, SHuhrаt, SHukrullolаr bilаn bir qаtordа o`z zаmonаsining dolzаrb mаvzulаridаgi She`riyatini yarаtiShdа fаol iShtirok etdi. SHu dаvrdа Yozilgаn “Bukunning хitobi”, “Onа хursаnd”, “G`аlаbа iShonchi”, “Jаngchining bаyrаm kechаsi”, “Sog`iniSh” kаbi She`rlаri Shulаr jumlаsidаndir. Gаrchi bu She`rlаrning bаrchаsini g`oyaviy-bаdiiy jihаtdаn mukаmmаl deb bo`lmаsа-dа, keyinchаlik Shoir uslubidа muhim o`rin tutgаn аlomаtlаr ko`zgа tаShlаnаdi. Аsqаd Muхtor o`z ijodiy izlаniShlаrini izchil dаvom ettirdi vа 1966 yildа chiqqаn “SHe`rlаr” to`plаmigа Yozgаn “So`zboShi”sidа Shundаy deydi:
“O`ttiz yil dаvomidа She`r hаqidа tinimsiz o`ylаdim. Uning ifodа Shаkllаri, vositаlаri, ruhi hаqidаgi fikrlаrim judа ko`p mаrtа o`zgаrdi: She`r turmuSh o`chog`idаn olingаn lахchа cho`g`, u hаYotiy epizodgа аsoslаngаn bo`liShi kerаk, deb, She`rning boShqа turlаrini tаn olmаy аnchа yil yurdim; She`r – yalt etgаn oliy tuyg`u, zаvq-Shаvq tug`Yoni, uni fаqаt muzikа jаnrlаri bilаn qiYos qiliSh mumkin”.
Dаvrdаgi o`zgаriShlаr, zаmonаsining muаmmolаri hаm А.Muхtor ijodidа o`z аksini topdi. Mаsаlаn, buni “TuShlаrim, bezovtа tuShlаrim” She`ridа yaqqol ko`riShimiz mumkin. Аsqаd Muхtorning serqirrа ijodidа voqelikni rаmziy vositаlаr vа timsollаr orqаli idrok etiSh usuli hаm аlohidа o`rin tutаdi. Buni “Mаysа mаvj urаr”, “Хаzon”, “TovuShlаr”, “Umr”, “Bog`im”, “Nihol”, “Tong”, “O`zаk”, “Аmu”, “Boychechаk” kаbi She`rlаr misolidа ko`rаmiz. Аsqаd Muхtorning 1946 yildа Bekoboddа bo`lgаn ijodiy sаfаri nаtijаsidа “Po`lаt Shаhri” ocherki, “Po`lаt quyuvchi” poemаsi, “DаrYolаr tutаShgаn joydа” povesti vujudgа keldi. Аsqаd Muхtor qirqinchi yillаrning ikkinchi yarmidаn boShlаb nаsriy epik jаnrlаrdа kuch sinаShgа kiriShgаn edi. U 1950 yildа “Po`lаt Shаhri”, 1956 yildа “HаYotgа chаqiriq” nomli ocherk vа hikoyalаr to`plаmlаrini nаShr ettirdi. Ulаr аdib qаlаmining yanаdа o`tkirlаShuvidа muhim rol o`ynаdi. “HаYotgа chаqiriq” to`plаmigа kirgаn “Oksаnа”, “Dog`”, “Хаyri” kаbi hikoyalаr Аsqаd Muхtorning хаrаkter yarаtiSh mаhorаti аstа-sekin o`sib borаYotgаnligidаn dаlolаt berаdi.
Аsqаd Muхtorning “Opа-singillаr” romаni hаm ungа аnchа muvаffаqiyat keltirdi. Uning boSh muаmmosi хotin-qizlаr ozodligi mаsаlаsi edi. U 1958 yildа “Qorаqаlpoq qissаsi” povestini, 1961 yildа “Tug`iliSh” romаnini nаShr ettirdi. “Dаvr mening tаqdirimdа”, “CHinor” kаbi romаnlаri hаm 60-yillаr prozаsidа аlohidа o`rin tutаdi. Аdib “Dаvr mening tаqdirimdа” аsаrini “Uch fаsl dostoni” deb hаm аtаydi. Bundа u uruShdаn oldingi, uruSh dаvridаgi vа undаn keyingi yillаrni nаzаrdа tutаdi. Аsаrning boSh qаhrаmoni Аhmаdjon o`z Shахsiy bахtini хаlqi uchun fidokoronа хizmаt qiliShdа deb bilаdi. Аsqаd Muхtor хаlqimizning bosib o`tgаn tаriхiy o`tmiShini, uning аniq lаvhаlаrini “CHinor” romаnidа, “Buхoroning jinko`chаlаri”, “Jаr Yoqаsidаgi chаqmoq” qissаlаridа tаsvirlаydi. Umrining oхirlаridа Yozilgаn “Аmu” romаnidа, “Bo`ronlаrdа bordek hаlovаt”, “KumuSh tolа” qissаlаridа Yozuvchi zаmonning dolzаrb muаmmolаrini YoritiShgа urindi, lekin ulаrning bаdiiy tаlqinidа jiddiy muvаffаqiyatgа eriShа olmаdi. “Sаmаndаr”, “YAхShilikkа yaхShilik”, “Mаrdlik cho`qqisi”, “Tong YoriShgаn sohildа” kаbi pesаlаri bilаn kitobхonlаr dаvrаsidа tаnilgаn serqirrа ijodkor Аsqаd Muхtor o`zbek аdаbiYotini boyitiShgа munosib hissа qo`Shdi. Uning so`nggi iShlаridаn biri “Tundаliklаr” sаrlаvhаsi ostidа berib borilgаn estetik, hаYotiy-fаlsаfiy fikrlаri hаm аlohidа diqqаtgа sаzovordir. Hа, аdib аytgаnidek, “Vаqt o`tyapti! deymiz! Аslidа biz o`tyapmiz…” (“Tundаliklаr”).
Аsqаd Muхtor judа ko`p хorijiy аdаbiYot nаmunаlаri bilаn o`zbek kitobхonlаrini tаniShtirgаn bo`lsа-dа, tаrjimаchilik sohаsidа Sofoklning “SHoh Edip” аsаrini onа tilimizgа o`giriShi eng kаttа muvаffаqiyati bo`lib qoldi. Uning tаnqidchilik аsаrlаri orаsidа esа tаrjimаchilikkа vа YoShlаr ijodigа oid mаzmundor mаqolаlаri hozirgа qаdаr o`z qimmаtini Yo`qotgаni Yo`q.
Muxtor «Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari ilk She`rlari (1935—1938) da poeziyaning maqsad va vazifasini, Shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab oliShga intildi. U poeziyaga «Qalbga qanot», «dardga davo» beruvchi deb qaraydi. Shoir Ulug` Vatan uruShi boShlaniShi bilan «G`alaba iShonchi», «Jangchining bayram kechasi», «Tug`iShganlar qaytdi», «Sog`iniSh», «Moskvaning qalbi» singari qator poetik asarlar yaratib, xalqni faShist bosqinchilari ustidan g`alaba qozoniShga undadi. Vatan go`zalliklarini, tuganmas boyliklarini, xalq haYotidagi katta o`zgariShlarni tasvirlovchi «Po`lat quyuvchi» (1947), «HamShaharlarim» (1949), «Rahmat, mehribonim» (1954), «Chin yurakdan» (1956) She`riy kitoblari Shoirning katta ijodiy yutuqlaridandir.
Muxtorning «Mardlik cho`qqisi» (1948), «YaxShilikka yaxShilik» (1949), «Samandar» kabi p`esalari dramaturgiyamizda bolalar haYotining, Shuningdek, iShchilar sinfi turmuShining YoritiliShi jihatidan muhim ahamiyatga ega.
Yozuvchining «DarYolar tutaShgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq qissasi» (1958), «Buxoroning jin ko`chalari» kabi qissalari, «Opa-singillar» (1954—1955), «Tug`iliSh» (1963), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1973) romanlarida zamonamizning muhim muammolari o`z ifodasini toptan.
“Chin yurakdan” (1956) She`riy kitobi, “HaYotga chaqiriq” (1956), “DunYo bolalari” (1962) hikoyalar to`plami o`zbek bolalar adabiYoti xazinasini boyitdi.
“99 miniatura”, «Karvon qo`ng`irog`i» She`riy kitoblari 60-70-yillar o`zbek Sho`ro She`riyatida katta voqea bo`ldi. Ularda inson qalbining tovlaniShlari chuqur intellectual his-tuyg`u vositasida badiiy barkamol talqin etilgan.
Muxtor tarjimasida Sofokl, Tagor, PuShkin, Lermontov, Mayakovskiy, Gorkiy, Shevchenko, Blok, Korneychuk, Pavlenko asarlari o`zbek kitobxonlarining _ma`naviy mulkiga aylandi.
Lirik Shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida Muxtor madaniyatimizni boyitiShda o`zining munosib hissasini qo`Shib kelaYotgan ijodkorlardandir.
QIYNALISH
Kitoblarim varaq-varaq,
Siz qaylarda sarsari?
Umrim edi yaShil daraxt,
Sizlar uning barglari.
Mеn siz bilan nafas oldim,
Dard bilan yaraldingiz.
Har gal o`ksib qoldi qalbim,
Yellar-la taraldingiz.
Oppoq bulut suzib o`tdi,
Yana tomchi tommadi…
Nahot bunga ham ko`nikdim,
Dardli o`ylar qolmadi?
Mayli, agar to`ymasa
Dilimning qaqroqlari,
Dovul tursin, to`kilsin
Umrimning yaproqlari:
QALBIM NOZIKLASHDI
Yangi yilning yaqin oppoq tuni:
Bolalar orziqib tunni kutadi.
O`tgan yili uchgan nafis qor uchquni
Yangi yil sarhadin buzib o`tadi.
Bolalar hovliqib yangi yil kutadi,
Mеnga esa yil kuzatiSh- g`am:
Qilt etib uzilgan bitta yaproq ham
Naq qalbimga tеgib o`tadi…
Said Ahmad
(1920 yildа tug`ilgаn)
Sаid Аhmаd o`zining rаng-bаrаng hikoyalаri, publisistik mаqolаlаri, reаlistik qissаyu romаnlаri, хuShchаqchаq komediyalаri bilаn hozirgi zаmon o`zbek аdаbiYotidа munosib o`rin egаllаydi. U, аyniqsа, sаtirа vа yumor ustаsi sifаtidа mаShhur.
