Vatanim bayrog’ini yuksaklarga ko’taraylik tadbir dasturi Farg‘ona viloyati Qo‘qon shaharXTMFMTTEB tasarrufidagianiq fanlar yo‘nalishidagi32-ixtisoslashtirilgan davlatumumta’lim maktabining“Vatanim bayrog‘iniyuksaklarga ko‘taraylik”shiori ostida o‘tkaziladiganTADBIRITayyorladi:4-“F” sinf rahbari: Lolaxon Dexkanbayeva1-boshlovchi:Assalom hurmatli, aziz mehmonlar,Assalom ustozlar, qalbi qaynoqlar.Assalom ilmga tashna chanqoqlar,Assalom barcha-barcha katta-yu yoshlar.2-boshlovchi:Здравствуйте лучшееСлово на свете!Здравствуйте птицы!Здравствуйте дети!Здравствуйте папы!Здравствуйте мамы!Оно не сравнимо с другими словами.Здравствуйте наши учителя!3-o‘quvchi:Gud moning, gud moning,Gud moning tu yu.Gud moning, gud moning,Ay em gled tu si yu.4-o‘quvchi:Har sahar yangragan ulug‘ madhiyam,Har satri hikmatga to‘liq madhiyam.Eng go‘zal qo‘shig‘i ozod elimning,Muqaddas madhiyam, qutlug‘ madhiyam.Madhiya musiqa sadolari ostida yangraydi.5-o‘quvchi: Bugun ona yurtimizda katta tantana!6-o‘quvchi: O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘imiz tasdiqlangan kun bugun.7-o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i O‘zbekiston OliyKengashining VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan.O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida: “O‘zbekistonRespublikasi Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetiningramzidir” deb belgilangan.O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida: ”O‘zbekistonRespublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekistonRespublikasining timsoli bo‘ladi” deyilgan.O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunida bayroqning o‘lchamlari aniqko‘rsatilgan. Ya’ni, O’zbekiston Davlat bayrog‘ining butun uzunligi bo‘ylab o‘tganto‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli 3 ta endan tarkib topgan to‘g‘rito‘rtburchak shaklidagi matodir.O‘quvchi: Bayroqning uzunligi 250 smga, kengligi 125 smga teng.O‘quvchi: Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har biren 40smga teng.O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq ranglienning chetlaridan kengligi 2,5smga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.O‘quvchi: Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimdamavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni anglatadi, hamda Respublikaningmilliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.O‘quvchi: Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon vaobihayot ramzidir.O‘quvchi: Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhratva sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ ham moviy rangda edi.O‘quvchi: Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog‘onligiva koinot yoritgichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg‘uborlik,soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir.O‘quvchi: Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlardanavqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.O‘quvchi: Qizil chiziqlar vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir!O‘quvchi: Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq.Ayni paytda, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.O‘quvchi: Yulduzlar barcha uchun ilohiy sanalgan. O‘zbekiston RespublikasiningDavlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgiquyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.O‘quvchi: