O’zbek xalq milliy cholg’u asbobi, san’ati va shukuxi
O’zbek xalq milliy cholg’u asbobi, san’ati va shukuxi
G’ijjak an’anaviy cholg’u
Gijjak- o’zbek xalq cholg’ulari an’analariga boy bo’lib, uning kelib chiqiqshi uzoq o’tmishga taqaladi. O’rta Osiyo, hususan O’zekistonning hozirgi hududida arheologik qazish jarayonida topilgan musiqa asboblari va ijrochilarning tasviri tushirilgan juda ko’p moddiy-madaniy yodgorliklar bunda dalil bo’ladi. Gijjak azaldan xalqimizning azaldan sevimli cholg’ularidan biri hisoblangan. Uning kelib chiqishi X-XI asrlarga to’g’ri keladi.
Bu hususda qiziqarli ma’lumotlar bor. “Ziynat al-majolis” (ziynatlarning majlisi) amtalogiyasia hikoya qilinishicha, Forobiy Ray shahrida Sohib ibn Abbod qabulida bo’lganida vazir sharafiga o’tkazilganziyofatda o’zi ixtiro qilgan cholg’uda kuy ijro etadi. Tashqi ko’rinishdan kichik qovoqqa o’xshagan bu soz “G’ipchak” nomi bilan tanilgan. Bu cholg’uda Forobiy uch qismi kuy ijro etilib tinglovchilarni ham yig’latgan, ham kuldirgan va hayajinga tushirgan ekan. G’ijjak avval ikki torli, Bobur zamonida uch torli cholg’u bo’lgan. “Boburnoma”da aytilishicha, o’z davrining mashxur sozandasi Qulmuhammad-udiy g’ijjakga uchunchi torni tortib yuqori ijrochilik mahoratini namoyish etgan. Darveshalining risolasida ko’pgina g’ijjakchilar qatori Ustoz Zaytuni-g’ijjaki haqida qimmatli ma’lumot bor. U tengi yo’q g’ijjakchi bo’lib, maqomning turli pardalarida chiroyli kuylar peshraklar bastalagan. Ayniqsa saqid usulidagi peshrav (oldinga intiluvchi) barchani hayratga solgan ekan. Alisher Navoiy g’ijakni ta’riflab – “u cho’ziq nolalar chekib, yolboradi”-deydi. G’ijjakni takomillashtirish bizning davrimizda ham amalga oshirilayapti. 40-50 yillar oldin A.I. Petrosyans rahbarligidagi ustalar hozirgi zamon ijrochilik talablaridan kelib chiqib, g’ijjakni nota yo’nalishidagi musiqaga sozlaganlar. Shu jarayonda g’ijjak oilasiga mansub bir necha yangi sozlar: g’ijjak alt, g’ijjak- bas va g’ijjak-kontrabas yaratildi. Shuning natijasida g’ijjak asambillari kvartet, kamer orkestir paydo bo’ldi. Tamirlangan g’ijjakda an’anaviy ijro uchun ham hamma imkoniyatlar yetarli. G’ijjak kamon bilan chalinadi. G’ijjakning kosasi yong’oq yoki o’rik yog’ochidan o’yma usulda tayyorlanadi. Odatda kosaga baliq terisi qoplanadi. Kosaning dasta bilan tutashgan joyiga yaqinroq qilib menbranaga xarrak o’rnatiladi. Menbrana torlarining tebranishini xarrak orqali qabul qilib, tovushni kuchaytiradi va unga o’ziga xos tembir, kuch, cho’zim beradi. G’ijjak dastasi asosan o’rik yog’ochdan ishlanib, kosa bilan o’q orqali zich birlashtiradi. G’ijjakning torlari to’rtta bo’lib, kvinta lya dan boshlab intervalida, har biri alohida sozlanadi.
Musiqa san’ati insonga mana shunday uyg’unlik mehr-muhabbat, soflik kabi tuyg’ularni yuraklarga jo aylovchi sirli ohangdir.