18-noyabr bayroq qabul qilingan kun tadbir senariysi 18-noyabr bayroq qabul qilingan kun tadbir senariysiHILPILLA BAYROG’IM1- boshlovchi: Salom sizga yurak to’ridanDavramizga yig’ilgan do’stlarKo’ksimizga qo’limiz qo’yib,Deymiz sizga”Xush kelibsizlar.”2-boshlovchi:Assalomu alaykum aziz ustozlar,qadrli ota-onalar,maktabdosh do’stlar,mehribonopa-singillar.O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 25 yilligigabag’ishlangan bayram kechamizga xush kelibsizlar.Bugun biz sizlar bilan davlatimiz ramzibo’lgan bayroq haqida suhbat quramiz.1-boshlovchi:Turonda tengi yo’q donishmand o’zbekToshkandu Buxoro Samarqand o’zbekTarixing so’zlasam cho’ng doston bo’lurSo’z kavkabin sochsam keng osmon bo’lur.2-boshlovchi:Ey menga ertaklar so’ylagan zaminErgashib izingdan qolmasman seningO’zgalar nazdida Bog’u eramingJiydang yaprog’iga olmasman seningVatan qayda bo’lmay ,sen hamrohimsanBobolarim yotar sajdagohimsan.1- boshlovchi:Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha,buyuk sohibqiron bobomiz AmirTemur davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat bergan.2- boshlovchi:Jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham u mamlakat tug’ini balandtutsin,deb farmon bergan.1- boshlovchi:Bayroqning egilishi mag’lubiyat belgisi,deb qabul qilingan.2- boshlovchi:Bayroqdoq bo’lish askar uchun yuksak sharaf hisoblangan.1-o’quvchi:Bayroq biror firqa,tashkilot,ummat,millat va uning davlatining belgisidir.Bularning orasida millat uchun eng muhimi va uning mustaqilligini va xalqaro hurmatgaegaligini bildiruvchi bayroq-davlat bayrog’idir.2-o’quvchi:Флаг,переполненный огнём,Цветущий как заря.И тонким золотом на нёмТри доблести горят,То цвета флага,то полумесяцТо звёзды на нём горятИ краше в мире флага нет.3-o’quvchi:Сегодня в буйстве флаги всей землиВзвивается и флаг УзбекистанаМы к этому стремились и пришлиВ мечте своей нелёгкой и желанной4-o’quvchi:Пусть судьбоносный ветер переменЗаветною судьбой народов веетИ флаг свободы каждый светлый деньНад нашим государством реёт.5-o’quvchi:Davlat bayrog’i-Davlatning asosiy ramzlaridan biri.6-o’quvchi:Davlat timsollarini asrash uchun ajdodlarimiz o’z jonlarini ham fido etganlar.7-o’quvchi:Ulug’ alloma shayx Najmiddin Kubro 75 yoshga kirgan bo’lishiga qaramasdan”YoVatan,yo sharafli o’lim”,deya bir qo’lida bayroq,bir qo’lida shamshir ko’tarib.mo’g’ulistilochilariga qarshi mardonavor jangga kiradi.Mo’g’ul askari uning qo’lidagi bayroqqa changsoladi.Buyuk bobomiz Vatan himoyasi yo’lida halok bo’ladi.Ammo vafot etgach ham,qo’lidagitug’ dastasini qo’yib yubormaydi.Bosqinchilar uning panjalarini kesib,yalovni olishganekan.(O’quvchilar rollarga kirib bajaradi.)8-o’quvchi:Balki bu bir rivoyadir.Lekin uning zamirida bayroqning ulug’ligini tasdiqlovchiqanchalik katta ma’no va mazmun yashirin.9-o’quvchi :Shu boisdan ham davlat bayrog’ini muqaddas bilib ko’zga surtadilar.10-o’quvchi:Uning qarshisida tiz cho’kadilar.11-o’quvchi:Hilpilla bayrog’im,hilpilla mag’rur,Ozod,hur xalqimga baxsh etib surur.Birlashgan millatlar koshonasida.Hilpira bizlarga baxsh etib g’urur.12-o’quvchi:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i