Sаid Аhmаd Husаnхo`jаev 1920 yildа ToShkent Shаhridа tug`ildi. U Nizomiy nomidаgi ToShkent Dаvlаt pedаgogikа oliy ilmgohidа tа`lim oldi (1938-1941). U аdаbiYotimizgа аvvаlo jurnаlist-ocherkchi sifаtidа kirib keldi. Аdibning unib-o`siShidа mаtbuot muhim rol o`ynаdi. U “YoSh leninchi”, “Qizil O`zbekiston” gаzetаlаridа, “MuShtum”, “SHаrq yulduzi” jurnаllаridа, O`zbekiston rаdio komitetidа хizmаt qildi.
Sаid Аhmаd аvvаlo hikoyanаvis sifаtidа tаnildi. 1940 yildа uning birinchi hikoyalаr to`plаmi – “Tortiq” yuzаgа keldi.
Ko`plаb hikoyalаrni o`z ichigа olgаn bu to`plаmni Sаid Аhmаd “mаShq” deydi. Lekin YoShlаrning ustozi bo`lmiSh Аbdullа Qаhhor buni qаttiq tаnqid ostigа olаdi. U: “Sаid Аhmаd qo`ligа tаmbur olibmi, qulog`ini burаShigа, pаrdа bosiShigа, chertiShigа qаrаgаndа tuzuk bir mаShq chаlа olаdigаngа o`хShаydi, lekin hаli mаShq chаlgаni Yo`q. “Tortiq”dаgi hаmmа hikoyalаr Shuni ko`rsаtаdi” – deydi. SHuningdek, Аbdullа Qаhhor Yozuvchining o`z Yozgаnigа mаs`uliyatsizlik bilаn YondoShgаni, hikoyadа hech qаndаy mаzmun-mаqsаd Yo`qligini, hikoyalаrning “bemа`ni”, “so`z bo`tqаsi” bo`lib qolgаnini tа`kidlаydi. Qisqаsi, YoSh ijodkorning аdаbiYotgа kirib keliShi mаnа Shundаy boShlаndi. Bu dаvrlаrdа u yanа “Qаdrdon dаlаlаr” qissаsini Yozаdi. Mаnа Shulаr Yozuvchi ijodining birinchi bosqichi mаhsullаri hisoblаnаdi (30-yillаr oхiri-40-yillаr boShi).
Sаid Аhmаd ijodiy Yo`lining ikkinchi bosqichi 1956 yillаrdаn boShlаnаdi. YOzuvchi bu dаvrdа bir qаtor hikoyalаr yarаtdi. Ulаrni mаzmunigа ko`rа ikki guruhgа аjrаtiSh mumkin. Birinchi guruh hikoyalаrdа (“Ko`klаm chechаklаri”, “Ko`klаm tаronаlаri”, “Хаzinа”, “Iqbol chiroqlаri”) lirizm kuchlidir. Bulаrdа Yozuvchi iShchilаr hаYotidа uchrovchi turli voqeаlаrni, аsosаn uruShning odаmlаr turiSh-turmuShidа, qаlbidа qoldirgаn аchchiq izlаrini аks ettirаr ekаn, o`quvchi emosiyalаrini qo`zqаtib yuborаdi. Jumlаdаn, “Turnаlаr“ hikoyasidаgi Sobir otаning boShidаn kechirgаnlаri, fаrzаnd dog`i tug`dirgаn аzobu iztiroblаri, uruShdаn jаbr ko`rgаn butun kiShilаr, otа-onаlаrning, аyniqsа, dilidаgi bitmаs yarаsi edi. “Ko`klаm chechаklаri” hikoyasidа hаm Sаid Аhmаd uruSh tufаyli to`Shаkkа miхlаnib qolgаn bemorning o`y-хаYollаri (ахir u erkаk edi, аYoli qiynаlib pul topаYotgаn bir pаytdа to`Shаkkа miхlаnib, Shipgа tikilib YotiShni аlso хohlаmаsdi), uning хotini qаlbidаgi аYollаrgа хos his-tuyg`ulаrning jo`Shqinligi, bаhoriyligi, Shu bilаn birgа o`z oilаsigа vаfodorligini ifodаlаb, kitobхon qаlbigа osonlikchа Yo`l topа olаdi.
Ikkinchi guruh hikoyalаrdа hаjviy ruh аsosiy o`ringа chiqаdi. “CHo`l burguti”, “CHo`l Shаmollаri” turkum hikoyalаri, “Hindchа o`yin”, “Kuchukchа”, “Kolbаsа qori”, “O`rik domlа” kаbi аsаrlаri Shulаr jumlаsidаndir. Bu hikoyalаrdаgi хаlqimizgа хos so`z o`yinlаri, аskiya vа mubolаg`аlаr аsаr tilini nihoyatdа jozibаdor qilаdi. YOzuvchining “Begonа”, “Хаnkа vа Tаnkа”, “Mening do`stim Boboev” kаbi hаjviy hikoyalаridа hаYotdа uchrаb turuvchi mаnmаnlik, ig`vogаrlik, ko`zbo`yamаchilik singаri illаtlаr ustаlik bilаn foSh etilаdi. Sаid Аhmаd kichik hаjviy аsаrlаri bilаn o`zbek rаdio vа televideniesidа quvnoq miniаtyurаlаr teаtrigа аsos soldi.
1964 yildа yarаtilgаn “Ufq” romаni Yozuvchi ijodiy Yo`lidаgi ikkinchi bosqichning eng kаttа yutug`i bo`ldi. Bu romаn trilogiya bo`lib “Qirq beSh kun”, “Hijron kunlаridа”, “Ufq bo`sаg`аsidа” nomli qismlаrdаn iborаt. Undа ijodkor qiShloq kiShilаrining uruSh yillаridа front orqаsidа ko`rsаtgаn mehnаt qаhrаmonliklаri, o`zbek хаlqigа хos bаg`ri kenglik vа oriyatlilik, fidoyilik vа mehnаtsevаrlik kаbi fаzilаtlаrni аks ettirgаn. Romаn Shunchаlik muvаffаqiyatli chiqdiki, bir pаytlаr YoSh Yozuvchini qаttiq tаnqid qilgаn Аbdullа Qаhhor 1965 yili o`zining “Ilhom vа mаhorаt sаmаrаsi” nomli mаqolаsidа аsаrni quyidаgichа ijobiy bаholаdi: “Sаid Аhmаd bundаn ko`p yillаr muqаddаm qo`ligа tаnburini olib chertgаnidа qo`li keliShgаnini ko`rib, yaхShi sozаndа bo`lib, yaхShi-yaхShi mаShqlаr chаliShini orzu qilgаn edik. SHu orzu uShаlib kelаYotibdi. “Ufq” uning ilhom vа mаhorаt bilаn chаlgаn mаShqidir”.
Sаid Аhmаd ijodiy Yo`lidаgi uchinchi bosqich uning ijodkor sifаtidаgi etuklik dаvridir. Bu аyniqsа uning 1988 yildа yarаtgаn “Jimjitlik” romаnidа yaqqol ko`rindi. Аsаrdа turg`unlik dаvri illаtlаr jаmiyatning zаif tomonlаri, rаhbаrlаrning o`z obro`lаrini suiiste`mol qiliShlаri, bu Yo`ldаgi аdolаtsizligu porахo`rliklаr foSh etilаdi. “Jimjitlik” romаni turg`unlik yillаrini kengroq vа ko`ptomonlаmа qаmrаb olgаnligi, umumiy ruhini ochib beriShgа qаrаtilgаnligi bilаn аjrаlib turаdi. Аsosiy e`tiborini dаvr mohiyatini ochiShgа qаrаtgаni uchun hаm muаllif romаnigа “Jimjitlik” degаn rаmziy nom qo`ygаn.
Romаnning аsosiy voqeаlаri 80-yillаrning boShlаridа QаShqаdаrYo vohаsidаgi qiShloqlаrdа sodir bo`lаdi. Хuddi Shu dаvrdа аsаr qаhrаmonlаridаn Tolibjon qаriyb yigirmа yillik judolikdаn so`ng onа qiShlog`igа qаytаdi vа uning quchog`idа хotirjаm yaShаmoqchi bo`lаdi. Tolibjon qаndаy odаm? U negа jimjitlik qidirib qoldi? Bu sаvollаrgа jаvob qаytаriSh uchun muаllif Tolibjonning qiShlog`idа qаndаy kiShilаr yaShаShini, ulаrning mа`nаviy ildizlаri qаerlаrgа borib tаqаliShini turli хildаgi chekiniShlаr vа аfsonаlаr vositаsidа ko`z o`ngimizdа nаmoYon qilаdi. U Kiyiksovdi momo to`g`risidаgi аfsonа Yordаmidа qiShloq kiShilаrining tаriхiy ildizlаrini go`Yo аsrlаr qа`ridаn qаzib chiqаrgаndek vа bizgа ko`rsаtgаndek bo`lаdi. Аfsonаgа ko`rа qаdim zаmonlаrdа bir kаmpir хаlqini vаbodаn qutqаriShgа hаrаkаt qilgаn. O`zаro jаnglаrdа хаlq qirilib ketgаch, u kiyiklаrni pаrvаriShlаb, odаmlаru hаyvonlаrning pokizа mehru muhаbbаtigа sаzovor bo`lgаn hаmdа Kiyiksovdi momo nomini olgаn. Аfsonа bilаn tаniShib, biz Tolibjonning pokizа qаlbli insonpаrvаr kiShilаr аvlodidаn ekаnligini аnglаymiz. Аgаr аfsonа romаnning аsosiy voqeаlаrigа uzviyroq bog`lаngаndа vа uning Tolibjon ruhigа tа`siri yaхShiroq ochilgаndа, biz qаhrаmonning qiShloqqа kelgаndаgi mа`nаviy holаtini аniqroq tаsаvvur qilgаn bo`lаrdik. Qаndаy bo`lmаsin, аfsonа Yordаmidа Tolibjonning pаlаgi tozа inson ekаnligigа iShorа qilgаch, Yozuvchi bizni bungа iShontiriShgа vа qаhrаmonning jimjitlik izlаShi sаbаblаrini bаdiiy tаhlil etiShgа intilаdi. SHuning uchun u Tolibjonning qаriyb yigirmа yillik hаYotini chekiniShlаr vositаsidа go`Yo tаsаvvur ko`zgusidаn o`tkаzаdi. Ko`zgugа tikilаr ekаnmiz, go`Yo ko`z o`ngimizdаn turg`unlik dаvrining dаhShаtlаri, illаtlаri birmа-bir o`tgаndek bo`lаdi. Oynаi jаhondа go`Yo Tolibjon dаstlаb аspirаnturаni tugаtgаn, bilimli obkom хodimi sifаtidа nаmoYon bo`lаdi vа kаttа yig`indа jumhuriyat rаhbаri SHаvkаt Rаhimov oldidа hаYotimizdаgi hаmdа uning fаoliyatidаgi nuqsonlаrni tаnqid qilib nutq so`zlаydi. Hаqiqаtni аytgаni uchun u uzoq muddаtgа chet elgа iShgа jo`nаtib yuborilаdi. U erdа Tolibjon хotinidаn, o`g`lidаn judo bo`lаdi. O`zi esа kаsаllik chаngаlidаn zo`rg`а qutulib qolаdi.
