ZULFIYA — TONG KUYCHISI

ZULFIYA — TONG KUYCHISI


( Adabiy-badiiy kecha  ssenariysi)


ZULFIYA — TONG KUYCHISI
ZULFIYA — TONG KUYCHISI
( Adabiy-badiiy kecha ssenariysi)

1-boshlovchi: — O`zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat va davlat arbobi,  Zulfiya tavalludiga bu yil 100 yil to`ladi. Shu munosabat bilan Zulfiya hayoti va ijodiga bir nazar tashlab, she’rlarini o`qib, ruhini shod etish niyatida ushbu adabiy kechamizga shoiraning hayoti va ijodi haqida so`zlab berish uchun so`zni ………..ga beramiz.


2- boshlovchi-O`zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror she’rini yod olmagan o`quvchi orangizda topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o`z she’rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda.


1-boshlovchi — Hozir Zulfiyaning bolalar uchun yozgan ajoyib she’rlaridan namunalar tinglaysiz: She’rlarni faol kitobxonlar yoddan aytib beradilar. Masalan:


Ona turgan xonaga


Qizi kirdi  yugurib,


Go`yo sig`may    olamga


Dedi  shoshib -ko`pirib.:


-Oyijonim,  tez   yuring,


Ko`rsataman   qiziq  gul.


Hurriyatning   tomini


Lola  qoplabdi  butkul


Kabi  bolalar  uchun  algan  she’rlarni  Zulfiyaning   Bulut   o`yini. -T.: Cho`lpon, 1995  to`plamidan   olish   mumkin.


1- boshlovchi: — 1944 yil 3 iyulda Hamid Olimjon vafotidan so`ng,  Zulfiyaning boshiga og`ir musibat tushdi. Ayriliq alamlari, hijron azoblari tufayli tug`yon urgan shoiraning qalbiga yana she’r hamdard bo`ldi. Vafodor yor va sadoqatli do`stning murakkab insoniy tuyg`ulari «Hijron kunlarida», «Baxtiyor sevgini kuylardi sozim», » Ne baloga etding mubtalo», «Sen qaydasan yuragim» kabi she’rlarida hazin  ohangda yangragan edi.


Lekin, inson va hijron, hayot va o`lim mavzuida yozilgan bunday abadiyligi va unga muhabbat g’oyasi hukmrondir shubhasiz, eng mumtoz, vafo va sadoqat tuyg`ulari samimiy ifodalangan shoiraning she’rlaridir. Bu she’rlarda butun qalbi bilan xalq baxt-saodatini kuylagan Hamid Olimjonning yorqin obrazi yaratilgan. Shoira o`z ijodi va ovozida Hamid Olimjon barhayot ekanini komil ishonch bilan bayon etar ekan,shunday deydi:


Hijroning qalbimda, sozing qo`limda,


Hayotni kuylayman, chekinar alam.


Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,


Men hayot ekanman, hayotsan sen ham !


(Kuy ohista to`xtatiladi.) Shu o`rinda Zulfiya haqidagi videolavha namoyish etilib, boshlovchining ovozi fondan yangraydi:


2-boshlovchi: -Zulfiyaning ovozi uning ona qalbi, ayol nazokati, mo’tabar inson orzusini kuylagan otashin she’rlari faqat O`zbekistondagina emas, butun Osiyo va Afrika mamlakatlarida ham kitobxonlar diqqatini jalb qildi. Zulfiyaning yangroq poetik ovozi jahon kezib yuribdi. Zulfiya jamoat arbobi, xorijiy mamlakat taraqqiyparvar yozuvchilari va davlat arboblarining mehmoni sifatida juda ko`p mamlakatlarda bo`ldi. Bundan tashqari «O`g`irlamang qalamim bir kun» turkumidagi she’rlari, «Quyoshli qalam» dostoni kitobxonlarga manzur va ma’quldir. Chunki dostonda shoira atoqli adib Oybek obrazini badiiy gavdalantirgan.


1-boshlovchi:- Zulfiya urushdan keyingi yillarda tinch ijodiy mehnatda insoning matonati va qahramonligining yuksak namunalarini ko`rsatayotgan zamondoshlari, tinchlik va do`stlik haqida kitobxonlarga manzur bo`lgan ajoyib she’rlar yaratgan. Shoiraning «Dugonalar bilan suhbat», «Yuragimga yaqin kishilar» kabi she’riy to`plamlaridagi she’rlari urushdan keyingi tarixiy davrning chaqiriqlariga munosib javob bo`ldi. Zulfiya mehnat mavzusida yozgan she’rlarida zamondoshlarining yuragiga yaqin, qalbiga tutash bo’lgan dugonalarining, qahramon xotin-qizlarning muvaffaqiyatlaridan cheksiz quvonadi, ularning yangi zafarlarga chorlaydi. «Cho`pon», «Yangi yil», ”Hamma safarbar», «Lobar qizlarga» kabi she’rlari shular jumlasidandir.


Hayot kitobimni bexos varraqlab,


Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim.


Tabassum o`rnida kuldim charaqlab,


Suyish kerak bo`lsa, telbacha suydim…


Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim,


Hech kimda ko`rmayin umrimga o`xshash:


Suydim,


Erkalandim,


Ayrildim,


Kuydim,


Izzat nima bildim.


Shu-da bir yashash!..


2- boshlovchi:- Xalqimiz izzatiga sazovor bo`lgan ajoyib shoiraning xotirasi abadiydir. Chunki uning izdoshlari bisyor. Ushbu kechani o`zlari yozgan she’rlari bilan yakunlashni men shoira qizlarimizdan iltimos qilaman.(Shoira qizlarning chiqishlari kechaga yakun yasaydi).