Respublikamiz Oliy Kengashiningnavbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan va shu kuni PrezidentimizIslom Karimov “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi” qonunga imzochekkan.13-o’quvchi:Ushbu qonun 13 moddadan iborat.3-modda:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I xalqaro maydonda: O’zbekistonRespublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamalakatlarga safarlari chog’ida,xalqarotashkilotlarda,konferensiyalarda,jahon ko’rgazmalarida,sport musobaqalarida O’zbekistonRespublikasining timsoli bo’ladi.4-modda:Bayroqning uzunligi 250smga,kengligi 125smga teng.Moviy rang,oq rang va yashilrangli enlarning kengligi bir xil.Har bir en 40 smga tengdir.Qizil hoshiyalarning kengligi 2.5smgateng.7-modda: O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I bilan bir vaqtda boshqa davlatlarningbayrog’I ko’tarilsa, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I o’ng tomondan,boshqadavlatning bayrog’I chap tomondan ko’tarilmog’I kerak.1-o’quvchi:Ona yurtim jon yurtimHur O’zbekiston yurtimIstiqlol bayrog’iniO’pib yuzimga surtdim.2-o’quvchi:Ko’zlarga nur bag’ishlarRespublikam bayrog’i.Osmoni keng musaffoVatan chaman har yog’iRespublikam bayrog’i.3-o’quvchi:Yo’ldoshdir yo’limizdaParpirab qo’limizdaMehri dillarda yasharSurati ko’nglimizdaRespublikam bayrog’i.4-o’quvchi:Porlasa turfa rangdaQuyosh deysiz qarangaZafarlarga chorlovchiRespublikam bayrog’i5-o’quvchi:Tinchlik,mustaqillik buBundan orzular kularKelajak yorqinlik buRespublikam bayrog’i6-o’quvchi:Bu shonli O’zbekistonBaxtimiz BahorimizNomi tillarda dostonSharaf iftixorimizRespublikam bayrog’i.7-o’quvchi:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I bilan bir vaqtda bir qanchadavlatlarning bayrog’I ko’tarilganida O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’Ialohida,qolganlari esa o’zbek alfaviti bo’yicha ko’tariladi.8-o’quvchi:Davlat bayrog’I va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjudbo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniyan’analarini o’zida mujassamlashtiradi.9-o’quvchi :Ko’kda hilpirar mag’rur , O’zbekiston bayrog’iDillarga solar g’urur, O’zbekiston bayrog’I“O’z bayrog’im ” deb xalqim, Dilda qilar iftixorUndagi har bir rangning, O’z ramzi, ma’nosi bor.2-boshlovchi:Albatta milliy bayrog’imizni hammamiz har kuni ko’ramiz, uning shakli varanglari, hamda, boshqa elementlarining joylashuvi bizga yod bo’lib ketgan. Lekin, keling,bayrog’imizga tegishli barcha tafsilotlarni ham yaqindan bilamizmi?…1-boshlovchi:Bolajonlar hozir sizga bayrog’imizdagi ranglar,oy va yulduzlar o’zlari haqidaso’zlab berishadi.2-boshlovchi:Marhamat diqqat qiling,qulog’ingizga quyib oling.Oq rang:Men-chi oq rang bo’lamanVazifam-doim tinchlikTimsolim-soflik,poklikOrzu va xayollar bilanIntilishim ichki go’zallikMoviy rang:Men moviy rang bo’lamanBayroqdan joy olganman,Tiriklik,mangu osmonObihayot ramzimanDonishmandlik,halollikniYaxshilik sadoqatniO’zimda aks etganman.Amir Temur ruhiniDoimo shod etgayman.Yashil rang:Bayroqdagi yashil rangTabiat yangilanishiKo’pgina xalqlarda esaUmid va