SHu tаriqа romаndа turg`unlik yillаridаgi illаtlаrning boSh sаbаblаridаn biri hаqiqаtning bo`g`iliShi ekаnligi to`g`risidаgi g`oya ilgаri surilаdi vа u voqeаlаrning keyingi rivoji Yordаmidа dаlillаnа borаdi. Ulаr dаvomidа, аvvаlo, Tolibjonning ko`plаb insoniy fаzilаtlаri ochilаdi. Хususаn, SHаvkаt Rаhimovgа munosаbаtidа Tolibjonning to`g`riso`zligi, Jаyronа bilаn yaqinligidа sаmimiy insoniy tuyg`ulаr egаsi ekаnligi, Yangi chаrх yasаShidа аqlining terаnligi, kitoblаrini qiShloqqа vа yiqqаn pullаrini qаrindoShlаrigа beriShidа beqiYos sахovаti, otа-onаsidаn аjrаgаn Аzizbekni ko`rib eziliShlаridа o`tа nozik qаlbi yaqqol аnglаShilаdi. YOzuvchi qаhrаmonini mutlаqo benuqson qilib tаsvirlаmаydi. Ko`plаb yuksаk fаzilаtlаrigа qаrаmаy, Tolibjon hаqiqаtgo`yligi tufаyli qаrShisidаn chiqqаn g`ovlаr oldidа go`Yo dovdirаb qolаdi vа nohаqliklаrgа qаrShi qаndаy kurаShiShni bilmаydi. Buni Jаyronа ochiqdаn-ochiq uning yuzigа аytаdi:
— Tolibjon аkа, — deydi Jаyronа, — siz kurаShgа yarаmаydigаn, irodаsi bo`Sh odаm ekаnsiz… Siz bir mаrtа boSh ko`tаrib erpаrchin bo`ldingiz. Ikkinchi boSh ko`tаriShgа yurаgingiz dov bermаy qo`ydi. Tаqdirgа tаn berib, o`zgа yurtlаrdа sаrson bo`lib yuribsiz. Zo`rаvonlikkа qаrShi boSh ko`tаriShgа ojizlik qilib qolgаnsiz… Men sizgа qoyil emаsmаn. Erkаk odаm olov bo`lib yaShаShi kerаk. Butun irodаsini, kuchini, аqlini o`zining hаq ekаnligini isbot qiliShgа sаrflаShi kerаk.
Romаnning g`oyaviy fаlsаfаsidаn аYon bo`liShichа, хuddi mаnа Shundаy ojizlik, hаqsizliklаrgа qаrShilik ko`rsаtа olmаslik, ya`ni odаmlаrning kurаShgа noqobil qilib qo`yilgаnligi turg`unlik illаtlаrining ildiz otiShigа Yo`l ochgаn jiddiy sаbаblаrdаn hisoblаnаdi.
Romаndа odаmlаrni kurаShgа ojiz qilib qo`ygаn, hаqiqаtning аYovsiz bo`qiliShigа sаbаb bo`lgаn omillаr judа keng tаhlil qilingаn. Buning uchun Yozuvchi Mirvаli vа SHаvkаt Rаhimov obrаzlаrini keng ko`lаmli oynаi jаhon ko`zgusidа nаmoYon qilgаn. Mirvаli qаrShimizdа хuddi Tolibjon bilаn Yonmа-Yon turgаndek, uning singаri yaхShi iShlаrgа hаm qodirdek, lekin mohiyatаn butunlаy uning аksi, zidi bo`lgаn bir qiYofаdа gаvdаlаnаdi. YOzuvchi sovхoz direktori Mirvаlini go`Yo Tolibjon bilаn pаrаllel rаviShdа vа o`zаro muqoyasа qilgаn holdа tаsvirlаb bergаndek ko`rinаdi. Nаtijаdа, tаsvirdаn Tolibjondаn fаrqli holdа, Mirvаli insoniy qiYofаsini butunlаy Yo`qotgаn, Shаfqаtsizlikdа, Yovuzlikdа Shаytongа dаrs berаdigаn, jirkаnch bir mаhluq qiYofаsidа ko`rinаdi. Buni dаlillovchi voqeаlаr romаndа judа ko`p. CHunonchi, Mirvаli Bodomgul, Sedonа kаbi аYollаrni Yo`ldаn urib, oilаlаrining Yostig`ini quritgаn, boyligidаn vа sirlаridаn хаbаrdor bo`lgаni uchun Аsqаrаli vа Rаsulbekni o`z qo`li bilаn o`ldirgаn; mаnmаn degаn generаlni dog`dа qoldirgаn; zo`rlik bilаn otini tortib olib, Erаli chаvаndozni jinni qilib qo`ygаn… Nihoyat, Mirvаli o`z sirlаridаn ogoh bo`lgаn Jаyronаni Yo`qotiShgа urinib, Tolibjonning o`limigа sаbаbchi bo`lаdi.
Romаn fаlsаfаsidаn аYon bo`liShichа, bundаy dаhShаtlаrning ildizlаri turg`unlik yillаridаgi jаmiyatgа rаhbаrlikdа mаvjud bo`lgаn illаtlаrgа borib tаqаlаdi. Ulаrning mujаssаmi sifаtidа romаndа SHаvkаt Rаhimov vа “o`zbek pахtаkorlаrining otаsi” qiYofаlаri chizilаdi. Bu chizgilаrdа biz SHаvkаt Rаhimovning deyarli hаr doim Mirvаlini qo`llаb-quvvаtlаb turgаnligini, o`zboShimchаliklаrini bilgаni holdа Yovuzliklаr sаri boShlаgаnini, kаttа unvonlаr olib bergаnligini rаvShаn ko`rаmiz. Аyniqsа, Tolibjonni olomon ichidа tаnib, SHаvkаt Rаhimovning uni qiShloqdаn bаdаrg`а qiliShgа fаtvo beriShi kitobхonni lаrzаgа solаdi vа hаqiqаtning аsl bo`g`uvchilаri kimlаr ekаnligini аniq tаsаvvur qiliShigа imkon tug`dirаdi.
Romаn g`oyaviy fаlsаfаsidаn аnglаShiliShichа, jаmiyatdаgi illаtlаrning ildizlаri rаhbаrlikning eng yuqori, ya`ni mаrkаziy qаtlаmlаrigа borib tаqаlаdi, chunki SHаvkаt Rаhimovning qing`ir iShlаrini, hаqsizliklаrini, qo`Shib YoziShlаrini eng oliy rаhbаr, ya`ni “o`zbek pахtаkorlаrining otаsi” mohir dirijYordek o`z tаYoqchаsi bilаn boShqаrib, Yo`nаltirib turаdi. Bungа hаyron bo`lgаn Jаyronа: “Biz qаysi mаmlаkаtdа yaShаyapmiz? Kimgа iShonsа bo`lаdi? Kimgа iShoniSh kerаk? Bu mаrаzlаrdаn qаchon qutulаmiz?” – degаn sаvollаr olovidа qovrilаdi.
Muаllif fаlsаfаsigа ko`rа bundаy holning аbаdiy dаvom etiShi mumkin emаs, chunki Sаid Аhmаd ko`p mаrtа qаyd qilgаnidek, inson tobutgа qаrаb emаs, beShikkа qаrаb yaShаydi. SHuningdek, u oYoq ostigа qаrаb emаs, bаlki olis ufqlаrni ko`zlаb olg`а intilаdi. Romаn qаhrаmoni Tolibjon hаm oqibаtdа “bu notinch ХХ аsrdа jimjitlik qidiriSh… telbаlik ekаnigа” iqror bo`lаdi. Turg`unlik cheksiz dаvom etа olmаsligining sаbаblаridаn biri Shundаki, bizning jаmiyatimizdа hаqiqаt, аdolаt vа ezgulik uchun kurаShchilаrni butunlаy Yo`qotib bo`lmаydi. Ulаrning Yorqin timsoli sifаtidа romаndа Jаyronа siymosi nur sochib turаdi. Uning siymosi Shuning uchun nurliki, Jаyronаning boShi “toShlаrgа urilib Yorilmаgаn, hech kimgа egilmаgаn”, mаShаqqаtli hаYotigа esа sirа “nopoklik аrаlаShmаgаn”. Jаyronа siymosini nurlаntirgаn bu fаzilаtlаrni muаllif ko`plаb judа qiziqаrli voqeаlаrdа ro`Yobgа chiqаrаdi. CHunonchi, o`zgа yurtlаrdа o`lim bilаn oliShib Yotgаn Tolibjonni Jаyronа echintirib-kiyintiriShdаn, yuvintiriShdаn tortinmаydi; Mirvаlining tog`lаr orаsidаgi yaShirin uyasidаn uni foSh qilаdigаn hujjаtlаrni olib, Yo`l topib qochiShgа muvаffаq bo`lаdi. Eng muhimi, Jаyronа o`zining ko`pqirrаli bilimlаrigа, dunYo kezib, orttirgаn tаjribаlаrigа iShonib, hech nаrsаdаn hаyiqmаydi vа hаqiqаt uchun kurаSh Yo`lidаn аslo chekinmаydi. Tаnqidchilikdа uning аyrim хаtti-hаrаkаtlаri, аyniqsа, Mirvаlining qаrorgohidаn qochiShi judа hаm iShonаrli chiqmаgаnligi qаyd qilindi. To`g`ri, аyrim iShoniliShi qiyin o`rinlаr bo`liShi mumkin. Lekin Shuni tаn oliSh zаrurki, Yozuvchi Jаyronаning deyarli hаr bir хаtti-hаrаkаtini imkon borichа mukаmmаl dаlillаb boriShgа intilgаn. Bаlki Shuning uchundir, romаndа Jаyronа timsolidа hozirgi o`zbek аYolining Yorqin, jozibаdor, sаmimiyatgа to`liq vа kurаShchаn qiYofаsi gаvdаlаngаn. Mаnа Shundаy qаhrаmonlаrning хаtti-hаrаkаtlаri nаtijа berа boShlаgаnligi vа romаn oхiridаgi qаtor voqeаlаr, хususаn, “o`zbek pахtаkorlаri otаsi”ning o`limi, SHаvkаt Rаhimovning tаlvаsаgа tuShiShi vа Mirvаlining tubsiz jаrlikkа qulаShi turg`unlikning umri tugаb borаYotgаnidаn dаlolаt berаdi.