Bizning 12 yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadlaridagiqadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan hamizohlanadi.O‘quvchi: Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasviri o‘zbek xalqi madaniyatiningqadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilish ramzi sifatida tushunishlozim.O‘quvchi: Ranglarim, ranglarim,Oppoqdir tonglarim.Osmon to‘q zangori.Yam-yashil bog‘larim.Yoqimli havo rang,Tanaga davo rang.Sevimli moviy ko‘k,Kamalak rang –barang.O‘quvchi: Qip-qizil lolalar,Oq ko‘ngil bolalar.Turfa xil ranglarda,Yashnaydi dalalar.Atrofga bir qarang,Asal rang, tilla rang.Quvonchdan dillarga,Baxsh etar jilo rang.Qo‘shiq: “Chizaman”O‘quvchi: Yuksal, yuksal diyorim,Sensan baxtim , bahorim,Madhing jo‘shib kuylamoq,Ko‘nglimdagi shiorim.Go‘zal gulshan, bog‘laring,Go‘zal ulkan tog‘laring.Dilga orom berguvchi,Charog‘on har yoqlaring.O‘quvchi: Sen tandagi jonimsan,Tomirdagi qonimsan.Mehring yashar qalbimda,G‘ururim, ham shonimsan.Yashna, yuksal diyorim,Sensan baxtim, bahorim.Madhing jo‘shib kuylamoq,Shudir ahdu qarorim.Raqs: “Beshta qiz”O‘quvchi: G‘uncha guldayman,Bog‘dagi bulbuldayman.Sog‘lom jon, sog‘lom tanman,O‘zimga bir jahonman.Hayotdan zavq olaman,Baxti kulgan bolaman.O‘quvchi: Sog‘lom , quvnoq bolaman,Mehnatdan zavq olaman.Agarda ish qilmasam,Tezzerikibqolaman.Hozir maktab bolaman,Mehnatdan zavq olaman.Katta bo‘lsam haqiqiyHalol odam bo‘lamanQo‘ shiq: “Men kimman “Biz so‘zlari biyronmiz,Chopqillagan jayronmiz.Erkatoymiz polvonmiz,Bolajonmiz, bolajon.Bizlar lola yanoqmiz,Chin ko‘ngildan inoqmiz.Bulbul-u qarqunoqmiz,Bolajonmiz, bolajon.O‘quvchi: Bo‘lmasin hech bizning,Kam-u ko‘stimiz.Ko‘paysin har yerda,Yaqin do‘stimiz.Olamni yayratsin kulgularimiz,Gurullab yashnayversin orzularimiz.Raqs: ”3xil kompozitsiya”Hamma raqs ichida:Bo‘larda to‘kinchilik,Elga baxt xursandchilik.Dalalarda mo‘l hosil,Olib kelgay ushbu yil.Gullagan o‘zi har yon,Yayrasin yer-u osmon.Bobomiz bo‘lsin omon,Yashnasin bog‘-u bo‘ston.O‘quvchi: Bizning xalqimiz mehmondo‘st xalq.O‘quvchi: Bizning xalqimiz mehmonni quchoq ochib kutib oladi.Qo‘shiq: “Mehmon keldi“O‘quvchi: Bizning yurtimizda har xil millatlar ham yashaydi.Raqs: “Kalin”O‘quvchi: Bog‘imizda atirgul,Сhaman bo‘lib ochildi.Uning xushbo‘y hidlari,Har tomonga sochildi.Gulga oshiq bulbullar,Shu bog‘ uzra jamlandi.Bir — biriga yoqimli,Ajib kuylar boshlandi.O‘quvchi: Kuylang jajji bulbullar,Ochilsin barcha gullar.Ozodlik kuyin chaling,Bahra olsin ko‘ngillar.Ona diyor sizniki,Gulshan diyor sizniki.Ketmang sira bulbullar,O‘zbekiston bizniki.O‘quvchi: Yuksak tog‘lar bizniki,Tog‘larga yo‘l olaylik.Chaman bog‘lar bizniki,Bog‘larga yo‘l olaylik.Buloqlar ko‘zin ochib,Gulzorlar yarataylik.Vatanning har bir qarich,Yerini yashnataylik.Qo‘ shiq: “Ko’k dalam”O‘quvchi: Bolalar bo‘lsa, topqir bo‘lsalar,Chaqqon-u epchil, chopqir bo‘lsalar.Ilm-u hunarga, kuchga to‘lsalar,Sog‘lom, barkamol avlod bo‘lsalar.O‘quvchi: Vatanga aziz dilbandlar kerak,Sheryurak, asl farzandlar kerak.Shunday avlod bizning o‘zimiz,Aytib turadi har bir so‘zimiz.O‘quvchi: Vatan oldidagi burchni hammamiz,Anglab olib, unga amal qilamiz.Yurak to‘rida ushbu so‘zlarni,Takror-takror aytib olg‘a yuramiz.O‘quvchi: Vatanim jismida,Men ham bir bo‘lak.Vatanim menga-yu,Men unga kerak.Qo‘shiq: “Prezidentga va’da“ Darsliklar / Davlatlar 0 1 2 3 4 5 Жалоба 717 0 15-04-2022, 20:06