shodumonlikQizil chiziq:Qizil chiziqlar esaVujudda oqayotganHayotiy irmoqlarniJo’shishidan berar darak.Oy:Men bilan tarix bog’liqAyni paytda esa menSizlarga muhim bog’liqMustaqillik ramzi ham.Yulduz:O’zbek xalqi qadimiyMadaniyat beshigiTuprog’ida saodatKomillikdir eshigi.1-o’quvchi:Xalqim orzu niyatiDilga quvonch soladiBayrog’imiz dunyo uzraYurtga dovrug’ soladiBayroqdagi 4 xil rangHamohangdir birlikdaBir-birini to’ldirarMaqsad sari tenglikda2-o’quvchi:Havo rang tinchlik demakOq-rangdir-poklik ramziYashil-yashnagaydir elQizil rang hayot ramziYulduzlar doimo sirliMa’nolarni so’zlaydi12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydiYangi chiqqan to’lin oyHar ko’zni o’zga chorlarDuoga ochamiz qo’lDilga nur,poklik solar3-o’quvchi:12 baxt yulduziO’ziga xo’p yarasharUnda dunyo xalqlariHavas bilan qarashar.4-o’quvchi :Mustaqil yurt deb atarYer yuzining har yog’iBizga juda mo’tabarO’zbekiston bayrog’i.5-o’quvchi :Hurlikni ulug’lab hilpirar mag’rurO’zbek iftixori vatan bayrog’iYashaydi millatlar do’st-inoq masrurSajdagoh makondir oltin tuprog’iKarvonin boshlaydi dovyurak sarbonMurodli manzilga aziz xalqiniKo’rsam der yurtini jannatiy makonBag’ishlab eliga umri qalbini.6-o’quvchi:Kechdi bu zamindan ManguberdilarKubrolar,Temurlar shavkati-shoniBir bayroq ostida birlashdi el-yurtBir bayroq ostida yashnadi zamonIstiqloldan keyin ajdodlar tug’inYangiladik ne tong erk bo’ldi qarovBalqdi tantanavor boshimiz uzraXalqimiz timsoli milliy bir yalov.7-o’quvchi:Blue,white and greenAnd has a red tieThat’s why beautifulThe flag of Uzbekistan.Zarina:Hoist my flagHoist pridlyFor my free peopleGive freedomHoist my flagIn the bwilding of U.N.OGive happiness to my peopleTez aytish:Bahodir bayroqni Botirga berdimi?Botir bayroqni Bahodirga berdimi?Topishmoq:U baxtimiz timsoli,quyosh kabi porlaydi,Xalqimizni doimo zafarlarga chorlaydi.1-o’quvchi:Vatanim shon-shuhrati,Salohiyat, qudrati,Mustaqillik nusratiAks etgan Bayrog‘imda,Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.2-o’quvchi:Ranglarining ma’nosi,Xalqning ruhi, navosi,O‘zbekiston havosi –Aks etgan Bayrog‘imda,Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.3-o’quvchi:Men shu Vatan erkasi,Men shu Vatan ertasi.Alpqomat yelkasi –Aks etgan Bayrog‘imda,Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da!4-o’quvchi:Qora o’tmish qoldi ortda,Dorilomon kunlar yurtda,Mehr-ko’zda,muhabbatda,Porla,Millat bayrog’i!5-o’quvchi:Osmon to’la yulduz-oppoq,Bir-biridan chaqnoq biroq-12 si eng yarqiroq,Porla,Millat bayrog’i!6-o’quvchi:Mangulik hur yo’lidasan,O’zgidasan,so’lidasan.Ozod xalqning qo’lidasanPorla,Millat bayrog’i!7-o’quvchi:Dunyoda millat va elatlar,xalqlar va davlatlar ko’p,lekin O’zbekiston bitta.Uningbayrog’I ham yagona.Gulsanam:Ana shu bayroq ostida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimiz uchun ezgu maqsadlarsari olg’a boraveramiz.1-boshlovchi:Shu bilan bizlarga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetdi,e’tiboringiz uchun rahmat.2-boshlovchi:Xayr,sog’-omon bo’ling,bayrog’imizni yuksaklarga ko’taring Darsliklar / Davlatlar 0 1 2 3 4 5 Жалоба 786 0 13-04-2022, 01:39