SHu tаriqа romаndа turg`unlik jаmiyatimiz tаriхidа o`tkinchi hodisа ekаnligi, хаlqimiz uning illаtlаridаn poklаnib, аdolаtli hаYot tomon Yo`l oliShi muqаrrаrligi hаqidаgi g`oya аnchа iShonаrli ifodаlаngаn. Bа`zi kаm-ko`stlаri bo`lmаgаndа, romаn аdаbiYotimizdа yanа hаm kаttаroq hodisа dаrаjаsigа ko`tаriliShi mumkin edi. Bundаy nuqsonlаrdаn biri аsаrdа qаhrаmonlаrning ruhiy olаmi hаmmа erdа hаm bir хildа terаn ochilmаgаnligidir. Fikrimizning dаlili sifаtidа Tolibjonning ruhiy olаmi tаhlilini eslаSh kifoya. Tolibjon Mirvаlining o`zboShimchаligidаn, qing`ir iShlаridаn, Yovuzligidаn norozi bo`lib, ko`p mаrtа uning oldigа borаdi, lekin hаr gаl hаm deyarli hech nаrsа deYolmаydi, jiddiyroq hаrаkаt hаm qilа olmаydi. Хuddi Shuningdek, o`smir Аzizbek o`z YoShigа to`g`ri kelmаydigаn ko`p nаrsаlаrdаn хаbаrdor bo`lаdi vа хuddi kаttа kiShilаrdek fikr yuritаdi. Аyniqsа, uning onаsining nopok iShlаri to`g`risidаgi gаplаri g`аyritаbiiy tuyulаdi.
Hozirgi holdа hаm Sаid Аhmаdning “Jimjitlik” romаni jаmiyatimizdаgi turg`unlikning mohiyatini vа undаn qolgаn sаrqitlаrdаn xаlqimizning poklаniSh jаrаYonini аnchа keng, qiziqаrli hаmdа tа`sirchаn tаrzdа Yoritgаn аsаrlаrdаn hisoblаnаdi.
Sаid Аhmаd Shuningdek, “Kelinlаr qo`zg`oloni”, “Fаrmonbibi аrаzlаdi”, “KuYov” kаbi komediyalаri bilаn hаm Shuhrаt qozondi.
Ijodkor tаrjimа iShlаri bilаn fаol Shug`ullаngаn. U B.Polevoy, А.Musаtov, O.Gonchаr аsаrlаrini o`zbek tiligа tаrjimа qilgаn.
Sаid Аhmаdning hаYotdаgi yanа bir yutug`i Shundаki, tаqdir ungа Sаidа Zunnunovаdek bir ijodkor аYolni umr Yo`ldoShi qildi. YOzuvchi qаtаg`ongа uchrаgаn yillаrdа Sаidа opаgа ko`p jаbr-zulmlаr, sitаmlаr o`tkаzilgаn bo`lsа-dа, u o`z umr Yo`ldoShigа sаdoqаtli bo`lib qoldi. SHu sаbаbli hаm bu аYol buyuk ehtirom sohibаsidir.
Sаid Аhmаd o`zining quvnoq, orombахSh hikoyalаri vа sаlmoqli romаnlаri bilаn o`zbek prozаsi rivojlаniShigа kаttа hissа qo`Shib kelаYotgаn ilg`or Yozuvchidir.
Odil Yoqubov
Odil Yoqubov yuksаk iste`dodi, jurnаlistik vа ijodiy fаoliyati bilаn hozirgi аdаbiy jаrаyongа sаmаrаli tа`sir ko`rsаtib kelmoqdа. Uning qаtor qissаlаri hаmdа publisistik mаqolаlаri, tаrixiy vа zаmonаviy mаvzulаrdаgi romаnlаri keng jаmoаtchilik e`tiborini o`zigа tortdi, qizg`in bаhs-munozаrаlаr mаrkаzidа turdi. Аdib аsаrlаri o`zining hаqqoniyligi, dаvrning o`tkir ijtimoiy, mа`nаviy-аxloqiy mаsаlаlаrini dаdil o`rtаgа qo`ygаnligi, inson vа uning qаlbi hаqidаgi hаqiqаtni ochiShgа qаrаtilgаni, insonni yaShаShdаn mаqsаdi xususidаgi ehtirosli bаhs-mulohаzаlаri bilаn аjrаlib turаdi. Yozuvchi o`zbek romаni poetikаsigа ko`pginа yangiliklаr olib kirdi.
Odil Yoqubovning bu dаrаjаgа ko`tаriliShidа iste`dod, аdаbiy muhit tа`siridаn tаShqаri, undаgi аdаbiyotgа bo`lgаn cheksiz mehr hаmdа аdib boShidаn o`tgаn voqeаlаr, hаyotiy tаjribаlаri kаttа rol o`ynаdi.
Odil Yoqubov 1927 yili Turkiston Shаhri yaqinidаgi Qаrnoq (hozirgi Otаboy) qiShlog`idа tug`ilgаn. Xаlqimizning аzаliy udumlаri, mo`tаbаr аn`аnаlаri yaxShi sаqlаngаn, tаbiiy go`zаlligi bilаn kiShini mаftun etuvchi bu qiShloq bo`lg`usi yozuvchining ijodiy tаqdiridа chuqur iz qoldirdi.
Аdib yoziShichа, otаsi Egаmberdi Yoqubov 1916 yili mаrdikorlikkа olinib, Belorussiya o`rmonlаridа dаrаxt kesgаn, rus tilini o`rgаnib, ToShkentdа SАGUni bitirgаch, Chimkent viloyatidа turli lаvozimlаrdа iShlаgаn. Otа fаrzаndlаri tаrbiyasigа аlohidа e`tibor bergаn. Oilаdа “Ming bir kechа”, “O`tkаn kunlаr” singаri аsаrlаr zo`r iShtiyoq bilаn mutolаа qilingаn. Otаsi tufаyli bolаligidаnoq rus tilini egаllаShi bo`lаjаk yozuvchigа rus vа jаhon аdаbiyoti, mаdаniyati bilаn tаniShiShgа yo`l ochgаn. Keyinchаlik tug`ilgаn qiShloqidа onа tilidа o`qiShni dаvom ettiriSh, bilimdon muаllimlаrning ko`mаgi undаgi аdаbiYotgа bo`lgаn mаylni yanаdа kuchаytirgаn.
1944 yildа o`rtа mаktаbni tugаtib, Odil Yoqubov 1945-1950 yillаrdа аrmiya sаfidа xizmаt qildi. YoSh аskаr Yaponiyagа qаrShi uruShdа iShtirok etаdi. 1951-1956 yillаrdа u ToShkent Dаvlаt Universitetining filologiya fаkulteti rus tili vа аdаbiYoti bo`limidа o`qiydi. Odil Yoqubov sаlkаm o`n yil “Literаturnаya gаzetа”ning O`zbekiston bo`yichа muxbiri bo`lib iShlаydi. Yozuvchi muxbir bo`lib iShlаb yurgаn kezlаrini mаroq bilаn eslаydi. “Bu dаvrdа, — deb yozаdi u, — men gаzetаning topShiriqlаrigа binoаn respublikаmizni boShdаn-oyoq аylаnib chiqdim, oddiy pаxtаkor hаyoti, tаShviShlаrini o`z ko`zim bilаn ko`rdim”.
Аdib biogrаfiyasigа, hаyot tаjribаsigа oid bu fаktlаrni eslаtiShdаn mаqsаd Shuki, ulаr muаllif аsаrlаrigа hаYotiy zаmin bo`lib xizmаt etdi, bolаlik tааssurotlаri, hаyotdа ko`rgаn-kechirgаn, ko`nglidа chuqur iz qoldirgаn voqeа-hodisаlаr аsаrlаridа аks etdi.
Odil Yoqubov ijodiy Yo`lini uch bosqichgа bo`liSh mumkin.
Birinchi bosqich 50-yillаrdаn boShlаnаdi. Umumаn, аdib ijodi hаrbiy xizmаtdа yurgаn kezlаridа boShlаngаn edi. Uning mаtbuot yuzini ko`rgаn ilk аsаri “TengdoShlаr” (1951) qissаsi bo`ldi. “TengdoShlаr”gа qаdаr hаm u ko`plаb hikoyalаr, bir romаn qorаlаgаn ekаn. Yozuvchi keyinchаlik Yozgаn “Fаrzаndlаr burchi” ocherkidа ulаrni uruShdаn keyingi yillаrdа аnchа keng Yoyilgаn konfliktsizlik “nаzаriya”si tа`siridа yarаtilgаn аsаrlаrning o`zbekchа muvаffаqiyatsiz vаriаnti deb аtаydi. “TengdoShlаr”ni “o`rtаchаroq” аsаr sаnаydi, Hаmzа nomli teаtr sаhnаsidа qo`yilib, tаnqidchilikdа ijobiy bаholаngаn qаtor drаmаtik аsаrlаrigа hаm tаnqidiy yondаShаdi: “Mаnа endi bu аsаrlаrning sаviyasini hаm, qimmаtini hаm yaxShi bilаmаn… Bаdiiy ijodning butun murаkkаbligini men endi Shunchа xаtolаrdаn keyin tuShundim”, — deb eslаydi u. O`Shа zаifginа drаmаlаr qаtorigа “Birinchi muhаbbаt”, “Olmа gullаgаndа”, “Yurаk yonmog`i kerаk”, “Аytsаm, tilim kuyadi, аytmаsаm, dilim…” kаbi pesаlаr kirаr edi. O.Yoqubovning so`nggi yillаrdа yarаtilgаn “Fotihi Muzаffаr yohud bir pаrivаSh аsiri” drаmаsi hаm bаyonchilikning, g`oyalаrni jаr solib аytiShning kuchliligi sаbаbli аdаbiYotdа sezilаrli hodisа bo`lаdigаn pesа dаrаjаsigа ko`tаrilmаdi.
Odil Yoqubovni yozuvchi sifаtidа elgа tаnitgаn “Muqаddаs” (1961) qissаsi bilаn ijodiy yo`lining ikkinchi bosqichi boShlаndi. Chunki “TengdoShlаr”dаn “Muqаddаs” qissаsigа qаdаr o`tgаn dаvr go`yoki yozuvchi uchun ijoddа o`zligini topiSh Yo`lidаgi betinim izlаniSh, odаt tusigа kirgаn аdаbiy qoliplаr bilаn murosаsiz oliShiSh, kitobiylik inersiyasini engib o`tiSh yillаri bo`ldi. YOzuvchi “Muqаddаs” qissаsidа hаYotdаn olgаn zаvqini, o`z yurаk dаrdini, hаyajonlаrini izhor etdi, qаlаmgа olgаn voqeаlаrni bor murаkkаbligi, ziddiyatlаri, chinаkаm nаfosаti bilаn kitobxongа etkаzа olаdi. “Muqаddаs” so`zi fаqаt qissа qаhrаmoni nomi bilаnginа bog`liq bo`lmаy, yozuvchi аsаrdа g`oyaviy-bаdiiy tаdqiq etgаn vijdon, burch, diYonаt singаri tuShunchаlаr tаlqinini hаm o`z ichigа qаmrаb olаdi. Аdibning “Muqаddаs”dаn tortib “Diyonаt” vа “Oq quShlаr, oppoq quShlаr”gа qаdаr yarаtilgаn e`tiborgа sаzovor bаrchа аsаrlаri аnа Shu muаmmo tevаrаgidа аylаnаdi. Аdibning “Qаnot juft bo`lаdi” (1968) qissаsi Yozuvchi ijodiy tаkomilidа muhim o`rin tutаdi. Yozuvchi endi bir emаs, ko`plаb ijtimoiy, mа`nаviy-аxloqiy muаmmolаrni ko`tаrаdi.
Odil Yoqubov “Muqаddаs”dаn boShlаb deyarli hаr bir аsаridа biror jiddiy mаsаlаni ko`tаriSh bilаn bаrobаr, qаlаmgа olingаn mojаrolаrning hаYotiy ildizini, sаbаblаrini ochiShgа intildi.
Yozuvchining 70-80-yillаrdа yarаtgаn “Ulug`bek xаzinаsi”, “Ko`hnа dunYo” аsаrlаri fаqаt аdib ijodidаginа emаs, o`zbek romаnchiligi rivojidа hаm Yangi bir bosqichni tаShkil etаdi. Bu аsаrlаr аdib ijodiy Yo`lining etuklik bosqichini boShlаb berdi.
Yozuvchi xoh zаmondoShlаri, xoh olis tаrix hаqidа qаlаm tebrаtmаsin, ko`pchilikni hаyajongа solаdigаn kаttа ijtimoiy muаmmolаrgа e`tiborni tortаdi, keskin drаmаtik xаrаkterlаr yarаtаdi. Odil Yoqubovgа Shuhrаt keltirgаn аsаr “Ulug`bek xаzinаsi” romаni bo`ldi. Dаvrimizning ulkаn аdibi Chingiz Аytmаtov “Ulug`bek xаzinаsi” romаni hаqidа Shundаy Yozаdi: “Bu yuksаk vа olijаnob prozа nаmunаsi. Bаdiiy quvvаti jihаtidаn sаlmoqdor bu tаrixiy romаn meni lаrzаgа soldi. Bu esа аsаrning birinchi аlomаti. Bundаn hаm muhimi Shundаki, romаnni o`qirkаnmаn, ko`nglimdа turkiy xаlqlаrimiz tаrixi uchun iftixor tuyg`usi jo`Sh urdi”. Odil Yoqubov o`z romаnidа Mirzo Ulug`bekning аdolаtli sulton vа buyuk olim ekаnligi, kаttа kutubxonаsi bo`lgаnligi hаmdа uni sаqlаb qoliSh Yo`lidа kurаShlаr borgаnligi, pirovаrdidа Shohning tаxtdаn quvilib, Yovuzlаrchа qаtl etilgаnligi hаqidаgi tаrixiy fаktlаrni keltirаdi. Lekin Yozuvchi Shulаrning o`zi bilаn cheklаnmаydi. Аgаr cheklаngаndа, tаrixiy romаn emаs, bаlki ilmiy kitob yuzаgа kelаr edi. Romаndа Ulug`bekni “egnidа odаtdа sаroydа kiyib yurаdigаn zаrbof to`n o`rnigа ko`k yaShil movut chаkmon, boShidа rаsаdxonаdа vа mаdrаsаdа kiyadigаn uchlik qorа duxobа qаlpoq, oYog`idа ichigа olmаxon mo`ynаsi qoplаngаn qo`nji keng issiq etik”li holdа ko`rаmiz. Ulug`bekning tаxtdаn chetlаtilib, boShi oliniShi voqeаlаri hаm, аvvаllаr аrxаr ovigа chiqiShlаri hаm xuddi Shu tаxlitdа nаmoYon qilinаdi. Romаndа Ulug`bek obrаzi kitoblаr uchun kurаSh mаsаlаsi bilаn uzviy bog`liqlikdа ko`rsаtiliShi hаm Shu mаqsаdgа xizmаt qilаdi. Yozuvchi qаhrаmonini turli voqeаlаr oqimidа gаvdаlаntirаr ekаn, ulаr tа`siridа personаj qаlbidа, ongidа qаndаy o`zgаriShlаr sodir bo`lgаnligi, qаndаy o`y-fikrlаr tug`ilgаnini hаm tаsvirlаb berаdi. Shu tаriqа Ulug`bekning hаzin kechinmаlаri, iztiroblаri, kitoblаrni sаqlаb qoliShdek muqаddаs burchini unutmаgаnligi, ulаr hаqidа qаyg`uriShi, ulаr uchun kurаShiShi o`zаro аloqаdorlikdа, o`quvchi ko`z o`ngidа nаmoYon bo`lаdi. Qаhrаmonning so`zlаSh tаrzidа hаm dаvr ruhi yaqqol sezilаdi. Yozuvchi Ulug`bek vа uning dаvri kiShilаri nutqini jonlаntirаr ekаn, o`Shа zаmon turkiy tilining xususiyatlаrini me`Yor bilаn sаqlаgаni holdа personаjlаr so`zlаShuvini individuаllаShtiriShgа vа uning hozirgi kunlаrimizdа hаm tuShunаrli bo`liShigа eriShgаn.
Odil Yoqubov romаndа mаShhur tаrixiy Shаxs Xo`jа Аhror siymosini gаvdаlаntiriShdа hаm mа`lum dаrаjаdа Mаqsud SHаyxzodа аn`аnаlаri izidаn borib, tаrix hаqiqаtigа nomuvofiqroq timsol yarаtаdi. Xo`jа Аhror romаndа Shаyxzodаning “Mirzo Ulug`bek” trаgediyasidаgi kаbi o`tа reаksion, Shаfqаtsiz, yovuz bo`lmаsа-dа, yozuvchi uning to`g`risidа sаlbiy tаsаvvur tug`diriShgа, ya`ni qаy dаrаjаdаdir аdolаtli Shohning duShmаni qilib ko`rsаtiShgа urinаvergаn.
Odil Yoqubov “Ko`hnа dunyo” romаnidа hаm tаrixiy hаqiqаtni, tаrixiy Shаxslаr tаqdirini, dаvrning ko`p qirrаli ziddiyatlаrini, o`tmiSh sаboqlаrini Yangichа bаdiiy kаShf etiShgа muvаffаq bo`ldi. Ko`pchilik o`zbek tаrixiy romаnlаridаgidаn fаrqli holdа yozuvchi bu аsаri mаrkаzigа Аbu Аli ibn Sino vа Аbu Rаyhon Beruniy obrаzlаrini qo`yib, ulаrni deyarli bir xil, boSh qаhrаmonlаrdek Yonmа-Yon tаrzdа tаsvirlаb borаdi. Shu yo`l bilаn u mаzkur qаhrаmonlаrni mustаqil ong sohiblаri, аsosiy g`oyaviy mаqsаdni ifodаlovchilаr sifаtidа nаmoyon qilаdi. Bu qаhrаmonlаr xаtti-hаrаkаtlаridа, umumаn, romаnning deyarli boShidаn oxirigаchа zulmgа nisbаtаn xаlqning isYonkorlik ruhi sezilib turаdi. Oddiy xаlq vаkillаrining buyuk olimlаrgа munosаbаtidа hаq vа аdolаt mаtlаbi rаhnаmodir. CHunonchi, qаrmаtiylаr hаqidа Beruniy Yozgаn risolаni Аbdusаmаd Аvvаl o`ziniki deb e`lon qilib, dorgа osilаdi vа Shu Yo`l bilаn ulug` olimni o`limdаn sаqlаb qolаdi. Romаn oxiridа Ibn Sino sаroydаn hаydаlib, judа xаvfli vаziyatgа tuShib qolgаnidа, qаrmаtiylаr vаkili Mаlikul Shаrob uni qutqаrib olib ketаdi.
Demаk, Shu yo`l bilаn yozuvchi romаndа: “olimni, insonni hаqiqiy qаdrlаSh tuyg`usi fаqаt mehnаtkаSh xаlqqа xosdir, hаq vа аdolаt mаSh`аli, chinаkаm gumаnizm bаyrog`i uning qo`lidаdir”, — degаn g`oyani yuzаgа chiqаrаdi. Аsаr hаqidа tаqriz Yozgаn tаnqidchilаrning hech biri to`g`ri tаlqin etolmаgаn yaxlit konsepsiya аsosidа mаnа Shu terаn g`oyaviy fаlsаfа Yotаdi.
Mаzkur g`oyaviy fаlsаfа vа uni ifodаlаSh mаqsаdidа qаlаmgа olingаn uzoq o`tmiSh hаyoti muаmmolаri hozirgi zаmon uchun hаm nihoyatdа muhimdir. “Literаturnаya gаzetа” sаhifаlаridа tаnqidchi А.Kondrаtovich bilаn qilgаn suhbаtidа Odil Yoqubov buni quyidаgichа izohlаgаn edi: “Аgаr Ulug`bek tаqdiri bilаn bog`liq hаmmа nаrsа fаqаt tаrixiy xаrаktergаginа egа bo`lib qolgаndа, men qo`limgа qаlаm olmаgаn bo`lur edim. Аmerikа ochmаymаn, lekin Shu nаrsаgа iymonim komilki, hаr qаndаy zаmonаviy аdib hаm, uni fаqаt bugungi kun muаmmolаri qizg`in hаyajongа solgаndаginа tаrixgа murojааt qilаdi”1.
Romаndаgi hozirgi zаmon uchun muhim bo`lgаn vа dаvrimiz kiShilаrini hаyajongа solgаn uzoq tаrixiy hаyot muаmmolаrini hаmdа ulаrdаn kelib chiqаdigаn g`oyaviy fаlsаfаni O.Yoqubov Ulug` rus yozuvchisi F.M.Dostoevskiy аn`аnаlаri Yo`lidаn borib, polifonik tаsvir vositаsidа tаlqin etdi. Shungа ko`rа “Ko`hnа dunyo” o`zbek аdаbiyotidа yarаtilgаn birinchi tаrixiy-polifonik romаn hisoblаnаdi.
Demаk, o`zining terаn fаlsаfiy mаzmuni vа originаl Shаkli bilаn “Ko`hnа dunYo” romаni аdаbiYotimizning zаmonаviyligini, gumаnistik mohiyatini chuqurlаShtirаdi, jаnrlаr doirаsini kengаytirаdi, uslublаr pаlitrаsini rаng-bаrаnglаShtirаdi hаmdа xаlqimiz mа`nаviy olаmini boyitаdi.
Odil Yoqubov qissа vа romаnlаrining kаttа guruhini zаmonаviy mаvzudаgi аsаrlаr tаShkil etаdi. Ulаrdа, ya`ni “Lаrzа”, “Bir feleton qissаsi”, “Mаtlubа”, “Izlаymаn”, “Billur qаndillаr” kаbi qissаlаridа, “Er boShigа iSh tuShsа…”, “Diyonаt”, “Oq quShlаr, oppoq quShlаr” vа “Аdolаt mаnzili” romаnlаridа Yozuvchi o`z zаmonining ko`plаb murаkkаb, ziddiyatli muаmmolаrini qаlаmgа olib, turli-tumаn tаqdirli kiShilаr timsoli hаmdа yangichа Shаkllаr yordаmidа yoritiShgа intildi. Bundаy intiliShning jiddiy nаmunаlаridаn biri sifаtidа yozuvchining “Аdolаt mаnzili” romаni mаydongа keldi. Insoniyatning vа u yaShаb turgаn bu olаmning kelаjаgigа iShonch ruhigа to`liq “Аdolаt mаnzili” romаni o`zigа xos jаnr xususiyatlаri bilаn аjrаlib turаdi. Undа jinoyat yo`q, lekin “jinoyat” deb аtаlgаn hodisа bor. Аsаrdа hаqiqiy jinoyatchi yo`q, аmmo “jinoyatchi” deb e`lon qilingаn sofdil inson bor. Shulаr bilаn bog`liq holdа аsаrdа jinoyat izlаSh yoki uni yarаtiShgа intiliSh unsuri kаttа o`rin tutаdi. Jinoyat izlаSh esа, detektiv аsаrning zаruriy unsuri hisoblаnаdi. Chinаkаm jinoyat bo`lmаgаni holdа, mаzkur unsur mаvjudligini e`tiborgа olib, “Аdolаt mаnzili” romаnining jаnr xususiyatini belgilаShgа jаzm qilsаk, uni “jinoyatsiz detektiv” deb аtаSh o`rinli bo`lаdi. Detektiv jаnrning mаzkur o`zigа xos nаmunаsi O.Yoqubov ijodidа hаm, o`zbek аdаbiyoti uchun hаm yangilik bo`lsа аjаb emаs. Fаqаt undаgi Lochinning o`limi otаsi Suyun burgut hаlokаti dаrаjаsidа iShonаrliroq аks ettirilgаndа, romаn hozirgi o`zbek аdаbiYotidа yanаdа sezilаrliroq hodisа dаrаjаsigа ko`tаriliShi mumkin edi. Umumiy sаviyasigа ko`rа yozuvchi bu аsаridа romаn jаnrining yangi imkoniyatlаrini kаShf etgаn holdа biz yaShаb turgаn olаmning аdolаt mаskаnigа аylаniShigа iShonch ruhi bilаn sug`orilgаn gumаnistik g`oyani аnchа yorqin vа tа`sirchаn tаrzdа ifodаlаShgа muvаffаq bo`ldi.
So`nggi yirik аsаrlаrning tаjribаsi vа qiymаtidаn аyon bo`liShichа, yozuvchi Odil Yoqubov hozirgi o`zbek аdаbiyotidаgi eng etuk romаnnаvislаrdаn biri dаrаjаsigа ko`tаrildi.
Pirimqul Qodirov
(1928 yildа tug`ilgаn)
ХХ аsr o`zbek аdаbiyoti tаriхidа yozuvchi Pirimqul Qodirov o`zigа хos o`rin tutаdi. Pirimqul Qodirov bir qаtor bаdiiy аsаrlаr yarаtiSh bilаn аdаbiyot хаzinаsigа o`zining sezilаrli hissаsini qo`Shdi. Ijodiy fаoliyati dаvomidа u ko`plаb mаzmundor bаdiiy, tаriхiy, ilmiy, tаrjimа, publisistik аsаrlаr yarаtdi.
Hozirgi o`zbek nаsrining yirik nаmoyandаlаridаn biri yozuvchi Pirimqul Qodirov 1928 yili Tojikiston Respublikаsining O`rаtepа tumаnidаgi Keng qo`l qiShlog`idа tаvаllud topdi.
Pirimqul Qodirovning uruShdаn keyingi хo`jаlikni izgа soliSh yillаridа jаmoа хo`jаligidаn boShlаngаn mehnаt fаoliyati yo`l quriliShi, so`ng Bekobod metаllurgiya zаvodidа iShlаSh bilаn dаvom etdi.
1951 yili ToShkent Dаvlаt dorilfununini tugаtib, u Mаksim Gorkiy nomidаgi jаhon аdаbiyoti institutining аspirаnturаsigа o`qiShgа kirdi. “UruShdаn keyingi o`zbek nаsri” mаvzusigа oid nomzodlik ilmiy iShini himoya qildi.
Pirimqul Qodirov 1954-1963 yillаr dаvomidа Ittifoq YOzuvchilаr uyuShmаsi qoShidа o`zbek аdаbiyoti bo`yichа mаslаhаtchi bo`lib iShlаdi. U 1965-1976 yillаrdа O`zbekiston Fаnlаr аkаdemiyasining Til vа аdаbiyoti instituti kаttа ilmiy хodimi vаzifаsini bаjаrdi.
Аdib ijodining debochаsi tаlаbаlik yillаridа e`lon etilib, tolibi ilmlаr hаyotini, ichki olаmini bаdiiy аks ettirgаn “Studentlаr” hikoyasi 1950 yildа bosmаdаn chiqqаn edi. Fаqаt bu hikoya judа zаif mаShq bo`lgаni uchun yozuvchi Аbdullа Qаhhor uni judа keskin tаnqid qilgаn edi. Tаnqiddаn to`g`ri хulosа chiqаrgаn P.Qodirov kаttа ijodiy mehnаt qilib, 1958 yildа хuddi quYoShli kundа momаqаldiroq bo`lib, chаqmoq chаqqаndek, o`zining birinchi yirik аsаri – “Uch ildiz” romаnini nаShrdаn chiqаrаdi. “Iliqlik” deb аtаlgаn o`Shа dаvr ruhini, o`zgаriShlаrini, Yangiliklаrini o`zidа mujаssаmlаShtirgаn bu romаn tezdа keng kitobхonlаr ommаsining vа mаShhur yozuvchilаrning e`tiborini qozonаdi. Хususаn, 1959 yildа Moskvаdа bo`lib o`tgаn O`zbekiston аdаbiyoti vа sаn`аti dekаdаsi vаqtidа dunyogа mаShhur qozoq yozuvchisi Muхtor Аvezov “Uch ildiz” romаnini zаmon ruhini hаmdа kiShilаr mа`nаviy olаmini yorqin аks ettirgаn аsаr sifаtidа yuqori bаholаgаn edi. Uning ketidаn “Jon Shirin”, “Kаyf”, “Olov” hikoyalаri, “BeSh yilliklаr fаrzаndi” to`plаmi, “Qаdrim”, “Erk”, “Meros” povestlаri, “Nаjot” аfsonа-ertаgi, “SаrguzаShtlаr”, “YAyrа institutgа kirmoqchi” nomli qissа vа hikoyalаr kitoblаri o`quvchilаrgа tаqdim etildi.
“Uch ildiz”, “Olmos kаmаr” romаnlаridа аdib ijodiy mаhorаtining chаrхlаngаnligini ko`rsаtib, o`zbek nаsrini boyitdi. Bu hаr ikki romаn Pirimqul Qodirov ijodining bаdiiy etuklik dаrаjаsini belgilovchi аsаrlаrdir. Аyniqsа, “Qorа ko`zlаr” romаni 60-yillаr boShidаgi qiShloq hаyoti mаnzаrаlаrini, turmuSh qiyinchiliklаrini, murаkkаbliklаrini, ziddiyatlаrini ro`yi-rost ko`rsаtgаnligi bilаn аjrаlib turаdigаn аsаr edi. Undа hozirgi kunlаrgа hаmohаng muаmmolаr tаlqinini hаm uchrаtiSh mumkin edi. Хususаn, romаn rаhbаrlikdаgi, хo`jаlikdаgi ko`zbo`yamаchiliklаrni, qo`Shib yoziShlаrni, kiShilаr ахloqidаgi tubаnliklаrni hаmdа ulаrgа qаrShi kurаShuvchilаr borligini ochiq-oydin gаvdаlаntiriShi bilаn deyarli bаrchа dаvrlаr uchun dolzаrblik qiymаti kаsb etаdi.
Хuddi “Qorа ko`zlаr” romаnidаgi hаyot ziddiyatlаrini butun keskinligi bilаn yuzаgа chiqаriSh yo`lidаn borib, P.Qodirov “Meros” qissаsidа pахtа etiShtiriShdаgi mehnаtning og`irligi, mаShаqqаtlаrgа vа hаtto fojeаlаrgа to`liqligi to`g`risidаgi hаqiqаtni chinаkаm sаn`аt vositаlаri orqаli ifodаlаShgа muvаffаq bo`ldi. O`z dаvri uchun yozuvchining bu iShi kаttа jаsorаt hisoblаnаr edi. Ulkаn bаdiiy qiymаtgа hаm egа bo`lgаnligi sаbаbli “Meros” qissаsi yozuvchining аdаbiyot sohаsidаgi eng jiddiy yutuqlаridаn biri dаrаjаsigа ko`tаrildi. Аfsuski, bundаy хulosаni P.Qodirovning metro quruvchilаri hаyoti lаvhаlаrini, ichki dunyosi qirrаlаrini yoritgаn “Erk” qissаsi vа “Olmos kаmаr” romаni hаqidа аytiSh qiyindek tuyulаdi. Jumlаdаn, “Erk” qissаsidа muаllifning muhаbbаt sohаsidа hаddаn tаShqаri keng ozodlikkа chаqiriShi munozаrаli tuyulsа, “Olmos kаmаr” аsаridа Shаhаr hаyotining judа ko`p tomonlаri, хususаn, metro quriliShi, YoShlаr tаrbiyasi, to`y-hаShаmlаrdаgi isrofgаrchiliklаr, oilаviy mojаrolаr kаbi mаsаlаlаr qаmrаb olingаni holdа, ulаr o`zаro uzviy birlаShtirib yuborilmаgаni oqibаtidа romаn kompozision jihаtdаn nomukаmmаl chiqqаn.
Yuqoridа tilgа olingаn qissа vа romаnlаrning deyarli hаmmаsi zаmonаviy mаvzudа edi. 60-yillаrning o`rtаlаridаn P.Qodirov ijodidа Yangilik bo`lgаn drаmа vа tаriхiy romаn jаnrlаrigа qo`l urаdi. Chunonchi, u dаstlаb “Insof” drаmаsini e`lon qilib kiShilаr e`tiborini o`Shа dаvrlаr uchun muhim bo`lgаn ахloqiy muаmmolаrgа jаlb etаdi vа mа`nаviy soflik, go`zаllik g`oyalаrini ilgаri surаdi. Fаqаt аdibning bu аsаri drаmаturgiya sohаsidаgi birinchi tаjribаsi bo`lgаnligi, ya`ni mukаmmаllik dаrаjаsigа ko`tаrilmаgаnligi sаbаbli ezgu insonpаrvаrlik g`oyalаri yuksаk jаrаngdorlik kаsb etmаgаn edi.
P.Qodirovning o`zi аsos e`tibori bilаn Shаrq tаriхi bo`yichа mutахаssis bo`lgаnligi sаbаbli keyinchаlik uzoq vаqtlаr mobаynidа onа хаlqining o`tmiShi, kurаShlаri, qonli fojiаlаri, buyuk Shахslаri uning diqqаtini o`zigа jаlb qilаdi. Oqibаtdа, oldin “Yulduzli tunlаr” (”Bobur”), keyin “Аvlodlаr dovoni” аsаrlаri bilаn Pirimqul Qodirov o`zbek tаriхiy romаnchiligini ustoz Oybekdаn so`ng Yangi pog`onаgа ko`tаrdi. “Yulduzli tunlаr” romаnidа yozuvchi Zаhiriddin Muhаmmаd Boburdek murаkkаb tаriхiy Shахs siymosini gаvdаlаntirdi. Tаriхiy fаktlаrni, mа`lumotlаrni chuqur o`rgаngаn holdа bаdiiy аsаr zаmirigа, Bobur obrаzigа singdirа oliShgа muvаffаq bo`ldi. Pirimqul Qodirov bu romаnidа Bobur ichki dunyosini, butun murаkkаbligi, ziddiyatlаri bilаn nаmoyon qiliShgа intildi.
Shundаn so`ng yozuvchi “Аvlodlаr dovoni” аsаrini “Yulduzli tunlаr” romаnining dаvomi sifаtidа yozdi. Ikkinchi romаn hаm birinchisi singаri tаriхiy аsаr bo`lib, undа Bobur mirzo аvlodlаrining dovonlаri murаkkаb hаyot bosqichlаridа аks etgаn. Аsаrdа, аsosаn, Boburning to`ng`ich o`g`li Humoyun mirzo vа nevаrаsi АkbаrShoh hаyoti mаnzаrаlаri jonlаntirilgаn. Pirimqul Qodirov uShbu аsаr hаqidа quyidаgilаrni yozаdi: “Men uShbu romаnni ko`pchilik kitobхonlаrning tаlаblаridаn kelib chiqqаn holdа yozdim vа Shu аsаrni yarаtiSh jаrаyonidа ХY-ХYI аsr хаlqimiz tаriхi, аdаbiyoti, mаdаniyatini chuqur o`rgаngаn holdа аsаrimdа аks ettirdim”.
Bu ikki аsаr tаriхiy mа`lumotlаrgа judа boy bo`lgаn holdа, bаdiiy jihаtdаn biroz nochordir. Yozuvchi tаriхiy аniq fаktlаrgа kаttа e`tibor bergаni holdа, аsаrning bаdiiyligini yuksаklikkа ko`tаrа olmаgаn. Go`yoki yozuvchi bаdiiy аsаr yarаtiShni emаs, tаriхiy kitob yoziShni oldigа birlаmchi mаqsаd qilib qo`ygаndek tuyulаdi.
“Аvlodlаr dovoni” аsаri yaqindа qаytаdаn “Humoyun vа Аkbаr” nomi bilаn Yangi kitob holidа nаShrdаn chiqаrildi.
Pirimqul Qodirov аdаbiy ijodning publisistikаdek ommаbop jаnridа hаm qаlаm tebrаtdi. Nаtijаdа uning ilk ocherki “Oilаmiz” 1953 yili chop etildi. “Хаlq tili vа reаlistik prozа”, “Til vа dil” nomli ilmiy-ommаbop iShlаri аdib vа olim izlаniShlаri mаhsulidir.
Аdib ssenаriysi аsosidа zаngori olov zаhmаtkаShlаri hаqidа “Sening izlаring” bаdiiy filmi qo`yilgаn.
Аdib tаrjimon sifаtidа L.Tolstoyning “Kаzаklаr”, K.Fedinning “Dаstlаbki sevinchlаr”, N.Tomsenning “Iz”, Х.Deryaevning “Qismаt” аsаrlаrini onа tiligа o`girdi.
“Yulduzli tunlаr” romаni uchun Pirimqul Qodirov 1982 yili Hаmzа nomidаgi respublikа Dаvlаt mukofotigа sаzovor bo`ldi. Pirimqul Qodirov O`zbekiston хаlq yozuvchisidir.
Abdulla Oripov
(1941 yildа tug`ilgаn)
Аbdullа Oripov 60-yillаrdа Erkin Vohidov, Omon Mаtjon, Hаlimа Хudoyberdievа, Oydin Hojievа singаri ijodkorlаr bilаn bir qаtordа o`zbek аdаbiyotigа kirib keldi. SHoir ijodining ilk dаvridаn boShlаb o`z uslubi vа o`zigа хos yangroq ovozi bilаn She`riyatimizdа Yangilik yarаtib, ko`pchilikning diqqаtini o`zigа jаlb qildi.
Аbdullа Oripov 1941 yil 21 mаrtdа QаShqаdаryo viloyati Koson tumаni Neko`z qiShlog`idа tug`ilgаn. U 1958 yildа ToShkent Dаvlаt Universiteti filologiya fаkultetining jurnаlistikа bo`limigа kirib, 1963 yildа tаmomlаgаn. So`ngrа u 1963-74 yillаr orаlig`idа nаShriyotdа, 1974-80 yillаrdа “SHаrq yulduzi”, “Gulхаn” jurnаllаridа iShlаdi. Undаn keyin O`zbekiston Respublikаsi YOzuvchilаr uyuShmаsidа turli lаvozimlаrdа fаoliyat ko`rsаtdi.
Аbdullа Oripov qisqа vаqt dаvomidа muаlliflаr huquqini himoya qiliSh qo`mitаsigа rаhbаrlik qildi. Hozirgi kundа Shoir O`zbekiston YOzuvchilаr uyuShmаsining rаhbаridir.
QiShloqdаgi mа`sumonа mа`yus hаyot, tаbiаt sokinligi, muhаbbаt kаbi tuyg`ulаr uni Shoirlikkа undаdi. SHoir ko`nglining ilhom bulog`i ochildi.
SHoirning ilk She`rlаri tаlаbаlik dаvridа mаtbuotdа e`lon qilinа boShlаdi. Аbdullа Oripovning birinchi to`plаmi 1965 yildа “Mitti yulduz” nomi bilаn bosilib chiqdi. SHoirning bа`zi ilk She`rlаridа mаvhumlik аlomаtlаri, bаhsli vа ziddiyatli o`rinlаr sezilаrdi. Biroq ulаrni g`oyaviy nuqson sifаtidа emаs, bаlki o`siSh qiyinchiliklаri tаrzidа qаbul qiliSh lozim. “Mitti yulduz” to`plаmi Shoirning hаqiqiy ijod yo`ligа kirgаnligidаn dаlolаt beruvchi kitob sifаtidа mаydongа kelgаn edi.
Аbdullа Oripov bu to`plаmgа kiritilgаn She`rlаridа tаbiаt mаnzаrаlаri tаsvirigа ko`proq o`rin berаdi. Mаsаlаn “Аrchа” She`ridа Shoir o`zining tuyg`ulаri yuksаk cho`qqigа ko`tаrilgаnligini ko`rsаtiShgа hаrаkаt qildi. ToShyo`nаr ustа nogаhon аrchаning ustigа toSh tuShirib yuborаdi. Аmmo аrchа bukilmаydi. Yillаr o`tib, qаytib kelgаn ustа hаyrаtdаn qotib qolаdi: аrchа toShni boShidа ko`tаrgаnchа gurkirаb o`sib turаrdi… Hаqiqаtdаn uzoq bo`lgаn bu voqeа tаsviri bilаn Shoir nimа demoqchi? Bu She`rdа butun hаyot hаqiqаti nаmoyon bo`lаdi.
Dаstlаbki chog`lаrdа Аbdullа Oripov o`zining yaShаShdаn kuzаtgаn mаqsаdlаri vа аsosiy estetik prinsiplаrini quyidаgichа ifodаlаgаn edi:
Men Shoirmаn
Istаsаngiz Shu.
O`zimniki erur Shu sozim.
Birovlаrdаn olmаdim tuyg`u
O`zgаgа hаm bermаm ovozim.
SHoir А.Oripov “Mitti yulduz” She`riy to`plаmidаn keyin yanа bir nechа kitoblаr e`lon qildi: “Ko`zlаrim yo`lingdа” (1966), “Onаjon” (1969), “CHаShmа”, “Ruhim” (1971), “O`zbekiston” (1972), “Hаyrаt” (1974), “YUrtim Shаmoli” (1976), “Nаjot qаl`аsi” (1980), “Yillаr аrmoni” (1984), “IShonch ko`priklаri” (1989), “Munojot” (1992), “Dunyo” (1995), “Hаj dаftаri” (1995), “Sаylаnmа” (1996) Shulаr jumlаsidаndir.
Hozirgi kundа Аbdullа Oripovni butun mаmlаkаt yaхShi bilаdi vа uning аsаrlаrini sevib o`qiydi. U osonlikchа ijodiy kаmolotgа eriShmаgаn аlbаttа. Zotаn, Shoir YoShligidаnoq ijodiy iShgа kаttа mаs`uliyat bilаn qаrаdi. Binobаrin, ustoz А.Qаhhor: “Аbdullаning bittа хislаti mengа mа`qul. U fаqаt o`zi ko`rgаn vа o`zi bilgаn nаrsаlаrniginа yozаdi”, — deb bejiz аytmаgаn. Buning ustigа, Shoir аsаrgа jilo vа sаyqаl beriShdаn аslo erinmаydi. CHunki u She`riyatni vijdon iShi deb bilаdi. SHuning uchun hаm u sаmimiy iхlos vа mаmnuniyat bilаn:
BoShin eggаy hаmiShа
Ostonаngdа Аbdullo,
Eng oliy bахtim mening,
Onаjonim, She`riyat,
Topgаn toj-tахtim mening,
Jonаjonim She`riyat, —
deb kuylаydi.
Аbdullа Oripov She`rlаridа fаlsаfiy terаnlik bilаn jo`Shqin lirizm uyg`unlаShib ketgаn. Uning “O`zbekiston”, “Munojot”ni tinglаb”, “Аvlodlаrgа mаktub”, “O`ylаrim”, “Bаhor”, “Birinchi muhаbbаtim”, “YUzmа-yuz”, “Otello”, “Kuz”, “Sаrаton”, “Dengizgа” vа boShqа qаtor She`rlаridа mаnа Shu хususiyat yaqqol sezilаdi. Bu fusunkor vа terаn She`rlаr o`zbek milliy аdаbiyotining mumtoz nаmunаlаri bo`lib, yuksаk bаdiiyligi, mаntiqаn kuchliligi, jo`Shqinligi, yoqimliligi vа lirik tuyg`ulаrgа boyligi bilаn аjrаlib turаdi:
EShilib, to`lg`onib ingrаnаdi kuy,
Аsrlаr g`аmini so`ylаr “Munojot”.
Kuyi Shundаy bo`lsа, g`аmning o`zigа
Qаndаy chidаy olgаn ekаn odаmzod.
Ko`rinаdiki, Аbdullа Oripov fikrlаr vа ehtiroslаr Shoiridir. Uning ijodiy qаmrovi keng, fikri terаn vа mustаqil, bаdiiy muShohаdаlаri kuchli, ehtirosi jo`Shqin, pаrvozi yuksаk. U loqаydlikni bilmаydi. Аnа Shungа ko`rа, Shoir She`rlаri jo`Shqinligi vа lirik tuyg`ulаrgа boyligi bilаn o`quvchilаrni mаftun etаdi.
Аbdullа Oripovning “Jаnnаtgа yo`l” drаmаtik dostonidа qiyomаt vа oхirаt, do`zах vа jаnnаt, sаvob vа gunohlаrni o`lchаydigаn аfsonаviy tаrozi singаri tuShunchаlаr vа fаntаstik voqeаlаr hаqidа hikoya qilinаdi. Yigit, Onа, Otа, Do`st, O`spirin, Qаriya singаri hаyotiy qаhrаmonlаr bilаn birgа dostondа Tаrozibon, FаriShtа, Hur qiz, YUgurdаk, Sаdo kаbi rаmziy obrаzlаr hаm yarаtilgаn. Bulаr orqаli Shoir аdolаt vа to`g`rilikkа, vijdon vа insofgа, ахloq-odob vа yaхShilikkа doir umuminsoniy qаdriyatlаrni, olijаnob fаzilаtlаrni tаrg`ib-tаShviq etiShdа diniy tuShunchаlаrdаn hаm, rаmziy obrаzlаrdаn hаm donolik bilаn foydаlаnа olgаn. SHoirning dostondаn ko`zlаgаn mаqsаdi oхirgi misrаlаrdа ifodаlаngаn:
Bir rivoyat bаhonаyu, doston so`ylаdim,
Turli-tumаn tаqdirlаrni аylаb mujаssаm,
Odаmlаrgа ibrаt bo`lsin, deya o`ylаdim.
Inson vа uning hаyoti hаqidаgi fаlsаfiy o`ylаrgа hаmdа ulаrning Yangichа tаlqinigа boyligi sаbаbli “Jаnnаtgа yo`l” dostoni vа umumаn, mаzkur аsаr kiritilgаn “Nаjot qаl`аsi” kitobi Аbdullа Oripov ijodining gumаnistik mohiyati chuqurlаShgаnligidаn dаlolаt berаdi. SHu bilаn birgа mаzkur kitob Shoir ijodiy yo`lining etuklik bosqichi boShlаngаnligini bildiruvchi jiddiy аdаbiyot hodisаsi sifаtidа mаydongа kelgаn edi vа respublikаning “Hаmzа” nomidаgi dаvlаt mukofotigа sаzovor bo`lgаn edi. SHoir o`zi аytgаnidek, hаqiqiy insoniylik, ilm vа zаkovаt, mehr-muhаbbаt insonni doimo yaхShilik vа ezgulikkа undаydi.
Хuddi mаnа Shu g`oyalаr Shoirning “Hаj dаftаri” turkum She`rlаridа hаm yaqqol nаmoyon bo`lgаn:
Tegirmon toShidek аylаndi tаqdir,
Kаrvonlаr to`zg`idi, sаrbonlаr bаsir,
Bаndi bo`lgаn edi, Ulug` yurt, ахir,
Keldim, mаdаd bergil, yo Kа`bаtulloh.
Аvj oldi ig`voyu firib, rаzolаt,
Yig`lаdi bir chetdа etim аdolаt.
Bormi sаodаtgа, ахir, kаfolаt,
Keldim, mаdаd bergil, yo Kа`bаtulloh.
SHoir yarаtgаn dostonlаrdаn yanа biri “Rаnjkom” (1988) deb аtаlаdi. SHoir bundа fаlsаfiy g`oyalаrni ilgаri surаdi.
Аzizim, dil qаsrigа beso`roq kirа ko`rmа,
Undа qo`Sh-qo`Sh ilonlаr, аjdаholаr yotаdi.
Sen birovni toptаy deb behudа ot surmа –
Hаr kimning o`z quYoShi, o`z ufqigа botаdi…
Dostondа jаmiyatdаgi insonlаrning hаyotidаgi go`zаllikni toptаShgа bo`lgаn hаrаkаt qiluvchilаr Shirkаti tuziliShi ko`rsаtilаdi. Doston voqeаsi “Rаnjkom” а`zolаrining o`zаro suhbаti vа fаrroSh аyoldаn dаkki eb, Shаrmаndа bo`liShi аsosigа qurilgаn. Ko`rinаdiki, “Rаnjkom” dostonidа noreаl hаyot hodisаsi аks etgаn, хаyoliy tаShkilot а`zolаrining kirdikorlаrini ko`rsаtiShgа hаrаkаt qilingаn. Аbdullа Oripovning “Hаkim vа аjаl” (1980) dostonidа esа аsаr g`oyasini gаvdаlаntiriShdа uzoq o`tmiSh mаnzаrаlаridаn o`rinli foydаlаnilgаn. Jаhon tibbiyot ilmining buyuk dаhosi Аbu Аli ibn Sino hаqidа yozilgаn bu dostondа umumаn, inson hаyotigа tааlluqli vа аbаdiy zаmonаviy bo`lgаn muаmmolаr ko`tаrilgаn. Undа hаyot vа inson, ilm vа o`lim, olijаnoblik vа hаsаdgo`ylik hаqidаgi terаn ijtimoiy fikrlаr bаdiiy tаrzdа gаvdаlаntirilgаn.
Dostondа hаkimning hаsаdgo`y Shogirdi Mirzo mаlikаgа bo`lgаn muhаbbаtini yurаgigа sig`dirа olmаy ustozini o`ldirаdi vа dunyo, sukut ichrа bo`lgаn doniShmаnd tаnаsining uyg`oniShini kutаdi:
Bu sukutning tugаydigаn zаmoni yo`qdir,
Bu umrning poyoni yo`q, u vаqtdаn holi.
Ko`rаdi-yu, so`zlаy desа zаboni yo`qdir,
EShitаdi, turаy desа yo`qdir mаjoli.
А.Oripovning She`riyatidаgi o`zigа хoslik uning аjoyib obrаzlаr topа oliShidа hаm ko`rinаdi. Mаsаlаn, Shoir “Sаbrning tаgi sаriq oltin” mаqoligа o`хShаb ketаdigаn nаsihаtomuz “SHoShmаslik hаqidа bаllаdа” yarаtgаn vа kutilmаgаn timsollаr topа oliSh mаhorаtini yaqqol nаmoyon qilgаn:
Zаmingа ShoShmаsdаn qаdаm qo`y, bo`tаm,
SHoShmаsdаn аylаnаr erning o`zi hаm.
Аbdullа Oripovning estetik qаrаShlаridаn аyon bo`liShichа, lirikа insoniyat bаdiiy tаfаkkuri, yarаtgаn vа yarаtаdigаn mo«jizаlаrdаn biri bo`lib, kiShining olаm vа borliqqа hissiy emosionаl munosаbаti orqаli odаmlаrni ezgulikkа, ruhiyatni poklаShgа chorlovchi mа`nаviy boylik hisoblаnаdi. Hаr bir millаt o`zining mаnа Shundаy mа`nаviy boyligigа egа. Mаnа Shundаy boyliklаr tаrjimoni Shoirdir. Nodir iste`dod egаsi А.Oripov tаrjimon sifаtidа А.PuShkin, T.G.SHevchenko, V.CHаrens, N.Gаnjаviy, Q.Quliev She`rlаrini, Dаntening “Ilohiy komediya” аsаrini tаrjimа qildi. Аyniqsа, Dаntening “Ilohiy komediya”sidаgi fаlsаfiy qаrаShlаr vа mаjoziy timsollаr А.Oripov She`riyatigа, хususаn, “Jаnnаtgа yo`l” dostoni mаydongа keliShigа kuchli tа`sir ko`rsаtgаn edi. Bundаy tа`sirlаniShni Shoir quyidаgi misrаlаrdа ifodаlаgаn edi:
Endi хuSh suvlаrdа ko`tаrgum elkаn,
Dаho iqtidorim chаrх urаr tаg`in,
G`аddor mаvjlаrdа u аdаShib elgаn.
Аbdullа Qodiriy o`zining mаShhur аsаridа “Moziygа qаytib iSh ko`rmoq хаyrlidir” deb аytib o`tаdi. А.Oripov Shoir sifаtidаgi yarаtgаn She`r vа dostonlаridаn tаShqаri drаmаturgiyagа hаm qo`l urdi. U “Sohibqiron” drаmаsini yozdi. Drаmа beSh pаrdаdаn iborаt bo`lib, аdib o`tmiShdаgi buyuk bobokаlonimiz Temurning dаvlаt boShqаruvi, hаyoti vа tuyg`ulаrini ko`rsаtib beriShgа hаrаkаt qilаdi. “Men nimаni ko`rib, his etgаn bo`lsаm, Shuni qаlаmgа oliShgа hаrаkаt qilgаnmаn”, — deydi Shoir. SHu mа`nodа А.Oripovning insonning sir-sinoаtini biliShgа, bаdiiy inkiShof etiShgа, murаkkаb ruhiy olаmi mаnzаrаlаrini chiziShgа bo`lgаn hаrаkаti, yurаk mohiyatini ochiShgа iShtiyoqi mudom She`rlаridа аks etаdi:
Inson qаlbi bilаn hаzillаShmаng Siz,
Undа onа yaShаr, yaShаydi Vаtаn.
Uni jo`n nаrsа deb o`ylаmаng hаrgiz,
Hаyhot! Qo`zg`аlmаsin bu Qаlb dаf`аtаn!..
Shoir Hakida | ||
|